scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IJTIMOIY TARMOQLARDA YOSHLARNING FAOLLIGI VA UNING OQIBATLARI

Nuritdinova Shahnoz Sadridinovna; Yahyoyeva Ozoda Qahhor qizi

Abstract

Maqolada ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar hayotidagi ijobiy va salbiy tomonlarini, yoshlarning ongi, xulq-atvori va real munosabatlardagi aloqasini tahlil qilamiz. Shuningdek, ushbu mavzu orqali yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ongli va muvozanatli bo’lishga o’rgatishning ahamiyati ham ta’kidlanadi. Bugungi ijtimoiy tarmoqlarda faol bo’lgan yoshlarning internetdan foydalanishda ijobiy va salbiy tomonlari to’g’risida so’z boradi.

Full text

Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 322 IJTIMOIY TARMOQLARDA YOSHLARNING FAOLLIGI VA UNING OQIBATLARI Nuritdinova Shahnoz Sadridinovna Buxoro davlat universitet oʻqituvchisi Fil.fan.boʻy.fal.dok.(PhD) Yahyoyeva Ozoda Qahhor qizi 2-bosqich talabasi ANNOTATSIYA. Maqolada ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar hayotidagi ijobiy va salbiy tomonlarini, yoshlarning ongi, xulq-atvori va real munosabatlardagi aloqasini tahlil qilamiz. Shuningdek, ushbu mavzu orqali yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ongli va muvozanatli bo’lishga o’rgatishning ahamiyati ham ta’kidlanadi. Bugungi ijtimoiy tarmoqlarda faol bo’lgan yoshlarning internetdan foydalanishda ijobiy va salbiy tomonlari to’g’risida so’z boradi. Kalit so’zlar: texnika, telefon, ijtimoiy, internet, tarmoq, depressiya, virtual, salbiy, ijobiy, kiberxavf, kiberjinoyat. Kirish. Bugungi texnika rivojlangan zamonda yosh avlodning unga bo’lgan tobeligi alohida ahamiyatga ega bo’lgan masaladir. Hozirda dunyo bo’yicha 70-80% yoshlarning qo’lida shaxsiy qo’l telefoni mavjud bo’lib, ulardan ayrimlargina otaonalarining nazoratida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi. Aksariyat bolalar monitor oldida vaqtlarini o’tkazadilar, bu esa ularning ta’biricha, fikrlari va dunyoqarashlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda ijtimoiy tarmoqlar va yoshlarning ruhiy salomatligi oʻrtasidagi munosabatlar zamonaviy jamiyatda katta ahamiyatga ega. Ijtimoiy tarmoqlar yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylangan boʻlsa-da, ularning ruhiy salomatligiga jiddiy tahdid solayotgan muammolardan biri sifatida o‘rganiladi. Ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy taʼsiri to‘g‘risida gapirganda, maʼlumot va bilim manbayi - ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar yangi bilimlar olish, oʻqish va oʻrganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ijtimoiy aloqalar - uzoqda joylashgan doʻstlar va qarindoshlar bilan aloqada boʻlish imkoniyati, ijodiyotni rivojlantirish - yoshlar oʻz fikrlari, sanʼati va loyihalarini dunyoga namoyish etishlari mumkin, psixologik yordam - baʼzi ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar psixologik yordam va maslahat olishlari mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar o‘smirlar uchun bir tomondan yangi bilimlar olish, do‘stlar bilan aloqada o‘rnatish va o‘z fikrlarini ifoda etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Biroq, ikkinchi tomondan, ular zararli kontent, kiberzo‘ravonlik, vaqtni noto‘g‘ri boshqarish va ruhiy salomatlik muammolariga olib kelishi mumkin. Shu sababli, Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 323 o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni baholash va ularni zararli ta‘sirlardan himoya qilish, uni saralash juda muhimdir. Oʻzbekistonda, ayniqsa 16–17 yoshli oʻsmirlar orasida klinik depressiyaning (bu ruhiy kasallik bo‘lib, odamning kayfiyati, energiyasi, ishtahasi, uyqusi va umuman hayotga bo‘lgan qiziqishi pasayishi bilan tavsiflanadi). Bu holat odatdagidan ko‘ra kuchliroq va uzoq davom etadi, shuningdek, odamning kunlik faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, koʻpayishi muammosi tobora keskinlashib bormoqda. Soʻnggi oʻn yil ichida bu holatning keng tarqalishi bir qator ijtimoiy, psixologik va tashqi omillar bilan bogʻliq bo‘lib, oʻsmirlar orasida oʻziga boʻlgan ishonchning pasayishi, oilaviy muammolar, ijtimoiy bosim, oʻziga nisbatan salbiy munosabatlar, ijtimoiy izolyatsiya kabi omillar depressiyaning koʻpayishiga sabab boʻlmoqda.Yoshlar bunday depressiyali holatlarga ko’p tushayotganini suidsidlar soni oshayotganiga ham sabab bo’layapti desak mubolag’a bo’lmaydi. Nafaqat o’z joniga qasd qilish balki yoshlar o’z harakatlarini boshqarolmaslik darajasiga yetishyapti ya’ni tajavvuzkor insonlarga aylanib borishmoqda. Buning yaqqol misoli sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin: 2015yildа Chеlyanbinsk vilоyatidа 15 yoshli Аntоn Sh. ismli оtа-оnаsini pichоqlаydi. Bungа esа оnаsining ungа kоmpyutеr o’ynаb o’tirаvеrmаsdаn, dаrs qilishni buyurgаni sаbаb bo’ldi. Kunigа 8 sоаtlаb turli qоtilliklаr tаsvirlаnuvchi kоmpyutеr o’yinlаrini o’ynаsh nаtijаsida mаktаbdа “а’lо” bаhоlаrgа o’qigаn, fаnlаr оlimpiаdаsi ishtirоkchisi qоtilgа аylаndi. Оnаsining so’zlаridаn g’аzаblаngаn Аntоn оshхоnаgа kirib pichоq оldi vа оtа-оnаsigа tаshlаndi. Оnа jоn bеrdi, оtаsining esа hаyoti sаqlаb qоlindi. Vоlgаgrаddа 16 yoshli Lyoshа R. buzilib qоlgаn kоmpyutеrini tuzаtish uchun pul bеrmаgаni uchun оnаsini bоltа bilаn chоpib tаshlаdi. Virtuаl o’yinlаrdа “qоtilliklаr” qilishga o’rganib qolgan o’smir оnаsining jаsаdini hоvlisi yaqinigа оlib bоrib ko’mib qo’ydi. O’gаy оtаsigа esа оnаsining qаrindоshlаrinikigа kеtgаnini аytdi. Bir nеchа kundаn kеyin оtа tаshvishlаnib, pоlitsiyagа хаbаr bеrdi. Аyolning jаsаdi 12 kundаn kеyin tоpildi. Krаsnоdаrdа 15 yoshli Yarоslаv M. оtаsini ungа kоmpyutеr o’ynаshni tаqiqlаgаni sаbаbli, o’ldirgаni uchun 8 yilgа оzоdlikdаn mаhrum qilindi. Оtаsi uni dаrslаrgа bо’rmаy qo‘ygаni uchun urishib, kоmpyutеrning klаviаturаsini yashirib qo’yadi. Yrаslаv yarim tundа uхlаb yotgаn оtаsining bоshigа kuvаldа bilаn bir nеchа mаrtа zаrbа bеrаdi. So’ng оnаsigа аgаr klаviаturаni tоpib bеrmаsа, uni hаm o’ldirishini аytаdi. Dаhshаtgа tushgаn оnа ungа klаviаturаni tоpib bеrаdi. O’g’il xotirjam хоnаsigа kirib, yanа o’yin o’ynаshgа tushаdi. Оnа pоlitsiya vа tеz yordаmgа qo’ng’irоq qilаdi. Tеz yordаm yеtib kеlgаnidа оtа аllаqаchоn jоn bеrib bo’lgаndi. U nimаni so’rаsа оlib bеrgаn. Ijеvskdа 17 yoshli yigit оnаsining qоtiligа аylаndi. U butun kunini Intеrnеtdа o’tkаzаr, turli оnlаyn o’yinlаri o’ynаrdi. U hаttоki хоnаsidаn kunlаb chiqmаy qo’ydi, Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 324 оvqаtni hаm хоnаsidа yеydigаn bo’ldi. Sаbr kоsаsi to’lgаn оtа uning kоmpyutеrini оlib qo’ymоqchi bo’lgаnidа yigit оtаsini pichоqlаdi. To’g’ri ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bu har bir fuqaroning shaxsiy erkinligi va mobil aloqa sifatini yaxshilash maqsadida bosh qomusimizning 33-moddasida davlat internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishini ta’minlashi uchun shartsharoitlar yaratadi deb belgilab qo‘yilishi bu sohaga qaratilayotgan e’tiborning yanada kuchayishiga sabab bo‘ladi, albatta. Ma’lumotlarga ko‘ra bugungi kunda Respublikamiz bo‘yicha mobil aloqa qamrovi 99 foizga, keng polosali mobil internet qamrovi 98.5 foizga, xalqaro ahamiyatga ega avtoyo‘llarning mobil internet bilan qamrov darajasi 75 foizga yetkazilgan. Aholining internetga ulanish qamrovini oshirish, optik tolali aloqa liniyalari qamrovini kengaytirish maqsadida joriy yil boshidan hozirgi kunga qadar qo‘shimcha 50 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalarini qurish orqali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi 220 ming kilometrga yetkazildi. Bu yaxshi natija biroq, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning sifatini oshirish bilan birga yoshlarni ulardan foydalanishini ham nazoratga olsak ularning ijtimoiy tarmoqlarga tobe bo’lib qolishini, vaqtini behuda sarflashini oldini olgan bo’larmidik. Zotan Chingiz Aytmatov shunday deydi:”Tuya terisini inson boshiga kiydirish shart emas,endi sodir bo’ladigan urushlar jang maydonida emas, balki mafkura poligonida yuz beradi”. Shu jihatdan qaraganda yoshlarning koʻp vaqtini internetda behuda sarflashi juda katta fojiadir. Chunki globallashuv butun dunyoda mafkuraviy ta’sir oʻtkazish koʻlamini juda oshirib yubordi. Inson oʻz fikriga, dunyoqarashiga ega bo’lmasa ,insonga bo’ladigan ma’naviy tahdidlarga bardosh bera olishi juda qiyin bo’ladi. O'zbekiston xalq yozuvchisi Oʻ.Hoshimov aytganlaridek, “Bu dunyo – muttasil aylanib turadigan murakkab mexanizm. Odamlar o'sha mexanizmning kichik bir vintchasi, xolos. Har bitta vintcha oʻz vazifasini ado etmog'i lozim. Bittasi ishlamay qolsa, ko'rasan nima bo'lishini! Butun boshli mexanizm chokchokidan so'kilib ketadi”. Taassufki, yoshlar orasida diniy ta'limoti yetarli boʻlmagan yoshlarimiz har xil islomiy kanallarga ulanib, o'zlarining mafkuraviy gʻoyalarini buzmoqdalar. Bunga sabab boʻlayotgan ayrim “dinda ilmi bo'lmaganlar” dinimiz nomi bilan faoliyat olib borayotgan qo'shtirnoq ichidagi chalasavodlar din niqobi ostida o'zlarining buzg'unchilik g'oyalarini yoyib, mamlakatimizning o'spirin yoshlarini yo'ldan urmoqdalar. Bolalar va biz yoshlarningning hovli va ko‘chalardagi muloqotlarimiz hozirda haqiqiy hayotga nisbatan asosan, aynan, chek-chegarasi yo‘q ijtimoiy tarmoqlarga ko‘chdi. Bu esa biz yoshlarning haqiqiy hayotdan ko’ra ko’proq ijtimoiy hayotda faol ekaninimizning dalili. Ammo bu faollikning oqibatlari bizning real hayotdan uzoqlashishimizga va o’zligimizni asta-sekin yoqotishimizga olib Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 325 bormoqda. Yuqorida yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini nazoratga olish haqida aytgandik biroq nazoratga olishning o’zi yetarli emas. Yani faqat taqiqlash, nazoratda saqlash emas, muqobil taklif bo‘lishi kerak.Bola nega tarmoqqa bog‘lanib qolayotganini tushunib, uni foydali mashg‘ulotlarga yo‘naltirish zarur. Sport, kitob o‘qish kabi faoliyatlar orqali u tarmoqlarga ehtiyoj sezmay qoladi.Internet madaniyatini o‘rgatish. Nima mumkin va nima mumkin emasligini tushuntirish, zararli sahifalardan ogoh etish ota-onaning vazifasidir.Ular farzandlariga namuna bo‘lishlari lozim. Farzand ota-onaning amaliy xatti-harakatlarini kuzatadi. Ota-onalar ko‘p vaqt telefonda bo‘lsalar, farzand ham shunday qiladi.Ular farzandi bilan ochıq va ishonchli muloqot qilishi lozim. Farzandlari nimalarga qiziqayotganini bilishga intilishi va shu yo’nalish bo’yicha yo’naltirishi lozim. Uni tanqid qilmasdan tushunishga harakat qilishlari kerak. Ijtimoiy tarmoqlar zamonaviy hayotning ajralmas qismiga aylangan bo‘lsa-da, ular bilan to‘g‘ri va oqilona munosabatda bo‘lish bolalar tarbiyasida nihoyatda muhimdir. Farzandlar bu platformalarda bilim olishi, ijodkorligini namoyon etishi mumkin, biroq noto‘g‘ri foydalanish salbiy oqibatlarga olib keladi. Ota-onalar bu rivojlangan raqamli dunyoda oʻz farzandlariga goʻzal tarbiya berish bilan birga ularga ijtimoiy tarmoq odoblarini ham berib borishlari lozimdir. Xulosa qilib aytganda o’smirlar va yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarda faolligi ularning dunyoqarashi, tafakkuri va bilim olish jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. To‘g‘ri va me’yorida foydalanilganda ijtimoiy tarmoqlar yoshlar uchun o‘zini namoyish etish, fikr almashish, o‘rganish va rivojlanishning samarali maydoniga aylanadi. Ammo nazoratsiz va haddan tashqari faollik psixologik bosim, vaqtni behuda sarflash, kiberxavf va noto‘g‘ri ma’lumotlarning ta’siriga olib kelishi mumkin. Shuning uchun yoshlarni raqamli madaniyatga o‘rgatish, axborotni tanlay olish, vaqtni boshqarish va onlayn xavfsizlik qoidalariga rioya qilish muhimdir. Ongli, mas’uliyatli va maqsadli foydalanish orqali ijtimoiy tarmoqlar yoshlar hayotida foydali va ijobiy o‘rin egallashi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 1. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida. 2016yil 14-sentabr. 2. Qodirov U. Yoshlar va axboriy psixologik xavfsizlik. 2014-yil 153 b. 3. Alimov B. S. Ijtimoiy tarmoqlar va ularning mamlakat imijini shakllantirishdagi oʻrni // Oʻzbekiston Milliy universiteti xabarlari, — T:, 2015. — №3. — B. 286-290 (10.00.00; № 15). Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 326 4. Alimov B. S. Yoshlarning ijtimoiy tarmoklar orqali mamlakat imijini oshirishdagi roli // Yoshlar innovasion faolligini oshirishning dolzarb vazifalari: Resp. ilmiy-amaliy konf. material. toʻp. 2019 yil 27 aprel. — Toshkent, 2019. — B. 75-78.