OLIY O'QUV YURTI TALABALARNING MAKRONUTRIYENTLAR BILAN TA'MINLANISHI (NUKUS SHAHRI MISOLIDA)
Full text
286 OLIY O’QUV YURTI TALABALARNING MAKRONUTRIYENTLAR BILAN TA’MINLANISHI (NUKUS SHAHRI MISOLIDA) Jangabayeva Ramash Kayirbergenovna Berdak nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti doktoranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761807 Annotatsiya. Maqolada Nukus shahridagi 18-29 yoshli talabalarning makronutriyentlar bilan ta’minlanishini o’rganish natijalari keltirilgan. Olingan natijalarga ko’ra, talaba yigitlarning kundalik ovqati tarkibidagi oqsillar va yog‘larning miqdori me’yorga nisbatan kam, uglevodlar miqdori va kunlik kaloriya qiymati esa me’yor ko’rsatkichlariga nisbatan yaqinligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, qizlarning amaldagi ovqatlanishida ham yuqorada aytib o’tilgan tendensiyani qayd qilish mumkin. Qizlarning kunlik ovqati tarkibidagi oqsillar va yog’larning miqdori yigitlarga nisbatan o’rtacha 5-10% ga kam, uglevodlarning miqdori esa o’rtacha 6-8% gacha ziyodligi aniqlangan. Kalit so’zlar. makronutriyentlar, oqsillar, yog’lar, uglevodlar, kunlik ovqatning energetik qiymati, oziq moddalarga bo’lgan kunlik fiziologik talab. Аннотация. В статье представлены результаты исследования потребления макронутриентов студентами 18–29 лет города Нукус. Согласно полученным результатам, суточный рацион студентов мужского пола характеризуется более низким содержанием белков и жиров по сравнению с нормой, в то время как содержание углеводов и суточная калорийность питания близки к норме. Вышеуказанная тенденция прослеживается и в современном рационе девушек. Установлено, что в суточном рационе девушек в среднем на 5–10% меньше белков и жиров, чем у юношей, а углеводов в среднем на 6–8% больше. Ключевые слова: макронутриенты, белки, жиры, углеводы, энергетическая ценность суточного питания, суточная физиологическая потребность в питательных веществах. Abstract. This article presents the results of a study of macronutrient intake among 18to 29-year-old students in Nukus. The findings indicate that the daily diet of male students is characterized by lower protein and fat content than the norm, while carbohydrate content and daily caloric intake are close to the norm. This trend is also evident in the modern diet of female students. It was found that the daily diet of female students is, on average, 5-10% lower in protein and fat than that of male students, and 6-8% higher in carbohydrates. Keywords: macronutrients, proteins, fats, carbohydrates, energy value of daily nutrition, daily physiological need for nutrients. Kirish. Ma’lumki, aholi turli guruhlarining amaldagi ovqatlanishini o’rganish va tahlil qilish ular salomatligini belgilaydigan muhim omillardan biri bo’lib hisoblanadi [1]. Talabalarning sihat-salomatligini saqlash va yanada mustahkamlash, ularning sog’lom turmush tarzini to’g’ri tashkil etishda oqilona ovqatlanish alohida o’rin egallaydi. Shu munosabat bilan oliy o’quv yurti talabalarining amaldagi ovqatlanishini o’rganish, xususan ularning makronutriyentlar – oqsillar, yog’lar va uglevodlar bilan qay darajada ta’minlanishini tahlil qilish fiziologiya va tibbiyot oldidagi dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda [1-4].
287 Adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, Janubiy Orolbo‘yi mintaqasida yashaydigan aholining va ayniqsa oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalarning makronutriyentlar bilan ta’minlanishi nihoyatda kam o’rganilgan. Qolaversa keyingi yillarda bolalarning oliy ta’limga qamrovi ko’rsatkichlari yildan-yilga ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida ularning amaldagi ovqatlanishini doimiy ravishda o’rganish hamda tahlil qilishni taqazo etadi [5-7]. Yuqorida aytib o’tilgan fikrlardan kelib chiqib, biz o’z kuzatuvlarimiz davomida Nukus shahridagi oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan 18-29 yoshli talaba yigit va qizlarning amaldagi ovqatlanishi va jismoniy rivojlanishini o’rganishni maqsad qilib oldik. Material va metodika. Kuzatuvlar 2024-2025-yillarda Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat universiteti hamda SamDVMCHBU Nukus filialidata’lim olayotgan 18-29 yoshli 143 nafar talabalar o’rtasida olib borildi. Ularning kundalik ovqati tarkibidagi makronutriyentlar miqdori anketa-so’rov hamda 24 soat davomida iste’mol qilgan taomlarini qayd qilish usullari orqali o’rganildi [7]. Kuzatuvlarga ko’ngilli talabalar jalb qilindi. Shuningdek “Jahon Tibbiyot Assotsiatsiyasining Xelsinki deklaratsiyasi” qoidalariga amal qilingan holda tekshirishlar olib borildi. Olingan natijalar Windows OS Microsoft Exel dasturi yordamida tahlil qilindi. Natijalar va muhokama. Olib borilgan kuzatuvlarning natijalariga ko‘ra, Nukus shahridagi oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan 1-kurs talaba yigitlarining kunlik iste’mol taomlari tarkibidagi oqsillar va yog‘larning miqdori me’yorga nisbatan tegishli holda o‘rtacha 82,0% va 80,0% ni, uglevodlar hamda kunlik ovqatning umumiy energetik qiymati esa mos holda o‘rtacha 86,0% va 85,4% ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlarni shu yoshdagi qizlarga nisbatan aytadigan bo’lsak, ularning oqsillar bilan ta’minlanishi o’rtacha 77,0% ga, yog’lar 70% ga, uglevodlar 92,0% ga hamda kunlik ovqat kaloriyasi esa me’yorga nisbatan o’rtacha 85,1% ga teng bo’lib, ularning kunlik ovqati tarkibidagi oqsillar va yog’larning miqdori yigitlarga nisbatan 5-10% ga kamligi hamda uglevodlar esa o’rtacha 6-8% gacha ziyodligi qayd etildi. 18-29 yoshli yigit va qizlarning kundalik ovqatidagi oqsillarning miqdori tegishli ravishda 59,04±1,19 g va 46,97±1,11 g ni tashkil etadi. Yog’larning miqdori yigitlarda o’rtacha 64,81±0,97 g ni, qizlarda esa o’rtacha 50,25±1,20 g ni tashkil etib, bu esa o’z navbatida ularning yog’lar bilan ta’minlanishini me’yorga nisbatan 20-30% gacha kamligini ko’rsatadi. Kuzatuvda bo’lgan talabalarning uglevodlar bilan ta’minlanishi me’yor raqamlaridan o’rtacha 8-14% gacha farq qiladi. Shuningdek, kunlik ovqat kaloriyasi o’rtacha 85% ni tashkil etadi.
288 Kuzatuvlarning dastlabki natijalariga ko’ra shuni aytish mumkinki, talabalar turar joyida yashaydigan yigit va qizlarning 30% dan ko’pi ertalabki nonushtani qabul qilmaydi, tushlik vaqtida ularning aksariyati tez tayyor bo’ladigan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishadi. Kunlik taomlanish miqorining katta qismini asosan kechki ovqat vaqtida qabul qilishadi. Xulosa. Kuzatuvda bo’lgan talabalarining makronutriyentlarga bo‘lgan kunlik fiziologik talabi me’yor ko’rsatkichlariga to‘la mos kelmaydi. Oqsil, yog’ va uglevodlar miqdori o’rtasidagi nisbat buzilgan. Bu esa o’z navbatida talabalarning amaldagi ovqatlanishini tizimli o’rganish hamda uni optimallashtirish bo’yicha tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda uni tegishli tartibda bajarilishi zarurligini ko’rsatadi. Bunday tadbirlar esa o’z navbatida talabalarning serunum mehnat qilishi, aqliy va jismoniy yuklamalarni maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirishlari uchun xizmat qiladigan muhim qadamlardan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 10 ноябрдаги ПҚ-4887-сон қарори “Аҳолининг соғлом овқатланишини таъминлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” ги Қарори. Тошкент. 2020., 10 ноябрь. Янги Ўзбекистон, 2020 йил., № 3.- 1-3 бетлар. 2. Новикова Е.В. Формирование стратегии инновационного развития предприятий пищевой промышленности в регионах : диссертация ... кандидата экономических наук : 08.00.05 / Новикова Екатерина Витальевна; [Место защиты: Гос. ун-т - учебно-научно-произв. комплекс].- Орел, 2011.- 220 с.: ил. РГБ ОД, 61 11-8/2284 3. Основные тенденции и показатели экономического и социального развития Республики Узбекистан за годы независимости (1990-2010) и прогноз на 2011-2015 гг.: Стат. Сб. - Т.: Узбекистан, 2011. 4. Погожева А.В. Здоровое питание для профилактики неинфекционных заболеваний. Ручная работа Парамед. Акушерка 2014, 2, C. 8-13. 5. Всемирная организация здравоохранения. Estrategia Mundial Sobre Régimen Alimentario, Actividad Física y Salud: Sobrepeso y Obesidad Infantil. Доступно в Интернете: http://www.who.int/ dietphysicalactivity /childhood/es/ (по состоянию на 12 ноября 2021 г.). 6. Миннибаев Т.Ш. и др. Теоретические и методические подходы к комплексному изучению состояния здоро вья студентов и преподавателей вузов / Т.Ш. Минни баев, И.К. Рапопорт, В.В. Чубаровский [и др.] // Здоро вье населения и среда обитания. 2012. № 2. С. 15–17. 7. Петров В.А. Методология изучения питания различных групп населения: учебное пособие / В.А. Петров. – Владивосток: Медицина ДВ, 2015. – 287 с.