scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MENTHA PIPERITA L. O'SIMLIGINING BIOLOGIYASI VA DORIVORLIK XUSUSIYATLAR

Sobirova I.R.; Tursunboev X.E.

Full text

261 MENTHA PIPERITA L. O'SIMLIGINING BIOLOGIYASI VA DORIVORLIK XUSUSIYATLAR Sobirova I.R., Tursunboev X.E. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761688 Annotatsiya. Qadimdan insoniyat ko’pgina kassaliklarni davolashda shifobaxsh o’simliklardan malhamlar, damlamalar tayyorlab, xastalik bilan og’rigan bemorlarni davolashda foydalanib kelganlar. Insonlar o`simliklardan faqat dori sifatida foydalanib qolmay, balki oziqovqat, bo’yoqlar, kiyim-kechak, va zararkunandalarga qarshi kurashishda ham keng foydalanib kelgan. Kalit so’zlar: efir, moy, karvavol, validol, mentol, izovalerin, kislota, atir, oq, qalampir, yalpiz, qora, damlama, nastoyka. Abstract:Since ancient times, mankind has used medicinal plants to treat many ailments, preparing ointments and decoctions and treating patients with diseases. People have used plants not only as medicine, but also as food, dyes, clothing, and pest control. Key words: ether, oil, caraway, validol, menthol, isovalerin, acid, perfume, , white, pepper, mint, black, tincture, tincture. Botanik tasnifi. Dorivor o’simliklar ichida o’z ahamiyati bilan ajlralib turuvchi o`simliklardan biri bu, qalampir yalpiz. Qalampir yalpiz yasnotkadoshlar (labguldoshlar) – Lamiaceae (Labiatae) oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 30 – 100 sm keladigan, ko‘p yillik o‘t o‘simlik hisoblanadi. Poyasi bir nechta, tik o‘sadi, to‘rt qirrali, barglari cho‘ziq tuxumsimon yoki nishtarsimon, o’tkir uchli, arrasimon, notekis qirrali bo‘lib, qisqa bandi yordamida poyada qarama-qarshi o‘rnashgan. Qizil binafsha rangli, mayda gullari poyasi bilan shoxlari uchida g’uj joylashgan boshoqsimon to‘pgulni hosil qiladi. Yalpizning mevasi – to‘rtta yong‘oqcha yalpiz iyun – sentabr oylarida gullaydi. Yalpiz yorugʻsevar, namsevar oʻsimlik. Barglarida 2,5— 3 %, gullarida 4—6 %, poyasida 0,3 % mentol (validolning tarkibiy qismi)ga boy boʻlgan efir moyi, shuningdek, flavonoidlar, vitaminlar, oshlovchi moddalar bor. Tibbiyotda Yalpiz bargidan tayyorlangan tindirma (nastoyka) va damlamasidan koʻngil ayniganda hamda oʻt haydovchi vosita sifatida foydalaniladi. Barglari va poyasidan olingan yalpiz moyi parfyumeriya, oziq-ovqat sanoatida va tibbiyotda, bahorda yangi chiqqan barglari oshkoʻk sifatida ishlatiladi. Vegetativ (bahorda ildizini boʻlib ekish) yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Oʻzbekistonniig barcha viloyatlarida nam yerlarda, ariq va daryo boʻylarida oʻsadi [1]. Tarqalishi va ekologiyasi. Qalampir yalpiz MDH mamlakatlarida yovvoyi holda uchramaydi. U Ukraina, Belorussiya va Moldaviya respublikalarida, Rossiyada yalpizning naslchilik navlari Krasnodar o’lkasi va Voronej viloyatida sanoat 262 miqyosida yetishtiriladi [1]. Markaziy Osiyo davlatlarida madaniy sharoitlarda o’stiriladi. Qalampir yalpizning ikki tur xili bor: qora qalampir yalpiz va oq qalampir yalpiz. Oq qalampir yalpizning poya va tomirlari oq yashil, qora qalampir yalpizning poya va tomirlari esa qizil-binafsha rangda bo’ladi. Dorivor mahsulot sifatida, asosan, qora qalampir yalpiz tur xili o’stiriladi. Agrotexnik tadbirlar. Yalpiz oʻstirish uchun moʻljallangan maydon kuzda 25 sm chuqurlikda haydaladi. Haydashdan oldin yerga gektariga 20 tonna chirigan goʻng va 100 kg fosfor solinadi. Yalpiz ildizpoya-qalamchadan koʻpaytiriladi. Ekishdan oldin 8-10 sm uzunlikda qalamchalar tayyorlanadi. Qalamchalar mart-aprel oylarida 10 sm chuqurlikda tayyorlangan joʻyaklarga bir-biridan 20-25 sm masofada ekiladi. Qator oralari 60 sm boʻlganda bir gektar yerga 7-8 mingta ildizpoya-qalamchalari zarur boʻladi. Ekilgandan soʻng sugʻorish egatlari olinadi va tuproq suvga toʻyingaga qadar sugʻoriladi. Yalpizning rivojlanib yaxshi hosil berishi muntazam sugʻorib va oʻgʻitlab turishga bogʻliq. Qalampir yalpiz organik va mineral oʻgʻitlarga juda talabchan. Oʻsimlik ekilgandan 17-20 kun oʻtgach yoki yon shoxlari paydo boʻlishi bilan gektar hisobiga 40 kg dan azot, 20 kg dan kaliy oʻgʻitlari bilan oziqlantiriladi. Ikkinchi oziqlantirish shonalash fazasida 40 kg azot va 30 kg dan fosfor oʻgʻitlarini berish bilan amalga oshiriladi. Qalampir yalpiz gullash fazasida mineralarini oʻgʻitlarni juda koʻp talab qilishini hisobga olib, azotli va kaliyli oʻgʻitlardan gektariga 30 kg dan solib, oziqlantirish toʻxtatiladi. Vegetatsiya davomida birinchi va keyingi yillar gektar hisobiga 100-120 kg azot, 80 kg fosfor va 60 kg kaliy oʻgʻitlari bilan oziqlantiriladi. Tuproq doim nam holatda boʻlishi kerak. Vaqti-vaqti bilan tuproqni yumshatib turush va begona oʻtlardan tozalash ham muhum ahamiyat kasb etadi. Yetarli darajada sugʻorilmasa, oʻsimlik boʻyi kalta boʻlib, kam hosil beradi [2]. Oʻsimlik ekilgan birinchi yili 8 marta sugʻoriladi, 5 marta yer yumshatilib oʻtoq qilinadi. Ikkinchi yili sugʻorish soni oʻzgarmaydi, oʻsimlik boʻsh yerlarning deyarli hammasini egallab, yuqori vegetativ massa hosil qiladi, shuning uchun qator oralari faqat bahorda yumshatiladi. Uchinchi yili ekinzor yumshatilmaydi. Zaruratga qarab qoʻlda oʻtoq qilinadi. Toʻrtinchi yili bahorda dala kultivatorlar yordamida agʻdariladi va ildizpoyalari yigʻib olinib, boshqa maydonga ekiladi. Dorivorlik xususiyatlari: Tabobatda qalampir yalpiz barglaridan oshqozonichak yo’llari kasalliklarida antiseptik va yalig’lanishga qarshi vosita sifatida foydalaniladi. Efir moyi antiseptik vosita sifatida tish tozalash kukuni, «korvalol», «validol» tarkibiga kiradi. Qalampir yalpiz qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolash uchun ishlatilgan. Abu Ali ibn Sino qalampir yalpiz bilan bosh va quloq og‘rig‘ini davolagan, hamda ovqat hazmini yaxshilash, yaralarni, sariq va 263 boshqa kasalliklarni davolash uchun ishlatilgan. Qalampir yalpiz bargi va efir moyining dorivor preparatlari (damlamasi, nastoykasi va yalpiz suvi) ko‘ngil aynishini va qusishni to‘xtatishda hamda ovqat hazmini yaxshilashda ishlatiladi. Yalpiz suvi yana og‘iz chayqash, dorilar ta’mini yaxshilash uchun qollaniladi. Mentol preparatlari quloq, burun, nafas yo‘llari kasalliklarida hamda tish og‘rig‘ini qoldirish uchun ishlatilgan. Bargidan damlama, efir moyidan yalpiz suvi, nastoyka tayyorlanadi; mentol migren qalami va validol l% (izovalerian kislotaning mentol bilan hosil qilgan murakkab efiridagi mentolning 25 – 30 foizli eritmasi) tarkibiga kiradi. Bargi tinchlantiruvchi, o’t haydovchi, me’da kasalliklarida ishlatiladigan yig’malar — choylar va qorin og’rig’ini qoldirish uchun ishlatiladigan tabletka va tomchilar tarkibiga kiradi. Mentol ingofen tarkibiga kiradi. Yalpizning boshqa turlari tarkibida ham mentol bor. Yaponiyada ekiladigan Mentha arvensis L. ning yer ustki qismida 0,05 foiz efir moyi, moyi tarkibida esa 43 – 90 foiz mentol bo’ladi.[3] Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. E.T. Berdiyev, M.X.Hakimova, G.B.Maxmudova O’rmon dorivor o’simliklari “Sano – standart” nashriyoti – Toshkent – 2016 – 151-152 b. 2. Sulaymonov I.J., Ergashev D.T. Dorivor o’simliklar yetishtirish texnologiyasi fanidan amaliy mashg’ulotlar. Namangan - 2020 – 85-86 b. 3. H.X. Xolmatov, O’.A. Ahmedov Farmakognoziya 1-qism. Cho’lpon nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi Toshkent - 2008 – 193-197 b.