NOGIRONLAR HUQUQLARI TO'G'RISIDAGI BMT KONVENSIYASINING AMALIY IJROSI: O'ZBEKISTON TAJRIBASI
Abstract
Ushbu maqolada BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi talablarining O‘zbekiston amaliyotida bajarilishi yoritiladi. Konvensiya asosida qabul qilingan milliy qonunchilik, inklyuziv ta’lim va ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlar tahlil qilinadi. Shuningdek, Konvensiya ijrosida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar beriladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshирилаётген siyosatning samaradorligini ochib beradi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 797 NOGIRONLAR HUQUQLARI TO'G'RISIDAGI BMT KONVENSIYASINING AMALIY IJROSI: O'ZBEKISTON TAJRIBASI Boboqulova Bibihayot O'tkir qizi Toshpo'latov Jasur Sirojiddin o'g'li Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17762502 Annotatsiya. Ushbu maqolada BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi talablarining O‘zbekiston amaliyotida bajarilishi yoritiladi. Konvensiya asosida qabul qilingan milliy qonunchilik, inklyuziv ta’lim va ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlar tahlil qilinadi. Shuningdek, Konvensiya ijrosida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar beriladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshирилаётген siyosatning samaradorligini ochib beradi. Kalit so'zlar: Nogironlar huquqlari, BMT Konvensiyasi, inklyuziv ta’lim, ijtimoiy himoya, diskriminatsiya, milliy qonunchilik, O‘zbekiston tajribasi, bandlik, infratuzilma, reabilitatsiya. PRACTICAL IMPLEMENTATION OF THE UN CONVENTION ON THE RIGHTS OF PERSONS WITH DISABILITIES: THE EXPERIENCE OF UZBEKISTAN Annotation. This article examines the implementation of the UN Convention on the Rights of Persons with Disabilities in the context of Uzbekistan. It analyzes national legislation adopted on the basis of the Convention, as well as reforms in the fields of inclusive education and social protection. The article also highlights existing challenges in the implementation of the Convention and provides recommendations for addressing them. The results of the study reveal the effectiveness of state policies aimed at ensuring the rights of persons with disabilities in Uzbekistan. Keywords: Rights of persons with disabilities, UN Convention, inclusive education, social protection, discrimination, national legislation, Uzbekistan experience, employment, infrastructure, rehabilitation. ПРАКТИЧЕСКАЯ РЕАЛИЗАЦИЯ КОНВЕНЦИИ ООН О ПРАВАХ ИНВАЛИДОВ: ОПЫТ УЗБЕКИСТАНА Аннотация. В данной статье рассматривается исполнение требований Конвенции ООН о правах инвалидов в Республике Узбекистан. Анализируются национальное законодательство, принятое на основе Конвенции, а также реформы в сфере инклюзивного образования и социальной защиты. Кроме того, раскрываются существующие проблемы в реализации Конвенции и предлагаются рекомендации по их устранению. Результаты исследования демонстрируют эффективность государственной политики, направленной на обеспечение прав людей с инвалидностью в Узбекистане. Ключевые слова: Права инвалидов, Конвенция ООН, инклюзивное образование, социальная защита, дискриминация, национальное законодательство, опыт Узбекистана, занятость, инфраструктура, реабилитация.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 798 Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi BMT Konvensiyasi butun dunyoda nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan asosiy xalqaro hujjat hisoblanadi. O‘zbekiston ushbu Konvensiyaga qo‘shilgach, nogironligi bo‘lgan shaxslarga oid davlat siyosatini tubdan yangilash va insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlashni boshladi. Maqolada Konvensiya talablarining milliy qonunchilik, inklyuziv ta’lim, ijtimoiy himoya ва infratuzilmadagi amaliy ijrosi tahlil qilinadi. Tadqiqot O‘zbekiston tajribasida nogironlar huquqlarini ta’minlash jarayonidagi yutuqlar ва dolzarb muammolarni yoritishga qaratilgan. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash masalasi zamonaviy huquqiy davlatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, xalqaro hamjamiyat tomonidan BMTning “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi” (2006-yil) orqali mustahkam normativ asosga ega bo‘lgan. (10-sinf huquq darsligi.2024-yil). Ushbu konvensiyada nogironligi bo‘lgan shaxslarning kamsitilmasligi, teng imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy hayotda to‘laqonli ishtirok etishi kabi prinsiplar belgilangan. O‘zbekiston ushbu konvensiyaga 2021-yilda qo‘shilgan bo‘lib, mazkur sohada huquqiy islohotlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.2021 yil 28 iyulda BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi.(https://kun.uz) [1] Mamlakatda nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquqlari “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun (2020-y.) bilan tartibga solinadi. Ushbu Qonunda bandlik, ta’lim, tibbiy-ijtimoiy yordam, infratuzilma moslashtirilishi, transportdan foydalanish, axborot kommunikatsiya vositalariga teng kirish kabi asosiy kafolatlar aniq belgilab qo‘yilgan.Bugungi kunda taqdir taqozosi bilan nogiron, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj bo‘lganlar yer yuzi aholisining bir milliardini tashkil etmoqda. Eng achinarlisi, shundan yuz million bolalar o‘zgalar ko‘magiga muhtoj. O‘zbekistonda 760 ming 727 nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxs istiqomat qilsa, shundan 100 mingdan ortig‘i 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. (insonhuquqlari.uz http://insonhuquqlari.uz) [2] Huquqlarni amalda ro‘yobga chiqarishning muhim yo‘nalishlaridan biri — bu ijtimoiy infratuzilmaning moslashtirilishidir. Piyodalar yo‘laklari, jamoat transporti, davlat xizmatlari binolari va ta’lim muassasalarida panduslar, liftlar, brayl yozuvi, audio va vizual ogohlantirish tizimlarining mavjudligi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga to‘laqonli qo‘shilishiga xizmat qiladi. Shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalar, masofaviy ta’lim va telemeditsina xizmatlari ham ushbu qatlamning ijtimoiy integratsiyasini yanada kuchaytirmoqda. Bu sohada huquqiy kafolatlar bilan bir qatorda monitoring tizimini takomillashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ombudsman instituti, “Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz” va fuqarolik jamiyati tashkilotlari nogironlar huquqlarining buzilishini aniqlash, statistika yuritish, ijtimoiy xizmatlar sifati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali muammolarni hal etishga hissa qo‘shmoqda. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarining ta’minlanishi faqat normativ-huquqiy bazaning mavjudligi bilan emas, balki jamiyat ongidagi ijtimoiy stereotiplar bartaraf etilishi bilan ham bevosita bog‘liqdir.[3] Nogironligi bo'lgan shaxslar masalasi va muammosini xalqaro miqyosda ishlar amalga oshirilmoqda.Yaqqol misol sifatida, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 22-fevral kuni BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida imkoniyati cheklangan
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 799 shaxslarning oʻz qobiliyatini toʻla roʻyobga chiqarish masalalari boʻyicha Mintaqaviy kengash tuzish taklifini xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga havola etar ekan, Oʻzbekistonda alohida ehtiyojga ega boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashga jiddiy eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlagani bejiz emas.(ombudsman.uz https://ombudsman.uz) O‘zbekiston Respublikasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning sog‘lik, psixologik va ijtimoiy moslashuvini ta’minlash maqsadida reabilitatsiya tizimi joriy etilgan. Ushbu tizim doirasida shaxslar tibbiy yordam, psixologik qo‘llab-quvvatlash, kasbiy tayyorgarlik va texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanadi.Bu borada 2023-yil O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror qabul qilgan.2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash darajasini 60foizga yetkazish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinishi haqida qaror chiqardi.(president.uz https://president.uz) [4] O‘zbekiston Respublikasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Milliy qonunchilikka ko‘ra, barcha korxonalar va tashkilotlarda nogironlar uchun majburiy kvota asosida ish o‘rinlari ajratish belgilangan. Bu kvota darajasi, odatda, 2–4%ni tashkil qiladi, lekin bu raqam faoliyat turi va korxonaning xodimlar soniga qarab o‘zgaradi. Bandlikni ta’minlash tizimi doirasida nogironlarga kasb-hunar o‘rgatish, ishga moslashtirish va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi. Masalan, “Ishga marhamat” markazlari orqali nogiron shaxslar ishga joylashtiriladi, ularning mehnat faoliyati monitoring qilinadi va zarur hollarda qo‘shimcha yordam beriladi. Nogironlar bandligini ta'minlash uchun turli qonun, nizomlar qabul qilinmoqda shuningdek, tadbirkorlik borasida ham ular uchun sharoit yaratilmoqda. Bitta tashkilot nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun jami 500 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda subsidiya olishi mumkin. Bandlikka ko‘maklashish subsidiyasini olish uchun tadbirkor elektron reyestrdagi I va II guruh nogironligi bo‘lgan fuqaroning kamida 3 oy davomida uzluksiz rasmiy bandligini ta’minlagan, bu davrda unga har oyda MHTEKMning 2 baravaridan (2,31 mln so‘m, 1-avgustdan 2,542 mln so‘m) kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘lagan bo‘lishi kerak.(oldmy.gov.uz https://oldmy.gov.uz) Shu bilan birga, amaliyotda nogironlar bandligida muammolar ham mavjud: ayrim hududlarda kvota to‘liq bajarilmaydi, ish beruvchilar malakali xodimlarni tanlashda diskriminatsiyaga yo‘l qo‘yishi mumkin, shuningdek, ish joylari nogiron shaxslar uchun texnik jihatdan moslashtirilmagan bo‘lishi holatlari uchraydi. Shu sababli davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligida nogironlar bandligini yanada oshirish, ularning ishga kirish imkoniyatlarini kengaytirish va ish sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. [5] O‘zbekiston Respublikasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilayotgan infratuzilma imkoniyatlarini kengaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. So‘nggi yillarda jamoat binolari, ta’lim muassasalari, tibbiyot markazlari va transport tizimida panduslar, brayl yozuvidagi ko‘rsatkichlar, taktil yo‘lakchalar va ko‘taruvchi moslamalar o‘rnatish ishlari jadallashgan. Shu bilan birga, yangi loyihalanayotgan bino va inshootlarda “umumiy foydalanish uchun qulaylik” tamoyili asosida nogironlar uchun moslashtirilgan arxitektura me’yorlarini joriy etish majburiy hisoblanadi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 800 Shunga qaramasdan bu bilan bog'liq bir qancha muammolar mavjud.Poytaxtimizning o‘zida ijtimoiy infratuzilmasi ob’ektlari va binolarining 85 foizi hanuzgacha nogironlar to‘siqsiz foydalanishga moslashtirilmagan.(Bright Uzbekistan https://brightuzbekistan.uz). [6] Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak, O‘zbekiston Respublikasida nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash, xususan, ta’lim, bandlik, reabilitatsiya va infratuzilma sohalarida xalqaro standartlarga mos islohotlar amalga oshirilmoqda. BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi talablari milliy qonunchilik va amaliyotda bosqichmabosqich joriy qilinayotgani ushbu yo‘nalishdagi siyosatning samaradorligini oshirmoqda. Shu bilan birga, mavjud muammolarni bartaraf etish va inklyuziv jamiyatni shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN MANBAALAR 1. 10 - sinf huquq darsligi 2024-yil 2. Kun.uz sayti. https://kun.uz 3. insonhuquqlari.uz http://insonhuquqlari.uz 4. ombudsman.uz https://ombudsman.uz 5. president.uz https://president.uz 6. old.my.gov.uz https://oldmy.gov.uz 7. Bright Uzbekistan https://brightuzbekistan.uz