GLOBALLASHUV JARAYONIDA IJTIMOIY -XISSIY INTELLEKTNING SHAXS RIVOJLANISHIDAGI TUTGAN OʻRNI
Full text
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) GLOBALLASHUV JARAYONIDA IJTIMOIY -XISSIY INTELLEKTNING SHAXS RIVOJLANISHIDAGI TUTGAN OʻRNI Ergasheva Sarvinoz Ulug‘bek qizi Andijon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti magistranti Annotatsiya: Ushbu maqolada globallashuv sharoitida shaxsning ijtimoiy-hissiy intellekti rivojlanishining zarurati, uning psixologik va ijtimoiy ahamiyati tahlil qilinadi. Shaxsning moslashuvchanligi, madaniyatlararo muloqotdagi muvaffaqiyati, kasbiy kompetensiyalari va psixologik barqarorligi shakllanishidagi o‘rnini ochib beradi. Tadqiqot natijalari ijtimoiyhissiy intellektning globallashayotgan jamiyatda raqobatbardosh shaxsni tarbiyalashda muhim pedagogik va psixologik omil ekanini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: globallashuv, ijtimoiy-hissiy intellekt, empatiya, moslashuvchanlik, kommunikativ kompetensiya, shaxs rivojlanishi, madaniyatlararo muloqot. Аннотация: В статье анализируется необходимость развития социально-эмоционального интеллекта личности в условиях глобализации, его психологическая и социальная значимость. Раскрывается его роль в формировании адаптивности личности, успешности межкультурной коммуникации, профессиональных компетенций и психологической устойчивости. Результаты исследования показывают, что социально-эмоциональный интеллект является важным педагогическим и психологическим фактором воспитания конкурентоспособной личности в глобализирующемся обществе. Ключевые слова: глобализация, социально-эмоциональный
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) интеллект, эмпатия, адаптивность, коммуникативная компетентность, личностное развитие, межкультурная коммуникация. Abstract: This article analyzes the need for the development of a person's socio-emotional intelligence in the context of globalization, its psychological and social significance. It reveals its role in the formation of a person's adaptability, success in intercultural communication, professional competencies and psychological stability. The results of the study show that socio-emotional intelligence is an important pedagogical and psychological factor in the upbringing of a competitive personality in a globalizing society. Keywords: globalization, socio-emotional intelligence, empathy, adaptability, communicative competence, personal development, intercultural communication. Kirish XXI asrda globallashuv jarayonlari inson hayotining barcha jabhalariga chuqur kirib bormoqda. Informatsion oqimlarning keskin ko‘payishi, mehnat bozorining tezkor o‘zgarishi, madaniyatlararo integratsiya va raqobatning kuchayishi shaxsdan nafaqat intellektual, balki ijtimoiy-hissiy kompetensiyalarni ham talab qiladi. Bugungi kunda inson muvaffaqiyati faqat bilim va texnik ko‘nikmalar bilan belgilanmaydi, balki uning o‘z hissiyotlarini boshqarish, atrofdagilarni tushunish, jamoada ishlash va ijtimoiy vaziyatlarni to‘g‘ri talqin qilish qobiliyatiga ham bog‘liqdir. Shuning uchun ijtimoiy-hissiy intellektni rivojlantirish dolzarb ilmiy-amaliy masalaga aylanmoqda. Asosiy qism Shaxsning o‘z va boshqalarning hissiy holatini anglash, boshqarish, munosabatlarga ongli yondashish hamda ijtimoiy vaziyatlarda adekvat qaror qabul qilish qobiliyatidir. D. Goulman emotsional intellekt nazariyasiga tayanib, Ijtimoiy-hissiy intellektni shaxsning muvaffaqiyat omillaridan biri
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) sifatida ko‘rsatadi. Torndayk (social intelligence) va Mayer & Salovey (emotional intelligence) tadqiqotlari ijtimoiy-hissiy intellektning psixologik asosini tashkil etadi. Bu tushuncha quyidagi komponentlardan iborat: - o‘z hissiyotlarini anglash va boshqarish; - empatiya va ijtimoiy sezgirlik; - muloqot madaniyati; - konfliktlarni konstruktiv hal qilish; - moslashuvchan ijtimoiy xulq. Globallashuv va ijtimoiy-hissiy intellekt o‘zaro bog‘liqligi Globallashuv shaxsning ijtimoiy munosabatlar tizimini murakkablashtiradi. Madaniy xilma-xillik kuchaygan jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirish uchun yuqori ijtimoiy-hissiy intellekt zarur bo‘ladi. Global integratsiya jarayonida turli madaniyat vakillari o‘rtasidagi muloqot ko‘payadi. Empatiya, tolerantlik va ijtimoiy sezgirlik ijobiy muloqot mazmunini belgilovchi asosiy omillardir. IHI yuqori bo‘lgan shaxs begona madaniyat qadriyatlarini oson qabul qiladi, kommunikativ to‘siqlarni bartaraf eta oladi. Mehnat bozorida raqobatbardoshlik. Bugungi “yumshoq ko‘nikmalar iqtisodi”da ish beruvchilar muloqot qila oladigan, jamoada ishlashga mos, stressga chidamli va mas’uliyatli xodimlarni qadrlaydi. c ushbu kompetensiyalarning negizini tashkil qiladi. Shaxsning emotsional barqarorligi uning kasbiy samaradorligini oshiradi. Shaxsning psixologik barqarorligida globallashuvning yuqori sur’atlari shaxs uchun stressni kuchaytiradi. O‘z hissiyotlarini boshqarish, o‘zini tuta olish, ichki motivatsiyani qo‘llabquvvatlash ijtimoiy-hissiy intellekt rivojiga bevosita bog‘liqdir. Bunday ko‘nikmalar insonning ruhiy salomatligini mustahkamlaydi. Ijtimoiy moslashuvchanlikda esa ijtimoiy hisiy intellekt shaxsning yangi vaziyatlarga tez moslashishiga yordam beradi. Global muhitda ishlashni istagan inson
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) albatta tez fikrlashi, ijtimoiy rollarni moslashtirishi, konstruktiv muloqot olib borishi kerak bo‘ladi. Zamonaviy ta’limda ijtimoiy hissiy intellekt kompetensiyalarini rivojlantirish ustuvor vazifa bo‘lib bormoqda. Maktab va oliy ta’lim muassasalarida hissiy savodxonlik, kommunikativ ko‘nikmalar, konfliktologiya, jamoaviy ish malakalari o‘quv dasturlariga integratsiya qilinmoqda. Bu jarayon yoshlarning globallashuv talablariga mos ijtimoiy kompetensiyalarini mustahkamlaydi. Falsafa nuqtai nazaridan ijtimoiy hissiy intellekt insonning o‘zini anglashi, boshqalar ongini sezish, borliqni hissiy qabul qilishi bilan bog‘liq. Inson jamiyatga kirishda nafaqat fikrlaydi, balki hissiyotlar orqali dunyoni quradi. Demak, ijtimoiy hissiy intellekt shaxsning borliqqa subyektiv munosabati sifatida ontologik mohiyatga ega. Falsafa axloqiy qadriyatlar tizimida ko‘radi. Shaxsning ichki ma’naviyatini shakllantiradi va jamiyatni axloqiy poydevor bilan mustahkamlaydi. Jamiyat barqarorligi statistikasi yevropada o‘tkazilgan ijtimoiy tadqiqotga ko‘ra ijtimoiy hisiy intellekt yuqori bo‘lgan jamoalarda jinoyatchilik 27% past, ijtimoiy ishonch 2 baravar yuqori, ko‘ngilli faoliyat (volontyorlik) 35% ko‘proq uchraydi. Oilaviy hayot statistikasi oilaviy psixologiya tadqiqotlari tasdiqlaydiki: - Ijtimoiy hissiy intellekt yuqori bo‘lgan oilalarda ajralish holatlari 40% kam. - Bunday oilalarda bolalarning o‘ziga ishonchi 60% yuqori. - Bolalarning maktabga moslashishi 55% tez sodir bo‘ladi. Mehnat muhitida ish joylarida ijtimoiy hissiy intellekt quyidagilarga yordam beradi: - stressni boshqarish - mijozlar bilan samarali muloqot - konfliktlarni yumshoq yechish
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) - jamoaviy qaror qabul qilish Oilaviy hayotda esa o‘zaro hurmatni mustahkamlaydi, kelishmovchiliklarni kamaytiradi, bolani hissiy barqarorlikka o‘rgatadi. Bu oilaviy muhitning psixologik salomatligini saqlaydi. Shaxsiy rivojlanishda o‘zo‘zini refleksiya, emotsional nazorat, oqilona qaror qabul qilish, empatiyali muloqot kabilarni rivojlantiradi. Bu esa jamiyatda ijtimoiy muvaffaqiyatni oshiradi. Xulosa Globallashuv sharoitida ijtimoiy-hissiy intellekt shaxsning ijtimoiy, kasbiy va psixologik jihatdan yetuk bo‘lishini ta’minlaydigan asosiy omildir. Ijtimoiy hissiy intellekt madaniyatlararo kommunikatsiyani yengillashtiradi, stressga qarshi barqarorlikni kuchaytiradi, shaxsning jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantiradi va uning muvaffaqiyat darajasini oshiradi. Shuning uchun ijtimoiy-hissiy intellektni rivojlantirish nafaqat pedagogik, balki strategik ijtimoiy vazifa bo‘lib, globallashgan jamiyatda raqobatbardosh inson kapitalini shakllantirishning muhim shartidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi. Yoshlarning psixologik farovonligi bo‘yicha tadqiqotlar, 2021–2023. 2. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. Toshkent, 2017. 3. Jo‘rayev R. Global jarayonlar va ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar. Toshkent, 2020. 4. O‘zbekiston pedagogika ilmiy tadqiqotlar jurnali. Ijtimoiy-hissiy kompetensiyalar bo‘yicha maqolalar to‘plami, 2021–2024.