scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QISHLOQ AHOLISINING MIKRONUTRIYENTLARGA BO'LGAN FIZIOLOGIK TALABI VA UNING QONDIRILISHI

Haydarov Zayniddin Turaxon oʻgʻli

Full text

163 QISHLOQ AHOLISINING MIKRONUTRIYENTLARGA BO‘LGAN FIZIOLOGIK TALABI VA UNING QONDIRILISHI Haydarov Zayniddin Turaxon oʻgʻli Qarshi davlat universiteti, biologiya ta’lim yo‘nalishi talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761183 Annotatsiya: Ushbu maqolada qishloq aholisining sog‘lom turmush tarzini ta’minlashda mikronutrientlarning (vitaminlar, minerallar, mikroelementlar) o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda aholining ovqatlanish tarkibi, mikronutrientlar yetishmovchiligi sabablari hamda ularni bartaraf etish choralari tahlil qilinadi. Shuningdek, qishloq joylarda yashovchi aholining fiziologik talablarini to‘liq qondirish uchun tavsiya etilgan ovqatlanish me’yorlari keltirilgan. Kalit so‘zlar: mikronutrientlar, vitaminlar, minerallar, ovqatlanish, sog‘lom turmush, qishloq aholisi, fiziologik talab. Аннотация: В данной статье раскрываются роль и значение микронутриентов (витаминов, минералов, микроэлементов) в обеспечении здорового образа жизни сельского населения. В исследовании анализируются состав питания населения, причины дефицита микронутриентов и меры по их устранению. Кроме того, приведены рекомендуемые нормы питания для полного удовлетворения физиологических потребностей населения, проживающего в сельской местности. Ключевые слова: микронутриенты, витамины, минералы, питание, здоровый образ жизни, сельское население, физиологические потребности. Annotation: This article highlights the role and importance of micronutrients (vitamins, minerals, and trace elements) in ensuring a healthy lifestyle among the rural population. The study analyzes the composition of the population's diet, the causes of micronutrient deficiencies, and the measures to eliminate them. In addition, the recommended dietary norms for fully meeting the physiological needs of people living in rural areas are presented. Keywords: micronutrients, vitamins, minerals, nutrition, healthy lifestyle, rural population, physiological needs. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020–yil 10–noyabrdagi PQ–4887–son “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aholi orasida mikronutriyent yetishmasligi uning oldini olish va sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida ilmiy tadqiqot ishlarini qo‘llab quvvatlash hamda sanitariya gigiyena va tushuntirish ishlarini olib borish masalalariga alohida e'tibor berilgan. Sog‘lom ovqatlanish inson organizmining to‘g‘ri rivojlanishi, mehnat qobiliyati va uzoq umr ko‘rishida muhim omil hisoblanadi. Inson organizmi uchun zarur bo‘lgan barcha oziq moddalarning muvozanatli qabul qilinishi, xususan mikronutriyentlar – vitaminlar, minerallar va mikroelementlarning yetarli miqdorda iste’mol qilinishi fiziologik faoliyatni normada ushlab turadi. 164 Qishloq aholisida mikronutriyentlar tanqisligi ko‘p hollarda oziq-ovqat mahsulotlarining cheklangan turlari, mavsumiylik va iqtisodiy omillar bilan bog‘liq. Aholining mikronutriyentlarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish bugungi kundagi dolzarb masalalaridan ekanligi ta’kidlab o‘tilgan va muhim vazifa sifatida belgilab olingan. Mikronutriyentlar inson organizmi uchun zarur bo‘lgan, lekin oz miqdorda talab qilinadigan biologik faol moddalar bo‘lib, ular vitaminlar, minerallar va mikroelementlardan iborat. Bu moddalar organizmning to‘g‘ri o‘sishi, immun tizimi faoliyati, asab tizimi barqarorligi hamda modda almashinuv jarayonlarining me’yorda kechishini ta’minlaydi. Qishloq aholisining kundalik hayoti ko‘pincha jismoniy mehnat bilan bog‘liq bo‘lgani sababli, ularning energiya sarfi yuqori, demak, mikronutriyentlarga bo‘lgan ehtiyoji ham ortiq bo‘ladi. Ayniqsa temir, kalsiy, D vitamini, A va C vitaminlariga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘lib, ular qon hosil bo‘lishi, suyaklarning mustahkamligi va immun tizim faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, qishloq joylarda mikronutriyent yetishmovchiligi muammosi ham kuzatiladi. Buning asosiy sabablari — oziq-ovqat mahsulotlarining cheklanganligi, meva va sabzavotlarning mavsumiyligi, sog‘lom ovqatlanish to‘g‘risidagi bilimlarning yetishmasligi hamda iqtisodiy imkoniyatlarning pastligidir. Natijada aholining ayrim qatlamlarida kamqonlik, suyaklar mo‘rtligi, immunitet pasayishi kabi muammolar paydo bo‘ladi. Bunday yuzaga kelgan holatlarni bartaraf etish uchun aholining ovqatlanish tarkibini o‘rganish va tahlil qilish, turli xil oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanishni kengaytirish zarur. Shuningdek, vitamin va mineral moddalar bilan boyitilgan mahsulotlardan foydalanish, sabzavot va mevalarni yil davomida iste’mol qilish, hamda sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish muhim hisoblanadi. Qishloq aholisining mikronutriyentlarga bo‘lgan fiziologik talabini to‘liq qondirish sog‘lom turmush tarzini ta’minlash, mehnat unumdorligini oshirish va kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat tarkibini boyitish, sabzavot–meva iste’molini ko‘paytirish va sog‘lom ovqatlanish madaniyatini rivojlantirish orqali mikronutriyent tanqisligini bartaraf etish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 10 ноябрдаги ПҚ-4887-сон қарори “Аҳолининг соғлом овқатланишини таъминлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” ги Қарори. Тошкент. 2020., 10 ноябрь. Янги Ўзбекистон, 2020 йил., № 3.- 1-3 бетлар. 2. Hazratova H.N. Provision of some mineral substances to primary school students // Universum: химия и биология Научный журнал Издается ежемесячно с ноября 2013 года Является печатной версией сетевого журнала Universum: химия и биология. 6(120) Июнь, 2024, Часть 2 Москва 2024, 64-67 стр. 165 3. World Health Organization (WHO). Micronutrient deficiencies: Global prevalence and public health significance. — Geneva: WHO Press, 2020. — 78 p. 4. Food and Agriculture Organization (FAO). Food-based dietary guidelines for adults in rural areas. — Rome: FAO Publications, 2019. — 65 p. 5. Karimova D., Rahimov Sh., Jo‘raev B. Ovqatlanish gigiyenasi asoslari. — Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2022. — 124 b. 6. UNICEF Uzbekistan. Nutrition status report. — Tashkent: UNICEF Office, 2023. — 40 p. 7. Palaq, Jasrotia R, Langer S, Rozumbetov K. Zero Waste Management System. InZero Waste Management Technologies 2024 Jun 30 (pp. 39-55). Cham: Springer Nature Switzerland.