SPORTCHI VA SPORT BILAN SHUG'ULLANMAYDIGAN TALABA QIZLARNING ANTROPOMETRIK KO'RSATKICHLARINI O'RGANISH
Full text
264 SPORTCHI VA SPORT BILAN SHUG‘ULLANMAYDIGAN TALABA QIZLARNING ANTROPOMETRIK KO‘RSATKICHLARINI O‘RGANISH Sultansuynov A, Esemuratova S, Matchanov A DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761727 Annotatsiya. Tadqiqotda sportchi va sport bilan shug‘ullanmaydigan talaba qizlarning tana konstitutsiyasi va funksional holati o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sportchi talaba qizlarda asosan astenik (45,15%) va normostenik (42,8%) tana turlari ustun bo‘lib, sport bilan shug‘ullanmaydiganlarda astenik tip (52,2%) yuqori ulushni tashkil etdi. Muntazam jismoniy mashg‘ulotlar organizmning moslashuv imkoniyatlarini kuchaytirib, vegetativ tizim faoliyatini barqarorlashtiradi va funksional zaxiralarni oshiradi. Kalit so‘zlar: sportchi talaba qizlar, tana konstitutsiyasi, funksional holat, moslashuv. Аннотация. В работе изучены особенности телосложения и функционального состояния студенток, занимающихся спортом, и не занимающихся спортом. Установлено, что у спортсменок преобладают астенический (45,15%) и нормостенический (42,8%) типы телосложения, тогда как у неспортсменок доминирует астенический тип (52,2%). Регулярные физические нагрузки способствуют улучшению адаптационных возможностей организма и стабилизации деятельности вегетативной системы. Ключевые слова: студентки-спортсменки, телосложение, функциональное состояние, адаптация. Annotation. The study examined body constitution and functional state in female students engaged and not engaged in sports. Results showed that athlete students mainly had asthenic (45.15%) and normosthenic (42.8%) body types, while non-athletes predominantly had the asthenic type (52.2%). Regular physical activity enhances the body’s adaptive capacity, stabilizes autonomic system function, and improves overall functional reserves. Keywords: female athlete students, body constitution, functional state, adaptation. Har bir sport turi tananing oʻziga xos morfologik tuzilishini keltirib chiqaradi, unga erishish ushbu sport turida muvaffaqiyatining asosiy ustunligi hisoblanadi. Bunday konstitutsiya sportchi talabalarning yuqori koʻrsatkichlariga mos kelmasligi qoshimcha kompensatsiya mexanizmlarining yuqori faolligini talab qiladi, bu esa yuqori natijalarga erishish ehtimolini kamaytiradi, bu sogʻlik uchun ham xavf omili boʻlib, sportchilar faoliyatini nazorat qilish, sportchi tanasining mashgʻulotga moslashish zarurligini koʻrsatadi. Sportchi talaba qizlarning jismoniy rivojlanishi va funksional holatining tipologik xususiyatlarini oʻrganish jarayonida barcha sportchi qizlarda, shuningdek, sport bilan shugʻullanmaydigan talaba qizlarda turli xil tana konstitutsiyasi turlarining chastotasi sezilarli darajada farq qilishi aniqlandi. Sportchi talaba qizlar tana konstitutsiyasi ko’rsatkichlari (n=65)
265 № Yoshi Soni Tana tuzilishi turlari (%) Astenik Normostenik Giperstenik 1 18 16 43,5 48,2 8,3 2 19 17 42,2 52,0 5,8 3 20 16 48,0 46,5 5,5 4 21 16 47,0 48,4 4,6 Jami 65 45,15 42,8 6,05 Jadvalda keltirilganlarning tahlili shuni ko'rsatdiki, sportchi talaba qizlarning 45,15% astenik tana tuzilishiga, normostenik tana tuzilishidagi sportchi qizlar 42,8%, giperstenik tana tuzilishidagi sportchi qizlarning ulushi 6,05%ni tashkil etdi. Shuni ta'kidlash kerakki, astenik tana tuzilishiga ega 20-21 yoshli sportchi talaba qizlarning tana ko'rsatkichlari nisbatan o'xshash bo'lishi belgilangan, bu mos ravishda 48,0% va 47,0% ni tashkil etdi. Normostenik tana mustahkamligining maksimal koʻrsatkichi 19 yoshli sportchi talaba qizlarda 52,0%, 20 yoshli sportchi talaba qizlarda esa oʻrtacha 46,5% ni tashkil etdi. Gipersteniklar orasida eng katta koʻrsatkich 18 yoshdagi sportchi talaba qizlarda (8,3%) boʻlishi aniqlandi. Boshqa yosh guruhlari 4,6% dan 5,8% gacha (p<0.01) tashkil qildi. Sport bilan shug’illanmaydigan talaba qizlarning tana konstitutsiyasi ko’rsatkichlari (n=78) № Yoshi Soni Tana tuzilishi turlari (%) Astenik Normostenik Giperstenik 1 18 18 55.6 38.0 6.4 2 19 22 54.8 36.5 8.7 3 20 20 53.5 42.0 4.5 4 21 18 45.0 44.2 10.8 Jami 78 52.2 40.2 7.6 Sport bilan shugʻullanmaydigan talaba qizlarda tana tuzilishi boʻyicha natijalarning tahlilidan koʻrinib turibdiki, 18-19-20 yoshdagi talaba qizlar asosan astenik tana tipiga (mos ravishda 55,6%, 54,8 va 53,5%) va 20-21 yoshli talaba qizlarda esa normostenik tana tuzilishiga (mos ravishda 42,0% va 44,2%) ega ekanligi maʼlum boʻldi. Sport bilan shugʻullanmaydigan 21 yoshdagi talaba qizlarning astenik tana tuzilishiga nisbatan bir xil koʻrsatkichlari (mos ravishda 45,0%) ekanligini taʼkidlash mumkin. Normostenik tana tuzilishining maksimal koʻrsatkichi 21 yoshli talaba qizlarning (44,2%), 20 yoshli talabalar nisbatan past 42,0% koʻrsatkichga ega ekanligi maʼlum boʻldi. Gipersteniklar orasida eng yuqori koʻrsatkich, bu gumanitar taʼlim yoʻnalishida katta yoshdagi talaba qizlar orasida - 21
266 yoshda 10,8%, boshqa yosh guruhlarda esa 4,5% dan 8,7% gacha (p<0,05) boʻlishi aniqlandi. Tizimli jismoniy faoliyat bilan shugʻullanish organizmga maqsadli taʼsir koʻrsatishi sababli, adaptogen taʼsirlarni tavsiflovchi va tananing yurli hil ekstremal taʼsirlarga chidamliligiga yoʻnaltiradigan tayyorlashni belgilaydigan funksional tizimlardagi oʻzgarishlarni birlashtirishga yordam beradi, shuningdek, jismoniy faoliyatni ham oshirib borishiga olib keladi. Shunday qilib, yuqoridagi keltirilgan maʼlumotlarni umumlashtirgan holda, shuni taʼkidlaymizki, organizmning adaptiv reaksiyalarini amalga oshirish jarayonida, bir funksional holatdan ikkinchi holatga oʻtishi, bu hayotchanlikni qoʻllab-quvvatlash tizimlarining funksional faolligi darajasining oʻzgarishi natijasida sodir boʻladi degan xulosa chiqarish imkonini beradi. Shuningdek, ularni boshqarish mexanizmlarining funksional stresi, organizm zaxira funksiyalari boʻlib hisoblanadi. Organizmning funksional zaxiralari holatini tavsiflash imkonini beradigan funksional holat koʻrsatkichlarni oʻrganish inson salomatligi darajasini va uning buzilishi yoki pasayib borish xavfini baholashning zaruriy shartlaridan biridir. Aniqlanishicha, jismoniy rivojlanish darajasi vegetativ muvozanat darajasini tavsiflaydi, nafas olish, yurak munosabatlari esa nihoyatda barqaror boʻlib, turli xil tashqi taʼsirlar ostida inson organizmida sodir boʻladigan tizimli vegetativ oʻzgarishlarni uzviy bogʻlanishini aks ettiradi. Foydalanilgan a’dabiyotlar. 1. Sultansuyinov A.S., Matchanov A.T., Utepbergenov A.Q. Orol boʻyi ekologik omillarining sportchilar kardiorespirasion tizimiga taʼsirini oʻrganish «Jismoniy tarbiya, turizm va aholining turli toifalari sogʻlomlashtirishni takomillashtirishning dolzarb muammolari» mavzusida respublikaviy ilmiy nazariy anjuman. Nukus. 2021. 183-184 b. 2. Погодина С.В. Физиологические закономерности возрастных изменений адаптационных процессов у высококвалифицированных спортсменов мужского и женского пола\\ Автореф. док… биол. наук.- Краснодар.- 2017. -34 с. 3. Платонов В.Н. Адаптация в спорте \ В.Н. Платонов.-Киев: Здоровье, 1988. – 199с