ATROF-MUHIT OMILLARINING O'SMIR QIZLARNING MORFOFUNKSIONAL KO'RSATKICHLARIGA TA'SIRI
Full text
251 ATROF-MUHIT OMILLARINING O‘SMIR QIZLARNING MORFOFUNKSIONAL KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI G.K.Shamuratova, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus, O‘zbekiston A.T.Esimbetov Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali, Nukus, O‘zbekiston DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761639 Annotatsiya. Tadqiqotda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani va Nukus shahrida yashovchi 14 yoshli o‘smir qizlarning morfofunksional ko‘rsatkichlari taqqoslab o‘rganildi. Antropometrik ma’lumotlarda sezilarli farqlar aniqlanmadi, biroq Mo‘ynoqdagi qizlarda sistolik bosim va yurak urish chastotasi yuqoriroq ekani qayd etildi. Olingan natijalar ekologik sharoitlarning o‘smirlarning yurak-qon tomir tizimi funksional holatiga ta’sirini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: o‘smirlar, morfofunksional ko‘rsatkichlar, arterial bosim, ekologiya. Abstract. The study compared morphofunctional parameters of 14-year-old adolescent girls living in the Muynak district and the city of Nukus, Republic of Karakalpakstan. No significant differences were found in anthropometric data; however, girls from Muynak showed higher systolic blood pressure and heart rate values. The results indicate the influence of environmental conditions on the functional state of the cardiovascular system in adolescents. Keywords: adolescents, morphofunctional parameters, blood pressure, ecology. Kirish. Insonning morfofunksional holati uning jismoniy rivojlanish darajasini aks ettirib, sog‘liqning muhim integral ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Bu holat ichki (genetik, gormonal) va tashqi (ijtimoiy, iqlimiy-ekologik) omillar ta’sirida shakllanib, turli yosh davrlarida organizmning moslashuv imkoniyatlarini belgilaydi [1]. Bolalar va o‘smirlarning organizmi tashqi muhitning noqulay omillariga juda sezgir bo‘lib, bu holat ularning jismoniy rivojlanishi, yurak-qon tomir tizimi faoliyati va moslashuv zaxiralari holatida namoyon bo‘ladi [2, 3]. Shu sababli bolalar kontingentining morfofunksional ko‘rsatkichlarini ekologik muhitning sog‘lomlik darajasini aks ettiruvchi muhim biomarker sifatida qarash mumkin. Ayniqsa, Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan Orolbo‘yi ekologik inqirozi aholining sog‘lig‘iga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Chang-tuz bo‘ronlari, pestitsidlar va og‘ir metallarning tuproq hamda suvga tushishi, ichimlik suvining yuqori mineralizatsiyasi kabi omillar organizmning fiziologik tizimlariga yuklamani oshiradi va bolalarda o‘sish hamda rivojlanish jarayonlarini buzadi [4-7]. Ushbu tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasining turli ekologik sharoitlarga ega hududlarida (Mo‘ynoq tumani va Nukus shahri) yashovchi o‘smir
252 qizlarda somatometrik ko‘rsatkichlar hamda yurak-qon tomir tizimi funksional holatini taqqoslab baholashdan iborat. Materiallar va usullar. Tadqiqot Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi 14 yoshli 276 nafar qiz o‘smir orasida o‘tkazildi, shulardan 103 nafari Mo‘ynoq tumanidan va 173 nafari Nukus shahridan edi. Tadqiqot ishtirokchilarining barchasi shu hududlarda tug‘ilib o‘sgan bo‘lib, bu ekologik omillarning ularning morfofunksional ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholash imkonini berdi. Ishtirokchilarda asosiy antropometrik o‘lchamlar - bo‘y uzunligi, tana massasi, tana massasi indeksi hamda jismoniy rivojlanishning somatometrik ko‘rsatkichlari aniqlangan. Yurak-qon tomir tizimi funksional holati sistolik va diastolik arterial bosim hamda yurak urish chastotasi (YUCh) orqali baholandi. O‘lchovlar ertalabki soatlarda, dam holatida, o‘ng qo‘lda avtomatik elektron tonometr yordamida amalga oshirildi. Olingan ma’lumotlar Microsoft Excel 2010 va MicroCAL Origin v.6.10 dasturiy paketlari yordamida statistik jihatdan qayta ishlanib, har bir ko‘rsatkich uchun o‘rtacha qiymat (M) va standart og‘ish (SD) aniqlangan. Guruhlar orasidagi farqlar variatsion statistika usullari yordamida baholangan. Natijalar va muhokama. Turli darajadagi antropogen ta’sirga ega hududlarda yashovchi o‘smir qizlarning bo‘y va tana massasi ko‘rsatkichlari orasida ishonchli statistik farqlar aniqlanmadi (p>0,05). Bu esa ekologik sharoitdan qat’i nazar, ularning umumiy jismoniy rivojlanishi yosh me’yorlari doirasida ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, gemodinamik ko‘rsatkichlarda ayrim farqlar qayd etildi. Nukus shahrida yashovchi qizlarda sistolik arterial bosim o‘rtacha 114,2 ± 1,18 mm sim. ust., Mo‘ynoq tumanidagi qizlarda esa 107,6 ± 1,27 mm sim. ust. bo‘lib, bu farq statistik jihatdan ishonchli (p<0,05) deb topildi. Diastolik bosim bo‘yicha esa Mo‘ynoqdagi qizlarda 72,4 ± 0,95 mm sim. ust., Nukusdagi tengdoshlarda 70,8 ± 0,88 mm sim. ust. bo‘lib, bu farq ishonchli emas (p>0,05). Yurak urish chastotasi Mo‘ynoqdagi o‘smir qizlarda 90,7 ± 1,12 zarba/min, Nukusdagi qizlarda esa 84,6 ± 1,03 zarba/min ni tashkil etdi (p<0,05). Mo‘ynoq hududidagi yuqori YUCh ko‘rsatkichlari, ehtimol, noqulay ekologik sharoitga organizmning kompensatoradaptatsion javobi bilan bog‘liqdir. Xulosa. O‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, Orolbo‘yi hududining turli ekologik sharoitlarida yashovchi o‘smir qizlarning asosiy somatometrik ko‘rsatkichlari o‘rtasida sezilarli farqlar yo‘q. Biroq yurak-qon tomir tizimining ayrim funksional ko‘rsatkichlarida, xususan, Mo‘ynoq tumanida yashovchi qizlarda sistolik bosim va yurak urish chastotasining yuqoriligi ekologik stress ta’sirida
253 organizmning moslashuv mexanizmlari faollashganini ko‘rsatadi. Olingan natijalar ekologik jihatdan noqulay hududlarda yashovchi bolalar va o‘smirlarning morfofunksional holatini muntazam monitoring qilish, sog‘liqdagi erta o‘zgarishlarni aniqlash va profilaktik choralarni ishlab chiqish zarurligini ta’kidlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Sakibaev K, Kozuev K, Atabaev I, Alimbekova A, Argynbaeva A. Somatotypological Indicators of Physical Development in Residents of Kyrgyzstan. Iran J War Public Health 2022; 14 (3): 5 2. Bazarbaeva S, Dinmukhamedova A, Tleubergenova G, Rakhimzhanova Z, Sembekova K, Karbayeva S, Kuandykova E. Morphofunctional and hematological characteristics of health in students from the Northern and Southern regions of Kazakhstan. Open Access Maced J Med Sci. 2021 Sep 11; 9(A):753-759 3. Розумбетов КУ, Есемуратова СП, Нисанова С, Нажимов ИИ, Есимбетов АТ, Матчанов АТ. Оценка функционального состояния сердечно-сосудистой системы у подростков, проживающих в Южном Приаралье. Бюллетень науки и практики. 2021;7(9):331-40. 4. Еркудов ВО, Розумбетов КУ, Пуговкин АП, Матчанов АТ, Есимбетов АТ, Кочубеев АВ, Рогозин СС. Взаимозависимость строения тела и функциональной реактивности вегетативного тонуса при дыхании с добавочным сопротивлением. Российские биомедицинские исследования. 2022;7(3):9-20. 5. Розумбетов КУ, Шамуратова ГК, Есимбетов АТ. Особенности тотального размера тела и индекс массы тела у подростков, проживающих на разном расстоянии от неблагоприятного очага экологической катастрофы: на примере Южного Приаралья. Rehealth journal. 2023(3 (19)):26-35. 6. K.U. Rozumbetov, G.K. Shamuratova, A.T. Esimbetov. Comparison of Respiratory, Cardiovascular, and Hand Grip Strength of Adolescents Living in the Republic of Karakalpakstan by Ecological Regions, International Journal of Genetic Engineering, Vol.13 No.9, 2025, pp. 242-250. doi: 10.5923/j.ijge.20251309.13. 7. Fuladipanah M, Rozumbetov K, Rathnayake N, Erkudov V, Koriyev M, Rathnayake U. Assessing long-term groundwater level trends in Karakalpakstan using non-parametric statistical methods. Asian Journal of Water, Environment and Pollution. 2025 Jun 4;22(3):11933.