scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTAB YOSHI BOLALARI RIVOJLANISHNING ASOSIY ANTROPOMETRIK KO'RSATKICHLARI

Utemuratov N.A; Dawletyarova S.M.

Full text

267 MAKTAB YOSHI BOLALARI RIVOJLANISHNING ASOSIY ANTROPOMETRIK KO‘RSATKICHLARI Utemuratov N.A., Dawletyarova S.M. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761737 AnnotatsiyaUshbu maqolada maktab yoshidagi bolalarda antropometrik o‘lchovlar bo‘y uzunligi, tana massasi, ko‘krak qafasi aylanasining o‘zgarish qonuniyatlari hamda ularning yosh va jinsga bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari bolalar organizmining o‘sish va rivojlanish jarayonini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: ekologik noqulay tashqi muhit, maktab o‘quvchilari (7-11 yosh), konstitutsiya (somatotip). Kirish Dunyoda har qanday jamiyat kelajagini belgilab beruvchi yosh avlodning jismoniy, aqliy jihatdan sog‘lom rivojlanishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘z navbatida, maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlar organizmini o‘sishi va rivojlanishi darajasini monitoring qilishda antropometrik ilmiy-tadqiqotlar asosida, ularning organizmda yuzaga kelishi ehtimolligi mavjud bo‘lgan salbiy patologik holatlarni oldini olish choralarini ko‘rish amaliy jihatdan dolzarb masala hisoblanadi. Bolalar va o‘smirlarda o‘sish-rivojlanish jarayonlarining jadalligi tashqi muhit omillari ta’siriga yuqori darajada sezgirlik namoyon qilishi asosida mazkur ko‘rsatkichlar monitoringi hududiy ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan birgalikda, ekologik vaziyatni umumiy baholash indikatori sifatida o‘rin tutishi mumkinligi ta’kidlanadi [1.]. Bo‘y uzunligi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan bolalarda (9-10 yoshli) ko‘krak qafasi aylanasi nisbatan kattaligi bevosita, nafas olish mushaklarining rivojlanishi bilan izohlanadi, bunda mazkur guruhda tana vazni meyoridan ortiqcha bolalar soni sezilarli ortishi qayd qilinadi [2.]. Tadqiqotlarda Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi o‘smir o‘g‘il bolalarning 89%ida (qiz bolalarda 14-15%) tana vazni kamligi, 6-7%ida esa tana vazni meyoridan ortishi (qiz bolalarda 2-3%) qayd qilingan [3.]. Ontogenezda jismoniy rivojlanish dinamikasi notekis (geteroxronizm) tarzda amalga oshib, bo‘y uzunligi 1 yoshda 47%, 2 yoshda 13%, 3 yoshda 95, 4-7 yoshda 5-7%, 8-10 yoshda 3%, 11-17 yoshda “sakrash” tarzida o‘zgarishi, 18-20 yoshda deyarli to‘xtashi ta’kidlanadi [4.]. Ko‘krak qafasi aylanasi – bolalar va o‘smirlar tana tuzilishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, ko‘krak qafasi va yelka mushaklari, shuningdek ko‘krak bo‘shlig‘i 268 a’zolarining rivojlanishi darajasiga bog‘liq bo‘ladi va turli omillar ta’sirida o‘zgarishi kuzatiladi [4.] Bolalar va o‘smirlarda bo‘y uzunligi ko‘rsatkichi dinamikasi 90% endogen omillarga (genotip) bog‘liqligi tasdiqlangan bo‘lib, biroq tashqi muhit omillari (biologik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik) ta’sirida sezilarli darajada o‘zgarishi ta’kidlanadi [5.] Bo‘y uzunligi bolaning tug‘ilgan vaqtida o‘rtacha 50 sm.ga (tana vazni 3-3,2 kg) teng bo‘lib, 1 yoshda 75-80 sm (tana vazni 9,5-10 kg) ga ortadi, navbatdagi yosh davrlarida bo‘y uzunligi yiliga 4-5 sm, tana vazni 1,5-2 kg ga ortadi, jinsiy balog‘atga yetish davrida “sakrash” tarzida o‘sish va rivojlanish kuzatilib, bo‘y uzunligi yiliga o‘rtacha 7-8 (10) sm.gacha ortishi, bunda, qizlarda 11-12 yoshda o‘rtacha bo‘y uzunligi o‘g‘il bolalarnikiga nisbatan yuqori bo‘lib, 13-14 yoshda tenglashishi va 1415 yoshda bu ko‘rsatkich o‘g‘il bolalarda ortishi tasdiqlangan [6.]. Shunday qilib, antropometrik ko‘rsatkichlar organizmning morfo-anatomik, funksional xususiyatlari, fiziologik yosh va jinsga bog‘liqligi qayd qilinadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Гребнева H.H. Функциональные резервы и формировае детского оргазма в условиях Западной Сибири // Автореферат дисс. ... д.б.н. – – Томск, 2001. – С.3-46. 2. Козликина Н.Б. Анализ антропометрических показателей физического развития детей 610 лет г. Бийска // Педагогико-психологические и медико-биологические проблемы физической культуры и спорта. – 2011. – №3(20). – С.80-85. 3. Кудайназарова З.Б., Сейтимбетова Б.З., Кодиров Х.С. Оценка физического развития подростков, проживающих в Республике Каракалпакстан // Бюллетень науки и практики. – 2019. – Т.5. – №4. – С.152-156. 4. Кочкорова Ф.А., Атамбаева Р.М., Китарова Г.С. Физическое развитие школьков, проживающих в южных регионах Кыргызской Республики: одномоментное исследовае // Педиатрическая фармакология. – 2018. – №4. – С.310-317. 5. Поварго Е.А., Зулькарнаев Т.Р., Овсянкова Л.Б., Зулькарнаева А.Т., Ахметшина Р.А., Агафонов А.И., Зигитбаев Р.Н. Методы изучея и оценки физического развития детей и подростков (Уч. пос. для внеаудиторной самостоятельной работы интернов) // Уфа. – Изд-во ГБОУ ВПО БГМУ Минздрава России, 2014. – С.4-62. 6. Гончарова Ю.А. Возрастная анатомия, физиологияи гигиена (Учебное пособие) // Изд.- полиграфический центр Воронежск. гос. ун-та, 2008. – С.6-92.