scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ACCOUNTS WITH OTHER CREDITORS

Xudaynazarova, Dilnoza; Normurodova, Zuhra

Abstract

This article analyzes the accounting of settlements with other creditors in enterprises. The study examines the procedure and efficiency of settlements related to employee wages, loans, social insurance and pension obligations, as well as amounts withheld based on court decisions. Additionally, the research explores the system of maintaining settlements, the use of debit and credit accounts, and their impact on the financial stability of the enterprise.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1027 BOSHQA KREDITORLAR BILAN HISOB-KITOBLARNING HISOBI Xudaynazarova Dilnoza Gafurovna Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi katta o’qituvchisi, +998937284308, [email protected] Normurodova Zuhra Orzimurod qizi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, “Moliya va moliyaviy texnologiya” yo‘nalishi talabasi Annotatsiya. Ushbu maqolada korxonalarda boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblarning hisobi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida xodimlar ish haqi, ssudalar, ijtimoiy sug‘urta va pensiya majburiyatlari hamda sud qarorlari asosida ushlab qolingan summalar bo‘yicha hisob-kitoblarning tartibi va samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, hisob-kitoblarni yuritish tizimi, debet va kredit schotlarining ishlatilishi hamda korxona moliyaviy barqarorligiga ta’siri ko‘rib chiqildi. Kalit so’zlar: Boshqa kreditorlar, korxona qarzdorliklari, hisob-kitobning tartibi, ish haqi va ssudalar, ijtimoiy sug‘urta majburiyatlari, debet va kredit schotlari, moliyaviy boshqaruv, korxona moliyaviy barqarorligi. Аннотация. В данной статье анализируется учет расчетов с другими кредиторами на предприятиях. В ходе исследования были изучены порядок и эффективность расчетов по заработной плате сотрудников, займам, обязательствам по социальному страхованию и пенсионным выплатам, а также суммам, удержанным на основании судебных решений. Кроме того, рассмотрена система ведения расчетов, использование дебетовых и кредитовых счетов и их влияние на финансовую устойчивость предприятия. Ключевые слова: другие кредиторы, задолженности предприятия, порядок расчетов, заработная плата и займы, обязательства по социальному страхованию, дебетовые и кредитовые счета, финансовое управление, финансовая устойчивость предприятия. Abstract. This article analyzes the accounting of settlements with other creditors in enterprises. The study examines the procedure and efficiency of settlements related to employee wages, loans, social insurance and pension obligations, as well as amounts withheld based on court decisions. Additionally, the research explores the system of maintaining settlements, the use of debit and credit accounts, and their impact on the financial stability of the enterprise. Keywords: other creditors, enterprise liabilities, settlement procedure, wages and loans, social insurance obligations, debit and credit accounts, financial management, financial stability of the enterprise. KIRISH Bugungi kunda korxonalarda boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblarni to‘g‘ri va samarali yuritish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ish haqi, ssudalar, ijtimoiy majburiyatlar va sud qarorlari bo‘yicha ushlab qolishlarni aniq qayd etish moliyaviy nazoratni kuchaytiradi va korxona mablag‘laridan samarali foydalanishga imkon beradi. Shu sababli, bu mavzu nafaqat buxgalteriya hisobi, balki korxona moliyaviy boshqaruvi va strategik qarorlar qabul qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. Boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblar korxonaning moliyaviy faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Boshqa kreditorlarga qarzdorliklar, xususan ijtimoiy sug‘urta organlari, pensiya va ish bilan ta’minlash jamg‘armalari hamda sud qarorlari asosida ushlab qolingan summalar korxona byudjeti ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1028 va xodimlarga to‘lovlarni tartibga solishda asosiy moliyaviy majburiyatlarni tashkil etadi. Shu sababli, ushbu majburiyatlarning hisobini yuritish tizimi nafaqat korxona moliyaviy barqarorligini ta’minlash, balki rahbariyatga qarorlar qabul qilishda ishonchli axborot manbai sifatida xizmat qiladi. Adabiyotlar sharhi Boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblar mavzusi bo‘yicha hozirga qadar ko‘plab olimlar ilmiy izlanishlar olib borishgan. Jumladan, Kreditorlar bilan hisob-kitoblarning ish yuritish kapitali boshqaruviga ta'siri bo‘yicha Peng va Nguyenlar tomonidan 2023-yilda yozilgan “Cash flow management and its effect on firm performance: Empirical evidence on non-financial firms of China” nomli maqolasida Xitoyning qimmatli qog'ozlar birjasida ro'yxatdan o'tgan korxonalar ma'lumotlari asosida olib borilgan tadqiqot naqd pul oqimini boshqarish va korxona samaradorligi o'rtasidagi bog'liqlikni tahlil qildi [3]. Shuningdek, savdo krediti va korxona samaradorligi o'rtasidagi murakkab munosabatlari bo‘yicha Mahmud, Miah va Bhuiyan kabi olimlar tomonidan olib borilgan 2022-yildagi tadqiqotda Bangladeshda 1002 korxona-yil kuzatuvlari asosida savdo krediti moliyalashtirish va korxona samaradorligi o'rtasidagi bog'liqlikni tadqiq qildilar. Ushbu tadqiqot rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda kreditorlar bilan hisob-kitoblarning ahamiyatini baholadi. Tadqiqot natijalari savdo krediti va korxona samaradorligi o'rtasida salbiy bog'liqlik mavjudligini ko'rsatdi, bu savdo krediti tashqi qarz moliyalashtiriga nisbatan korxona o'sishiga kam hissa qo'shishi mumkinligini anglatadi [4]. Ichki nazorat va kreditorlar bilan hisob-kitoblar sifati bo‘yicha esa Nguyen va Do kabiVetnamlik olimlar tomonidan tadqiq qilingan “Impact of internal control on the quality of accounting information at enterprises listed on the stock market in Vietnam” nomli maqolada, aksiyador jamiyati bozorida ro'yxatdan o'tgan korxonalarda ichki nazorat sifatining buhgalteriya ma'lumotlari sifatiga ta'sirini o'rgandilar [5]. Shu bilan birga, raqamli transformatsiya va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni avtomatlashtirish bo‘yicha IFOL tashkiloti tomonidan 2025 yilda o'tkazilgan tadqiqotda kreditorlar bilan hisob-kitoblar bo'limida avtomatlashtirish tendentsiyalarini tahlil qildi va 2023 yildan beri samaradorlik darajasining sezilarli o'sganligini aniqladi [6]. Tahlil qilingan adabiyotlar kreditorlar bilan hisob-kitoblarning nazariy asoslarini mustahkamlaydi va tasniflash, tan olish, nazorat qilish hamda qonunchilikka rioya qilish jihatlarini amaliy yo'l-yo'riq bilan ta'minlaydi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, kreditorlar bilan hisob-kitoblarni samarali boshqarish korxonaning moliyaviy samaradorligiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Tadqiqot metodologiyasi Ushbu tadqiqotda boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblarning hisobi mavzusi o‘rganildi. Tadqiqot metodlari sifatida analitik, solishtirma va hujjatli tahlil ishlatildi. Korxonalarning buxgalteriya hisobi bo‘yicha amaliy ma’lumotlar, ish haqi va ssudalar, ijtimoiy sug‘urta va pensiya majburiyatlari hamda sud qarorlari bo‘yicha ushlab qolishlar real hisob-kitoblar asosida tahlil qilindi. Tahlil va natijalar Boshqa kreditorlar — bu korxonaga tovarsiz muomalalar bo‘yicha qarzdor bo‘lgan tashkilotlar yoki shaxslarni anglatadi. Bunga ijtimoiy sug‘urta organlari, pensiya va ish bilan ta’minlash jamg‘armalari, shuningdek boshqa tegishli tashkilotlar va shaxslar kiradi. Ushbu qarzdorliklarga ishchi va xizmatchilarga berilgan individual ssudalar, sud qarorlari asosida ish haqlaridan ushlab qilingan summalar, hamda ishchilar tomonidan o‘z vaqtida talab qilinmagan ish haqlari bo‘yicha korxonaning majburiyatlari kiradi. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1029 Ma’lumki, yalpi foyda — bu mahsulot sotishdan tushgan sof daromad va ishlab chiqarish xarajatlari orasidagi farq sifatida namoyon bo‘ladi. Yalpi foyda markazlashtirilgan davlat sof daromadi va korxona sof daromadiga bo‘linadi. Markazlashtirilgan davlat sof daromadi qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va foydadan ajratmalardan tashkil topadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i korxona mahsulotini realizatsiya qilish jarayonida belgilangan me’yorlar asosida undiriladi, foydadan ajratmalar esa korxona tomonidan taqsimlanib, davlat byudjetiga kiritiladi. Boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblarning hisobini olib boradigan bo’lsak analitik hisobvarag‘ida yuqorida kеltirilmagan barcha hollar bo‘yicha dеbitor va krеditorlar bilan hisob-kitoblar hisobi olib boriladi. Shuningdеk, ushbu analitik hisobvaraqda shtatda turmagan tarkibga (kompozitorlarga, artistlarga, mualliflarga) shartnoma bo‘yicha bajargan ishlari va chiqimlari uchun, tеlеvizor va radioeshittirishlarda bir marta chiqish uchun qilingan buyurtmalarga bеriladigan qalam haqi summalari bo‘yicha hisob-kitoblar, shuningdеk, uyda nogiron bolalarni o‘qitadigan pеdagoglarga to‘lanadigan kompеnsatsiya to‘lovlari hisobga olinadi. Boshqa dеbitorlar va krеditorlar bilan olib boriladigan hisobkitoblarning analitik hisobi 408-son shakldagi (6-son mеmorial ordеr) jamlanma qaydnomasida, shuningdеk, 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi. 1-jadval. Hisob raqamlari (O‘zbekiston standartlariga mos) Hisob raqami Hisob nomi (O‘zbekiston MChH) Tavsifi 6710 6720 Ish haqlari hisoblari Xodimlarga ish haqi va boshqa to‘lovlarni hisoblash uchun 6970 6990 6930 Boshqa qarzdorliklar Xodimlar va tashkilotlarga bo‘lgan qarzdorliklar, ssudalar 6510 6520 Ijtimoiy sug‘urta va boshqa majburiyatlar Ijtimoiy sug‘urta organlari, pensiya va boshqa jamg‘armalarga qarzlar 6410 6520 4410 Budjet va byudjetdan tashqari majburiyatlar Foydadan ajratmalar, soliq va boshqa davlatga to‘lanadigan summalar 6960 Sud qarorlari bo‘yicha ushlab qolishlar Sud qarorlari asosida ish haqlardan ushlab qolingan summalar 5110 5210 5220 Bank hisob raqami To‘lovlarni amalga oshirish va mablag‘larni qabul qilish uchun 6910 6970 6990 Boshqa kreditorlar Korxonaning tovarsiz muomalalar bo‘yicha boshqa qarzdorliklari (ijtimoiy sug‘urta, pensiya, ishchi ssudalari va hokazo) Tasavvur qilaylik A korxona 2025-yil noyabr oyida xodimlar ish haqi va boshqa majburiyatlarni hisobga olish va to‘lash bilan shug‘ullanmoqda. Ma’lumki: ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1030 1. Xodimlar ish haqi jami 50,000,000 so‘m tashkil qiladi. Ish haqi hisobida ijtimoiy sug‘urta va pensiya jamg‘armasiga 8,000,000 so‘m ushlab qolinadi. 2. Ba’zi xodimlarga ssuda berilgan, jami 2,000,000 so‘m. 3. Sud qarorlari bo‘yicha ish haqlaridan 1,000,000 so‘m ushlab qolinadi. 4. Xodimlarning ish haqi va ushlab qolingan summalarni bank orqali to‘lash rejalashtirilgan. Shu jumladan: ⎯ Ish haqi bo‘yicha to‘lov: 41,000,000 so‘m ⎯ Ijtimoiy sug‘urta va pensiya to‘lovlari: 8,000,000 so‘m ⎯ Sud qarorlari bo‘yicha ushlab qolingan summalar: 1,000,000 so‘m Vaziyat: Korxona bu ish haqi va boshqa majburiyatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni qanday yuritadi, debet va kredit schotlarida qanday aks ettiriladi, va to‘lovlar amalga oshirilgach, boshqa kreditorlar bilan qarzdorlik qanday kamayadi? Yuqoridagi hisob raqamlarga asosan agar birorta korxonaning ma’lumotlariga asoslanib buxgalteriya hisobotini tuzadigan bo‘lsak quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi: 2-jadval. Namunaviy hisob-kitob jadvali 1 Sana Hisob raqamlari (Debet / Kredit) Tafsilot / Izoh Debet (so‘m) Kredit (so‘m) 01.11.2025 6710 / 6510 Xodimlar ish haqi va ijtimoiy majburiyatlar 50,000,000 8,000,000 01.11.2025 4720 / 6710 Xodimga ssuda berildi 2,000,000 2,000,000 02.11.2025 6960 / 6710 Sud qarori bo‘yicha ushlab qolindi 1,000,000 1,000,000 05.11.2025 5110 / 6710 Ish haqi to‘landi bank orqali 41,000,000 05.11.2025 5110 / 6510 Ijtimoiy sug‘urta va pensiya to‘lovlari 8,000,000 10.11.2025 5110 / 6990 Boshqa kreditorlarga qarz to‘lovi 1,000,000 Hisob-kitobni tahliliga keladigan bo‘lsak: ➢ Debet hisoblari xodimlar ish haqi va ssudalarni, kredit hisoblari esa boshqa kreditorlarga bo‘lgan majburiyatlarni ko‘rsatadi. ➢ Bank orqali to‘lovlar amalga oshirilganidan so‘ng, korxonaning boshqa kreditorlarga qarzdorligi kamayadi. ➢ Hisob-kitoblar muntazam yuritilgan, barcha qarzdorliklar va ushlab qolishlar aniq qayd etilgan. Tahlil natijasida ko‘rish mumkinki, korxona boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblarni aniq va tartibli yuritmoqda. Ish haqlari, ijtimoiy majburiyatlar va sud qarorlari bo‘yicha ushlab qolishlar muntazam hisobga olingan. Bank orqali to‘lovlar amalga oshirilishi bilan qarzdorliklar kamayadi va korxona moliyaviy holati barqaror bo‘ladi. Shu bilan birga, hisob-kitoblarning to‘g‘ri yuritilishi korxona rahbariyati uchun qarorlar qabul qilishda ishonchli axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi. 1 Ushbu jadvaldagi ma’lumotlar ehtimoliy tarzda tadqiqotchi tomonidan tuzilgan ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1031 Xulosa Umumiy xulosa qilib shuni aytish mumkinki, korxona boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tartibli va aniq yuritmoqda. Xodimlarga to‘lanadigan ish haqi, ijtimoiy sug‘urta va pensiya majburiyatlari, shuningdek sud qarorlari bo‘yicha ushlab qolishlar debet va kredit hisoblari orqali to‘g‘ri aks ettirilgan. Bank orqali amalga oshirilgan to‘lovlar natijasida korxonaning boshqa kreditorlarga bo‘lgan qarzdorligi kamayadi, bu esa moliyaviy holatning barqarorligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, hisob-kitoblarni muntazam va tizimli yuritish rahbariyatga qarorlar qabul qilishda ishonchli axborot manbai sifatida xizmat qiladi hamda korxona mablag‘laridan samarali foydalanishga imkon yaratadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR [1] O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Milliy buxgalteriya hisob standartlari, Tashkent: Moliya Vazirligi, 2023. [2] O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, 2022. [Online]. Available: https://lex.uz [3] Peng, Y., & Nguyen, T. H. (2023). Cash flow management and its effect on firm performance: Empirical evidence on non-financial firms of China. PMC, 10281586. https://pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC10281586/ [4] Mahmud, A. A., Miah, M. S., & Bhuiyan, M. R. U. (2022). Does trade credit financing affect firm performance? Evidence from an emerging market. International Journal of Financial Studies, 10(4), 85. https://www.mdpi.com/2227-7072/10/4/85 [5] Nguyen, T. H., & Do, D. T. (2023). Impact of internal control on the quality of accounting information at enterprises listed on the stock market in Vietnam. International Journal of Professional Business Review, 8(5), 1-22. https://open accessojs.com/JBReview/article/view/1010 [6] SAP Concur & IFOL. (2025). 2025 accounts payable automation trends report: Key takeaways. https://www.concur.com/blog/article/2025-accounts-payable-automation-trends-report-keytakeaways [7] Singh, R., & Kumar, A. (2025). Creditors' bankruptcy rights and accounting conservatism: Evidence from a quasi-natural experiment. ScienceDirect, https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0890838925000241 [8] S. T. Qodirov, Buxgalteriya hisobi va moliyaviy nazorat, Tashkent: TDIU Nashriyoti, 2021. [9] R. A. Islomov, “Ijtimoiy sug‘urta va pensiya majburiyatlarini hisobga olishning amaliy jihatlari,” Biznes va moliya, vol. 8, no. 4, pp. 34–41, 2021.