scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING JISMONIY RIVOJLANISH KO'RSATKICHLARINI O'RGANISH NATIJALARI

Yusupova A.J.; Jiyenbaeva M.B.

Full text

269 BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING JISMONIY RIVOJLANISH KO‘RSATKICHLARINI O‘RGANISH NATIJALARI Yusupova A.J., Jiyenbaeva M.B. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761740 Annotatsiya: Ushbu tadqiqotda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘y uzunligi, tana vazni, ko‘krak qafasi aylanasining o‘lchami hamda umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi o‘rganildi. Olingan natijalar bolalarning aksariyati yosh fiziologik me’yorlariga mos rivojlanayotganini ko‘rsatdi. Kalit so‘zlar: jismoniy rivojlanish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, antropometrik ko‘rsatkichlar, monitoring. Kirish Hozirgi vaqtda maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari, xususan, tana vazni indeksini o‘rganish Xorijda va Respublikamizda turli yo‘nalishlarda olib borilmoqda. Shu sohada ishlayotgan tadqiqotchi va olimlarning xulosalariga ko‘ra, bolalar va o‘smirlarning jismoniy taraqqiyotini o‘rganishning yangi bosqichiga o‘tildi. Umuman olganda, bu masala nihoyatda murakkab hamda bolalarning tana vazni, bo‘y uzunligi, ko‘krak qafasi aylanasi va boshqa ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatadigan omillar yildan-yilga oshib o‘zgarib bormoqda. Shunday ekan, maktab o‘quvchilarining, ayniqsa, qishloq sharoitida o‘sibrivojlanishini o‘rganish, tana vazni, bo‘y uzunligi, Ketle indeksi, ko‘krak qafasi aylanasi va boshqa biologik rivojlanish ko‘rsatkichlarini aniqlab, o‘rtacha qiymatlarga nisbatan taqqoslab tahlil qilib borish foydadan xoli bo‘lmaydi. Zamonaviy maktab o‘quvchilarining morfofunksional (antropometrik) ko‘rsatkichlarini o‘rganish, birinchi navbatda, ularning sihat-salomatligi hamda aqliy va jismoniy faoliyatlarini qoniqarli darajada amalga oshirishlari uchun xizmat qiladi. Bu masala hozirgi kunda yurtimizda va dunyo miqyosidagi dolzarb vazifalardan biridir. Ayniqsa, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida uchraydigan noinfeksion hamda noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar, ularni oldini olish, bolalarda qadqomat shakllanishining buzilishi va boshqalar fiziologiya va tibbiyot oldidagi muhim ilmiy-nazariy masalalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Xususan, tana vazni, bo‘y uzunligi, ko‘krak qafasi aylanasi va boshqalar bolalarning me’yoriy jismoniy rivojlanishi hamda ijtimoiy-iqtisodiy holatini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichlar qatoriga kiradi [1; 83-b]. Respublikamizda va Xorijda olib borilayotgan tadqiqotlar davomida yuqorida qayd qilingan masalalarga alohida e’tibor qaratilib, bolalarning o‘sish va rivojlanish 270 jarayonlariga turli omillarning ta’siri o‘rganib kelingan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tana vazni, bo‘y uzunligi, ko‘krak qafasi aylanasi va boshqa somatometrik ko‘rsatkichlariga ular yashaydigan muhit, kundalik ovqatlanish, aqliy va jismoniy yuklamalar, o‘z navbatida, kun tartibini qanday tashkil etish holati ham tegishli darajada ta’sir ko‘rsatadi [1; 83-b., 2; 1-5-b., 3; 13-19-b.]. Shu munosabat bilan kichik maktab yoshidagi bolalarning morfofunksional ko‘rsatkichlarini o‘rganish va tahlil qilish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Kuzatuvlar davomida 7-10 yoshli o‘quvchilarning ayrim antropometrik ko‘rsatkichlarini o‘rganish natijalarini quyidagi jadvalda keltiramiz. Bolalarda me’yoriy-fiziologik holatni baholashda ishlatiladigan muhim ko‘rsatkichlardan biri ularning jismoniy taraqqiyoti bo‘lib, bu o‘sib kelayotgan yosh avlodning salomatligini belgilashda ham xizmat qiladi. Adabiyotlarda keltirilishicha, 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida uchraydigan kasalliklar keyingi o‘n yillikda 1,4 barobarga oshgan [4; 132-b.]. Bu esa, o‘z navbatida, bolalarning jismoniy rivojlanishi hamda ayrim antropometrik ko‘rsatkichlarining pasayishiga ham sabab bo‘lmoqda. Bu borada bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlari, bo‘yi, vazni, ko‘krak qafasi aylanasi hamda tana tuzilishi, ularning jismoniy taraqqiyotini tavsiflashda ko‘proq ma’lumot beradi. Xususan, Ketle indeksi, Pine indeksi hamda Erisman indekslari va ular o‘rtasidagi munosabatni aniqlab, tahlil qilish tegishli xulosalarga kelishda yordam beradi. Shu munosabat bilan kuzatuvlar davomida to‘plangan ma’lumotlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining Ketle indeksi, Pine indeksi hamda Erisman indekslarini hisoblashga harakat qildik. 1-jadval Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ayrim antropometrik ko‘rsatkichlari Yosh guruhlari Tana vazni, kg Bo‘y uzunligi, sm KQA, sm Me’yor** M±m Me’yor M±m Me’yor M±m O‘g‘il bolalar 7 yosh (n=6) 22,55±2,45 22,4±0,74 119,95±3,75 124,4±2,46 56,5±2,3 62,6±1,50* 8 yosh (n=16) 25,2±2,5 25,5±0,78 125,25±3,55 129,3±1,18 57,9±3,0 65,31±1,16* 9 yosh(n=11) 26,25±3,35 31,2±1,50 128,05±4,55 139,0±1,72* 59,2±3,4 69,36±1,47* 10 yosh(n=19) 31,05±4,15 34,26±1,55 135,6±4,8 144,6±1,46 61,6±3,6 70,36±1,20* Qiz bolalar 7 yosh (n=5) 22,0±2,6 23,3±0,80 118,5±4,3 126,6±1,89 56,25±2,55 65,1±0,74* 8 yosh(n=16) 23,6±2,7 24,3±0,69 122,7±4,0 130,1±1,06 56,45±2,55 64,12±0,89* 9 yosh(n=25) 26,05±2,55 26,16±0,76 128,55±3,15 135,4±1,15* 57,9±2,6 65,24±0,64* 10 yosh(n=19) 30,15±4,05 35,5±1,44 134,15±5,05 146,0±1,23* 60,5±3,6 70,0±1,22* 271 *P<0,05 **Камилова Р.Т., Исакова Л.И. и др. Оценка физического развития и пищевого статуса детей Узбекистана. Метод. рек мендации (утв. МЗ РУз №012-3/334 от 18.09.2018 г.). Ташкент, 2018. 83 с. Yuqoridagi jadvalda o‘tkazilgan antropometrik tekshirishlarning asosiy natijalari berilgan. Unga ko‘ra, 7-10 yoshli o‘g‘il va qiz bolalarning tana vazni, bo‘y uzunligi hamda ko‘krak qafasi aylanasi ko‘rsatkichlari 7-8 yoshlilarda mavjud standartlarga nisbatan farq kuzatilmaydi. 9-10 yoshli o‘g‘il bolalarda, ayniqsa, qizlarda qayd etilgan ko‘rsatkichlar kichik yoshdagilarga hamda me’yorga nisbatan 6,2-18,6% gacha ortganligi qayd etildi. Bunday holatni o‘quvchilarda yosh ortishi bilan bog‘liq individual fiziologik xususiyatlar hamda balog‘atga yetish oldi bosqichlarida tanada yuz beradigan tegishli o‘zgarishlarga bog‘liq holda tushuntirish mumkin. Bundan tashqari, 7-10 yoshli o‘quvchilarning jismoniy taraqqiyotida tana vazni, bo‘y uzunligi va ko‘krak qafasi aylanasi ko‘rsatkichlari o‘g‘il bolalarga nisbatan qizlarda biroz yuqoriligi, ayniqsa, 10 yoshlilarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Xususan, 10 yoshli o‘g‘il bolalarda tana vazni va bo‘y uzunligi tegishli holda o‘rtacha 34,26±1,55 kg va 144,0±0,01 см ga teng bo‘lsa, qiz bolalarda esa bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 35,5±1,44 kg va 146,0±0,001 sm ni tashkil etadi. Shunday qilib, o‘quvchilarning kundalik ovqati tarkibidagi asosiy hamda qo‘shimcha oziq moddalar miqdori me’yor ko‘rsatkichlaridan chetga chiqqan, ularning ratsiondagi miqdori bilan qon zardobidagi konsentratsiyasi o‘rtasida to‘g‘ri proporsionallik mavjud. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va ularning otaonalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar asosida ularning oqilona ovqatlanish bilan bog‘liq tushuncha va bilimlari tahlil qilindi. O‘quvchilarning jismoniyrivojlanish ko‘rsatkichlari ham ularning amaldagi ovqatlanishiga to‘g‘ri proporsionalligi kuzatildi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Камилова РТ, Исакова ЛИ и др. Оценка физического развития и пищевого статуса детей Узбекистана// Метод. рекомендации (утв. МЗ РУз №012-3/334 от 18.09.2018 г.). – Ташкент, 2018. – 83 c. 2. Кахаров З.А., Саттибаев И.И., Салиева М.Ю., Абдурахимов А.Х., Бобоев М.М. «Антропометрические показатели физического развития у детей в Андижанской области» Universum: медицина и фармакология. – №. 9 (54), 2018. – C. 1-5. 3. Кахаров З.А., Абдурахимов А.Х. Сравнительная оценка темпы роста физического развития детей младшего школьного возраста // Re-health journal. – № 4, 2019. – C. 13-19. 4. Бауэр П.С., Бородина Г.Н., Требушинина Т.Г., Федина И.Ю., and Субботин Е.А. Оценка физического развития школьников 7-8 лет, проживающих в Республике Алтай // Вестник Волгоградского государственного медицинского университета. – №. 3 (75), 2020. – C. 132137.