KUNJUT (SESAMUM INDICUM L.) O'SIMLIGINING DORIVOR XUSUSIYATLARI VA TIBBIYOTDA QO'LLANILISHI
Full text
209 KUNJUT (SESAMUM INDICUM L.) O‘SIMLIGINING DORIVOR XUSUSIYATLARI VA TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI Menesheva M., Tursunboev H.E. Berdaq nomidagi Qoraqolpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761418 Annotatsiya: Kunjut qadimdan dorivor o‘simlik sifatida qo‘llanib kelinadi. Urug‘i, yog‘i va barglarida biologik faol moddalarning yuqoriligi sababli u xalq tabobati, zamonaviy tibbiyot va parhez ovqatlanishda keng ishlatiladi. Ushbu tezisda kunjutning kimyoviy tarkibi, dorivor xususiyatlari hamda tibbiyotdagi qo‘llanish yo‘nalishlari qisqa ilmiy izohlar bilan bayon etiladi. Kalit so’zlar: Kunjut, dorivor xususiyat, morfologiya, kimyoviy tarkib, antioksidant. Kunjut kunjutsimonlar (kunjutdoshlar — Pedaliaceae) oilasining Sesamum avlodiga kiradi. Sesamun avlodining 19 ta turidan madaniy kunjut yoki Hind kunjutSesamum indicum L. eng ko‘p ahamiyatga ega bo'lib, ko‘p ekiladi [2]. Madaniy kunjut bir yillik o‘t o‘simlik. Ildizining yuqori qismi yo‘g‘onlashgan o‘q ildiz bo'lib, yerga 120 sm chuqur kirib boradi va talaygina yon shoxlar chiqaradi. Poyasi tik o‘sadi, 4 yoki 8 qirrali bo‘ladi, bo‘yi sug‘oriladigan yerlarda o‘rtacha 100110 sm. lalmikor yerlarda 50-60 sm ga yetadi, yashil tuk bilan qalin yoki siyrak qoplangan. Poyasi ko'sakchalar bo‘lmagan pastki qismidan shoxlanib, yuqoriga qarab o‘sadigan 4-6 ta uzun shox chiqaradi. Shoxlarining soni 10-12 tagacha yetishi mumkin, kam shoxlanadi (2 ta shox chiqaradigan) yoki mutlaqo shoxlamaydigan shakllari ham bor [2]. Kimyoviy tarkibi. Kunjut urug‘i tarkibida 60% gacha moy, E vitamini, faktor - T, sezamin, sezamon, sezamanin va boshqa moddalar bo‘ladi. Kunjut moyi 3-6°S temperaturada qotadigan sariq rangdagi suyuqlik bo‘lib, yarim quruvchi moylarga kiradi. Solishtirma og‘irligi 0,9197-0,9260, refraksiya soni 1,4731-1,4760, kislota soni 1,4-10, sovunlanish soni 185,5-195, yod soni 103-116. Moy tarkibida alein, linol, pavletin, stearin, araxin va lignotserin kislotalarining glitsiridlari uchraydi [1]. Tibbiyotda qo’llanilishi. Kunjut moyi dorivor moddalarini yeritishda, surtma va malhamlar tayyorlashda ishlatiladi. Kunjut moyi qondagi trombotsitlar sonini oshiradi va qon ivishini tezlashtiradi. Shuning uchun ham u ba’zan qon kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi [1]. Kunjut urug‘i va yog‘i tibbiyotda ko‘plab foydali xususiyatlarga ega. Uning tarkibida linolenik, linolik va olein kislotalari, shuningdek, sesamin va sesamolin lignanlari, E vitamini (tokoferol), minerallar va tolalar mavjud. Undan tashqari:
210 1. Yurak-qon tomir kasalliklari: Kunjut yog‘i va lignanlar xolesterin darajasini pasaytiradi, qon tomir devorlarini mustahkamlaydi va ateroskleroz xavfini kamaytiradi [3]. 2. Antioksidant xususiyati: Sesamin va sesamolin erkin radikallarga qarshi harakat qilib, hujayralarni oksidlovchi stressdan himoya qiladi, qarish jarayonini sekinlashtiradi [4]. 3. Teri va kosmetik qo‘llanilishi: Kunjut yog‘idagi E vitamini terini oziqlantiradi, namligini saqlaydi, yara va yallig‘lanishni kamaytiradi [3, 4]. 4. Oshqozon-ichak tizimi: Urug‘ tolaga boy bo‘lib, ichak faoliyatini yaxshilaydi va ich qotishi muammolarini kamaytiradi [4]. 5. Immunitetni mustahkamlash: Antioksidant lignanlar va minerallar immun tizimini faollashtirib, tananing kasalliklarga chidamliligini oshiradi [2]. 6. Soch va tirnoqlarni mustahkamlash: Yog‘ va oqsil tarkibidagi biologik faol moddalar soch o‘sishini rag‘batlantiradi, tirnoqlarni mustahkamlaydi [3, 4]. Xulosa: Kunjut o‘simligi dorivor xususiyatlarga boy bo‘lib, uning urug‘i va yog‘i tibbiyotning turli yo‘nalishlarida qo‘llaniladi. Kimyoviy tarkibidagi antioksidantlar, yog‘ kislotalari va mikroelementlar uni nafaqat oziq-ovqat, balki shifobaxsh vosita sifatida ham muhim ekinlar qatoriga kiritadi. Kunjutdan tibbiyotda foydalanishni ilmiy jihatdan chuqur o‘rganish, uning asosida yangi fitopreparatlar yaratish istiqbollari katta ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. O’.Ahmedov, A. Ergashev, A.Abzalov, M.Yulchiyeva, D.Mustafaqulov “Dorivor o’simliklarni yetishtirish texnologiyasi va ekologiya” darslik Toshkent-2018. 2. Yaqubjanov O. O‘simlikshunoslik. NamDU kutubxonasi, 2020. 3. Hamdamov I.H., Hamdamova E.I., Suvonova G.A., Begmatova M. Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi. Toshkent: 2015. 4. Ayupov R.H. Dorivor o‘simliklar va ulardan foydalanish. Toshkent: 2015.