scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA'LIM TIZIMIDA INKLYUZIV TA'LIMNI JORIY ETISHDA MONTESSORI METODIKASINI QO'LLASH YO'LLARI.

Pirnazarova Marifat Zafar qizi

Abstract

Ushbu maqolada ta‘lim tizimida inklyuziv ta‘limni joriy etishda Montessori metodikasining samarali qo‘llanilishi haqida so‘z yuritiladi. Inklyuziv ta‘lim barcha bolalarning, jumladan maxsus ehtiyojli va imkoniyati cheklangan bolalarning ham, umumiy ta‘lim muhitida teng huquqli ishtirok etishini ta‘minlashga qaratilgan yondashuvdir. Montessori metodikasi esa Maria Montessori tomonidan ishlab chiqilgan, bolaning tabiiy rivojlanishiga va individual ehtiyojlariga asoslangan pedagogik tizimidir. Maqolada Montessori metodikasining asosiy tamoyillari-individual yondashuv, o‘z-o‘zini yo‘naltiruvchi ta‘lim, tayyorlangan muhit, sezgili materiallar, aralash yosh guruhlari, xatolarni tuzatishning o‘zini o‘zi nazorat qilish tizimi va o‘qituvchining kuzatuvchi-yo‘naltiruvchi roli kabi jihatlarning inklyuziv ta‘limni joriy etishdagi ahamiyati ochib berilgan.

Full text

942 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 TA‘LIM TIZIMIDA INKLYUZIV TA‘LIMNI JORIY ETISHDA MONTESSORI METODIKASINI QO‘LLASH YO‘LLARI. Pirnazarova Marifat Zafar qizi Turon universiteti Pedagogika nazariyasi va tarixi 2-kurs magistranti. E-mail: pirnazarovammm[email protected]m Telefon nomer: (88)636-11-04 https://doi.org/10.5281/zenodo.17759124 Annotatsiya. Ushbu maqolada ta‘lim tizimida inklyuziv ta‘limni joriy etishda Montessori metodikasining samarali qo‘llanilishi haqida so‘z yuritiladi. Inklyuziv ta‘lim barcha bolalarning, jumladan maxsus ehtiyojli va imkoniyati cheklangan bolalarning ham, umumiy ta‘lim muhitida teng huquqli ishtirok etishini ta‘minlashga qaratilgan yondashuvdir. Montessori metodikasi esa Maria Montessori tomonidan ishlab chiqilgan, bolaning tabiiy rivojlanishiga va individual ehtiyojlariga asoslangan pedagogik tizimidir. Maqolada Montessori metodikasining asosiy tamoyillari-individual yondashuv, o‘z-o‘zini yo‘naltiruvchi ta‘lim, tayyorlangan muhit, sezgili materiallar, aralash yosh guruhlari, xatolarni tuzatishning o‘zini o‘zi nazorat qilish tizimi va o‘qituvchining kuzatuvchi-yo‘naltiruvchi roli kabi jihatlarning inklyuziv ta‘limni joriy etishdagi ahamiyati ochib berilgan. Kalit so‘zlar: montessori metodikasi, inklyuziv ta‘lim, sezgili materiallar, individual yondashuv, ijtimoiy integratsiya, kognitiv rivojlanish. Аннотатция. В данной статье рассматривается эффективное применение методики Монтессори при внедрении инклюзивного образования в систему образования. Инклюзивное образование-это подход, направленный на обеспечение равноправного участия всех детей, включая детей с особыми потребностями и ограниченными возможностями, в общеобразовательной среде. Методика Монтессори-это педагогическая система, разработанная Марией Монтессори, основанная на естественном развитии ребенка и его индивидуальных потребностях. В статье раскрывается значение основных принципов методики Монтессори-индивидуального подхода, самонаправляемого обучения, подготовленной среды, сенсорных материалов, разновозрастных групп, системы самоконтроля исправления ошибок и роли учителя как наблюдателя-направляющего-в реализации инклюзивного образования. Ключевые слова: методика монтессори, инклюзивное образование, сенсорные материалы, индивидуальный подход, социальная интеграция, когнитивное развитие. Abctract. This article examines the effective application of the Montessori methodology in the implementation of inclusive education in the education system. Inclusive education is an approach aimed at ensuring the equal participation of all children, including children with special needs and disabilities, in a general education environment. The Montessori methodology is a pedagogical system developed by Maria Montessori, based on the natural development of a child and his individual needs. The article reveals the importance of the basic principles of the Montessori methodology-an individual approach, self-directed learning, a prepared environment, sensory materials, age groups, a self-monitoring system for correcting mistakes and the role of the teacher as an observer-guide-in the implementation of inclusive education. Key word: montessori methodology, inclusive education, sensory materials, individual approach, social integration, cognitive development. 943 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Kirish Mariya Montessori italiyalik shifokor va pedagog boʻlib, oʻz nomini koʻtargan bepul taʼlim gʻoyasiga asoslangan oʻziga xos pedagogik tizimi bilan mashhur. Uning pedagogik tizimi hali ham dunyoning ko‘plab davlat va xususiy maktab va maktabgacha ta‘lim tashkilotlaridalarida qo‘llaniladi, Xalqaro Montessori assotsiatsiyasi faoliyat ko‘rsatadi. Zamonaviy ta‘lim tizimining eng muhim yo‘nalishlaridan biri-bu inklyuziv ta‘limni joriy etish bo‘lib, bu barcha o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda sifatli ta‘lim olish huquqini ta‘minlashga qaratilgan yondashuvdir. Har bir bolaning o‘ziga xos qobiliyatlari, rivojlanish xususiyatlari va ehtiyojlari e'tiborga olinishi kerak bo‘lgan bir paytda, Montessori pedagogikasi inklyuziv ta‘lim maqsadlariga erishishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Maria Montessori tomonidan ishlab chiqilgan bu metodika bolaning individual rivojlanishiga asoslangan bo‘lib, uning markazida "Bolaga yordam ber, lekin o‘zi qilsin" tamoyili yotadi. Bu metodika bolaning tabiatiga hurmat, mustaqillikni rivojlantirish, tayyorlangan muhit va maxsus materiallar orqali o‘qitish kabi tamoyillarga tayanadi. Aynan shu tamoyillar inklyuziv ta‘lim uchun ham muhim ahamiyatga ega. Montessori metodikasining inklyuziv ta‘limga tadbiq etilishi maxsus ehtiyojli bolalarning umumta‘lim muhitiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuviga yordam beradi. Metodika har bir bolaning o‘z sur'atida rivojlanishiga imkon beradi, bu esa turli rivojlanish xususiyatlari va imkoniyatlarga ega bo‘lgan bolalar uchun juda muhimdir. Asosiy qism Montessori metodikasi 1 asosida inklyuziv ta‘limni joriy etishning samarali yo‘llari ko‘p qirralidir. Birinchi navbatda, Montessori sinflari maxsus tashkil etilgan muhit hisoblanadi, bu yerda bolalar erkin harakatlanish, o‘z qiziqishlari va ehtiyojlariga ko‘ra faoliyat turini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bunday muhit maxsus ehtiyojli bolalar uchun ideal, chunki ular o‘z imkoniyatlariga mos ravishda harakat qila oladilar. Sinflarda maxsus moslashtirilgan mebellar, keng yo‘laklar va barcha bolalarga qulay bo‘lgan materiallar joylashtiriladiki, bu harakatlanishda qiyinchiligi bor bolalar uchun ham qulay sharoit yaratadi. Montessori metodikasining asosiy tamoyillaridan biri-bolaning mustaqilligini rivojlantirishdir. O‘qituvchi bolaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatma bermaydi, balki uni o‘z-o‘zini rivojlantirish va mustaqil o‘rganishga yo‘naltiradi. Bu maxsus ehtiyojli bolalar uchun ayniqsa muhim, chunki ular ko‘pincha o‘z imkoniyatlariga ishonchsiz bo‘ladilar. Montessori sinflarda bunday bolalar ham o‘zlarini kerakli va qadrli his qiladilar, chunki ular ham o‘z kuch va imkoniyatlariga mos vazifalarni bajaradilar. Sezgili materiallar Montessori metodikasining o‘ziga xos xususiyatidir. Bu materiallar bolalarning turli sezgi organlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ko‘rish, eshitish, taktil sezgilar orqali o‘rganishni ta‘minlaydi. Maxsus ehtiyojli bolalar ko‘pincha bir sezgi organi zaif bo‘lsa, boshqalari kuchliroq rivojlangan bo‘ladi. Sezgili materiallar yordamida bunday bolalar o‘zlarining kuchli tomonlaridan foydalanib, zaif tomonlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Montessori sinflari aralash yosh guruhlaridan tashkil topadi. Bu maxsus ehtiyojli bolalar uchun ham, oddiy rivojlanayotgan bolalar uchun ham foydali muhit yaratadi. Katta yoshdagi bolalar kichiklarga yordam berish orqali o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar va ijtimoiy mas'uliyat hissini rivojlantiradilar. Kichik yoshdagi bolalar esa kattalardan o‘rganadilar. Bunday muhitda maxsus ehtiyojli bolalar ham o‘zlarini jamoaning teng huquqli a‘zosi sifatida his qiladilar. 1 Montessori metodikasibu metodikaning asosiy falsafasi bolaning tabiiy rivojlanish qobiliyatiga ishonish va unga hurmat ko'rsatishga asoslangan. 944 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Montessori metodikasini inklyuziv ta‘limda qo‘llash bolalarning nafaqat akademik bilimlarni, balki hayotiy ko‘nikmalarni ham o‘zlashtirishiga yordam beradi. Bolalar o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, kundalik yumushlarni bajarish, muloqot qilish va muammolarni hal qilish kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradilar. Bu maxsus ehtiyojli bolalar uchun ayniqsa muhim, chunki ularga kelgusida mustaqil hayotga tayyorlanish imkonini beradi. Adabiyotlar taxlili Lillard o‘zining "Montessori: Ilm-fan asosidagi yondashuv" nomli asarida Montessori metodikasining zamonaviy ta‘lim muhitidagi samaradorligini ilmiy tadqiqotlar asosida asoslab bergan. Tadqiqotlar Montessori sinflarda tahsil olayotgan bolalarda kognitiv, ijtimoiy va hissiy ko‘nikmalarning yuqori darajada rivojlanganligini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, maxsus ta‘lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarda mustaqillik, o‘z-o‘zini boshqarish va ijtimoiy ko‘nikmalarning rivojlanishi kuzatilgan. Cossentino Montessori pedagogikasining "chegaralangan ozodlik" konsepsiyasini inklyuziv ta‘lim nuqtai nazaridan tahlil qilgan. U Montessori sinflaridagi aniq tuzilgan muhit va o‘qituvchining maxsus roli maxsus ta‘lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga moslashtirilgan ta‘lim olish imkoniyatini taqdim etishini ta‘kidlaydi. Montessori sinflaridagi tartibli va tuzilgan muhit autizm spektri buzilishi bo‘lgan bolalar uchun ayniqsa foydali ekanligi ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan qayd etilgan. Inklyuziv ta‘limda 2 Montessori metodikasini qo‘llashning amaliy jihatlari bo‘yicha Pickering 2017-yil o‘zining "Montessori sinflarda maxsus ehtiyojlar bo‘lgan bolalar" nomli tadqiqotida qimmatli ma‘lumotlar beradi. U Montessori materiallarining bolalarning turli xil ehtiyojlariga moslashtirilishi mumkinligini ko‘rsatib bergan. Masalan, ko‘rish qobiliyati cheklangan bolalar uchun taktil elementlari kuchaytirilgan materiallar, motor koordinatsiyasi bo‘yicha qiyinchiliklari bo‘lgan bolalar uchun qo‘shimcha tayanch vositalari va hokazo. Dunne, O‘Neill va McMillan 2018-yil o‘z tadqiqotlarida Montessori metodikasining ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarining rivojlanishiga ta‘sirini o‘rganishgan. Ular aralash yosh guruhlarida ishlash, erkin harakat qilish va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganish uchun tabiiy sharoitlar yaratish orqali bolalarda empatiya, hamkorlik va konfliktlarni hal qilish ko‘nikmalari rivojlanishini aniqlashgan. Bu ko‘nikmalar inklyuziv ta‘lim muhitida muvaffaqiyatli moslashish uchun juda muhimdir. Bu metodikaning asosiy tamoyillari-individual yondashuv, mustaqillikni rivojlantirish, maxsus tayyorlangan muhit va ko‘p sensorli materiallar inklyuziv ta‘limning talablariga to‘la javob beradi. Biroq, bu metodikani joriy etish jarayoni kompleks yondashuv, o‘qituvchilarni maxsus tayyorlash va ta‘lim muhitini moslashtirish kabi qator masalalarni hal etishni taqozo etadi. Tahlil va natijalar Ta‘lim tizimida inklyuziv yondashuvni joriy etish zamonaviy pedagogikaning muhim vazifalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bu yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Montessori metodikasi alohida ehtiyojli bolalar uchun ham, oddiy rivojlanishdagi bolalar uchun ham samarali ta‘lim muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi aniqlandi. Inklyuziv ta‘limda Montessori metodikasini joriy etish natijalarini tahlil qilganda, quyidagi ijobiy tendensiyalar aniqlandi: maxsus ehtiyojli bolalarning mustaqil faoliyat ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshgan; bolalar orasida o‘zaro yordam va hamkorlik munosabatlari rivojlangan; turli rivojlanish darajasidagi bolalarning bir-birini qabul qilish darajasi yaxshilangan. Muhim natijalardan biri shundaki, Montessori muhitida maxsus ehtiyojli bolalarning o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalari va qaror qabul qilish qobiliyatlari sezilarli darajada rivojlangan. 2 Inklyuziv ta'lim - bu har bir o'quvchining alohida ehtiyojlari, qobiliyatlari va rivojlanish xususiyatlaridan qat'i nazar, umumiy ta'lim jarayoniga to'liq jalb etilishini ta'minlaydigan ta'lim tizimi yondashuvidir. 945 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Tayyorlangan muhit va maxsus o‘quv materiallari bilan ishlash orqali, bolalar o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, Montessori metodikasida qo‘llaniladigan sensorli materiallar turli xil rivojlanish buzilishlari bo‘lgan bolalar uchun alohida ahamiyatga ega. Bu materiallar bolalarga dunyoni tushunish va o‘zlashtirish uchun ko‘p kanalli yondashuvni taqdim etadi, bu esa ularning kognitiv rivojlanishiga 3 ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Montessori pedagogikasining "xatolar ustida ishlash" tamoyili inklyuziv ta‘limda ayniqsa samarali ekanligi aniqlandi. Maxsus ehtiyojli bolalar o‘z xatolarini mustaqil aniqlash va tuzatish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu ularga o‘z-o‘zini baholash va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib, ta‘lim tizimida inklyuziv yondashuvni joriy etishda Montessori metodikasi samarali vosita sifatida xizmat qilishi mumkin. Bu metodika har bir bolaning individual rivojlanish sur'atini qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqilligini rivojlantirish va ijtimoiy integratsiyani ta‘minlash orqali maxsus ehtiyojli bolalarning sifatli ta‘lim olish huquqini amalga oshirishga yordam beradi. Montessori metodikasining kamchiliklari: Yuqori malakali o‘qituvchilar zaruriyati - Metodikani to‘g‘ri qo‘llash uchun o‘qituvchilar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari va sertifikatlangan bo‘lishlari kerak. Qimmat materiallar - Autentik Montessori materiallari qimmat va ularni barcha maktablar sotib olishi qiyin bo‘lishi mumkin. Tizimli strukturaning etishmasligi - Ba‘zi bolalar, ayniqsa autizm spektrida bo‘lgan bolalar, qattiq strukturalangan o‘quv jarayoniga muhtoj bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish cheklanishi - Bolalar ko‘pincha individual ishlashga yo‘naltiriladi, bu esa ba‘zan jamoa ishini cheklashi mumkin. Yuqori darajadagi mustaqillik talabi - Ba‘zi alohida ehtiyojli bolalar uchun metodika talab qiladigan mustaqillik darajasi qiyin bo‘lishi mumkin. Akademik fanlarning cheklanishi - Metodika ko‘pincha amaliy ko‘nikmalarga e'tibor qaratadi, bu esa ba‘zi bolalar uchun akademik bilimlarni o‘zlashtirishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Xulosa Montessori sinflarida bolalar erkin harakatlanish, mustaqil tanlov qilish va o‘z qiziqishlari asosida o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Sinfdagi maxsus tashkil etilgan muhit bolalarning turli ehtiyojlarini qondirish uchun moslashtirilgan, materiallar esa sezgi tajribasini boyitishga qaratilgan bo‘lib, turli o‘rganish uslublariga ega bolalar uchun qulay o‘rganish imkoniyatini yaratadi. Inklyuziv ta‘limda Montessori metodikasini qo‘llash orqali o‘qituvchilar har bir bolaning kuchli tomonlarini va qiziqishlarini aniqlash, ularning rivojlanish ehtiyojlarini qondirish va sinfda ijobiy muhitni yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Montessori tamoyillari asosida tashkil etilgan ta‘lim jarayoni barcha bolalarning ijtimoiy, hissiy va akademik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi, bolalarning o‘zaro hurmat va hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu yondashuv bolalar o‘rtasidagi farqlarni kamchilik emas, balki boylik sifatida qabul qilishga o‘rgatadi, bu esa inklyuziv ta‘limning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shu tariqa, Montessori metodikasi inklyuziv ta‘lim konsepsiyasi bilan uyg‘unlikda, har bir bolaning potensialini to‘liq ochilishiga hissa qo‘shadi. 3 Kognitiv rivojlanish - bu inson aqliy qobiliyatlarining paydo bo'lishi va takomillashishini o'rganadigan jarayon. 946 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Abdullayeva Q.A. “Maxsus ta‘lim: muammolar va yechimlar”. – Toshkent: O‘qituvchi, 2022. 2. Boliyeva Z.S. "Inklyuziv ta‘lim asoslari". – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2021. 3. Ismoilova A.M., Karimov B.X. "Montessori metodikasi asosida ta‘lim jarayonini tashkil etish". – Toshkent: Fan va texnologiya, 2023. 4. Xorijiy adabiyotlar: 5. Block, M. E. "Including Students with Disabilities in General Physical Education". – Baltimore: Paul H. Brookes Publishing Co., 2018. 6. Lillard, A. S. "Montessori: The Science Behind the Genius". – Oxford: Oxford University Press, 2020. 7. Vakil, S., Welton, E., O‘Connor, B., Kline, L. S. "Inclusion Means Everyone! The Role of the Early Childhood Educator when Including Young Children with Autism in the Classroom". – Early Childhood Education Journal, 2019.