scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA LABORATORIYA MASHG'ULOTLARI – MUHIM O'QITISH SHAKLI SIFATIDA

Tursinboyeva Halima Otabekovna

Full text

299 OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI – MUHIM O‘QITISH SHAKLI SIFATIDA Tursinboyeva Halima Otabekovna, TPMI tayanch doktoranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761832 Annotatsiya. Ushbu maqolada pedagogika oliy ta’lim yurtlarida fiziologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlari metodik ta’minotining hozirgi holati hamda, bu metodik ta’minotni shakllantirishda yaratilayotgan yangi ta’lim resurslari qay darajada talabalarning bilimini oshirishga yordam bera olishi haqida so‘z boradi. Tayanch so‘zlar: oliy ta’lim, biologiya ta’lim yo‘nalishi, botanika, zoologiya, genetika, ekologiya, mikrobiologiya, biokimyo, fiziologiya, tahlil metodlar, interfaol metodlar. Аннотация. В данной статье говорится о современном состоянии методического обеспечения лабораторной подготовки по физиологии в педагогических высших учебных заведениях, а также о том, в какой степени новые образовательные ресурсы, созданные при формировании этого методического обеспечения, могут способствовать повышению уровня знаний студентов. Ключевые слова: высшее образование, биологическое образование, ботаника, зоология, генетика, экология, микробиология, биохимия, физиология, аналитические методы, интерактивные методы. Abstract. This article talks about the current state of methodological support for laboratory training in physiology in pedagogical higher educational institutions, as well as the extent to which new educational resources created during the formation of this methodological support can help improve the level of knowledge of students. Key words: higher education, biological education, botany, zoology, genetics, ecology, microbiology, biochemistry, physiology, analytical methods, interactive methods. Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ2909-son qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalari o‘quv-laboratoriya bazasini modernizatsiya qilish, o‘quv-ilmiy laboratoriyalarini oliy o‘quv yurtlari ilm-fanining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy priborlar va uskunalar bilan jihozlash haqida bandlarda ko‘rsatilib o‘tilgan. Yangi avlod o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalari tizimiga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shu jumladan eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish nazarda tutilgan. Oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiradigan o‘quv jarayoni shakllari sirasiga ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, ekskursiyalar, pedagogik, ishlab chiqarish, o‘quv amaliyoti, kurs va biotiruv malakaviy ishlar, o‘quv fani 300 bo‘yicha maslahatlar, o‘quv anjumanlari, akspeditsiyalar va talabalarning mustaqil ishlari kiradi. Ma’lumki o‘qitishning asosiy shakllari - ma’ruza, semenar, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, maslahat darsi auditoriyada o‘tkaziladi. Ularni tashkil etish mazmuni murakkablik darajasiga, beriladigan axborot miqdoriga avvaldan rejalashtiriladi, o‘quv soatlariga ajratiladi. Oliy ta’limi muassasalarida fiziologiya faniga oid olingan nazariy bilim, ko‘nikma, malakalarini mustahkamlash uchun amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlariga yuqori darajada e’tibor qaratilmoqda. Ammo laboratoriya xonalarini zamonaviy asbob-uskunalar, qurilmalar bilan yetarlicha ta’minlanmaganligi, shuningdek, ko‘pchilik laboratoriya stendlarining zamonaviy talablarga javob bermasligi va ma’naviy eskirganligi, ba’zi laboratoriya ishlari sxemalarini yig‘ishda ko‘p vaqt sarflanishi hamda tajriba o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan ayrim reaktivlarning yetishmasligi tufayli o‘quvchilarni bilim olishiga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadigan ilmiy tajribalar o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lmay qolmoqda Laboratoriya usuli – bu shunday ta’lim usulki, unda talaba o‘qituvchi rahbarligida oldindan belgilangan reja asosida tajribalar o ‘tkazadi yoki amaliy vazifalarni bajaradi. Laboratoriya usulining asosiy vazifasi – o‘rgatish va rivojlantirish. Bu usulni qo‘llash bilan biz talabalarda quyidagi imkoniyatlar ta’minlanadi: - Asbob-uskunalardan foydalanish ko‘nikma va malakalarini egallash; - Mustaqil tadqiqotning yangi yo‘llarini tanlash va ma’lum bo‘lganlarini tekshirish; - Amaliy malakalarni egallash; o‘lchash va hisoblash, natijalarni qayta ishlash va ilgari olinganlari bilan taqqoslash. Laboratoriya mashg‘ulotlari talabalarning mustaqil ish bajarish va tajriba o‘tkazish bilan boshqa darslardan farq qiladi. Ularda talabalar olgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash va ko‘rgazmali vositalar orqali chuqurroq o‘rganadi. Ularda tadqiqot o‘tkazish ko‘nikmalari shakllanadi. Laboratoriya mashg‘ulotlari orqali talabalar o‘quv predmetining umumiy metodikasini egallaydi, ilmiy tushunchalarga ijodiy yondashuvni o‘rganadi. Biologiya kursidagi laboratoriya va amaliy ishlar nafaqat o‘quv dasturining ajralmas amaliy qismi, balki o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi ta’lim o‘zaro hamkorligining amaliy usullaridan biridir. Laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish har bir o‘qituvchi uchun majburiy bo‘lib, bu talabalarning bilim darajasini oshirish va olingan bilimlardan amaliy foydalanish ko‘nikmalarini egallash uchun zarurdir. Laboratoriya ishi talabalarning nafaqat bilim, balki ko‘nikmalarni egallashiga asos 301 bo‘ladi, balki bilimlarni amaliy faoliyatda va yangi vaziyatlarda qo‘llash uchun ham xizmat qiladi. Laboratoriya mashg‘ulotlarining didaktik tamoyillariga quyidagilar kiradi: - Mashg‘ulotlarni rejalashtira olish va o‘tkaza bilish; - Mashg‘ulotlarning maqsadini aniq belgilab olish; - Talabalarda bilimlarni chuqurlashtirishga va amaliyot bilan bog‘lashga qiziqish uyg‘otish; - Talabalarning mustaqil ishlashi va ish natijasini xulosalashiga imkon yaratish; - Talabalarning mustaqil ishlash, olingan natijalarni xulosalash ko‘nikmalarini shakllantirish; - Talabalarni mehnatsevarlikka o‘rgatish. Talabalar laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rayotganda faqat o‘qituvchi tavsiya qilgan adabiyotdan foydalanish emas, balki mavzuga oid yangi manbalarni izlab topishda raqamli ta’lim resurslaridan, raqamli laboratoriya mashg‘ulotlari bazlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Laboratoriya ishlari davomida belgilangan maqsadga erishish uchun talabalarga turli axborot texnologiyalarini qo‘llash asosida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ko‘nikma hosil qilish imkonini beradi. Shu bois oliy ta’lim muassaslarida laboratoriya ishlarini interfaol texnologiyalardan foydalanib bajarish hamda laboratoriya mashg‘ulotlarida pedagogik dasturiy vositalardan samarali foydalanish uchun mavzularni kompyuter texnologiyalari vositasida modellashtirib o‘qitish metodikasini yanada takomillashtirish zarurati mavjud. Xulosa. Shu tariqa, laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishda metodik yondashuvlar talabalar uchun bilimlarni amaliyotda qo‘llash, analitik fikrlashni rivojlantirish va mustaqil ilmiy faoliyatni tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari laboratoriya mashg‘ulotlari talabalarda tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantira oladi, ularni kelajakda olim bo‘lishlariga turtki bo‘la oladi. Laboratoriya mashg‘ulotlarini to‘g‘ri tashkil etish orqali ma’ruza jarayonida o‘rganilgan bilimlar mustahkamlanib boradi. Hozirgi kunda aynan laboratoriya darslari huddi ma’ruza yoki amaliy darslar kabi o‘tilayotganligiga ko‘zimiz tushadi, yuqoridagi metodik qo‘llanmalardan foydalanilsa darslar samarali bo‘lgan bo‘lar edi. 302 Adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarori. 2. M.X.Baybayeva, A.Sh.Muxsiyeva. Oliy va proffissional ta’limda mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi. Toshkent-2022. 220-b) 3. I.T.Azimov. “Biologiya o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanma Pedagogika oliy yurtlari “Biologiya” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Toshkent 2023. 198-bet. 4. Toshmanov I.J. Raqamli ta’lim muhitida biologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlari dasturiy ta’minotini takomillashtirish (7-sinf biologiya fani misolida. Pеdаgоgikа fаnlаri bо‘yiсhа fаlsаfа dоktоri (PhD) ilmiy dаrаjаsini оlish uсhun yоzilgаn dissеrtаtsiyа, 2012-y,146 b 5. H.O.Tursinboyeva. Laboratoriya darslarida raqamli ta’lim texnologiyasining o ‘rni va ahamiyati. “Raqamli didaktika va madaniyati: zamonaviy tendensiyalar, yondashuvlar, yechimlar” Respublika ilmiy-amaliy anjuman 2024-yil 17-aprel.