scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PASTINACA SATIVA L.-O'SIMLIGINING TARQALISHI VA DORIVORLIK XUSUSIYATLARI

Abdiniyazova G.J; Joldasbaeva R.M.

Full text

122 PASTINACA SATIVA L.-O’SIMLIGINING TARQALISHI VA DORIVORLIK XUSUSIYATLARI Abdiniyazova G.J., QDU Biologiya fakulteti Dorivor o’simliklar agroekologiyasi va introduktsiyasi kafedrasi dotsenti, Joldasbaeva R.M. Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo’nalishi 1-kurs magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17760963 Annotatsiya: maqolada Pastinaca sativa L.o’simligining botanik tafsifi, kimyoviy tarkibi va dorivorlik xususiyatlari boyicha ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek davolash maqsadida o’simlikning barglari, ildizi va urug’lari ishlatiladi. Ildizmevalar tarkibida 14% gacha qand, 2% gacha oqsil, 20 mg/% gacha S vitamini, 460 mg/% gacha kaliy, 50 mg/% kaltsiy va hokazolar bor. Ayniqsa, pasternak tarkibida B vitamini ko’p. Oson hazm bo’ladigan uglevodlar mavjud. ildizi qaynatmasini ayollar kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Ilmiy tekshirishlar ko’rsatishicha o’simlik ekstraktlarining yurak qon tomirlarini kengaytirish xususiyatlari aniqlangan. O’simlikning «Pastinatsin», «Ksantorin», «Beroksan», «Eupigmin» dorisi ishlab chiqarilib stenokardiyalarda, kardionevrozlarda ishlatiladi. Pasternak furokumarinlari fotosensibirlash xususiyatiga ega. Ular asosida pes kasalligini davolashda ishlatiladigan dorilari ishlab chiqarilgan. Kalit so’zlar: Pastinaca sativa L., Apiaceae, ko’p yillik, barglari, gullari, mevasi, tarqalish касалликларда ишлатилиши, dorivorlik xususiyatlari, dorivor preparatlari, kimyoviy tarkibi. Abstract: The article provides information on the botanical characteristics, chemical composition, and medicinal properties of the Pastinaca sativa L. plant. The leaves, roots, and seeds of the plant are also used for medicinal purposes. Root vegetables contain up to 14% sugar, up to 2% protein, up to 20 mg/% vitamin C, up to 460 mg/% potassium, 50 mg/% calcium, and so on. Especially parsnips contain high amounts of vitamin B. There are easily digestible carbohydrates. The root decoction is used to treat women's diseases. Scientific studies have shown that plant extracts exhibit cardiac vasodilation properties. The plant produces the medications "Pastinacin," "Xantorin," "Beroxan," and "Eupigmin," which are used for angina pectoris and cardionecrosis. Pasternak furcoumarins have photosensitizing properties. On their basis, medicines used in the treatment of vitiligo were developed. Key words: Pastinaca sativa L., Apiaceae, perennial, leaves, flowers, fruit, distribution, use in diseases, medicinal properties, medicinal preparations, chemical composition. Pastinaca sativa L.- Apiaceae oilasiga mansub ko’p yillik o’t o’simlik bo’lib, balandligi 100-150 sm, urchuqsimon go’shtdor sariq-jigarrang ildizli. Poyasi tik o’suvchi, tuksiz, qovurg’asim on egatchali, yuqori qismi shoxlangan. Barglari yirik, uzunligi 20 sm gacha, patsimon, ustki tomoni deyarli yaltiroq, pastki tomoni ochroq, yumshoq tuklar bilan qoplangan. Poyadagi barglari bandsiz, ildizoldi barglari uzun bandli[3]. Gullari 8-12 ta asosiy nurli murakkab soyabonlarga to’plangan. Gultoji birbiriga qo’shilmagan beshta oltin-sariq gulbargdan iborat. Mevasi osilib turuvchi 123 meva bo’lib, osonlik bilan ikkita merikarpiyga ajraladi, keng ovalsimon, chetlari pardasimon qanotchali. Iyun-iyul oylarida gullab, avgustda urug’lari yetiladi. O’zining o’tkir o’ziga xos ta’mi bilan u selderey yoki ildizli petrushkani eslatadi[2]. Pastinaca sativa L. O’simlikning vatani Kichik Osiyo. Markaziy Osiyo davlatlari va Kavkazda madaniy pasternak polizlarda, tomorqalarda oziq-ovqat ko’kati sifatida yetishtiriladi. O’simlik xalq tabobatida qo’llaniladi. Pasternak asosida farmatsevtika sanoati bir qator dori vositalarini ishlab chiqaradi. Kimyoviy tarkibi: Pasternak urug’lari tarkibida: - furikumarinlar, bergapten, ksantotoksin, izopimpinellin, imperatorin, moy, geptil va kapron kislotalarining glitseridlari, flavonoidlar, efir moyi 1,5-3,6% mavjud[3]. Pasternak tarkibida efir moyi mavjud bo’lib, uning tarkibiga geptil va geksil kislotalarining efirlari, moy kislotasining oksibutil efiri kiradi. Mevalarda flavonoid kislotalar - giperin, rutin, pasterozid; furokumarinlar - imperatorin, bergapten, izopimpinellin, sfondin, ksantoksin, ksantoksollar bor [4]. Pasternak urug’i tarkibi bo’yicha bodom moyiga yaqin moy saqlaydi - [1]. Yetilmagan mevalarda atsetilen birikmalari - poliinlar aniqlangan [4]. O’simlik tuzlarni konsentratsiyalaydi. Pasternak mineral tuzlar va uglevodlarga boy. Uning qimmati, asosan, mineral moddalarning qulay nisbatda bo’lishidadir. Ildizmevalar tarkibida 14% gacha qand, 2% gacha oqsil, 20 mg/% gacha S vitamini, 460 mg/% gacha kaliy, 50 mg/% kaltsiy va hokazolar bor. Ayniqsa, pasternak tarkibida B vitamini ko’p. Oson hazm bo’ladigan uglevodlar mavjud. Shifobaxsh xususiyatlari. Davolash maqsadida barglari, ildizi va urug’lari spazmolitik vosita sifatida ishlatiladi[1]: - stenokardiya xurujlarini oldini olish uchun; -spazm bilan kechadigan nevrozlarda; - ichak spazmlarida; - siydik haydovchi vosita sifatida; - buyrak, jigar va oshqozon sanchiqlarida og’riq qoldiruvchi vosita sifatida; - yo’tal va isitmani tushirishda;- ishtahani, ovqat hazm qilishni yaxshilash; - kapillyar tomirlar devorini mustahkamlash, - og’riq qoldiruvchi; - balg’am ko’chiruvchi ta’sir; - tetiklashtiruvchi xususiyatlarga ega. O’simlikni yig’ish, tayyorlash va quritish. Pasternak mevalari yig’ib olinadi, quritgichlarda 40°C dan yuqori bo’lmagan haroratda quritiladi. Davolashda pasternak bargi yoki urug’idan tayyorlangan qaynatma: 2 stakan qaynoq suvga 2-3 osh qoshiq maydalangan quruq barglar yoki 1 osh qoshiq mevalarni solib, past olovda 15 daqiqa qaynatiladi, 30 daqiqa tindiriladi va suzib olinadi; 1/4 stakandan kuniga 4 mahal ichish. 124 Pasternakdan preparatlar - pashtinatsin ishlab chiqariladi, beroksan psoriaz, vitiligo, uyasimon to’liq kallikni davolashda qo’llaniladi. Pasternakning ildizi qaynatmasini ayollar kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Ilmiy tekshirishlar ko’rsatishicha o’simlik ekstraktlarining yurak qon tomirlarini kengaytirish xususiyatlari aniqlangan. Shu asosda «Pastinatsin» dorisi ishlab chiqarilib stenokardiyalarda, kardionevrozlarda ishlatiladi. Pasternak furokumarinlari fotosensibirlash xususiyatiga ega. Ular asosida pes kasalligini davolashda ishlatiladigan «Ksantorin», «Beroksan», «Eupigmin» dorilari ishlab chiqarilgan. O’simlik rus xalq tabobatida juda mashhur. Uzoq davom etgan kasalliklardan keyin quvvatni tiklash uchun o’simlikni qirg’ichdan o’tkazilgan pasternakdan bir necha qoshiq iste’mol qilishni maslahat beradilar. Shamollaganda, yutalganda yog’ bilan ichiladi. Pasternak urug’i kukuni yurak og’rig’ida davolashda qo’llanilgan. Ildiz qaynatmasi ayollar kasalliklarida buyuriladi[3]. Bolgariya xalq tabobatida pasternak spazmolitik, siydik haydovchi vosita sifatida ishlatiladi. Pasternakning biologik faol moddalarini zamonaviy tadqiqotlari shuni ko’rsatdiki, ular qon tomirlarni kengaytirish xususiyatiga ega. Ushbu moddalar asosida "Pastinatsin" preparati yaratilgan bo’lib, u stenokardiya, kardionevrozlarni davolashda qo’llaniladi - [3]. Pasternak furokumarinlari fotosensibga ega. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Голубкина Н.А., Федорова М.И., Киселева Т.В., Викторова Е.В. Жирнокислотный состав масла семян пастернака Patinaca sativa L. – Масложир. промыш.2009, 5, 39-40. 2. Голубкина Н.А., Киселева Т.В., Викторова Е.В., Федорова М.И., Курбакова О.В., Харченко В.А. Жирнокислотный состав масла семян селдерейных - Гавриш 2010, 3, 4749. 3. Крутов П.В., Цицилин А.Н., Чупарина Е.В., Мартынов А.М., Пупыкина К.А., Файзуллина Р.Р. Изучение элементного состава плодов пастернака посевного (Pastinaca sativa L.) - Медицинский вестник Башкортостана 2017, 12, 67-70. 4. Шханукова З.Х., Коновалов Д.А. Изучение минералного состава пастернака посевного (Pastinaca sativa L.) - Современные проблемы науки и образования 2015, 2-2, 506.