scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MOLEKULYAR FIZIKA FANIDA GAZLARDA DIFFUZIYA JARAYONINI MODELLASHTIRUVCHI VIRTUAL ISHLANMANING O'QUV JARAYONIDAGI AHAMIYATI

Turayeva Sevara Rashidovna

Abstract

Mazkur tezisda molekulyar fizika fanining “Gazlarda diffuziya” mavzusini o‘qitishda yaratilgan virtual ishlanma misolida zamonaviy ta’lim resurslaridan foydalanish texnologiyasi yoritilgan. Virtual muhitda gaz zarralarining harakati, harorat va zarralar soniga bog‘liq holda diffuziya tezligining o‘zgarishi interaktiv tarzda modellashtirilgan. Ishlanma talabalarda mustaqil fikrlash, tajriba o‘tkazish va natijalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Full text

THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 205 MOLEKULYAR FIZIKA FANIDA GAZLARDA DIFFUZIYA JARAYONINI MODELLASHTIRUVCHI VIRTUAL ISHLANMANING O‘QUV JARAYONIDAGI AHAMIYATI Turayeva Sevara Rashidovna Toshkent shahridagi BelarusO‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17767745 Annotatsiya. Mazkur tezisda molekulyar fizika fanining “Gazlarda diffuziya” mavzusini o‘qitishda yaratilgan virtual ishlanma misolida zamonaviy ta’lim resurslaridan foydalanish texnologiyasi yoritilgan. Virtual muhitda gaz zarralarining harakati, harorat va zarralar soniga bog‘liq holda diffuziya tezligining o‘zgarishi interaktiv tarzda modellashtirilgan. Ishlanma talabalarda mustaqil fikrlash, tajriba o‘tkazish va natijalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Kalit so‘zlar: molekulyar fizika, diffuziya, virtual ishlanma, simulyatsiya, interaktiv ta’lim, olti fikrlash shlyapasi, innovatsion texnologiya. Kirish. Bugungi kunda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash o‘quv jarayonining ajralmas qismiga aylangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni PF–6079son “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng joriy etish hamda innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan [1]. Ushbu strategiya doirasida molekulyar fizika fanida gazlarda diffuziya jarayonini modellashtiruvchi virtual ishlanmalardan foydalanish o‘quvchilarda nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish, murakkab fizik jarayonlarni vizual tarzda anglash hamda ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Xususan, fizika fanlari uchun virtual laboratoriyalar va simulyatsiyalar murakkab jarayonlarni ko‘rgazmali tushuntirishda muhim o‘rin tutadi. Molekulyar fizika fanida “Gazlarda diffuziya” mavzusi gaz molekulalarining tasodifiy harakati, harorat va konsentratsiyaga bog‘liqlikni o‘rgatishda qiyin tushunchalardan biridir. Shu sababli ushbu jarayonni modellashtiruvchi virtual ishlanma yaratish ta’lim samaradorligini sezilarli oshiradi. Asosiy qism. Yaratilgan virtual ishlanma foydalanuvchiga gazlarda diffuziya hodisasini interaktiv boshqarish imkonini beradi. Dastur interfeysida quyidagi asosiy elementlar mavjud (1rasm): - Harorat va zarralar sonini o‘zgartirish slayderlari: foydalanuvchi chap va o‘ng tomondagi gazlar uchun harorat (Kelvinlarda) va zarralar sonini mustaqil ravishda belgilaydi. Bu orqali diffuziya tezligining haroratga bog‘liqligi tajribaviy kuzatiladi. - To‘siqni olib tashlash funksiyasi: foydalanuvchi to‘siqni olib tashlab, ikki muhitdagi zarralarning aralashish jarayonini real vaqt rejimida kuzatadi. - “Metod” tugmasi: bu bo‘limda mashg‘ulotni “Olti fikrlash shlyapasi” metodi asosida tashkil etish tavsiya etiladi. Ushbu metod talabalarning ijodiy tafakkurini, tahliliy va refleksiv fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. - “Test savollari” bo‘limi: mavzuni o‘zlashtirish darajasini baholash uchun testlar ishlab chiqilgan. Talabalar testlarni yechish va avtomatik tahlil qilish imkoniyatiga ega. THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 206 1-rasm. Gazlarda diffuziya jarayonini modellashtiruvchi virtual ishlanma interfeysi. Virtual muhitda o‘tkazilgan tajribalar orqali talabalar diffuziya tezligi harorat oshgani sari ortishini, zarralar sonining o‘zgarishi konsentratsiya gradientiga ta’sir ko‘rsatishini kuzatishadi. Bu esa nazariy bilimlarni amaliy kuzatuvlar bilan bog‘lash imkonini beradi. Mazkur resurs yordamida talaba: - murakkab molekulyar jarayonlarni ko‘rgazmali ravishda tushunadi; - mustaqil tahlil va tajriba o‘tkazish ko‘nikmasini hosil qiladi; - kreativ fikrlashni rivojlantiradi; - o‘zlashtirish jarayonini faol interaktiv muhitda amalga oshiradi. Kreativ tafakkurni rivojlantirishning ilmiy rivojlanishdagi samarasi ko‘pgina tadqiqotchi olimlar tomonidan o‘rganilgan va virtual ishlanmalar, modellarning samarali vosita ekani keltirilgan. Misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin: “Kreativ tafakkur insonni muammolarga odatiy bo‘lmagan yondashuvlar bilan yechim topishga undaydi. Bu jarayon ilmiy-texnik fikrlashni rivojlantirishda, xususan, modellashtirish faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.” [2]. “Fizik jarayonlarni kompyuter modellashtirish o‘quvchilarda tadqiqot faoliyati elementlarini shakllantiradi, muammoli vaziyatlarni yechish orqali ijodiy tafakkurni rivojlantiradi.” [3]. “Simulyatsion o‘qitish vositalari talabalarda divergent (ijodiy) va reflektiv fikrlashni shakllantiradi, bu esa ularning o‘quv jarayonida faol ishtirokini ta’minlaydi.”[4]. Ushbu metodika natijalari ijodiy tafakkur ko‘nikmalari—erkin fikrlash, moslashuvchanlik, original g‘oyalar va tafsilotlarni rivojlantirish—ortganini ko‘rsatdi[5]. Xulosa. “Gazlarda diffuziya” mavzusini o‘qitishda virtual ishlanmalardan foydalanish ta’lim jarayonini an’anaviy shakldan interaktiv, vizual va talaba markazli modelga o‘zgartiradi. Yaratilgan simulyatsiya o‘quvchilarning fanga qiziqishini oshiradi, nazariy bilimlarni amaliy kuzatuv bilan mustahkamlaydi hamda fizika fanining murakkab tushunchalarini soddalashtirilgan tarzda o‘zlashtirishga yordam beradi. Kelgusida ushbu tajribani boshqa molekulyar jarayonlar — issiqlik almashinuvi, termodinamik tenglamalar, sirt hodisalari kabi mavzularga tatbiq etish mumkin. Shunday qilib, virtual ta’lim resurslari mutaxassislik fanlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishning samarali vositasi hisoblanadi. THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 207 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni PF-6079-son. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi. 2020 yil. 2. Де Боно Э. Латеральное мышление. — СПб.: Питер Паблишинг, 1997. – 320. с. 3. Slobodianik.I. Computer Models in the Research Activity of Students in Physics. Information Technologies and Learning Tools, Vol. 68, No. 6, 2018. — https://lib.iitta.gov.ua/id/eprint/714979 4. Rodriguez.A., Karakose.T. Using Simulation to Develop Divergent and Reflective Thinking in Teacher Education. Sustainability, Vol. 12, No. 7, 2020. — https://www.mdpi.com/2071-1050/12/7/2879 5. Turayeva.S.R. “Technology for Directing Physics Lectures Towards the Development of Creative Thinking”. European International Journal of Pedagogics. 2025. — https://doi.org/10.55640/eijp-05-07-20