scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKROVIPERA LEBETINA CHAQISHLARIDA ANTIVENOMLARNING SAMARADORLIGINING KLINIK TAHLILI

G'ulomjonov Eldor

Full text

160 MAKROVIPERA LEBETINA CHAQISHLARIDA ANTIVENOMLARNING SAMARADORLIGINING KLINIK TAHLILI G‘ulomjonov Eldor Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761179 Annotatsiya: Maqolada O‘rta Osiyo mintaqasida tibbiy ahamiyatga ega bo‘lgan Macrovipera lebetina iloni chaqishlarida qo‘llaniladigan antivenom (zaharga qarshi zardob)larning samaradorligi tahli qilinadi. Tadqiqotning maqsadi antivenom terapiyasining qon ivish buzilishi (koagulopatiya) va gemorragik asoratlarni bartaraf etishdagi klinik natijalarini o‘rganishdan iborat. Adabiyotlar tahlliga asoslanib, antivenomning zahar komponentlarini neytrallash, gemostazni tiklash va asoratlar xavfini kamaytirishdagi ahamiyati ko‘rsatilgan. Xulosa qilib, vaqtida va to‘g‘ri qo‘llanilgan antivenom terapiyasi Macrovipera lebetina chaqishlarida asosiy va eng samarali davolash usuli hisoblanadi. Kalit so‘zlar: Macrovipera lebetina, ilon chaqishi, antivenom, koagulopatiya, davolash samaradorligi. Abstract: This article analyzes the efficacy of antivenoms used in cases of Macrovipera lebetina envenomation, a medically significant snake in Central Asia. The study aims to investigate the clinical outcomes of antivenom therapy in eliminating coagulation disorders (coagulopathy) and hemorrhagic complications. Based on literature analysis, the importance of antivenom in neutralizing venom components, restoring hemostasis, and reducing the risk of complications is shown. In conclusion, timely and correct antivenom therapy is the primary and most effective treatment method for Macrovipera lebetina bites. Key words: Macrovipera lebetina, snakebite, antivenom, coagulopathy, treatment efficacy. Kirish: Ilon chaqishi, ayniqsa O‘rta Osiyo mintaqasida keng tarqalgan Macrovipera lebetina kabi zaharli ilonlar tufayli, jiddiy sog‘liqni saqlash muammosi hisoblanadi. Ushbu ilon zaharining asosiy ta’siri qon ivish tizimini buzish (koagulopatiya) va tizimli qon ketishlariga olib kelishidir [1]. Bu esa bemor uchun hayotiy xavf tug‘diradigan asoratlar, jumladan, miya qon ketishi va o‘tkir buyrak etishmovchiligining rivojlanishiga sabab bo‘ladi [2]. Shu sababli, Macrovipera lebetina chaqishlarida samarali davolashni amalga oshirish dolzarb muammo hisoblanadi. Vaqtida qo‘llanilgan antivenom terapiyasi zahar toksinlarini neytrallash orqali gemostazni tiklash va o‘lim darajasini kamaytirish uchun eng muhim usul hisoblanadi [3]. Tadqiqotning maqsadi: Macrovipera lebetina chaqishi natijasida yuzaga keladigan koagulopatiyani davolashda antivenomlarning klinik samaradorligini tahli qilish. Tadqiqotning vazifalari: 1. Macrovipera lebetina zaharining gemostaz tizimiga ta’sir qilish mexanizmlarini o‘rganish. 161 2. Antivenom terapiyasining qon ivish ko‘rsatkichlarini tiklashdagi samaradorligini tahli qilish. 3. Antivenom qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar va davolash taktikasini ishlab chiqish. Material va usullar: Tadqiqot usuli sifatida mavjud ilmiy adabiyotlar (White J., Markland F.S., Warrell D.A. va boshqalar) va klinik kuzatuvlar bo‘yicha retrospektiv tahli qo‘llanildi. Tahli qilinadigan asosiy parametrlar sifatida antivenom qo‘llashdan oldin va keyingi butun qon ivish vaqti (WBCT), fibrinogen darajasi, fibrin(ogen) degradatsiya mahsulotlari (FDP) kabi laboratoriya ko‘rsatkichlari, shuningdek, klinik asoratlarning rivojlanish chastotasi qiyoslandi. Natijalar va ularning tahlili : Macrovipera lebetina zaharida prokoagulyant va gemorragik toksinlar mavjud bo‘lib, ular chaqishdan keyin iste’mol koagulopatiyasi va qon tomorlarining shikastlanishiga olib keladi [2, 4]. Adabiyotlarga ko‘ra, antivenom qo‘llanilmagan holda koagulopatiya bir necha kundan bir necha haftagacha davom etishi mumkin [5]. Antivenom terapiyasining joriy etilishi zahar toksinlarini tezda neytrallaydi. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ri tanlangan va zarur miqdorda qo‘llanilgan antivenomdan keyin: • Qon ivish ko‘rsatkichlari tuzaladi: Butun qon ivish vaqti (WBCT) 624 soat ichida normallashadi, fibrinogen darajasi asta-sekin tiklanadi [3]. • Gemorragik asoratlar xavfi kamayadi: Yangi qon ketishlarning oldi olinadi, mavjud koagulopatiya asoratlarining rivojlanishi to‘xtaydi [1]. • Spetsifiklik muhim ahamiyatga ega: Macrovipera lebetina zahariga qarshi ishlab chiqarilgan monovalent yoki mintaqaviy zahar tarkibiga mos polivalent antivenomlar eng yuqori samaradorlikni ko‘rsatadi [6]. Boshqa turlar uchun mo‘ljallangan antivenomlar etarli darajada samara bermasligi mumkin. XULOSA: 1. Macrovipera lebetina chaqishlari og‘ir koagulopatiya va gemorragik asoratlar bilan kechishi mumkin, bu esa davolashni kechiktirishda yoki noto‘g‘ri tashxis qo‘yilganda bemor hayoti uchun xavflidir. 2. Vaqtida qo‘llanilgan va zahar tarkibiga mos keladigan antivenom terapiyasi – bu gemostazni tiklash, asoratlarning oldini olish va o‘lim darajasini kamaytirishda eng samarali davolash usuli hisoblanadi. 3. Standart koagulopatiya davosi (masalan, geparin, yangi muzlatilgan plazma) antivenom terapiyasini almashtira olmaydi va ko‘p hollarda kontrendikedir. 162 4. Mintaqada Macrovipera lebetina ga qarshi samarali antivenomlarning mavjudligi va ularni o‘z vaqtida qo‘llashni ta’minlash sog‘ligni saqlash tizimining dolzarb vazifalaridan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. White J. Snake venoms and coagulopathy // Toxicon. – 2005. – Vol. 45. – P. 951–967. 2. Markland F.S. Snake venoms and the haemostatic system // Toxicon. – 1998. – Vol. 36. – P. 1749– 1800. 3. Warrell D.A. et al. Poisoning by bites of the saw-scaled or carpet viper (Echis carinatus) in Nigeria // Q.J. Med. – 1977. – Vol. 46. – P. 33–62. 4. Siigur J. et al. Biochemical and pharmacological characterization of lebetase, a fibrinolytic enzyme from Vipera lebetina snake venom // Thrombosis Research. – 1991. – Vol. 64. – P. 667–678. 5. Reid H.A. Prolonged defibrination syndrome after bite by the carpet viper Echis carinatus // B M J. – 1977. – Vol. 2. – P. 1326. 6. Theakston R.D.G., Warrell D.A. Antivenoms: a list of hyperimmune sera currently available for the treatment of envenoming by bites and stings // Toxicon. – 1991. – Vol. 29. – P. 1419–1470.