scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YANGI O'ZBEKISTON SHAROITIDA AKADEMIK LITSEYNING TARIXIY DUNYOQARASHNI RIVOJLANTIRISHDA FIKRLASHNING IJTIMOIYLASHUVI

Shadibekova Dildora Fazildjanovna

Abstract

Ushbu maqolada tarixiy dunyoqarashni ilmiy-pedogogik,ma’naviy-ma’rifiy merosni o‘rganishdagi ahamiyati,o‘quvchi yoshlarda tarixiy dunyoqarashni strategik, kognitiv qarashlar ularning o‘quvchi yoshlarga ta’sir etuvchi usullar va shakllar haqida, malakalarni o‘stirishga oid olimlarning ilmiy qarashlari keltirilib, tahlil qilingan.

Full text

Noyabr, 2025-Yil 326 YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA AKADEMIK LITSEYNING TARIXIY DUNYOQARASHNI RIVOJLANTIRISHDA FIKRLASHNING IJTIMOIYLASHUVI Shadibekova Dildora Fazildjanovna Nizomiy nomidagi O‘zMPU mustaqil izlanuvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17767012 Annotatsiya. Ushbu maqolada tarixiy dunyoqarashni ilmiy-pedogogik,ma’naviy-ma’rifiy merosni o‘rganishdagi ahamiyati,o‘quvchi yoshlarda tarixiy dunyoqarashni strategik, kognitiv qarashlar ularning o‘quvchi yoshlarga ta’sir etuvchi usullar va shakllar haqida, malakalarni o‘stirishga oid olimlarning ilmiy qarashlari keltirilib, tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Tarixiy dunyoqarash, strategik,kognitiv qarashlar , epistemik bilish, fanlararo integratsiya, potentsial, tarixiy ong, tarixiy xotira, tarixiy bilim, ijtimoiy guruh, refleksiv faoliyat,tarixiy dunyoqarash, tarixiy voqea, tarixiy ong, tarixiy tafakkur, metodologik asos, falsafiy qarashlar, mentalitet, mafkura, semantikaviy hususiyat. Yangi O‘zbekiston sharoitida akademik litsey o‘quvchilarining tarixiy dunyoqarashni rivojlantirishda borliqni, olamni, bir butun holda anglash tarixga oid bilish faoliyatini yaxlitlash tarixiy axborotlarni umumiy xulosa chiqarish majmuidir. Tarixiy dunyoqarash rivojlantirish zamirida ilmiypedagogik, ma’naviyma’rifiy meroslarni o‘rganish tushuniladi. Akademik litsey o‘quvchi yoshlarda tarixiy dunyoqarashning strategik,kognitiv qarashlar ifodasini hamda tarixiy dunyoqarashni rivojlantirishdga ta’sir qiluvch omillar, usullar, shakllar, ishlab chiqilgan mexanizmlar uning takomilida metodik ahamiyatga ega. P.Lee, va D.Shemiltning ta’kidlashicha, “Tadqiqot nuqtai nazaridan, tarixiy dunyoqarash va tarixiy fikrlash bo‘yicha adabiyotlar taklif qilganidek, epistemik bilish va odamlarning tarixiy dunyoqarashning ortasida potentsial foydali o‘xshashlik mavjud” . Tarixiy dunyoqarashni rivojlantirishda nutqiy-metodik faoliyatni fanlararo integratsiyalashgan salohiyatni o‘stirish tarixiy dunyoqarashni rivojlantirishga tizimli ishlarni amalga oshirish modelini yaratish intellektual salohiyatini takomillashtiradi. “Dunyoqarashlar tizimida kishilarning falsafiy mushohada yuritishning rivojlanishi inson taraqqiyoti natijalari bilan bog‘liq holda kechadi.” 1 “Tarixiy tafakkur murakkab tuzilishga ega bo‘lib, u quyidagi o‘zaro birbiri bilan bog‘liq va aloqador tarkibiy qismlar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi: tarixiy ong, tarixiy bilim, tarixiy xotira, tarixiy dunyoqarash. Tarixiy ong, tarixiy xotira va tarixiy bilimni tarkib toptirish orqali o‘quvchida tarixiy dunyoqarash tarkib topadi.O‘z navbatida, tarixiy dunyoqarash o‘quvchida keng ko‘lamda tarixiy tafakkur yuritish imkonini hosil qiladi. Tarixiy dunyoqarash esa kishilik o‘tmishi bilan bog‘liq bo‘lgan, uni o‘rganish jarayonida yuzaga kelgan qarashlar tizimidir.Tarixiy dunyoqarash ijtimoiy fikr orqali ijtimoiy hayot va jamiyat tarixiy taraqqiyoti, uning bosqichlari haqidagi tasavvurlar asosida vujudga keladi.” 2 1 Тагаев Ганишер Хасанович. Ёшлар эстетик дунёқарашини шакллантиришда этнографик омилларнинг ўрни.Фал.фан.фал.док .Дисс…(PhD). Самарқанд15-21-б. 2 Ходжаев Б.Х. Умумтаълим мактаби ўқувчиларида тарихий тафаккурни модернизациялашган дидактик таъминот воситасида ривожлантириш.Пед.фан.док. …дисс.-Т., 2016.-276 б.40-42 б. Noyabr, 2025-Yil 327 A.Erkayevning ta’kidlashicha, dunyoqarash ongga juda yaqin, lekin unga nisbatan ancha tor tushuncha.Dunyoqarash shaxs, ijtimoiy guruh, sinf yoki muayyan davr jamiyatining olam, inson, jamiyat, taraqqiyot tog‘risidagi eng umumiy va sobit tasavvur, g‘oya va baholari; tushuncha; qarash; nazariya; e’tiqod; ijtimoiy mo‘ljal va ideallaridir.Dunyoqarashga o‘tkinchi va ikkinchi darajali narsalar xos emas. Umumiyligi va sobitligi bilan dunyoqarash ongdan farq qiladi va ongning yadrosini tashkil etadi. Dunyoqarash murakkab hodisaligi tufayli ko‘p hollarda ziddiyatli bo‘ladi,chunki bir vaqtning o‘zida unga ilmiy,noilmiy,to‘g‘ri yoki xato tushunchalar, e’tiqodlar kirishi mumkin. 3 S.Sh.Shermuhammedovning fikricha, insonning bilimlari, e’tiqodi, hayotiy mo‘ljallari,uni o‘rab olgan ijtimoiy muhit uning dunyoqarashi shakllanishiga ta’sir etadi.Dunyoqarash inson faoliyatining maqsad va yo‘nalishlarini,uning jamiyatdagi pozitsiyasi va mavqeini belgilab beradi.Ijtimoiy guruhning o‘ziga xos dunyoqarashi bo‘ladi.Hozir mustaqil O‘zbekistonda shakllanayotgan dunyoqarash xalqimizning tarixi, manfaatlari, istiqbolini bilish bilan bog‘liqdir 4 . Sh.S.Shodmonovaning fikricha, “dunyoqarash xalqning tarixi, manfaatlari va kelajagini tasavvur qilish, tushunish, o‘tmishni o‘rganish, tahlil qilish va obyektiv baholash asosida o‘tmish va kelajak haqida xulosalar chiqarish bilan bog‘liq.Mazkur jarayonda ta’lim oluvchilarning refleksiv faoliyatini tashkil etish, ya’ni o‘tmishni o‘rganish, tahlil qilish va obyektiv baholash muhim ahamiyatga ega” 5 . “Inson dunyoqarashi – uning olamga, tabiat, jamiyat va o‘z-o‘ziga bo‘lgan qarashlari, e’tiqodi, ijtimoiy,ahloqiy va estetik ideallaridir. Dunyoqarash obyektiv reallikni idrok etish jarayonida shakllanadi, bilim e’tiqod xarakteriga ega bo‘lgandagina dunyoqarashga aylanadi. Boshqacha aytganda, ilmiy bilimlarning ishonch va e’tiqodga aylanishi bilan dunyoqarash shakllanadi. Dunyoqarash – inson ongida organik olam manzarasining aks ettirilishi bo‘lib, u shaxsning umri davomida o‘zlashtirgan falsafiy, ilmiy,ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, estetik qarashlar tizimining yig‘indisi sifatida mustaqil hayot va kelgusidagi kasbiy faoliyat yo‘nalishi mavjudligini anglatadi. Dunyoqarashning asosiy yadrosini tabiat va jamiyat rivoji haqidagi bilimlarga metodologik asos bo‘ladigan falsafiy qarashlar, qonuniyatlar tashkil etadi” 6 . “Dunyoqarash” tushunchasiga katta e’tibor qaratilib, uni boshqa ikkita tushuncha –dunyo (dunyo qarashi) va dunyoqarash haqidagi bilimlar yig‘indisi, bu tushunchaning boshqa tegishli atamalar – mentalitet, mafkura va boshqalar bilan aloqasi asos qilib oladi. mintaqaning katolik aholisining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar ” 7 . Akademik litsey o‘quvchilarida tarixiy dunyoqarashni rivojlantirishda darsliklar va lug‘atlarda berilgan atamalar izohi rukni bilan ishlash ulardagi fikrlash qobiliyatini yanada oshiradi.Binobarin ular atamalarning izohli semantikaviy hususiyatlarini bilgan holda o‘z nutqiga olib kiradi va tarixiy dunyoqarash rivojida yordam beruvchi vosita hisoblanadi. 3 Эркаев А. Тафаккур эркинлиги.-Т.: Маънавият, 2007.-160 б.118-б 4 Шермуҳамедов С.Ш.,Очилдиев А. Маданият ва цивилизация. - Фарғова, 2000.-89 б. 5 Шодмонова Ш.С. Олий ўқув юрти талабаларида мустақиллик тафаккурини шакллантириш ва ривожлантириш (Касб таълими йўналиши мисолида): Пед.фан.док. …дисс.- Т.: ТДПУ, 2010.-340 б.139 б. 6 Рахимов А.К. Талабаларда табиий-илмий дунёқарашни ривожлантириш методикасини такомиллаштириш (“Эволюцион таълимот” фанини ўқитиш мисолида) педагогика фани. Пед.фан.док. …дисс.(ДСc)- Т.: ТДПУ, 2019.-296 б.31-32-35 б. 7 Татьяна Г. Недзелюк, Конфессиональное сообщество католиков Сибири: влияние мировоззрения на повседневную жизнь (1830–1917 гг.), Изд-во СибАГС, Новосибирск 2016, cc. 345 Noyabr, 2025-Yil 328 “Atamalar izohi! Afv etish – sud hukmi bilan jazo tayinlangan biror shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish yoki berilgan jazoni yengillashtirish. Odatda, afv davlat boshlig‘ining qarori bilan amalga kiritiladi. Referendum – (lot. – ma’lum qilinishi zarur bo‘lgan narsa) davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan va ba’zan qonun qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan umumxalq so‘rovi, ovoz berish yo‘li bilan xalq fikrini aniqlash. Yurisdiksiya – (lot. – sud qilish, sud jarayoni) huquqiy masalalarni hal qilish, sudlov ishlarini olib borish huquqi. Muayyan davlat organi vakolatlari doirasidagi huquq sohasi. Doktrina – (lot. – ta’limot; o‘qimishlilik) ilmiy yoki falsafiy ta’limot, nazariya; asosiy nazariy yoki siyosiy nuqtayi nazar” 8 . Xulosa qilib aytganda,o‘quvchi yoshlarda tarixiy dunyoqarashni rivojlantirish orqali…. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Тагаев Ганишер Хасанович. Ёшлар эстетик дунёқарашини шакллантиришда этнографик омилларнинг ўрни. Фал.фан.фал.док. Дисс…(PhD). Самарқанд15-21-б. 2. Ходжаев Б.Х. Умумтаълим мактаби ўқувчиларида тарихий тафаккурни модернизациялашган дидактик таъминот воситасида ривожлантириш. 3. Пед.фан.док. …дисс.-Т., 2016.-276 б.40-42 б. 4. Эркаев А. Тафаккур эркинлиги.-Т.: Маънавият, 2007.-160 б.118-б 5. Шермуҳамедов С.Ш.,Очилдиев А. Маданият ва цивилизация. - Фарғова, 2000.-89 б. 6. Шодмонова Ш.С. Олий ўқув юрти талабаларида мустақиллик тафаккурини шакллантириш ва ривожлантириш (Касб таълими йўналиши мисолида): Пед.фан.док. …дисс.- Т.: ТДПУ, 2010.-340 б.139 б. 7. Рахимов А.К. Талабаларда табиий-илмий дунёқарашни ривожлантириш методикасини такомиллаштириш (“Эволюцион таълимот” фанини ўқитиш мисолида) педагогика фани. Пед.фан.док. …дисс.(ДСc)- Т.: ТДПУ, 2019.-296 б.3132-35 б. 8. Татьяна Г. Недзелюк, Конфессиональное сообщество католиков Сибири: влияние мировоззрения на повседневную жизнь (1830–1917 гг.), Изд-во СибАГС, Новосибирск 2016, cc. 345. 9. 8.N.Jo‘rayev, A.Zamon.,O‘zbekiston tarixi (Mustaqillik davri).O‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik ,1nashr.Gafur G‘ulom nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi.-Toshkent-2018. 21-b. 8 N. Jo‘rayev,A. Zamon.,O‘zbekiston tarixi (Mustaqillik davri).O‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik , 1-nashr.Gafur G‘ulom nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi.-Toshkent-2018. 21-b.