scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KIBERJINOYATLARGA QARSHI KURASHISHNING HUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Maxmudov Muxammadalisher Mavludjonovich

Abstract

Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasida kiberjinoyatlarga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalarini oʻrganishga bagʻishlangan. Maqolada milliy va xalqaro miqyosda kiberjinoyatchilik sohasidagi huquqiy tartibga solish mexanizmlarining hozirgi holati tahlil qilingan, huquqiy bazani modernizatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalarida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishning huquqiy asoslarini mustahkamlash zarurligi asoslantirilgan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 914 KIBERJINOYATLARGA QARSHI KURASHISHNING HUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH Maxmudov Muxammadalisher Mavludjonovich Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi Magistratura fakulteti tinglovchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17770356 Annotatsiya. Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasida kiberjinoyatlarga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalarini oʻrganishga bagʻishlangan. Maqolada milliy va xalqaro miqyosda kiberjinoyatchilik sohasidagi huquqiy tartibga solish mexanizmlarining hozirgi holati tahlil qilingan, huquqiy bazani modernizatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalarida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishning huquqiy asoslarini mustahkamlash zarurligi asoslantirilgan. Kalit soʻzlar: kiberjinoyat, kiberhavfsizlik, huquqiy tartibga solish, axborot xavfsizligi, jinoiy javobgarlik, raqamli jinoyatchilik, kiberhujumlar Abstract. This article is devoted to the study of issues of improving the legal framework for combating cybercrime in the Republic of Uzbekistan. The article analyzes the current state of legal regulatory mechanisms in the field of cybercrime at the national and international levels, develops proposals for the modernization of the legal framework. The results of the study substantiate the need to strengthen the legal framework for combating cybercrime. Keywords: cybercrime, cybersecurity, legal regulation, information security, criminal liability, digital crime, cyberattacks Аннотация. Статья посвящена исследованию вопросов совершенствования правовых основ противодействия киберпреступности в Республике Узбекистан. В статье анализируется современное состояние механизмов правового регулирования в сфере киберпреступности на национальном и международном уровнях, разрабатываются предложения по модернизации правовой базы. Результаты исследования обосновывают необходимость укрепления правовых основ противодействия киберпреступности. Ключевые слова: киберпреступность, кибербезопасность, правовое регулирование, информационная безопасность, уголовная ответственность, цифровая преступность, кибератаки. KIRISH Zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan bir paytda, kiberjinoyatchilik global xavfsizlikka tahdid sifatida tobora kuchayib bormoqda. Raqamli texnologiyalarning keng qoʻllanilishi bilan bir qatorda, ushbu imkoniyatlardan noqonuniy foydalanish holatlari ham keskin ortib bormoqda. Butunjahon miqyosida kiberjinoyatlardan yetkazilgan iqtisodiy zarar yillik 6 trillion AQSh dollaridan oshib ketgan va bu raqam doimiy oʻsish tendentsiyasiga ega [1]. Oʻzbekiston Respublikasi ham ushbu global jarayonlardan chetda qololmaydi va milliy kiberhavfsizlik tizimini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, elektron hukumat xizmatlarini joriy etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini barcha sohalarda keng qoʻllash kiberjinoyatlarga qarshi samarali huquqiy ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 915 mexanizmlarni yaratish zaruriyatini yanada dolzarblashtirmoqda. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasida kiberjinoyatlarga qarshi kurashishning huquqiy asoslari bir qator qonun hujjatlari orqali tartibga solinadi, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari, "Axborotlashtirish toʻgʻrisida"gi qonun, "Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida"gi qonun hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar [2]. Biroq, kiberjinoyatchilik turlarining tobora murakkablashuvi, yangi texnologik imkoniyatlardan foydalangan holda amalga oshiriladigan jinoyatlarning paydo boʻlishi mavjud huquqiy bazani doimiy takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Xalqaro tajriba shuni koʻrsatadiki, kiberjinoyatlarga qarshi samarali kurashish uchun nafaqat milliy darajada, balki xalqaro hamkorlik doirasida ham huquqiy mexanizmlarni uyg'unlashtirib borish talab etiladi [3]. Yevropa Kengashi tomonidan qabul qilingan Kiberjinoyatchilik toʻgʻrisidagi Budapesht konventsiyasi kiberhavfsizlik sohasidagi xalqaro huquqiy hamkorlikning asosiy hujjati hisoblanadi va koʻplab davlatlar tomonidan oʻz milliy qonunchiligini ushbu standartlarga muvofiqlashtirish jarayoni olib borilmoqda. METODOLOGIYA VA ADABIYOTLAR TAHLILI Tadqiqot jarayonida quyidagi ilmiy metodlardan foydalanildi: qiyosiy-huquqiy tahlil metodi orqali turli mamlakatlarning kiberjinoyatchilik sohasidagi qonunchiligini solishtirish amalga oshirildi; tizimli yondoshuv kiberhavfsizlikni taʼminlashning huquqiy, tashkiliy va texnik jihatlarini yaxlit holda oʻrganish imkonini berdi. Adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, kiberjinoyatchilik muammosi soʻnggi yillarda nafaqat huquqshunoslar, balki axborot texnologiyalari mutaxassislari, iqtisodchilar va xavfsizlik sohasidagi ekspertlar diqqat markazida turmoqda. Rossiyalik tadqiqotchilar V.B. Vexov va A.V. Golovko oʻz asarlarida kiberjinoyatlarning huquqiy tavsifini berish va jinoyat qonunchiligi normalarini zamonaviylashtirish masalalarini chuqur tahlil qilganlar [4]. Ularning fikricha, kiberjinoyatchilik klassik jinoyatchilikdan tubdan farq qilib, alohida huquqiy yondashuvni talab etadi. Xalqaro kontekstda kiberhavfsizlik masalalari bilan shugʻullanuvchi ekspertlar, jumladan, M. Chertoff va T. Simon oʻz tadqiqotlarida kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda davlatlararo hamkorlikning muhimligini ta'kidlaganlar va Budapesht konventsiyasining ahamiyatini alohida ajratib koʻrsatganlar [5]. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tajribasi shuni koʻrsatadiki, kiberjinoyatchilikga qarshi samarali kurash uchun uchta asosiy omil muhim: zamonaviy qonunchilik bazasi, malakali mutaxassislar va xalqaro hamkorlik mexanizmlari [6]. Oʻzbekistonlik huquqshunoslar, jumladan, A.X. Saidov va Z.Kh. Gulyamov oʻz ishlarida milliy kiberhavfsizlik tizimini shakllantirish va takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan tadqiqotlar olib bordilar [7]. Ular mamlakatimizda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini mustahkamlash zarurligi haqida gap yuritib, qonunchilikda bir qator tushunchalarni aniqlashtirish va yangi jinoyat tarkiblarini joriy etish zarurligini ta'kidlaganlar. Xususan, shaxsiy maʼlumotlarni noqonuniy toʻplash va tarqatish, raqamli identifikatsiya vositalaridan noqonuniy foydalanish, kriptovalyutalar orqali pul yuvish kabi yangi jinoyat turlari milliy qonunchilikda toʻliq tartibga solinmagan. Xalqaro Telekommunikatsiya Ittifoqi (ITU) maʼlumotlariga koʻra, rivojlanayotgan mamlakatlarda kiberhavfsizlik sohasidagi asosiy muammo nafaqat texnologik zaifliklar, balki huquqiy bazaning noquluqlik va huquq-tartibot organlari xodimlarining etarli malakaga ega emasligidir [8]. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 916 NATIJALAR VA MUHOKAMA Olib borilgan tahlil natijalarida aniqlandiki, Oʻzbekiston Respublikasining kiberjinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy bazasi oxirgi yillarda sezilarli darajada takomillashtirilgan boʻlsa-da, bir qator muhim kamchiliklar va boʻshliqlar mavjud. Birinchidan, Jinoyat kodeksida kiberjinoyatlarning barcha zamonaviy turlarini qamrab oladigan yetarli miqdorda moddalar mavjud emas. Masalan, ransomware hujumlari, DDoS hujumlar orqali shantaj qilish, IoT qurilmalariga ruxsatsiz kirib borish va sun'iy intellektdan jinoyat maqsadlarida foydalanish kabi yangi jinoyat turlari aniq huquqiy tavsifga ega emas. Ikkinchidan, kiberjinoyatlar boʻyicha sudlov amaliyotining yetarli darajada shakllangan emasligi, huquq qoʻllash organlari xodimlarining texnik va huquqiy jihatdan etarli malakaga ega emasligi muammolari kuzatilmoqda. Uchinchidan, xalqaro hamkorlik mexanizmlari, ayniqsa, transchegaraviy kiberjinoyatlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish tartibleri toʻliq ishlab chiqilmagan. Tadqiqot davomida kiberjinoyatlarning asosiy turlari va ularga nisbatan joriy qonunchilikdagi tartibga solish holati tahlil qilindi. Quyidagi jadvalda ushbu maʼlumotlar umumlashtirilgan: 1-jadval. Kiberjinoyatlarning asosiy turlari va huquqiy tartibga solinishi Kiberjinoyat turi Tarqalish darajasi Jinoyat kodeksidagi mos modda Huquqiy tartibga solinish darajasi Takomillashtirish zaruriyati Axborot tizimlariga ruxsatsiz kirish Yuqori 278-modda Qisman etarli Tushunchani kengaytirish kerak Kompyuter viruslari tarqatish Oʻrta 278-modda Qisman etarli Yangi texnologiyalarni qamrash Phishing va ijtimoiy injiniring Yuqori 168, 278moddalar Etarli emas Alohida jinoyat tarkibi kerak Shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlash Juda yuqori 273-1-modda Qisman etarli Jazolarni kuchaytirish DDoS hujumlar Oʻrta Aniq tartibga solinmagan Etarli emas Yangi modda kiritish kerak Ransomware hujumlari Oʻsish tendentsiyasi Qisman 278modda Etarli emas Alohida tarkib ishlab chiqish Kriptovalyuta bilan bogʻliq jinoyatlar Yuqori oʻsish Aniq tartibga solinmagan Etarli emas Kompleks tartibga solish kerak IoT qurilmalariga hujumlar Past (oʻsmoqda) Tartibga solinmagan Etarli emas Yangi texnologiyalar uchun normalar Jadvaldan koʻrinib turibdiki, kiberjinoyatlarning deyarli barcha turlari boʻyicha huquqiy tartibga solish yetarli emas yoki umuman mavjud emas. Bu holatning asosiy sabablari orasida qonunchilik texnologik rivojlanish sur'atlaridan orqada qolishi, kiberjinoyatlar turlarining doimiy yangilanib turishi va xalqaro standartlarga toʻliq muvofiqlik ta'minlanmaganligi kabi omillarni ajratib koʻrsatish mumkin. Xalqaro tajribani oʻrganish jarayonida turli mamlakatlarning kiberjinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi eng yaxshi amaliyotlari tahlil qilindi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 917 Quyidagi jadvalda ayrim rivojlangan mamlakatlar va mintaqaviy tashkilotlarning ushbu sohadagi yondashuvlari taqqoslangan: 2-jadval. Xalqaro amaliyotda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlari Mamlakat/ tashkilot Asosiy huquqiy hujjat Maxsus tuzilma Xalqaro hamkorlik Innovatsion yondashuvlar Samaradorlik koʻrsatkichi AQSh Computer Fraud and Abuse Act FBI Cyber Division Ikki tomonlama shartnomalar Texnokompaniyalar bilan hamkorlik Yuqori Buyuk Britaniya Computer Misuse Act 1990 National Cyber Security Centre Budapesht konventsiyasi Kiberhavfsizlik sertifikatlash Yuqori Germaniya Strafgesetzbuch (StGB) Bundes kriminalamt Cyber EU direktivalari Sun'iy intellekt texnologiyalari Yuqori Janubiy Koreya Act on Promotion of Information and Communications Network Korea Internet & Security Agency Osiyo-Tinch okеani hamkorligi Blockchain texnologiyalari Juda yuqori Rossiya UK RF 272274-moddalar K Boshqarmasi (MVD) SHX doirasida hamkorlik Milliy internet segmenti Oʻrta Yevropa Ittifoqi NIS Directive, GDPR ENISA Budapesht konventsiyasi Umumyevropa yondashuv Yuqori Singapur Cybersecurity Act 2018 Cyber Security Agency ASEAN hamkorligi Kiberhavfsizlik ekotizimi Juda yuqori Taqqoslash natijalari shuni koʻrsatadiki, muvaffaqiyatli mamlakatlarda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish tizimi kompleks yondashuvga asoslangan boʻlib, u huquqiy, tashkiliy, texnik va xalqaro hamkorlik komponentlarini oʻz ichiga oladi. Xususan, Singapur va Janubiy Koreya tajribasi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ayniqsa qiziqarli, chunki ular nisbatan qisqa vaqt ichida yuqori samaradorlikka erishganlar va zamonaviy texnologiyalarni faol qoʻllash orqali kiberhavfsizlik tizimini qurishganlar [9]. Ushbu mamlakatlar tajribasida e'tiborga loyiq jihatlar qatoriga maxsus davlat tuzilmalarining kuchli vakolatga ega boʻlishi, kiberhavfsizlik sohasida ta'lim tizimini rivojlantirish, texnologik kompaniyalar bilan uzviy hamkorlik va proaktiv yondashuv (jinoyatlarni aniqlash emas, balki ularning oldini olishga eʼtibor berish) kiradi. Oʻzbekiston uchun xalqaro tajribadan foydalangan holda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirish boʻyicha bir qator takliflar ishlab chiqish mumkin. Birinchi navbatda, Jinoyat kodeksiga yangi moddalar kiritish yoki mavjud moddalarning dispozitsiyalarini kengaytirish zarur. Jumladan, DDoS hujumlarni, ransomware jinoyatlarini, IoT qurilmalariga noqonuniy kirish va kriptovalyutalar bilan bogʻliq jinoyatlarni alohida tarkiblar sifatida belgilash maqsadga muvofiq. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 918 Ikkinchidan, kiberjinoyatlar boʻyicha raqamli dalillarni toʻplash, saqlash va sudda ishlatish tartibi aniq qonun darajasida belgilanishi kerak, chunki hozirgi kunda ushbu jarayon asosan umumiy protsessual normalar asosida amalga oshirilmoqda va kiberjinoyatlarning oʻziga xos xususiyatlarini yetarli darajada inobatga olmaydi [10]. Uchinchidan, transchegaraviy kiberjinoyatlar boʻyicha xalqaro huquqiy yordam koʻrsatish mexanizmlarini soddalashtirib, tezkor aloqa kanallarini yaratish talab etiladi. Bundan tashqari, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish sohasida faoliyat yurituvchi turli davlat organlari (Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va boshqalar) oʻrtasida vazifalar va vakolatlarni aniq taqsimlash, koordinatsiya mexanizmlarini yaratish dolzarbdir. Hozirgi kunda vakolat va mas'uliyat chegaralari har doim ham aniq emas, bu esa samarasizlikka olib kelmoqda. Alohida e'tiborni kiberhavfsizlik sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yaratishga qaratish zarur. Bu nafaqat huquqtartibot organlari xodimlari uchun, balki sudyalar, prokurorlar va advokatlar uchun ham maxsus oʻquv dasturlarini ishlab chiqishni, oliy oʻquv yurtlarida tegishli mutaxassisliklarni ochishni talab etadi. XULOSA Olib borilgan tadqiqot natijalarini umumlashtirgan holda quyidagi xulosalarga kelish mumkin. Kiberjinoyatchilik zamonaviy jamiyat uchun tobora kuchayib borayotgan tahdid boʻlib, unga qarshi samarali kurashish kompleks yondashuv va doimiy huquqiy bazani yangilab turishni talab etadi. Oʻzbekiston Respublikasida kiberjinoyatlarga qarshi kurashishning huquqiy asoslari mavjud boʻlsa-da, ular bir qator jihatdan zamonaviy talablarga toʻliq javob bermaydi. Jinoyat kodeksida kiberjinoyatlarning barcha turlarini qamrab oladigan yetarli normalar mavjud emas, maxsus terminologiya va tushunchalar apparati toʻliq ishlab chiqilmagan, raqamli dalillar bilan ishlash tartibi aniq belgilanmagan va xalqaro hamkorlik mexanizmlari yetarli darajada rivojlanmagan. Xalqaro tajribani oʻrganish shuni koʻrsatdiki, kiberhavfsizlik sohasida yuqori natijalarga erishgan mamlakatlar bir necha asosiy tamoyillarga amal qilishadi: zamonaviy va moslashuvchan qonunchilik, maxsus tuzilmalar va yuqori malakali kadrlar, texnologik kompaniyalar bilan hamkorlik, xalqarо standartlarga muvofiqlik va proaktiv yondashuv. Oʻzbekiston uchun ushbu tajribadan oʻrganish va milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda eng yaxshi amaliyotlarni joriy etish muhim ahamiyatga ega. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Cybersecurity Ventures. 2024 Official Cybercrime Report. – USA, 2024. – P. 15-22. 2. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. – T.: "Adolat" nashriyoti, 2023. – 278modda. 3. Council of Europe. Convention on Cybercrime (Budapest Convention). – Strasbourg, 2001. – ETS No. 185. 4. Вехов В.Б., Головко А.В. Киберпреступность: уголовно-правовая и криминологическая характеристика. – М.: Юрлитинформ, 2022. – С. 134-156. 5. Chertoff M., Simon T. The Impact of the Dark Web on Internet Governance and Cyber Security. – Global Commission on Internet Governance Paper Series, 2015. – No. 6. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 919 6. European Union Agency for Cybersecurity (ENISA). Threat Landscape Report 2023. – Luxembourg, 2023. – P. 45-67. 7. Саидов А.Х., Гулямов З.Х. Ўзбекистон Республикасида киберхавфсизликни таъминлашнинг ҳуқуқий асослари. – Т.: "Адолат" нашриёти, 2023. – 98-112 б. 8. International Telecommunication Union (ITU). Global Cybersecurity Index 2023. – Geneva, 2023. – P. 28-41. 9. Cybersecurity Agency of Singapore. Singapore Cybersecurity Strategy 2021. – Singapore, 2021. – P. 12-25. 10. Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 02.07.2019 yildagi O‘RQ-547-son, https://lex.uz/docs/-4396419