scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SUT EMIZUVCHILAR SINFI MAVZULARINI OʻQITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Ishanov Almat Adilxanovich

Full text

284 SUT EMIZUVCHILAR SINFI MAVZULARINI OʻQITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Ishanov Almat Adilxanovich, Berdaq nomidagi QQDU erkin tadqiqotchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761801 Annotatsion. Use of innovative technologies in teaching the topics of the mammal class Jahon ta’lim tizimida Boloniya kelishuvi talablariga muvofiq holda xalqaro ta’lim sifatini yuqori darajaga koʻtarish hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga bog‘liq holda boʻlajak mutaxassislarning kasbiy metodik tayyorgarligini strategik rivojlanish talablariga intensiv ravishda moslashtirish borasida keng ko‘lamdagi ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Ta’limni modernizatsiyalash borasidagi islohotlar zamirida boʻlajak mutaxassislardan egallangan nazariy bilim, koʻnikma va malaka hamda kompetensiyalarni o‘zining pedagogik amaliyotiga samarali tadbiq etish, jahon andozalariga mos holda oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishlashga qodir bo‘lgan, mehnat bozorida raqobatbardosh kadr bo‘lib shakllanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Tayyorlanayotgan kadrlarning malakali bo‘lishi esa, bevosita ularga dars berayotgan o‘qituvchining kasbiy-metodik darajasining takomillashganligiga bog‘liq. Ta’lim jarayonida o‘quvchi o‘qituvchining bevosita rahbarligida, ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari yordamida tirik organizmlarda ro‘y beradigan qonun, nazariyalar, hodisa va voqealarning mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi, uning natijasida bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni egallaydi[A.qaraq,; 68-b.]. Oliy o‘quv yurtida o‘qitiladigan barcha fanlar bilan birga “Zoologiya” fani bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarni raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlashda fundamental fan sifatida alohida o‘rin tutadi. Chunki, umumta’lim maktablari biologiya o‘quv kursini asosini hayvonot dunyosining vakillari va ularning xilmaxilligi, tabiat va inson hayotidagi o‘rni bilan bir qatorda hayvonot dunyosining bioxilma-xilligi hamda noyob, yo‘qolib borayotgan turlarni muhofaza qilish chora tadbirlari haqidagi ilmiy bilimlar shakllantiriladi va bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. Zoologiya darslarini tashkil etishda o‘qituvchi ta’lim jarayonida talabalarning mazkur fanga bo‘lgan bilish mustaqilligi tashkil etadi, boshqaradi, nazorat qiladi, tigishli tartibda ishlab chiqilgan mezonlar asosida baholaydi va o‘qitishdan ko‘zda tutilgan ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirish orqali bo‘lajak talabalarning har tomonlama rivojlanishiga zamin yaratadi. Professor-o‘qituvchi zoologiya darslarida talabalarning bilish faoliyatini 285 faollashtirishi maqsadida o‘tgan mavzu yuzasidan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash, ularni tizimlashtirish, yangi mavzu yuzasidan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish va baholash jarayonida bevosita pedagogik texnologiyalar va mavzu mazmunini yoritishga xizmat qiladigan faol metodlaridan foydalanishi dars jarayonini tizimlashtirish va uzviyligini ta’minlash maqsadga muvofiq hisoblanadi Innovatsion texnologiyalar - bu ta’lim jarayonini samaraliroq, interaktiv, individual yondashuvga asoslangan tarzda tashkil etishga imkon beruvchi yangi axborot va pedagogik yondashuvlar, vositalar va usullardir. Masalan, pedagogik innovatsiya - bu “ta’lim mazmuni va texnologiyasidagi o‘zgarishlar orqali samaradorlikni oshirish” degan tushunchani anglatadi Innovatsion texnologiyalar o‘quv jarayonida quyidagi muhim rollarni bajaradi: faol o‘quv faoliyati: Multimediali vositalar, simulyatsiyalar, interaktiv modellar o‘quvchilarning tahliliy va izlanishga asoslangan faoliyat yuritishini rag‘batlantiradi individual ta’limni qo‘llab-quvvatlash: Raqamli laboratoriyalar va sunʼiy intellekt asosidagi tizimlar individual o‘quv yo‘llarini yaratishga yordam beradi, shuningdek har bir talabaga mos o‘qish imkonini oshirad. O‘qituvchining metodik salohiyatini rivojlantirish: Innovatsion texnologiyalar o‘qituvchilarga yangi pedagogik yondashuvlarni pedagogik jarayonga samarali joriy etishga yordam beradi ta’lim samaradorligini oshirish: Zamonaviy texnologiyalar darslarni interaktiv qilish, o‘qish jarayonini qiziqarli qilish orqali o‘qitish samaradorligini sezilarli darajada kuchaytiradi kompetensiyalarni shakllantirish: Virtual laboratoriyalar, animatsiyalar, multimedia yordamida talabalarda muammolarni hal qilish, ilmiy tahlil qilish va ijtimoiy mas’uliyat ko‘nikmalari rivojlanadi Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Tolipova J.O. Biologiyani o‘qitishda innovasion texnologiyalar /TDPU, 2013. −156 b. 2. Raxmatov, U. E., Pardayeva M.S. Biologiya o‘quv fanini o‘qitishda interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari. Муғаллим ҳәм үзликсиз Билимлендириў. Илимий-методикалық журнал. -№ 4/2. Нәкус -2022. - B. 53-58. 3. Rakhmatov, U. E., & Shakhmurova, G. A. (2020). Methodical Instructions of Improving Biology Teachers’ Professional Competence for Conducting Modern Lesson (based on Solutions of Issues and Tasks). Eastern European Scientific Journal, 3, 123-16. 4. S.Z., J. . (2021). The Importance Of Developing Competence In Understanting And Interpreting Processes In Biological Objects Through Problem-Solving And Exercise. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(05), 503–507. 5. Jumayev, S. Z., & Sayidova, R. B. (2021). The use of tasks and exercises in creating interdisciplinary integration in biology lessons. In European Scientific Conference (pp. 227-230).