scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

JIGARNING DETOKSIKATSIYA FUNKSIYASIGA TAʻSIR ETUVCHI IJOBIY VA SALBIY OMILLAR POSITIVE AND NEGATIVE FACTORS AFFECTING THE DETOXIFICATION FUNCTION OF THE LIVER

Madatov Ravshan Mamasoliyevich; Normatova Marjona Farxod qizi

Full text

199 JIGARNING DETOKSIKATSIYA FUNKSIYASIGA TAʻSIR ETUVCHI IJOBIY VA SALBIY OMILLAR POSITIVE AND NEGATIVE FACTORS AFFECTING THE DETOXIFICATION FUNCTION OF THE LIVER Madatov Ravshan Mamasoliyevich Nizomiy nomidagi O‘zMPU dotsenti PhD Normatova Marjona Farxod qizi Nizomiy nomidagi O‘zMPU talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761355 Annotatsiya: Ushbu maqolada jigarning detoksikatsiya funksiyasining mohiyati, uning asosiy bosqichlari hamda ushbu jarayonga taʻsir etuvchi ijobiy va salbiy omillar ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Jigar organizmdagi asosiy biokimyoviy laboratoriya sifatida toksinlarni zararsizlantirishda, moddalar almashinuvini meʻyorda ushlab turishda muhim rol oʻynaydi. Maqolada sogʻlom turmush tarzi, toʻgʻri ovqatlanish, ekologik va farmakologik omillarning jigarga taʻsiri ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Kalit soʻzlar: jigar, detoksikatsiya, toksin, ferment, sitoxrom P450, fiziologiya, toksikologiya. Abstract: This article analyzes, from a scientific perspective, the essence of the liverʻs detoxification function, its main stages, and the positive and negative factors influencing this process. The liver, as the bodyʻs main biochemical laboratory, plays an important role in neutralizing toxins and maintaining metabolic balance. The article highlights, from a scientific point of view, the effects of a healthy lifestyle, proper nutrition, as well as ecological and pharmacological factors on the liver. Key words: liver, detoxification, toxin, enzyme, cytochrome P450, physiology, toxicology. Kirish: Jigar organizmdagi eng katta bezsimon organ boʻlib, detoksikatsiya, sintez va metobolizm kabi muhim vazifalarni bajaradi. Jigar ayniqsa ovqat hazm qilish yoʻli orqali tushgan toksinlar va begona moddalardan tanani tozalash uchun javobgardir. Bu jarayonga detoksikatsiya deyiladi. Jigar bu zararli moddalarni murakkab kimyoviy reaksiyalar zanjiri orqali zararsizlantiradi. Jigar fermentlarining vazifasi yogʻda eriydigan toksinlarni suvda eriydigan moddalarga aylantirishdir, shunda ular siydik yoki oʻt orqali chiqarib yuboriladi [1]. Organizmda “qurilish materiali” yoki energiya manbai boʻlib foydalanilmaydigan yot moddalar ksenobiotiklar deyiladi. Ksenobiotiklar organizmga oziq-ovqat, nafas yoʻllari, teri orqali tushadi. Ksenobiotiklardan tashqari organizmning oʻzida hosil boʻladigan baʻzi metabolitlar ham zaharli boʻlib, zararsizlantirilishi lozim. Masalan: bilirubin, steroid gormonlar, katexolaminlar va boshqa moddalar jigarda zararsizlantiriladi. Zamonaviy 200 tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, jigar salomatligi koʻp jihatdan turmush tarzi va tashqi muhit omillariga chambarchas bogʻliq boʻladi [2]. Jigar detoksikatsiyasi - jigarning organizmdagi zararli moddalarni (toksinlarni) zararsizlantirish va tanadan chiqarib yuborish jarayonidir. Inson organizmida detoksikatsiya funksiyasini faqatgina jigar aʻzosi emas balki buyrak, oʻpka, teri va ichak (yoʻgʻon ichak) bajarib beradi. Bu tananing tabiiy fiziologik vazifasi boʻlib, doimiy ravishda, hatto biz uxlayotgan paytda ham davom etadi [3]. Jigar moddalarning parchalanishidagi asosiy markaziy organ hisoblanadi. Jigardagi detoksikatsiya funksiyasi ikki bosqichda amalga oshadi. ➢ Birinchi bosqich: lipofilik (yogʻda eruvchan) zaharli moddalar mikrosomal sitoxrom P450 fermentlar oilasi tomonidan oksidlanadi va suvda eriydigan shakllarga aylantiradi. Sitoxrom P450 (CYP) fermentlar oilasiga mansub 50 dan ortiq turli fermentlarni oʻz ichiga oladi va ular organizmga kirgan dori-darmonlar, pestitsidlar, ogʻir metallar va boshqa ksenobiotiklar metobolizmida ishtirok etadi. Ushbu jarayonda zaharli moddalar quyidagi reaksiyalarga uchraydi: - Oksidlanish, reduksiya, gidroliz, dealkillanish, gidroksillanish. Bu bosqichlar uzviy ketma-ketlik bilan amalga oshiriladi. ➢ Ikkinchi bosqich: Birinchi fazadagi mahsulotlar aminokislotalar, sulfat yoki glukuronid bilan biriktiriladi va organizmdan chiqariladi yaʻni konyugatsiya reaksiyalariga kirishadi. Eng muhim konyugatsiya xillariga: - Glutationning konyugatsiyasi, glukuronidlanish, sulfatlanish, atsetillanis [4]. Jigar detoksikatsiyasi funksiyasiga koʻplab omillar taʻsir koʻrsatadi. Bularni ijobiy va salbiy omillarga boʻlishimiz mumkin. Ijobiy omillar jigarning detoksikatsiya qobiliyatini oshiradi, hujayra membranalarini himoya qiladi va regeneratsiya jarayonlarini tezlashtiradi. Salbiy omillar esa jigar hujayralariga toksik taʻsir koʻrsatib, ularning funksional faolligini pasaytiradi [5]. 201 1-rasm. Jigarda detoksikatsiya jarayoni fazalari Mazkur mavzu bugungi kunda dolzarb hisoblanadi, chunki ekologik ifloslanish, dori vositalarining keng qoʻllanilishi va notoʻgʻri turmush tarzi jigar faoliyatiga bevosita taʻsir koʻrsatmoqda. Jigar tekshiruvidan oʻtgan har 10 kishidan deyarli 1 nafarda jigar shikastlanishining alomatlari aniqlangan. Shu bilan birga, jigar kasalliklari Buyuk Britaniyada erta oʻlimning eng tez oʻsib borayotgan sabablaridan biriga aylangan - 2021-yilda tahminan 10500 ta erta oʻlim holati qayd etilgan [4]. Jigar sogʻligini saqlash uchun profilaktik tekshiruvlardan oʻtish, sogʻlom ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, turli konservativ ichimliklarni muntazam isteʻmol qilish, zararli odatlardan voz kechish va jismoniy faollikni saqlab turish zarur. Yuqorida aytilgan salbiy hamda ijobiy omillarga nimalar kirishini koʻrib oʻtamiz. Ijobiy omillar Salbiy omillar Toʻgʻri ovqatlanishjigar hujayrasini himoyalashda, metobolizmni qoʻllabquvvatlashda Alkogoljigar hujayralarini zararlaydi va detoksikatsiya jarayonini sustlashtiradi Yetarlicha suv isteʻmolitoksinlarning organizmdan chiqarilishini tezlashtiradi Chekishoksidativ stressni kuchaytirib, jigar yuklamasini orttiradi Jismoniy faollikenergiya almashinuvini faollashtirib, jigar yuklamasini kamaytiradi Notoʻgʻri ovqatlanish-jigarda yogʻ yigʻilishi, yalligʻlanish va metobolik buzilishini kuchaytiradi Sifatli uyqujigar regeneratsiyasini va hujayraviy tiklanishni taʻminlaydi Ogʻir metallar va toksinlarjigar hujayralarida zaharli birikmalar yigʻilishiga olib keladi Stressni boshqarishgormonlar barqarorligini saqlab, jigarga ortiqcha yuk tushishiga yoʻl qoʻymaydi Uyqusizlikgormonal disbalans va regeneratsiya jarayonlarini susaytiradi Atrof-muhit gigiyenasitoksik moddalardan himoyalanish va jigarni kimyoviy yukdan asrash Dorilarning notoʻgʻri qabul qilinishijigar fermentlari yuklamasini oshiradi 202 1-jadval. Jigarning detoksikatsiya funksiyasiga ijobiy hamda salbiy omillar taʻsiri Xulosa: Jigar organizmdagi eng muhim detoksikatsiya organi boʻlib, uning funksiyasi koʻplab ichki va tashqi omillar taʻsiriga duchor boʻladi. Oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra, jigarning samarali ishlashi muvozanatli ovqatlanish, yetarli suyuqlik isteʻmoli, jismoniy faollik va sogʻlom turmush tarzi orqali taʻminlanadi. Antioksidantlar (A, C, E, B guruhi), mikroelementlar (selen, rux) hamda tabiiy mahsulotlar detoksikatsiya jarayonlarini faollashtiradi [6]. Biroq, zamonaviy hayot tarzi jiddiy xavf tugʻdiruvchi omillarni keltirib chiqaradi. Alkogol va tamaki, atrofmuhit toksinlari, ortiqcha shakar isteʻmoli jigar funksiyasini sezilarli darajada buzadi va fibroz, yogʻli gepatoz kabi kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi [7]. Jigar sogʻligi butun organizmning umumiy farovonligi kalitidir, shuning uchun uning detoksikatsiya funksiyasini qoʻllab-quvvatlash har bir insonning asosiy tabiiy savodxonligi qismiga aylanishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. Salimov N.M., Artikova M.K. Ichki kasalliklar: darsligi. Toshkent: Ibn Sino nomidagi TRTU, 2018. 2. Sobirova R.A., Abrorov O.A., Inoyatova F.X., Aripov A.N. Biologik kimyo. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006. 3. El-Yasin H.D. Inactivation and Detoxification of Xenobiotics and Metabolites in the Liver. Lecture4.- Baghdad: College of Medicine, University of Baghdad, 2012. 4. How To Detox Your Liver: 3 Functional Medicine Strategies // Nutrition Diets Clinic – 2024. 5. Lee W.M. Drug-induced hepatotoxicity // New England Journal of Medicine. – 2003. 6. Ibadullayeva N.M. – Jigar kasalliklari profilaktikasi. – Toshkent: [Nashriyot]. 7. Raximova G.N., Axmedova N.S. Jigarning detoksikatsiya funksiyasi va uni baholash usullari // Oʻzbekiston tibbiyot jurnali. – 2020.