CHIROQCHI DOSTONCHILIK MAKTABINING REPERTUARI VA IJODIY AN'ANALARI (Shomurod baxshi ijodi )
Abstract
Baxshichilik san’atida Janubiy Oʻzbekiston dostonchilik maktablari oʻziga xos oʻringa ega boʻlib, uning badihagoʻyligi, aytish usulining shoʻxligi va repertuaridagi dostonlarning boshqa dostonchilik maktablarida uchramasligi kabi diqqatga sazovor jihatlari bor. Mazkur maqolada Chiroqchi dostonchilik maktabi repertuari, maktab vakillarining ijodiy an’analari va Shomurod shoirning badiiy mahorati haqida soʻz boradi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 769 CHIROQCHI DOSTONCHILIK MAKTABINING REPERTUARI VA IJODIY AN’ANALARI (Shomurod baxshi ijodi ) Egamqulov Kamoliddin Samad oʻgʻli TAFU f.f.f.d. (PhD), katta o‘qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17761342 Annotatsiya. Baxshichilik san’atida Janubiy Oʻzbekiston dostonchilik maktablari oʻziga xos oʻringa ega boʻlib, uning badihagoʻyligi, aytish usulining shoʻxligi va repertuaridagi dostonlarning boshqa dostonchilik maktablarida uchramasligi kabi diqqatga sazovor jihatlari bor. Mazkur maqolada Chiroqchi dostonchilik maktabi repertuari, maktab vakillarining ijodiy an’analari va Shomurod shoirning badiiy mahorati haqida soʻz boradi. Kalit so‘zlar: an’ana, baxshi, doston, repertuar, badihagoʻylik, nag‘ma, terma. Annotation. The epic schools of Southern Uzbekistan have a special place in the art of Bakhshchilik, and they have remarkable features such as their eloquence, the fun way of telling, and the epics in their repertoire that are not found in other epic schools. This article talks about the artistic skills of Shamurod Bakhshi, a representative of the Chirakchi epic school. Key words: tradition, bakhshi, epic, repertoire, intrigue, drum tune, terma. Xalq og‘zaki badiiy ijodining asosiy va yirik ixtisoslashgan turi bu – doston va dostonchilik san’ati sanaladi. Dostonchilik san’atining paydo bo‘lishi va tadrijiy-taraqqiyoti bevosita baxshilar ijrochiligi va faoliyati bilan chambarchas bog‘langan. Zero, folklorshunos olim, akademik T.Mirzayev ta’kidlaganidek: “Jonli og‘zaki epik an’anani yaratuvchilar, davom ettiruvchilar, muayyan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda uni yanada rivojlantiruvchilar va nihoyat, bizning davrimizda yangi an’anaga – zamonaviy dostonchilikka asos soluvchilar xalq ommasi siyosiy-madaniy hayotida katta o‘rin tutgan baxshilar hisoblanadilar” 1 . Darhaqiqat, doston va dostonchilik san’atining shakllanish davriga munosabat bildirganda xalq og‘zaki ijodining tarixiy-folkloriy jarayondagi xalq badiiy tafakkurining shakllanish bosqichlari bilan bog‘liq holda o‘rganish to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki doston va dostonchilik san’ati tarixiy-folkloriy jarayonning so‘nggi bosqichlarida shakllangan bo‘lib unda boshqa janrlarning singganini va transformatsiyasini kuzatish mumkin. Xalq baxshilari xalqning epik bilimdonlari bo‘lib, xalqdan eshitgan, o‘rgangan, kuzatganlarini kuyga solib termalar aytadi va dostonlar yaratadi. Shu bois xalq baxshilari va ularning ijodiy merosi ijtimoiy-siyosiy-madaniy ahamiyatga egadir. Baxshilar qadimiy va barqaror epik an’ana asosida yangidan yangi terma va dostonlar ijod eta bilgani uchun ham doimo xalqning hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lgan. Shu sabab baxshilar va ularning san’ati hamisha sirli, “ilohiy” tarzda tushuntirilgan, baxshi nomi turlituman afsonalar, rivoyatlar va naqllar fonida izohlangan. Markaziy Osiyoda baxshichilik san’ati o‘rta asrlarga e’tiboran shakllangan bo‘lib, baxshilarning indevidual ijrochiligi asosan feodalizm davri ko‘chmanchi-chorvador aholi orasida keng tarqalgan. Bu haqda folklorshunos olim Hodi Zarifov shunday deydi: “Har bir baxshiga nisbatan xolis ilmiy munosabat shuni ko‘rsatdiki, og‘zaki dostonning yaratuvchilari va ijrochilari o‘zlarining nasl-nasabi, dunyoqarashi, repertuarining g‘oyaviy yo‘nalishlari jihatidan bir-birlaridan keskin farq qilib, ikki guruhga 1 Мирзаев Т. Халқ бахшиларининг эпик репертуари. – Тошкент: Фан, 1979. – Б. 8.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 770 bo‘linadilar, chunki o‘tmishda har bir sinf manfaatlariga xizmat qiluvchi baxshilar va ularning o‘zlariga xos repertuari bo‘lgan” 2 . To‘g‘ri, baxshilar tom ma’nodagi ijodkorlar bo‘lib, xalqning yaxshi kunlarida, bayram va to‘ylarida ularning ko‘nglini ko‘targan va olqishlagan. Shu sabab feodalizm davrida baxshilar ijtimoiy tabaqalarga xos ravishda ikkiga ajralgan bo‘lishi mumkin. Bu fikrni akademik T.Mirzayev ham tasdiqlaydi: “Ko‘p yillik folklor ekspeditsiyalar davomida to‘plangan turli-tuman materiallar va ayrim tarixiy ma’lumotlar shuni tasdiqlaydiki, feodalizm davrida o‘zbek dostonchilari repertuarini hukmron doira nazorat qilib turgan, ular bilan qiziqqan, o‘z siyosati manfaatiga bo‘ysundirishga uringan. Shuning natijasida maxsus saroy baxshilari ham bo‘lgan. Chingizxon huzuridagi Ulug‘ jirchi, To‘xtamishxon saroyidagi Kamolzoda va Jahon Mirza, Xiva xoni Muhammad Rahimxon II saroyidagi Riza baxshi, Buxoro amiri Nasrullo saroyidagi Ernazar kabilar shunday baxshilardan bo‘lganlar” 3 . Bunday baxshilar asosan saroy hukmdorlari, yuqori tabaqa vakillarini madh etuvchi “Shayboniyxon”, “Muzaffarxon” kabi dostonlarni kuylaganlar. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra yana bir qism baxshilar “qalandar-darvish sifatida hayot kechirganlar” va musulmon avliyolarini ulug‘lovchi va diniy-ma’rifiy dostonlar kuylab yurishgan. “Ikkinchi guruh baxshilar bevosita xalq orasidan yetishib chiqqan, uning manfaatlarini himoya qilgan xalq kuychilari bo‘lib, xalq yaratgan og‘zaki badiiy ijodning eng yaxshi namunalarini saqlagan va demokratik g‘oyalarni oldinga surgan dostonchilardir 4 . O‘zbek folklorshunosligining asoschisi H.Zarifov g‘oyaviy yo‘nalish bir, ammo poetik uslublari, ijro usullari jihatidan bir-birlaridan farq qiladigan xalq baxshilarining o‘zlariga xos poetik yo‘llar bilan bir-birlaridan ajralishlarini aniqlagan hamda ularning yo‘nalishiga qarab dostonchilik maktablariga bo‘lgan 5 . Binobarin, baxshilar g‘oyaviy yo‘nalish, ajdodlar sulolasiga ko‘ra, repertuar birligi, ijro va kuylarning monandligi, doston kuylashda qadimiy an’analaridagi moslikka ega bo‘lsalar ham, baxshilar guruhiga xos badiiy uslub, repertuar xususiyati, ijrochiligi bilan o‘zaro farq qiladi. Hodi Zarifov ilk bor “umumlashgan puxta epik an’ana doirasida ma’lum baxshi yoki baxshilar guruhiga xos individual ijodiy xususiyatlar, yo‘llar, uslublar o‘zgachaligi, ustozshogird munosabatlariga xos farqlarni aniqlab, Bulung‘ur va Qo‘rg‘on dostonchilik maktablari vakillarining shajarasini tuzib chiqqan. Hodi Zarifov boshlab bergan baxshichilik maktablari nazariyasiga asoslanib, keyingi folklorshunoslar mamlakatimiz va qo‘shni respublikalarda ekspeditsiyalar uyushtirdi va qo‘lga kiritilgan materiallarga ko‘ra O‘zbekistonning ko‘pgina yerlarida bir qancha dostonchilik maktablari – baxshilik san’atining ajoyib markazlari bo‘lganligini aniqlaganlar 6 . Natijada Bulung‘ur, Qo‘rg‘on, Nurota, Shahrisabz, Narpay, Sherobod, Qamay, Piskent kabi hududlardan sulolaviy va ustoz-shogirdlik asosida yetishib chiqqan yetakchi baxshilarning yashash joylarning nomlari bilan ataladigan dostonchilik maktablari paydo bo‘ldi. Shunday dostonchilik maktablaridan biri Janubiy O‘zbekiston dostonchilik maktablari orasida o‘ziga xos o‘rin egallagan, uzoq vaqtlardan beri an’anaviy 2 Ҳоди Зариф. Фозил шоир – машҳур достончи // Фозил шоир. – Тошкент: Фан, 1973. – Б. 8–9. 3 Мирзаев Т. Халқ бахшиларининг эпик репертуари. – Тошкент: Фан, 1979. – Б. 124. 4 Ko‘rsatilgan manba. – B. 201. 5 Зариф Ҳ. Фозил шоир – машҳур достончи // Фозил шоир. – Тошкент: Фан, 1973. – Б. 8–9. 6 Муродов М. Ўзбек бахшилари поэтик мактаблари // Адабий мерос. – Тошкент, 1976. – № 4. – Б. 87–92.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 771 dostonlar kuylash bilan birga yangi doston va termalar yaratib kelayotgan qator baxshilariga ega “Chiroqchi” dostonchilik maktabining ijodiy merosi ham alohida ahamiyatga ega sanaladi. Janubiy O‘zbekiston vohalari xalq og‘zaki ijodini o‘rganish H.Zarifov boshchiligida 1929-yildan boshlandi. O‘zbek folklorshunoslari mazkur hududdan og‘zaki ijodga daxldor boy materiallarni qo‘lga kiritdi, chunonchi, ko‘plab xalq baxshilarini aniqlashga muvaffaq bo‘lindi. Ularning repertuaridagi termalar hamda dostonlarni ilk bor Hodi Zarifov tadqiq etishga kirishdi 7 . Shundan so‘ng mazkur hududlarda bir necha bor ekspeditsiya uyushtirildi (1945-yilda M.Afzalov boshchiligida, 55–60-yillarda T.Mirzayev, M.Murodovlar boshchiligida) va ko‘plab og‘zaki ijod namunalari, bir qancha dostonlar yozib olindi. Janubiy O‘zbekiston folklorini, xususan, dostonchiligini kompleks tarzda to‘plash va o‘rganish jonli jarayonni izchil kuzatish ishlari 1960-yillardan boshlandi va 1980-yillarga qadar uzlyuksiz folklor-etnografik ekspeditsiyalari uyushtirildi. Izlanish va o‘rganishlar natijasida 200 dan ortiq turli saviyadagi va har xil kasb-hunar egasi bo‘lgan baxshilar aniqlandi. Folklorshunoslikda yangi dostonchilik maktablari sifatida Qashqadaryo-Surxondaryo dostonchilik maktablari kiritildi. Qashqadaryo-Surxondaryo dostonchilari repertuari, baxshilarining badiiy mahorati sohasida G‘.O.Yunusov, H.T.Zarifov, V.M.Jirmunskiy, M.Afzalov, T.Mirzayev, M.Murodov, M.Saidov, B.Sarimsoqov, M.Jo‘rayev, Sh.Turdimov, J.Eshonqulov, I.Yormatov, U.Jumanazarov, S.Yuldashova, S.Mirzayeva kabi olimlarning tadqiqot ishlari yuzaga keldi 8 . Janubiy O‘zbekistonda baxshichilik jonli jarayonda davom etayotgani, navbatdagi izlanishlarga, monografik tadqiqotlarga olib keldi. Hududdagi dostonchilik maktablari aniqlandi, ularning tarqalish doirasi o‘rganila boshlandi. Tadqiqotlarda Qashqadaryo-Surxondaryodagi Sherobod, Shahrisabz, Qamay dostonchilik maktablari e’tirof etildi. Dastlab e’tirof etilgan shu uch poetik maktablarning har biriga xos xususiyatlarni, ularning umumo‘zbek dostonchiligidagi o‘rnini ilk bor umumiy tarzda professor T.Mirzayev ilmiy asoslagan. Olimning ta’kidlashicha: “O‘zbekistonning janubida yashovchi ko‘pgina baxshilar ijodi Sherobod dostonchilik maktabi bilan bog‘liqdir. Bu maktabga birlashgan baxshilar repertuariga nazar tashlar ekanmiz, dostonchilikning nisbatan quyi bosqichlari unsurlariga, badiiy tafakkurning uncha rivojlanmagan formalariga duch kelamiz. Demak, bu maktab dostonchilikning ibtidoiy formalari unsurlarini nisbatan ko‘proq saqlaganligi bilan xarakterli bo‘lib, traditsion eposning intensiv rivojlanish 7 Мирзаев Т. Ҳоди Зариф суҳбатлари. – Тошкент: Shams-ASA, 2013. – Б. 266–271. 8 Жирмунский В. М., Зарифов Х.Т. Узбекский народный героический эпос. – M.: ОГИЗ, 1947. – 520 с.; Жирмунский В.М. Тюркский героический эпос. – M.: Наука. 1974. – 726 с.; Афзалов М. Ўзбек халқ бахшилари // Шарқ юлдузи, 1946. – №10-11.; Мирзаев Т. Алпомиш достонининг ўзбек вариантлари. – Тошкент, 1968. – 152 б.; Халқ бахшиларининг эпик репертуари. – Тошкент, 1979. – 152 б.; Муродов М. Жанровые и идейно (художественные особенности дастанов Гороглы: Автореф. дисс… докт. филол. наук. – Ташкент: 1976. – 25 с.; Саримсоқов Б. Ўзбек адабиётида сажъ. – Тошкент, 1978. – 152 б.; Саидов М. Ўзбек достончилигида бадиий маҳорат. – Тошкент, 1969. – 232 б.; М. Жўраев, Ш. Шомусаров. Ўзбек мифологияси ва араб фольклори. – Тошкент, 2001. – 136 б.; Турдимов Ш. Гўрўғли достонлари генезиси ва тадрижий босқичлари. – Тошкент, 2001. – 240 б.; Эшонқулов Ж. Фольклор: образ ва талқин. – Қарши: Насаф, 1999. – 168 б.; Ёрматов И. Ўзбек халқ қаҳрамонлик эпоси бадиияти. – Тошкент, 1994. – 186 б.; Жуманазаров У. Ўзбек фольклори ва тарихий воқелик. – Тошкент, 1991. – 144 б.; Юлдашова С. Поэтика узбекского народного героического эпоса “Алпомиш”: Автореф. дис… канд. филол. наук. 1984. – 28 с.; Мирзаева С. Ўзбек халқ романик достонлар поэтикаси: Филол. фан. док. дис… автореф. – Тошкент, 2004. – 200 б.; Эргашев А. Шеробод достончилик мактаби: Филол. фанлари номз. дисс. автореф. – Тошкент, 1989. – 24 б.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 772 jarayoni bizning kunlarimizgacha davom etgan” 9 . Darhaqiqat, Janubiy O‘zbekiston dostonchilik maktablarida an’anaviy tarzda kuylanib kelingan “Yozi bilan Zebo”, “Oyparcha”, “Yusuf bilan Ahmad”, “Go‘ro‘g‘li” turkum dostonlari tarkibiga kiruvchi “Nurali” kabi dostonlarning kuylanish jarayonlari, syujetdagi xilma-xillik, an’analarning o‘zgara borishi va ba’zan tugallanmay qolganligi kabi bir qator holatlar fikrimizni tasdiqlay oladi. Janubiy O‘zbekiston dostonchilik maktablarini o‘rgangan olim A.Ergashevning ma’lumotlariga ko‘ra yuqorida qayd qilingan uch poetik maktabdan tashqari Surxondaryoda yana ikki dostonchilik markazi bo‘lganligini ta’kidlaydi: “Bular Beshqo‘ton (Hozirgi Muzrabot tumani) va Kofrun (Boysun tumani) hududlarida joylashgan. Beshqo‘ton va Kofrun dostonchilik maktabi vakillari ham ikki vohada mashhur Sherobod dostonchilik maktabi baxshilari bilan yaqin aloqada bo‘lishgan. Sherobod poetik maktabining asoschisi Shernazar Berdinazar (1855-1915) o‘g‘li va Beshqo‘ton poetik maktabining asoschisi Alim baxshi Qosim (ba’zi manbalarda Qosimko‘r) yuzboshining shogirdi hisoblanadi. 10 . Ko‘rinadiki, Janubiy O‘zbekiston dostonchilik maktablarining shakllanishiga Sherobod dostonchilik maktabi vakillarining o‘rni katta. Shahrisabz dostonchilik maktabi atamasini dastlab qo‘llagan V.M.Jirmunskiy va H.Zarifovlar Abdulla shoir Nurali o‘g‘lining shahrisabzlik bo‘lganiga asoslanadilar: “Hozirgi zamonning yirik baxshilaridan biri Abdulla Nuraliyev sanaladi. Abdulla shoir Buxoro viloyati Kitob tumanida Shahrisabz shaharchasidan uncha uzoq bo‘lmagan Qaynar qishlog‘ida tug‘ilgan. U ham boshqa xalq baxshilari kabi erta yetim qolgan va og‘ir bolalik, o‘smirlik chog‘larini boshdan kechirgan. Uning doston kuylashni o‘rgatgan ustozi o‘zi kabi og‘ir turmushni boshidan kechirgan, asl kasbi cho‘pon-baxshi Rajab shoir bo‘lgan. Aftidan, Abdulla shoir XIX asrning ikkinchi yarmida Shahrisabzda mavjud bo‘lgan baxshichilik maktabi vakillaridan sanalgan. O‘sha davrda juda mashhur bo‘lgan buxorolik baxshilar Xidir baxshi, Ernazar baxshi va boshqa baxshilar ham mazkur dostonchilik maktabi vakillari hisoblangan” 11 . Biroq mazkur fikrni taniqli olim Janubiy O‘zbekiston dostonchilik maktablarini o‘rgangan folklorshunos A.Qahhorov inkor etadi va aslida Shahrisabz dostonchilik maktabi bo‘lmaganligini, balki bu maktab aslida Chiroqchi dostonchilik maktabi ekanligini isbotlashga harakat qiladi 12 . Bu fikrni Folklorshunos A.Ergashev ham tasdiqlaydi: “Abdulla shoirning ustozi Rajab shoir Chiroqchining Qutchi qishlog‘idan bo‘lib, (XIX asrning o‘rtalari) Qamashi tumanining To‘qboy qishlog‘ida yashagan Iskandar shoirning shogirdidir. Rajab shoir Abdulla shoirni shogirdim deb tan olgan. Abdulla shoir Rajab shoir yashagan Chiroqchidagi Qutchi qishlog‘ida bir yil davomida yashab Rajab shoirdan doston kuylash sirlarini o‘rgangan va ustozidan oq fotiha olgach, Qaynar qishlog‘iga qaytib kelgan 13 ”. Ko‘rinadiki, Abdulla shoir Nurali o‘g‘lining ustozi asli Chiroqchidan bo‘lgan bo‘lib, ko‘plab shogirdlar yetishtirgan va 9 Мирзаев Т. Халқ бахшиларининг эпик репертуари. – Тошкент: Фан, 1979. – Б. 62. 10 Эргашев А. Қашқадарё-Сурхондарё достончилигининг умумўзбек эпоси тараққиётидаги ўрни: Филол. фан. док. дисс. – Тошкент, 2021. – Б. 15. 11 Жирмунский В.М., Зарифов Х.Т. Узбекский героический эпос. – М.: ГИХЛ, 1947. – 520 с. // Мирзаев Т. Халқ бахшиларининг эпик репертуари. – Тошкент: Фан, 1979. – Б. 51. 12 Қаҳҳоров А. Янги достонлар. – Тошкент: Фан, 1985. – Б. 11-12. 13 Эргашев А. Қашқадарё-Сурхондарё достончилигининг умумўзбек эпоси тараққиётидаги ўрни: Филол. фан. док. дисс. – Тошкент, 2021. – Б. 69.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 773 o‘ziga xos doston ijrochiligiga ega bo‘lgan. Shunga ko‘ra mazkur hududda dostonchilik maktabining shakllanishi tabiiy holdir va bu maktab vakillari boshqa dostonchilik maktablari bilan doimiy aloqada bo‘lgan. Biroq, Shahrisabz dostonchiligini faqatgina Abdulla shoir bilan belgilab bo‘lmaydi va maktabni inkor ham qilib bo‘lmaydi. Sababi, hudud bilan bog‘liq beklik o‘tgan, qolaversa Temuriylar bilan bog‘liq buyuk shahar yaratilgan. Bu o‘z-o‘zidan hududda yuksak san’at va madaniyat shakllanganidan darak beradi. Baxshichilik va dostonchilik ham bundan chetda qolmaydi. Binobarin, Qashqadaryo-Surxondaryo baxshilari Samarqand, Turkmaniston, Tojikiston dostonchilari bilan doimiy ijodiy aloqada bo‘lishganini A.Ergashev ham tasdiqlaydi va “Janubiy O‘zbekiston poetik maktablari namoyandalari orasida o‘xshash jihatlar bilan birga ijroda va soz ohanglarida o‘ziga xosliklar ham bo‘lgan” 14 , – degan fikrni aytadi. H.Zarifov hamda V.Jirmunskiyning qayd etishicha: “Janubiy O‘zbekiston va Samarqand dostonchilik maktablari vakillari muntazam aloqada bo‘lgan, jumladan, Mardon shoir Samarqanddan to‘rt shogird tayyorlab yetishtirgan, Zohir shoir norpaylik Islom shoirga shogird tushgan, XVIIIXIX asrlarda ham Samarqand yoxud Buxoro dostonchilari bilan bellasha oladigan Ernazar Qobon, Abdikarim Juyruk, Sherna, Xidir singari ko‘plab baxshilar ijod qilganlar” 15 . Folklorshunos A.Tilavov ham Qashqadaryo-Surxondaryo baxshilarining boshqa dostonchilik maktablari bilan ijodiy aloqalari haqida quyidagi fikrlarni aytadi: “Agar Bulung‘ur, Narpay, Nurota yoxud Juma baxshilari o‘zlari mansub dostonchilik san’atini bir-ikki tuman hududidagina tarqatgan bo‘lsalar, Sherobod maktabi vakillari butun Qashqadaryo, Surxondaryo vohalarining katta qismida, Turkmaniston va Tojikistonning o‘zbeklar yashaydigan hududlarigacha tarqalib, o‘sha yerlarda ham dostonchilikning yashovchanligiga zamin hozirlagan. Tojikistonda yashovchi baxshilar, xususan, laqay baxshilari repertuarida uchraydigan “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li” turkum dostonlari Janubiy O‘zbekistonda yashovchi baxshilar ta’sirida shakllanganligini ilmiy dalillar tasdiqlaydi” 16 . Qashqadaryo-Surxondaryo dostonchilik maktablarining g‘oyaviy yo‘nalishi va repertuar birligi umumiy ko‘rinishda bo‘lsa-da, ijro usullari, poetik ifodadagi o‘ziga xos jihatlari bilan birbiridan farq qiladi. Har bir dostonchilik maktabining yuzaga kelishi, shakllanishi va poetik ifoda kasb etishi badihago‘y baxshilar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lganligi janubiy vohada faoliyat ko‘rsatgan Chiroqchi, Sherobod, Kofrun, Beshqo‘ton, Qamay dostonchilik maktablarining ijodkor baxshilari misolida aniq ko‘rinadi. Birinchidan, har bir dostonchilik maktabi vakillarining o‘z nomlaridan tashqari kuylovchilikdagi unvonlariga ega bo‘lishgan. Jumladan, Chiroqchi dostonchilik maktabida baxshilar va doston kuylovchilar nomiga asosan “shoir” sifatlashi qo‘shib nomlangan. Masalan, Mardon shoir, Tog‘ay shoir, Azim shoir, Sherobod dostonchilik maktabida baxshilar va doston kuylovchilar asosan yuzboshi deb atalgan. 14 Ko‘rsatilgan manba. – B. 60–79. 15 Жирмунский В.М., Зарифов Х.Т. Узбекский героический эпос. – М.: ГиХЛ, 1947. – 520 с. // Мирзаев Т. Халқ бахшиларининг эпик репертуари. – Тошкент: Фан, 1979. – Б. 52. 16 Тилавов А. Ўзбек ва тожик халқ эпоси алоқаларига доир. // Ислом шоир ва унинг халқ поэзиясида тутган ўрни. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 103-108.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 774 Masalan, Qosimko‘r yuzboshi, Berdinazar yuzboshi. (Baxshilarni yuzboshi sifatlashi bilan nomlash Qashqadaryo viloyatidagi poetik maktablar vakillarida kuzatilmaydi.) Qamay dostonchilik maktabida esa, baxshilar ismiga “mulla” sifatlashini qo‘shib nomlash yetakchilik qilgan. Masalan, Mulla Xolnazar, Mulla Bozor. Bu an’ana bo‘lib, doston kuylovchi baxshilar ismiga “jirov”, “jirchi”, “soqi”, “oqin”, “sannovchi”, “xalfa” kabi sifatlovchi nomlar qo‘shib aytiladi. Ikkinchidan, har bir dostonchilik maktabida baxshilar doston boshlanmasini kuylashda alohidalikka ega bo‘lganlar. Masalan, Chiroqchi dostonchilik maktabi vakillari doston boshlanmasida “Munojot” qo‘shadilar, ya’ni Ollohga yalinish, elga omonlik, o‘ziga kuch-quvvat tilash kabi. Qamay dostonchilik maktabida baxshilari doston boshlanmasini voqealarning juda qadim zamonlarda bo‘lib o‘tgani bilan boshlash an’anasi mavjud. Bu hol respublikamizning boshqa poetik maktablarda ham mavjud. Uchinchidan, har bir dostonchilik maktabi vakillarida doston kuylash jarayonida ma’lum bir o‘rinda qo‘shimcha tarzda cho‘zib ijro etiladigan qaytariqlari mavjud. Jumladan, mazkur qaytariqlar Chiroqchi dostonchilik maktabi vakillarida “Olloyo, Robbim hay, Yorimov” 17 tarzida qo‘llanadi. Sherobod dostonchilik maktabi vakillarida bu qaytariqni “Hay Yoray” 18 shaklida uchratish mumkin. Kofrun dostonchilik maktabi doston kuylovchilari ijro jarayonida “hay hae” 19 shaklida kuylaydilar. Qashqadaryo Qamay dostonchiligi baxshilari esa, “huy yo huy, huy yo huy” 20 (Xudoga qarata kuchli his-hayajon bilan aytiladigan iltijo) shaklida ko‘rishimiz mumkin. Bu takrorlar respublikamizning barcha dostonchilik maktablari vakillarida ham an’anaviy tarzda qo‘llanadi. Binobarin, Xorazm dostonchiligida “Yo Movlon” (Ollohning ismi); Qoraqalpoq jirovlari orasida “Yor sana” 21 (Yor senga); jirovlar “Yor biruboray” 22 (bir U bor) shakllarida qo‘llashini kuzatishimiz mumkin. Doston tarkibida uchrovchi bu takroriy so‘zlar doimiy ravishda baxshilar tomonidan kuylangan, biroq davr talabi, mafkura tazyiqi va senzura bosimi ostida ishlagan folklorshunos olimlar va ekspidetsiya a’zolari tomonidan qayt etib borilmagan yoki tushirib qoldirilgan. Aslida bu so‘zlar baxshining inonch-e’tiqodi bilan bog‘liq holatlar bo‘lib, Ollohga munojoti sanaladi. Masalan, Chiroqchi dostonchilik maktabi vakillarida doston kuylash oldidan terma aytishga odatlanishgan, odatda terma kuylashdan maqsad, do‘mbirani sozlash, ovozni moslash, umuman baxshini doston kuylash jarayoniga tayyorlanish etapi sanaladi. Termadan oldin baxshi “Olloyo, Robbim hay, Yorimov” kabi qaytariqlarni takrorlab oladi. Bu aslida Yaratganga shukrona keltirish, undan najot tilash, baxshi munojotini ifodalaydi. To‘rtinchidan, har bir maktabning o‘ziga xos kuylash uslubi va musiqaga e’tibor berilishi bilan farqlanadi. 17 https://www.youtube.com/watch?v=9Q4mLRrSfO0 18 https://www.youtube.com/watch?v=SAVRHPixM0U // https://www.youtube.com/watch?v=AtlNXthM6nY 19 https://www.youtube.com/watch?v=2GaGT74rc-A 20 https://www.youtube.com/watch?v=ksy4Df3SwSw 21 https://www.youtube.com/watch?v=74WV8FXnSbI // https://www.youtube.com/watch?v=KypnJtWcXXc 22 https://www.youtube.com/watch?v=aTiECjDOF18
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 775 Odatda, Chiroqchi dostonchilik maktabi vakillari doston kuylash jarayonida sho‘x va o‘ynoqi musiqa tanlaydilar 23 . Ular terma aytishdan oldin do‘mbirasini o‘ynatib, bir necha sho‘x nag‘ma usullardan ijro etib, keyin termani yoki dostonni boshlaydilar. Sherobod dostonchilik maktabi vakillari ijrochiligida ham musiqa yetakchilik qiladi, biroq bu musiqa Chiroqchi maktabi ijrochiligidan farqli o‘laroq bosiq va bir xil ritm ushlanadi 24 . Mazkur dostonchilik maktabining vakili Shoberdi baxshi Boltayev doston kuylashni boshlashdan oldin 2-3 daqiqagacha do‘mbira chertib turadi. Kofrun dostonchilik maktabi vakillari uchun musiqa emas, balki ijroda so‘z yetakchilik qiladi 25 . Odatda doston boshlanmasi ham so‘zlash bilan boshlanadi. Kuylash jarayonida ham musiqa so‘zga hamohang bir xil ritmda boradi. Pauza vaqtida ham o‘ynoqi nag‘malar uchramaydi. Masalan, Sherobod dostonchilik maktabi baxshisi kuylagan doston jarayonida ikkiuch daqiqali ijro bayonida uch-to‘rt minut musiqa kuylanadi. Kofrun dostonchilik maktabi baxshisi kuylagan dostonning ijro jarayonida olti-yetti daqiqali ijro bayonida bir-ikki daqiqali musiqa ijrosini kuzatish mumkin. Kofrun dostonchilik maktabi baxshilari sezilar-sezilmas, bir zayl do‘mbira chertib voqeani uzluksiz davom ettiradilar, orada deyarli pauza bo‘lmaydi. Pauza bo‘lsa ham, qisqa bo‘lib, nag‘mada o‘zgarish sezilmaydi. Bundan tashqari Kofrun baxshichilik maktabi baxshilari ochiq ovozga yaqin kuylaydilar 26 . Chiroqchi dostonchilik maktabdan ko‘plab iqtidorli baxshi shoirlar yetishib chiqqan. Mazkur maktabning ildizi juda qadimga borib taqalishi bilan birga bugungi kunda ham o‘z faoliyatini to‘xtatmagan, ya’ni an’anani davom ettirib kelmoqda. Chiroqchi dostonchilik maktabi Janubiy O‘zbekiston dostonchiligining bir bo‘lagi bo‘lib, bu dostonchilik maktabda ko‘plab iqtidorli baxshilar yetishib chiqqan va bugungi kunda ham mazkur maktab vakillari qadimiy dostonchilik an’analarini saqlab qolishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqdalar. Binobarin, Chiroqchi dostonchilik maktabi haqida so‘z ketganda, avvalo mazkur maktabga tamal toshini qo‘ygan Rustam shoir (XIX asr boshlari), Xolnazar shoir (XIX asr o‘rtalari), Iskandar shoir (XIX asr o‘rtalari), Rajab shoir (XIX asr oxiri), To‘ra shoir (XIX asr boshi), Hamro shoir Ergash o‘g‘li va boshqa ko‘plab ustoz baxshilar bo‘lsa, ularning kuylovchilik an’analarini Eltoy shoir, Mahmon shoir, Mardon shoir, Tog‘ay shoir Mahmonov, Ediga shoir, Yo‘ldosh shoir, Orol shoir, Niyoz shoir, Safar shoir, Xudoyberdi shoir, Qorjov shoir, Muhammad shoir, Xushvaqt shoir, Doniyor shoir, Murod shoir Doniyor o‘g‘li, Qo‘zi shoir, To‘qli shoir, O‘sar shoir Erkayev, Shomurod shoir Tog‘ayev, Erasan shoir, Oqqo‘zi shoir, Eshonqul shoir, Azim shoir, Narzulla shoir, Yodgor baxshi Azimov, Hamro shoir Ergashev, Mustafo shoir, Sanjar baxshi Chubayev, Og‘abek baxshi Lapasov, Jaloliddin baxshi Abrayev singari o‘ttizdan ortiq vakillari davom ettirib kelgan. Adabiyotlar: 1. Ergashev A. Qashqadaryo-Surxondaryo dostonchiligi. – T. “Fan” 2008. 2. Mirzayev T., Xalq baxshilarining epik repertuari, T., 1979. 23 https://www.youtube.com/watch?v=RaUWF0AlD_4 24 https://www.youtube.com/watch?v=QSsyuLlsOLc 25 https://www.youtube.com/watch?v=foYyK3ZP4x8 // https://www.youtube.com/watch?v=VOKejjCwN-E 26 https://www.youtube.com/watch?v=D7npaEXtx_A
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 776 3. ALPOMISH MEDIA. Ovsar dev bilan Gupsar dev. Shomurod baxshi Tog‘ayev 4. You tube. Favvora Film. Shomurod shoir Tog‘ayev. 2016. 5. ALPOMISH MEDIA. Boysun bahori. Shomurod shoir Tog‘ayev. 2002. 6. Турдимов Ш. Ўзбек мифологияси ва фолъклори. Илм ва фан. – Тошкент 2023. Б.142 7. ALPOMISH MEDIA. Nurali dostoni. Shomurod baxshi Tog‘ayev 8. Турдимов Ш. Халқ қўшиқларида рамз. – Тошкент, 2020. 9. Эшонқулов Ж. Миф ва бадиий тафаккур. – Тошкент: Фан, 2019.