scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

F-4, F-43 VA A-45 MODDALARNING Ca²⁺ L-TIP ION KANALLARIGA BOG'LANISH XUSUSIYATLARI

Iqbolxon Abdurazokova; Anvar Zaynabiddinov

Abstract

Kalsiy ionlari (Ca²⁺) organizmda ko‘plab fiziologik jarayonlarda, jumladan, mushaklarning qisqarishi, neyromediatorlarning ajralishi, gormon sekretsiyasi va gen ekspressiyasida markaziy rol o‘ynaydi. Kalsiy ionlari uchun mavjud bo‘lgan turli ion kanallari orasida L-tip voltajga bog‘liq kalsiy kanallari (L-type VGCC) hujayralarda kalsiy oqimini ta’minlovchi asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bu kanallar yuqori voltajda faollashuvchi bo‘lib, membrana depolarizatsiyasiga javoban uzoq vaqt ochiq holatda qolish xususiyati bilan ajralib turadi. Klinik nuqtai nazardan L-tip kalsiy kanallari alohida ahamiyatga ega. [1]. Ularning disfunktsiyasi bir qator kasalliklar — xususan gipertoniya, yurak ritm buzilishlari, ishemik yurak kasalliklari va nevrologik buzilishlar bilan bog‘liq. Shu sababli, ushbu kanallar kalsiy kanal blokerlari (CCB) deb ataluvchi dorivor moddalarning muhim nishoni hisoblanadi. Bu dori vositalari dihidropiridinlar, fenilalkilaminlar va benzotiazipinlar kabi sinflarga bo‘linadi va har biri to‘qimalarga xos ta’sir doirasiga ega. [2].

Full text

Noyabr, 2025-Yil 324 F-4, F-43 VA A-45 MODDALARNING Ca²⁺ L-TIP ION KANALLARIGA BOG‘LANISH XUSUSIYATLARI 1Iqbolxon Abdurazokova 2Anvar Zaynabiddinov. 1Fargona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 2Andijon davlat universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17766965 Kirish. Kalsiy ionlari (Ca²⁺) organizmda ko‘plab fiziologik jarayonlarda, jumladan, mushaklarning qisqarishi, neyromediatorlarning ajralishi, gormon sekretsiyasi va gen ekspressiyasida markaziy rol o‘ynaydi. Kalsiy ionlari uchun mavjud bo‘lgan turli ion kanallari orasida L-tip voltajga bog‘liq kalsiy kanallari (L-type VGCC) hujayralarda kalsiy oqimini ta’minlovchi asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bu kanallar yuqori voltajda faollashuvchi bo‘lib, membrana depolarizatsiyasiga javoban uzoq vaqt ochiq holatda qolish xususiyati bilan ajralib turadi. Klinik nuqtai nazardan L-tip kalsiy kanallari alohida ahamiyatga ega. [1]. Ularning disfunktsiyasi bir qator kasalliklar — xususan gipertoniya, yurak ritm buzilishlari, ishemik yurak kasalliklari va nevrologik buzilishlar bilan bog‘liq. Shu sababli, ushbu kanallar kalsiy kanal blokerlari (CCB) deb ataluvchi dorivor moddalarning muhim nishoni hisoblanadi. Bu dori vositalari dihidropiridinlar, fenilalkilaminlar va benzotiazipinlar kabi sinflarga bo‘linadi va har biri to‘qimalarga xos ta’sir doirasiga ega. [2]. Material va metodlar. Kalamushlarda sistolik qon bosimini o‘lchash uchun noinvaziv tail-cuff pletizmografiya usuli qo‘llanildi. O‘lchovlar kompyuterlashtirilgan tail-cuff tizimi (Model Acqknowledge Sistola Russia) yordamida 22–24°C haroratda nazorat ostida amalga oshirildi. Eksperiment boshlanishidan oldin, kalamushlar stress ta’sirini minimallashtirish maqsadida 3 kun davomida moslashuv (akklimatizatsiya) jarayonidan o‘tkazildi [4]. A B 1-rasm. (A) Nurobotics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Sistola AcqKnowledge apparati. (B) Kalamushlarning dum venasiga moddalarning yuborilishi – intravenoz in'eksiya usuli orqali amalga oshirildi. Kalamushlar to‘rtta eksperimental guruhga bo‘lindi: 1-guruh (Nazorat): Faol modda qabul qilmagan (faqat erituvchi). 2-guruh (A-41, A-42, A-53 – 10 mg/kg): 10 mg/kg miqdorda muayyan birikma bilan davolangan. Noyabr, 2025-Yil 325 3-guruh (A-41, A-42, A-53 – 20 mg/kg): 20 mg/kg miqdorda muayyan birikma bilan davolangan. 4-guruh (A-41, A-42, A-53 – 30 mg/kg): 30 mg/kg miqdorda muayyan birikma bilan davolangan. Har bir kalamush maxsus ushlagich (restrainer) ichiga joylashtirildi va dumi o‘lchov uchun ochiq qoldirildi. Dumga bosim sezgichli maxsus manjet o‘rnatildi va bosim asta-sekin oshirilib, qon oqimi to‘xtatilgunga qadar bosildi. Keyinchalik, bosim sekin tushirildi va qon oqimi tiklangan paytda sistolik qon bosimi avtomatik ravishda qayd etildi [5]. O‘lchovlar har bir soatda bajarildi, har bir kalamush uchun ketma-ket uchta o‘lchov amalga oshirildi va o‘rtacha qiymat statistik tahlil uchun qabul qilindi. Olingan natijalar va ularning tahlili. Ushbu tadqiqot doirasida F-4, F-43 va A-45 birikmalarining Ca²⁺ L-tip kalsiy kanallari bilan o‘zaro ta’siri in silico (kompyuter modellashtirish) yondashuvi orqali baholandi. Oqsil kanalning faol markazi (aktiv sayt) koordinatalari Discovery Studio dasturiy ta’minoti yordamida aniqlab olindi. Har bir ligandning uch o‘lchamli (3D) molekulyar strukturasi Avogadro dasturida qurildi va optimallashtirildi. Molekulyar docking jarayoni AutoDock Vina dasturi orqali amalga oshirildi; uning natijasida har bir birikmaning L-tip kalsiy kanali bilan bog‘lanish energiyasi hisoblab chiqildi va potentsial affiniteti tahlil qilindi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Pereira da Silva EA, Martín-Aragón Baudel M, Navedo MF, Nieves-Cintrón M. Ion channel molecular complexes in vascular smooth muscle. Front Physiol. 2022 Aug 26;13:999369. doi: 10.3389/fphys.2022.999369. PMID: 36091375; PMCID: PMC9459047 2. El-Lakany MA, Welsh DG. TRP channels: a provocative rationalization for local Ca2+ control in arterial tone development. Front Physiol. 2024 Feb 28;15:1374730. doi: 10.3389/fphys.2024.1374730. PMID: 38482193; PMCID: PMC10933034 3. Zoirovich OS, Ugli AI, Raxmatillayevich ID, et al. The effect of Ájuga Turkestánica on the rat aortic smooth muscle ion channels[J]. Biomed Pharmacol J, 2024, 17(2). 4. Inomjonov, D., Abdullaev,I., et al. (2025). In Vitro and In Vivo Studies of Crategus and Inula helenium extracts: Their Effects on Rat Blood Pressure. Trends in Sciences, 22(3), 9158.