ANORNING BIOLOGIYASI VA XALQ TABOBATIDAGI AHAMIYATI
Full text
226 ANORNING BIOLOGIYASI VA XALQ TABOBATIDAGI AHAMIYATI Rajabova G.B., Tursunboev H.E. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761465 Annotatsiya: Anor qadimiy mevadir. Anor daraxtini yetishtirish hamma tomondan yoqimli va foydali. Uning po’sti, po’chog’i va ildizlari shifobaxsh, barglarini damlab ichish mumkin mevasi juda shirin. Quritilgan anor gullari choy sifatida damlab ichilsa, gipertoniklarga katta foyda beradi. Kalit so’zlari: Punica granatum L. Urug’chisi, onaligi, diametri, B guruhi vitaminlari B1, B2, B6, B9 va karotin. Abstract: Pomegranate is an ancient fruit. Growing a pomegranate tree is pleasant and beneficial in every way. Its bark, pods and roots are medicinal, its leaves can be drunk and its fruit is very sweet. Dried pomegranate flowers, when brewed as a tea, are very beneficial for hypertensives. Key words: Punica granatum L, seed size, diameter, group B vitamins B1, B2, B6, B9 and carotene. Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyoti hamda aholi sonining tobora ortib borishi oziq-ovqat, xususan mevalarga va uni qayta ishlab tayyorlangan mahsulotlar, ularning turi va sifatiga boʻlgan talabni oshirib bormoqda. Ayniqsa, meva va uzumning xom mevalar hamda ularning qayta ishlangan mahsulotlariga boʻlgan talab boshqa barcha mevali ekinlar orasida anor ekinini mashhurligi jihatidan alohida o‘rinda turadi desak mubolaga boʻlmaydi. Binobarin, anor mevalaridan tayyorlangan betakror sharbatlar bilan mamlakatimiz aholisining kundalik oziq-ovqat mahsulotlaridan biridir. Anor mevalarining bu qadar keng va qadrli holatda tarqalishi ularning beqiyos taʼmi, vitaminga boyligi, xushboy hidi, qayta ishlash, saqlash va tashishga yaroqligi, yetishtirish va koʻpaytirishning u qadar murakkab emasligi va shu kabi qator afzalliklari bilan tushuntiriladi [3]. Barchamiz shuni bilamizki, Anor (Punica granatum L.) - anordoshlar oilasiga mansub, subtropik meva o’simligi boʻyi 2-10 m daraxt yoki butasimon bo’ladi. Anorning vatani O’rta osiyo, Ozarbayjon, Eron va Afg’oniston davlatlarida yovvoyi turlari, O’rta dengiz atrofi, O’rta Osiyoning janubida, Qrim, Kavkaz, Eron, Afg’oniston, Old Osiyo va Dog’istonda uchraydi. O’zbekistoning Namangan viloyati va Sherobod, Quva Denov va Kitob tumanlari a’lo sifatli anorlari bilan mashhur. U O’zbekistonning deyarli barcha tumanlarida o’stiriladi. Tabiiy holda o’suvchi anorlar O’zbekistonning janubiy tumanlarida uchraydi [1]. Biologik tavsifi: Barglari mayda, nashtarsimon, shoxlari tikanli (shirin mevalisida tikani kamroq) Anorning gullashi bahorning eng oxirida boshlanadi va
227 butun yoz davom etadi. Bu iyun-iyul oylariga to’g’ri keladi. Gullari ikki jinsli, yirik (diametri 8 sm gacha), och qizil, shoxi uchida bitta, ikkita, ba’zan beshtagacha joylashadi. Urug’chisi (onaligi) normal rivojlangan, koʻzachasimon guli meva tugadi, urug’chisi qisqa, qo’ng’iroqsimon gullari odatda meva tugmaydi. U chetdan changlanadi. Botanikada o’simlikning mevasi granat deb nomlanadi uning maksimal hajmi 18 sm gacha bo’lishi mumkin. Mevasi yirik, dumaloq, qizg’ish (qizil po’st) yoki oqish (oq po’st) boʻlib, og’irligi 250-1000 g keladi. Mevasi 6-12 uya (xona) li, doni och pushti yoki to’q qizil. Ikki qavatda joylashgan 6-12 kameraga yoki uyaga bo’lingan reza mevalarida 1200 tagacha yoki undan ko’p anor urug’lari mavjud bo’ladi. Har bir urug’ suvli qopqoq bilan o’ralgan. Anor odatda uch yoshida meva bera boshlaydi. To’liq meva berish 7 yildan 40 yilgacha davom etadi. Ta’kidlash joizki, bu o’simlik yorug’lik va issiqlikni juda yaxshi ko’radi yetarli miqdorda quyosh nurlari bo’lmasa, u gullamaydi [1,2]. Kelib chiqishi va madaniylashtirilishi: Anor eramizdan 900-400 yil oldin qadimgi Misr, Gretsiya va Italiyada, keyinchalik Eron, Afg‘oniston, Turkmaniston, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Shimoliy Afrika, Yevropa, Rossiya, AQSh, Kaliforniya hududlarida keng miqyosda tarqalganligi ham qayd qilinadi. Hozirgi vaqtda anor dunyoning deyari barcha iqlim mintaqalarida yetishtiriladi. Anor (Punica granatum L.) madaniylashtirilishi esa, taxminan, 5000 yil oldin bo‘lib, yovvoyi holatda Kavkazoldi, O‘rta Osiyo, Turkmaniston, Eron va Hindiston hududida o‘sishi aniqlangan va kelib chiqish vatani ushbu mintaqalar hisoblanishi taxmin qilinadi. Biroq, N.I.Vavilov tomonidan anorning kelib chiqish vatani yaqin Sharq mintaqasi hisoblanishi qayd qilingan [2]. Tarkibi: Xalq tilida “Anorning ichida nechta donasi bo’lsa, u shuncha dardga davodir” degan ibora yuradi. Bu bejizga aytilmagan. Anor mevasi tarkibida 80 foiz suv, 12-15 foiz qand, 19 foiz askorbin kislota, sof holda organik kislotalar olma, limon kislotasi mavjud. B guruhi vitaminlari B1, B2, B6, B9 va karotin, A vitamini, shuningdek kaliy, magniy, kobalt, temir, kalsiy, fosfor kabi mineral moddalar mavjud. Anor qonni ko’paytiradi, tarkibida antioksidant moddalar borligi uchun organizmni yoshartirish xususiyatiga ega. Anor mevasi sharbati (quruq og‘irligiga nisbatan - 40%) tarkibida uglevodlar (-14-21%), limon kislotasi (-0,3-9%), vitaminlar (A, K, C, B6, B9, B12, R, E) makro va mikroelemetlar (Mg, Ca, K, P, Na, I, Fe va boshqa.), antioksidant faollikga ega bo‘lgan polifenollar mavjud bo‘lib, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, artroz, diabet, o‘sma kasalliklarining oldini olishi, immun tizimni faollashtirishi, ovqat hazm qilish tizimi funksiyasini yaxshilashi, moddalar almashinuvini optimallashtirishi, qonda gemoglobin miqdorini oshirishi qayd
228 qilingan. Bundan tashqari anor mevasining po’stlog’i, daraxtining gullari, barglari va ildizidan turli dori preparatlari tayyorlanadi. Ularda vitaminlar va mikronutrientlar, aminokislotalar mavjudligi va inson sog’lig’iga ijobiy ta’sir ko’rsatishi bilan aniqlanadi. 100 gramm meva tarkibida uglevodlarning 14 foizi, o’simlik oqsilining 1 foizidan kamrog’i, 72 foizdan ortiq suv mavjud; unda yog’lar aniqlanmagan [3,4]. Ishlatilishi: Teri toshmalarini davolashda. Teringizga tez-tez har xil toshma va husnbuzarlar toshadimi? U holda anor po’stini mayda tuyib tovada qizartirib oling va bir choy qoshiq sariyog’ bilan aralashtiring. Malhamni sovutgichda saqlang, haftasiga ikki marta yuz terisiga surting. Bundan tashqari, anor po’stlog’ining kukuni yordamida kuyishdan qolgan jarohatni davolash mumkin. Kuygan joyga anor sharbatidan 5-6 tomizib, ustiga po’stlog’idan tayyorlangan kukun sepiladi. Muolaja kuniga 2 mahal, bir hafta davomida bajariladi [2]. Qon bosimini tushiririshda gipertoniyaga chalingan bemorlar haftasiga 3-4 marta anor istemol qilsalar, tez orada qon bosimi meyyorlashadi. Italiyalik va Amerikalik olimlar bu sarxil mevaning irsiyatga ta’sirini o’rganib chiqdilar. Ma’lum bo’lishicha, homilador ayollar bu mevani tanovvul qilsalar, tug’ilajak bola uchrashi mumkun bo’lgan. Yurak xastaligi, bosh miya nuqsonlarining oldi olinar ekan. Mevasi orasidagi pardani quritib, giyohli choyga qo’shib ishish esa asabni tinchlantiradi, uyqusizlikdan xalos bo’lishga yordam berishi ham isbotlangan [6]. Yo’talga qarshi anor po’chog’i 1 osh qoshig’i ustiga 1 stakan qaynoq suv quyib, og’zi yopiq holda qaynatiladi. Kuniga 1 mahal issiq holda 1 stakandan ichiladi. Yo’g’on ichak yallig’lanishida anor po’chog’i yoki gulidan 1 choy qoshig’i 1 stakan suvda qaynatiladi va 2 soatga damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal 1 osh qoshiqdan ichiladi. Ko’ngil aynishida anor sharbati bilan yalpiz damlamasidan teng miqdorda olib qultumlab ichilsa ko’ngil aynishiga, qusishga davo boʻladi [5]. Anor mevasi yangi vaqtda foydalaniladi, yoki undan sok, sirop, yumshartuvchi ichimliklar ishlanadi. Milliy taomlarni ishlashda qo’llaniladigan Anor suvlari juda mazali. Ustincha qobig`i va ildizidan olingan preparatlar ilmiy meditsinada lentasimon g`ijjalarni gijja haydovchi vositalar sifatida qo’llaniladi [3]. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, anor boy tarixga ega bo‘lib, anor ahamiyati uning iste‘mol qilish maqsadlaridan tashqari, qishloq xo‘jaligidagi foydalari, ozuqaviy qiymati va potentsial dorivor xususiyatlari uni turli sohalarda muhim salohiyatga ega bo‘lgan qimmatli ekinga aylantiradi. Anorning xalq xo’jaligidagi ahamiyati va shifobaxsh xususiyatlari kattadir, anor ming xil dardga davodir. O‘zbekistonda anorzorlarni yanada ko‘paytirish va ulardan unumli foydalanish uchun
229 barcha imkoniyat hamda sharoitlar mavjud bo‘lib, ulardan toʻgʻri foydalanishimiz lozim. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Baymetov K.I., Shreder Ye.A., Axmedov Sh.M., Qayimov A.Q. Anorni ko’paytirish. Toshkent: 2013-yil. 2. Bo’riev X.Ch va boshqalar. Mevali va rezavor mevali o’simliklar bilan tajribalar o’tkazishda xisoblar va fenologik kuzatuvlar metodikasi. Toshkent: 2014-yil. 3. Davletmuratov S.D., Oteniyazov K.O., Xalmuratov P.X. Xalq meditcinasinda qo‘llaniladigan Qaraqalpag’istanning madaniy va yovvoyi o’simliklari. - Nukus: «Bilim» 1992-yil.132 b. 4. Kulkov O.P. Subtropik mevali ekinlar. O’zbekiston. Toshkent: Mexnat, 1986-yil. 115-116-bet. 5. Matkarimov va Sabirov «Miyue bag`larinin` agrotexnikasi. Nukus: «Karaqalpaqstan». 1984yil. 316 -b. 6. Mirzaeva S.A., Xudayberdiyeva M. Anor mevaxo’riga qarshi uyg’unlashgan kurash tizimi. Ilmiy maqolalar to’plami. Toshkent: 2009-yil. 228-232-bet