scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FRIDRIX NITSSHE FALSAFIY QARASHLARI: "ZARDUSHT TAVALLOSI" ASARINING FALSAFIY TAHLILI

Xolova Umida Umedovna; Muhammadkuliyeva Lobar Davron qizi

Abstract

Ushbu maqolada falsafa olamidagi eng mashhur olimlardan biri Fridrix Nitsshe haqida, uning falsafiy qarashlari va ularning bugungi kundagi ahamiyati haqida so’z yuritilgan. Shu bilan bir qatorda, maqola mobaynida olimning eng mashxur asarlaridan biri “Zardusht tavallosi” asari haqida ham ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, asarning batafsil tahliliga to’xtalgan holda, olimning fikrlarini yanada aniqroq tushuntirishga harakat qilingan.

Full text

Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 375 FRIDRIX NITSSHE FALSAFIY QARASHLARI: “ZARDUSHT TAVALLOSI” ASARINING FALSAFIY TAHLILI Islom tarixi va manbashunosligi, falsafa kafedrasi o’qituvchisi Xolova Umida Umedovna Muhammadkuliyeva Lobar Davron qizi Buxoro Davlat Universiteti Tarix va Yuridik fakulteti, falsafa yo’nalishi 3-bosqich talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada falsafa olamidagi eng mashhur olimlardan biri Fridrix Nitsshe haqida, uning falsafiy qarashlari va ularning bugungi kundagi ahamiyati haqida so’z yuritilgan. Shu bilan bir qatorda, maqola mobaynida olimning eng mashxur asarlaridan biri “Zardusht tavallosi” asari haqida ham ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, asarning batafsil tahliliga to’xtalgan holda, olimning fikrlarini yanada aniqroq tushuntirishga harakat qilingan. Kalit so’zlar: Budda, professor, fashizm, Avesto, ma’orif, doktrina, Injil, mantiq, haqiqat, ma’rifat, ruhiy kamolot, ong, intellektuak muhit, ziddiyat, radikal. XIX asr Yevropa intellektual muhitining eng radikal va ta’sirchan mutafakkirlaridan biri bo‘lgan Fridrix Nitshe, inson mohiyati, madaniy evolyutsiya va axloqiy qadriyatlarning ildiziga yangicha nazar tashlash orqali falsafiy tafakkur tarixida tub burilish yasadi. Uning g‘oyalarida an’anaviy metafizik tasavvurlar tanqid ostiga olinib, mavjudlikning dinamik va ziddiyatli tabiati chuqur tahlil etiladi. Nitshe falsafasi bugungi kunda ham zamonaviy falsafa, madaniyatshunoslik va psixologiya sohalarida davom etuvchi bahs-munozaralarga nazariy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. “Yangi davr payg‘ambari”, “tafakkur Don-Juani”, “ming yillik qadriyatlarni vayron etuvchi” – bu unga berilgan baho va ta’riflarning bir qismi, xolos. Bunday xilma-xil talqinlarning sababi, albatta, Nitshe asarlarida mujassam. “Bugun tirik bo‘lgan va o‘tib ketgan barcha yevropaliklar – Platon, Volter, Gyote – orasida men qalbi eng kengiman. Men Yevropaning Buddasi bo‘lishim mumkin edi” 1 . Nitshening bunday da’volari har qanday odamni lol qoldiradi. Ammo ming yillar davomida shakllangan va odamlar ongiga singib ketgan, turish-turmushi, dunyoqarashi, voqelikka munosabatini belgilab bergan aqida va qadriyatlarni qayta ko‘rib chiqishga, taftish va inkor etishga bel bog‘lagan kishi o‘zini odamlarga shunday taqdim etmasdan iloji yo‘q edi. 1 Делёз Ж. “Ницше и философия” – Москва: Академический проект. Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 376 “O‘zgalarning seni tushunishlariga erishish og‘ir... har bir harakating buzib talqin etilgan”da o‘zing uchun faqat bir yo‘l qoladi: “Tinimsiz turtkilab, chormixga osmasliklari uchun, niqoblarni g‘amlab qo‘ymoq kerak” 2 Nitsshe nomi bilan bog‘liq anglashilmovchilik va mishmishlarning sababini, bir qarashda, ziddiyatli bo‘lib tuyulgan fikrlardan izlamoq kerak. Yevropaning (insoniyat) ikki yarim ming yillik axloqiy-ma’naviy tarixi muammolarini o‘z dardiga, shaxsiy muammosiga aylantirgan Nitsshe ehtirosga berilishi tabiiy hol edi. Ammo faylasufning fojiasi shundan iboratki, uning fikr-mulohazalari, yaratgan asarlari g‘ayriinsoniy vayronkor g‘oyalarni targ‘ib etishda nazariy asos sifatida xizmat qilgan. Masalan, fashizm mafkurasining Nitsshe g‘oyalaridan oziqlangani ma’lum. Qaysidir ma’noda bu mafkuradagi g’oyalar olimning aniq maqsad muddaosini ochib bera olmagan bo’lishi mumkindir. Ammo falsafiy qarashlar hamisha turli yo’nalishlarda bo’ladi, olimlar esa o’z fikrlarini bayon qilishadi, jamiyatda esa bu fikrlarga nisbatan xato tushunishlar, siyosatdonlar orasida esa umuman o’zgacha talqinlar paydo bo’lib, barcha mafkurani o’z maqsadi yo’lida qurol sifatida foydalana boshlaydi. Nitsshe falsafasini odatiy tushunchalar yordamida talqin etib bo‘lmaydi, zero bunda uning ko‘p nozik jihatlari e’tibordan chetda qoladi. Faylasuf nazarida, inson ma’naviy kamoloti uning qalbi va ruhiyatida, ya’ni uning o‘zida, botiniy olamida kechadi. Biroq, inson sifatida shakllanishi uning o‘z ishtirokisiz ro‘y bergani va u bu jarayondan bexabar qolganini anglab yetadi. Bu jarayon uning go‘dakligidan boshlab an’anaviy odat, qadriyat, qonun-qoidalar (tarbiya, ta’lim, axloq, din, ilm-fan) ta’sirida amalga oshgan va vaqti kelib u bu ta’sirning og‘ir yukini his etib, qarshi isyon ko‘targan. Isyonga, kishini zanjirband etib, tanballashtiradigan aqidalarga qarshi kurashga esa “haqiqiy inson”, “kuchli odam”, “isyonkor shaxs”gina qodir 3 . Shunday qilib ko’rishimiz mumkinki, Nitsshe insonning mustaqil bo’lishi va qadimiy an’analarga nisbatan isyon qilishi tarafdori bo’lgan. Endilikda Nitsshe tomonidan yaratilgan asarlarga to’xtaladigan bo’lsak, ulardan quyidagilari ma’lum: «Tarixning hayot uchun foydasi va zarari to‘g‘risida» (1874), «Shopengauer murabbiy sifatida» (1874), «Rixard Vagner Bayreytda» (1875-1876), «Erkin tafakkur sohiblari uchun qo‘llanma» (1876-1878), «Tong yallig‘i» (1881), «Zardusht tavallosi: «Har bir kishi va hamma uchun kitob» (1881-1885), «Quvnoq bilim» (1882), «Yovuz donishmandlik: hikmatlar va dono so‘zlar» (1882-1885), 2 https://oyina.uz/uz/article/205 3 Xudoyberdiyev, N. XX asr falsafasi. – Toshkent: Fan nashriyoti, 2012. Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 377 «Axloqning mohiyati» (1887), «Hokimiyatga intilish» (Mazkur asar 1906 yilda chop etilgan). 4 Nitsshe falsafaga hozir ham qo‘llanib kelayotgan quyidagi ilmiy tushunchalarni kiritdi: «Hokimiyatga intilish», «Barcha qadriyatlarni qayta baholash», «Odamlarning yangi nasli», «Mallarang dog‘ulilar», «Oliy inson». Nitsshe hayotni boshqalarga qaraganda teranroq his etgan. U o‘z aniq-ravshanligi bilan sirli, tushunarsiz darajada tushunarli bo‘lgan yagona faylasuf edi 5 Uning eng mashxur asarlaridan biri bo’lib hisoblangan “Zardusht tavallosi” asariga to’xtaladigan bo’lsak, ushbu asarni yozish gʻoyasi Nitssheda 1881-yilda tugʻilgan. Kitobning bosh gʻoyasi sifatida “abadiy qaytish” (vaqtning siklikligi) boʻlgan. Zardusht deb Avesto muallifi tushunilgan. 1882-yilda Nitsshe kasalligi tufayli Italiyada, Genuyadan gʻarbda davolangan. 1883-yil fevral oyida u asarning 1qismini yozgan. Asar mazmuni haqida so’z yuritar ekanmiz, shuni alohida inobatga olish kerakki, kitobda Nitsshening asosiy gʻoyalari mavjud: Xudoning oʻlimi (antiteizm), Aʼlo odam (ijtimoiy darvinizm), hokimiyatga iroda (vitalizm). Ma’orif davri boshidan yevropaliklar ongida hukmron boʻlgan taraqqiyot (yetakchi rivojlanish) doktrinasiga qarshi Nitsshe abadiy qaytarilish va har qanday rivojlanishning siklchanligi haqidagi taʼlimotni qoʻyadi. Faqat Aʼlo odamgina hattoki eng achchiq daqiqalarni ham cheksiz qayta kelishini qabul qilishga tayyor. Nitsshega koʻra, bunday mavjudotning oddiy odamdan farqi odamning maymundan farqichalikdir 6 . Nitsshe asari Injilga oʻxshab falsafa, nasr va sheʼr oʻrtasida muvozanat saqlaydi. Muallif “qadimiylikka” murojaat qilib, kitobini oʻz hayotini tugatgan yahudiy-xristian axloqini namoyon qilgan holda Injilga qarshi qoʻyishga intilgan. Nitsshe kitobi Bibliyaga ishoralarni ham (yonuvchi ustun, qoʻylar, choʻponlar, voizlar), inversiyalarni ham (“yaqinlar” “uzoqlar”ga qarshi qoʻyiladi, Qonunni bajarish uni buzish bilan almashtiriladi) oʻz ichiga oladi. Qizigʻi Nitsshening ushbu asari va Injil Birinchi jahon urushi davrida nemis askarlari oʻzlari bilan eng koʻp olib yurgan ikki kitoblar edi. Bu faktdan ham bilish muhimki, asar ahamiyati juda ulkan bo’lib, uning hozirgi ahamiyati ham ayniqsa falsafa sohasi uchun juda aniq va mantiqqa asoslangandir. Xulosa qilib aytganda, Fridrix Nitsshe o’z davrining haqiqiy ulug’vor faylasuflaridan biri edi. Uning fanga olib kelgan yangiliklari va o’z davri uchun inqilobiy bo’lgan 4 Ridley, A. “The Pathos of Distance and the Overman.” – Journal of the British Society for Phenomenology, 1997. 5 https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/hikmatlar/mumtoz-faylasuflar/fridrix-nitshe 6 https://uz.wikipedia.org/wiki/Zardo%CA%BBsht_tavallosi Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 378 g‘oyalari, insonning ruhidagi alamzadalik va isyonkorlik bo’yicha qarashlari bir qarashda o’ta keskin bo’lib tuyulishi mumkin. Ammo bu ayni haqiqatdir. Uning asarlaridagi haqiqatlar, g‘oyalar inson ongining ochilmagan qirralariga ham katta ta’sir ko’rsatib ong-u tafakkuriga shu darajada salmoqli ta’sir etganligi va eng muqaddas diniy kitoblardan biri bilan teng darajada o’qilganligi misolida ham ko’rishimiz mumkin. Ayni paytda, uning ijodi va asarlarini o’rganish esa, bizga klassik falsafiy qarashlar va fanning eng muhim aqidalarini tushunishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Fridrix_Nitsshe 2. Omonullaev, H. Zamonaviy G‘arb falsafasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2011. 3. Делёз Ж. “Ницше и философия” – Москва: Академический проект. 4. https://oyina.uz/uz/article/205 5. Xudoyberdiyev, N. XX asr falsafasi. – Toshkent: Fan nashriyoti, 2012. 6. Ridley, A. “The Pathos of Distance and the Overman.” – Journal of the British Society for Phenomenology, 1997. 7. https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/hikmatlar/mumtoz-faylasuflar/fridrixnitshe 8. https://uz.wikipedia.org/wiki/Zardo%CA%BBsht_tavallosi