TERMINOLOGIYANING NAZARIY MASALALARI
Abstract
This article provides a comprehensive analysis of the concept of a term, its linguistic characteristics, and its role in the development of scientific thinking. It examines the historical formation of terms, their expansion in connection with scientific and technological progress, and their importance in creating a unified system of concepts within international cooperation. The study also substantiates, from a linguistic perspective, the special functional features, morphological stability, and precision requirements of terms used in various fields of science and technology. Furthermore, the research emphasizes that terminology, as an integral part of scientific discourse, is a dynamic phenomenon that reflects societal development.
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 87 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us TERMINOLOGIYANING NAZARIY MASALALARI G‘aniyeva Lobar Sa’dulla qizi Oriental universiteti katta o‘qituvchisi [email protected] Annotatsiya. Ushbu maqolada termin tushunchasining mazmun-mohiyati, uning lingvistik xususiyatlari hamda ilmiy tafakkur taraqqiyotidagi roli keng yoritilgan. Terminlarning tarixiy shakllanish jarayoni, ularning ilmiy-texnik rivojlanish bilan bog‘liq ravishda boyib borishi va xalqaro hamkorlikda yagona tushunchalar tizimini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil etilgan. Shuningdek, fan-texnika sohalariga oid terminlarning maxsus vazifadorligi, morfologik-barqarorlik va aniqlik talablari lingvistik yondashuvlar asosida asoslab berilgan. Tadqiqotda terminologiyaning ilmiy nutqning tarkibiy qismi sifatidagi roli bilan birga, jamiyat taraqqiyotini aks ettiruvchi dinamik hodisa ekanligi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: termin, terminologiya, ilmiy nutq, ilmiy uslub, ilmiy-texnik taraqqiyot, leksik birlik, stilistika, ilmiy tafakkur, til tizimi. Annotation. This article provides a comprehensive analysis of the concept of a term, its linguistic characteristics, and its role in the development of scientific thinking. It examines the historical formation of terms, their expansion in connection with scientific and technological progress, and their importance in creating a unified system of concepts within international cooperation. The study also substantiates, from a linguistic perspective, the special functional features, morphological stability, and precision requirements of terms used in various fields of science and technology. Furthermore, the research emphasizes that terminology, as an integral part of scientific discourse, is a dynamic phenomenon that reflects societal development. Keywords: term, terminology, scientific discourse, scientific style, scientific and technological progress, lexical unit, stylistics, scientific thinking, language system. Kirish. Terminologiya tilshunoslikning muhim va muammoli tarmoqlaridan biri sanaladi. Terminologiya masalalariga oydinlik kiritish, termin tushunchasi, termin tanlash mezonlari, sohalarga oid terminlarni tadqiq etish dolzarb bo‘lib, terminologiya va sohalarga oid terminlar xalqaro miqyosda atroflicha o‘rganilgan. Rus tilshunosi S.Grinev Grinevich sohaviy terminologiya bo‘yiсha qilingan ishlarni davriylik jihatidan tahlil qilib, aynan, ijtimoiy-siyosiy leksikaga doir keng ko‘lamli ishlar amalga
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 88 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us oshirilganligini o‘z qarashlarida ta’kidlagan 1 . Shuningdek, G.Vinokur, A.Reformatskiy, D.Lotte, V.Danilenko kabi olimlarning ilmiy izlanishlarida terminologiyaning nazariy jihatlari, terminlar tizimini tartibga solish, terminning belgilari, termin va terminologiyaning amaliy ahamiyati maxsus tadqiq etilgan 2 . A.Superanskaya, N.Podolskaya, N.Vasilyeva esa termin maxsus maqsadli ishlatiladigan, tilning o‘ziga xos elementi, birligi degan ilmiy qarashni ilgari suradi 3 . Tilshunoslikda sohaviy terminologiyaga oid bir qancha tadqiqotlar olib borilgan. Y.Belchikov, I.Protchenko, A.Buryachok, P.Milshin, N.Leyberova, I.Tkacheva 4 kabi tilshunoslar semantik-mavzuiy jihatdan ijtimoiy-siyosiy qatlamga doir so‘zlarni nominativlik asosida o‘rganish jrayonida davlat boshqaruviga oid leksikaga alohida to‘xtalib o‘tadi. Davlat boshqaruviga oid leksik birliklarni mazmuniga ko‘ra bir necha mavzuiy guruhga ajratib tahlil qiladilar. G.Lyubena ham terminologiyaning nazariy masalalariga o‘z hissasini qo‘shgan. Sohaga doir terminlarni eng istiqbolli tematik guruhlar va kichik guruhlarga ajratgan, so‘z yasash modellarining optimal turlarini ishlab chiqqan 5 . Shuningdek, sohaga oid terminologik tizimning shakllanish davrlari yoritilgan, tematik guruhlarning tasniflanish xususiyatlari qayd etilib, bu guruhlar orasidan istiqbolli va rivojlanayotganlari aniqlangan. R.Paisyeva zamonaviy rus tilidagi yuridik terminosistemasining leksik-semantik va strukrur jihatlarini tadqiq etgan. Jinoiy va fuqarolikka oid yuridik matnlardan 8000 ta leksemani to‘plagan va tahlilga tortgan. Terminologik mikrosistemani diaxron o‘rganish jarayonida uning tarkibida ikki qatlam: asl terminologik va o‘zlashtirilgan 1 Гринев-Гриневич С.В. Терминоведение. – М., Издательский центр «Академия», 2008. – С. 279–280 2 Винокур Г.О. О некоторых явлениях словообразования в русской технической терминологии. // Труды МИФЛИ. Т. 5.Сборник статей по языковедению. – М., 1939. – С. 3–54; Реформатский А.А. Что такой термин и терминология? / Вопросы терминологии. – М. 1961. – С. 46–54; Лотте Д.С. Как работать над терминологией. Основы и методы. – М. 1968; Основы построения научна-технической терминологии. – М. 1961; Лотте Д.С. Вопросы саимствованиы и упорядочения иноязычных терминов и терминоелеминтов. – М. Наука, 1982; Данилинко В.П. Русская терминология. Опыт лингвистического описания. – М.: Наука, 1977. 3 Суперанская А.В., Подольская Н.В., Васильева Н.В. Общая терминология. Вопросы теории. – М.: Наука, 2012. – С. 14. 4 Бельчиков Ю.А. Общественно-политическая лексика В.Г.Белинского. – М., 1962; Мильшин П.К. Обогашение общесвенно-политической лексики русского литературного языка в советскую эпоху: Автореф. дисс. ... канд. филол. наук. – Ростов н/Д., 1964.; Бурячок А.А. Формирование общего фонда социально-политической лексики восточнославянских языков. Автореф. дисс. … д-ра. филол. наук. – Киев, 1984; Лейберова Н.М. Терминология государственного устройсва в современном русском языке.Автореф. дисс. … канд. филол. наук. – Л., 1984.; Ткачева И.О. Политическая лексика в современном русском языке: семантические асобинности и проблемы лексикографического представления. Дисс. … канд. филол. наук. – Санк-Петербург, 2008. 5 Любина Г.С. Терминология сварочного производства в современном русском языке (логиколингвистические основы её упорядочения). Автореф. дисс. … канд. филол. наук. – Днепропетровск, 1985. – C. 13–22.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 89 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us terminlar ajralib turishi aniqlanib, tahlil qilingan terminlar yasalishining asosiy yo‘llari ko‘rsatib berilgan 6 . Rus huquqiy terminologik tizimining o‘ziga xosligi shunda bo‘lganki, terminlarning muhim qismi milliy til bilan bog‘liq holda ko‘pgina terminlar o‘z qatlamning manbasi bo‘lgan. Rus tilidagi yuridik terminologiyaning leksiksemantik va struktur tadqiqiga bag‘ishlagan ishning birinchi bobida huquqshunoslik terminlarining leksik-semantik tuzilishini o‘rganib, semantik guruhlarga ajratgan. Ikkinchi bobda esa, terminlarning shakllanish strukturasi aks etgan. Ya’ni qo‘shimcha qo‘shish asosida yasalgan terminlar va qo‘shma so‘z shaklidagi terminlar struktur jihatdan mukammal tahlil qilingan. Z.Sergeyeva esa stomatologiya terminologiyasining struktur-semantik tadqiqini amalga oshirish jarayonida sohaga doir terminlarning leksik-semantik xususiyatlari va so‘z yasalish qonuniyatlarini hamda rivojlanish tendensiyalarini aniqlashga erishgan 7 . Tadqiqotning ikkinchi bobi sohaga doir terminlarning struktur-grammatik xususiyatlarini tavsiflashga bag‘ishlangan bo‘lib, semantik va sintaktik usulda termin hosil qilish terminning grammatik strukturasiga ahamiyatli ta’sir qilishini bildirib o‘tgan. Shuningdek, frazeologik terminlar haqida fikr yuritib, buni komponentlarning ajralmasligi bilan izohlaydi. Bunday terminlarning juda kam sonli ekanligini ta’kidlab, birikmali terminlarning miqdor jihatdan ko‘pligini isbotlab o‘tadi. Nguen Txi Txu Van rus tilidagi davlat boshqaruvi terminlarini tadqiq etishda termin tushunchasi uning xususiyatlari, tadqiqotning nazariy muammolari, rus tilida davlat boshqaruvi terminologiyasini shakllantirishdagi faol jarayonlarga alohida to‘xtalib o‘tadi. Shuningdek, davlat boshqaruvi terminlarining struktur va leksik-semantik tahlillarini va tematik tasnifini amalga oshirgan 8 . Terminologiyaga oid tadqiqot ishlari olib borgan tilshunoslardan yana biri M.Kulchiyeva rus tili ta’sirida shakllangan eroniy tillar guruhiga mansub osetin tilining ijtimoiy-siyosiy terminologiyasini ishlab chiqqan 9 . Osetin va rus tili lingvomadaniy munosabatlarining tarixi, siyosiy terminologiyaning tarkibiy qismi bo‘lgan davlat boshqaruviga oid terminlarning genetik tasnifi berilgan, ijtimoiy-siyosiy terminologiyaning shakllanish bosqichlari aniqlangan. O‘zlashtirilgan ijtimoiy-siyosiy terminlarning leksik-semantik, fonetik va derivatsion jihatlariga alohida urg‘u berilgan. 6 Паисьева Р.И. Лeксико-Семантическая и словоовразовательная структура современной русской юридической терминосистемы. Автореф. дисс… канд. филол. наук. – Одесса, 1985. – С. 6–8. 7 Сергеева З.А. Структурно-семантический анализ стомотологической терминологии. Автореф. дисс. … канд. филол. наук. – М., 1985.– С. 8. 8 Нгуен Тхи Тху Ван. Терминология государственного управления в современном русском языке. Дисс…канд. филол. наук. – М., 2001. – С. 213. 9 Кульчиева М.Б. Вклад русского языка в стоновление и развитие oбщественно-политической терминологии осетинского языка. Автореф. дисс… канд. филол. наук. – Владикавказ, 2005. – С.7.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 90 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us S.Efendiyeva lezgi tilidagi ijtimoiy-siyosiy terminologiyaning rivojlanishini tadqiq qilish jarayonida tematik guruhlarni shakllantiradi 10 . Unga ko‘ra ijtimoiy-siyosiy terminlar guruhiga tegishli 800 ta leksik birlikning 300 dan ko‘prog‘ini ma’muriysiyosiy terminlar guruhiga kiritib, aynan, davlat boshqaruviga doir bo‘lgan mansabdor shaxslar, idoralar, organlar, hududlarning nomenklatura nomlari, siyosiy partiyalar, boshqaruv tili terminlarini jamlab tahlilga tortgan. Demak, bu kabi ishlardan shunday fikrga kelishimiz mumkinki, davlat boshqaruvi terminlari siyosiy terminlarning asosini tashkil etadi. Termin va terminologiya masalalarida A. Hojiyevning ilmiy qarashlari alohada ahamiyatga ega. “Har bir til, uning lug‘at tarkibi ichki va tashqi imkoniyatlar asosida rivojlanishini ta’kidlab, termin qaysi tildan olinganidan qat’i nazar shu tilga singib ketgan so‘zlar uning o‘z mulki, boyligi hisoblanishiga ilmiy asoslar keltiradi” 11 . Shuningdek, o‘zlashma terminlarni ilmiy-amaliy, asossiz almashtiraverishning salbiy oqibatlari haqida o‘z qarashlarini bildirib, termin tanlashda quyidagi mezonlarga amal qilmoq ma’qulligini uqtirib o‘tadi: 1. Terminologiyaning biror sohasiga tegishli tushunchani aniq ifodalovchi so‘z o‘zbek tilining o‘zida bo‘lgani va qo‘llanilib turgani holda, hech qanday asossiz boshqa tildagi so‘zga almashtirilgan bo‘lsa, bunday terminlarni o‘z o‘rnida qayta tiklash; 2. Tushunchani aniq va to‘g‘ri ifodalay oladigan so‘z o‘zbek tilining o‘zida bo‘lgani holda yoki o‘zbek tilining materiallari yordamida hosil qilish mumkin bo‘lgan holda, boshqa tildagi so‘z qabul qilingan bo‘lsa, o‘zbek tilining imkoniyati ishga solinishi va hosil qilingan yangi termin chet tilidan kirgan so‘z bilan almashtirilishi; 3. Chet tilidan o‘tgan terminni boshqasiga almashtirish yoki almashtirilmaslikni hal etishda terminning dunyo tillarida qo‘llanish yoki qo‘llanilmasligiga ahamiyat berish; respublika terminini jumg‘uriyat so‘zi bilan almashtirish yoki demokratiya terminini xalqchil so‘ziga almashtirish noo‘rin bo‘lib, aynan, davlat boshqaruvi sohasida noqulaylik keltirib chiqaradi. 4. Chet tilidan o‘tgan biror terminni o‘zbek tilidagisi bilan almashtirish yoki almashtirmaslikda so‘zning bir ma’noli yoki ko‘p ma’noli bo‘lishiga e’tibor berish 12 . Demak, termin terminologiyaning talablariga javob berishi uchun tushunchani to‘laqonli va mukammal aks ettirishi kerak bo‘ladi. Shuni ham e’tiborga olish kerakki, sohalarga oid terminlarni shakllantirganda birinchi galda tilning o‘z ichki imkoniyatlaridan foydalanish muhim hisoblanadi. 10 Эфендиева С.С. Развитие Общественно-политической терминологии лезгинского языка. Автореф. дисс. … канд. филол. наук. – Махачкала, 2006. – С. 18. 11 Ҳожиев А. Термин танлаш мезонлари. – Т., Фан. 1996. – Б. 13. 12 Ko‘rsatilgan manba: – Т., Фан. 1996. – Б. 14–20.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 91 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us So‘nggi yillarda amalga oshirilgan R.Sharopova, N.Sadinova, Y.Shirinova, S.Mavlyanov kabi tilshunoslarning tadqiqotlarida sohalar terminologiyasining lingvistik masalalari va ularning yechimi xususida asosli xulosalar mavjud 13 . Xulosa. Terminlarni o‘rganuvchi tilshunoslikning sohasi bo‘lgan terminologiya tor ma’noda ma’lum bir sohaga oid maxsus leksikadir. Keng ma’noda esa, terminologiya umumiy lug‘at tarkibining ayrim sohalarda ishlatiladigan qismidir. Demak, termin esa ma’lum bir terminologik sistemaning a’zosi va shu terminologik sistemada birgina ma’noga ega bo‘lishi mumkin 14 . Demak, termin tushunchaning mohiyatini, eng asosiy belgilarni aniq ifoda etishi va shu bilan birga ma’no jihatidan to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Termin nominative (nomlash) va kommunikativ (aloqa) funksiyasiga ega. Barcha fikrlarimizni umumlashtirgan holda aytishimiz mumkinki, keltirilgan barcha nazariy qarashlar, o‘rganilgan tadqiqot ishlari o‘zbek tilidagi davlat boshqaruvi terminlarining o‘rganilishi va tadqiq etilishida asos bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Бельчиков Ю.А. Общественно-политическая лексика В.Г.Белинского. – М., 1962. 2. Бурячок А.А. Формирование общего фонда социально-политической лексики восточнославянских языков. Автореф. дисс. … д-ра. филол. наук. – Киев, 1984. 3. Винокур Г.О. О некоторых явлениях словообразования в русской технической терминологии. // Труды МИФЛИ. Т. 5.Сборник статей по языковедению. – М., 1939. 4. Гринев-Гриневич С.В. Терминоведение. – М., Издательский центр «Академия», 2008. 5. Данилинко В.П. Русская терминология. Опыт лингвистического описания. – М.: Наука, 1977. 6. Реформатский А.А. Что такой термин и терминология? / Вопросы терминологии. – М. 1961. 7. Лотте Д.С. Как работать над терминологией. Основы и методы. – М. 1968; Основы построения научна-технической терминологии. – М. 1961; 8. Лотте Д.С. Вопросы саимствованиы и упорядочения иноязычных терминов и терминоелеминтов. – М. Наука, 1982; 13 Шаропова Р.Ж. Ўзбек тили ижтимоий-сиёсий терминларининг сeмантик-структур хусусиятлари ва лексикографик талқини. Филол. фан. б. фалс. док. ... дисс. – Қарши, 2019. – Б. 129–131; Садинова Н.У. Ўзбек тили иш юритиш терминологияси. Филол. фан. б. фалс. док. ... дисс. – Т., 2020. – Б. 139–142; Ширинова Е.Т. Ўзбек тили банк-молия терминологияси. Филол. фан. б. фалс. док. ... дисс. – Т., 2020. – Б. 133–136; Mavlyanov S.J. O‘zbek tili diplomatik terminlari. Filol. fan. b. fals. dok. ... diss. – T., 2022. – Б. 46–67. 14 Акобиров С.Ф. Тил ва терминология. – Т.: Ўзбекистон, 1968. – Б. 6.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 92 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us 9. Любина Г.С. Терминология сварочного производства в современном русском языке (логико-лингвистические основы её упорядочения). Автореф. дисс. … канд. филол. наук. – Днепропетровск, 1985. – C. 13–22. 10. Суперанская А.В., Подольская Н.В., Васильева Н.В. Общая терминология. Вопросы теории. – М.: Наука, 2012. – С. 14. 11. Паисьева Р.И. Лeксико-Семантическая и словоовразовательная структура современной русской юридической терминосистемы. Автореф. дисс… канд. филол. наук. – Одесса, 1985. 12. Сергеева З.А. Структурно-семантический анализ стомотологической терминологии. Автореф. дисс. … канд. филол. наук. – М., 1985.– С. 8. 13. Нгуен Тхи Тху Ван. Терминология государственного управления в современном русском языке. Дисс…канд. филол. наук. – М., 2001. – С. 213. 14. Кульчиева М.Б. Вклад русского языка в стоновление и развитие oбщественно-политической терминологии осетинского языка. Автореф. дисс… канд. филол. наук. – Владикавказ, 2005. 15. Эфендиева С.С. Развитие Общественно-политической терминологии лезгинского языка. Автореф. дисс. … канд. филол. наук. – Махачкала, 2006. 16. Ҳожиев А. Термин танлаш мезонлари. – Т., Фан. 1996. – Б. 13. 17. Шаропова Р.Ж. Ўзбек тили ижтимоий-сиёсий терминларининг сeмантикструктур хусусиятлари ва лексикографик талқини. Филол. фан. б. фалс. док. ... дисс. – Қарши, 2019. 18. Садинова Н.У. Ўзбек тили иш юритиш терминологияси. Филол. фан. б. фалс. док. ... дисс. – Т., 2020. 19. Ширинова Е.Т. Ўзбек тили банк-молия терминологияси. Филол. фан. б. фалс. док. ... дисс. – Т., 2020.