scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MILLIY GRAFIK ASARLARDA AN'ANA, RAMZIYLIK VA ZAMONAVIY YO'NALISHLARNING IFODALANISHI (Abdulla Qodiriy asarlari misolida)

Azimjonov Hasan Akmal o'g'li

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston milliy grafik san’atida an’ana va ramziylikning zamonaviy yo‘nalishlar bilan uyg‘unlashuvi, obrazlar tizimi va badiiy tafakkur evolyusiyasi tahlil qilinadi. Hamda Abdulla Qodiriy ijodining grafik san’atdagi talqinlari, uning badiiy olamiga xos kompozitsion yechimlar, ramziylik, milliy an’analar va zamonaviy grafik yo‘nalishlar ta’siri tahlil qilinadi. Qodiriy asarlarining obrazlar tizimi, ijtimoiy-falsafiy mazmuni grafika san’ati uchun samarali manba ekanligi ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, mustaqillik davrida rassomlar tomonidan yaratilgan kitob bezaklari, illyustratsiyalar va konseptual grafik talqinlar o‘rganiladi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 966 MILLIY GRAFIK ASARLARDA AN’ANA, RAMZIYLIK VA ZAMONAVIY YO‘NALISHLARNING IFODALANISHI (Abdulla Qodiriy asarlari misolida) Azimjonov Hasan Akmal o’g’li Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Dastgoh va kitob grafikasi mutaxassisligi magistri. https://doi.org/10.5281/zenodo.17771424 Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekiston milliy grafik san’atida an’ana va ramziylikning zamonaviy yo‘nalishlar bilan uyg‘unlashuvi, obrazlar tizimi va badiiy tafakkur evolyusiyasi tahlil qilinadi. Hamda Abdulla Qodiriy ijodining grafik san’atdagi talqinlari, uning badiiy olamiga xos kompozitsion yechimlar, ramziylik, milliy an’analar va zamonaviy grafik yo‘nalishlar ta’siri tahlil qilinadi. Qodiriy asarlarining obrazlar tizimi, ijtimoiy-falsafiy mazmuni grafika san’ati uchun samarali manba ekanligi ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, mustaqillik davrida rassomlar tomonidan yaratilgan kitob bezaklari, illyustratsiyalar va konseptual grafik talqinlar o‘rganiladi. Kalit so’zlar: Ramziylik, milliy an’analar va zamonaviy grafik yo‘nalishlar, ijtimoiyfalsafiy mazmuni, illyustratsiyalar. ВЫРАЖЕНИЕ ТРАДИЦИЙ, СИМВОЛИЗМА И СОВРЕМЕННЫХ НАПРАВЛЕНИЙ В НАЦИОНАЛЬНЫХ ГРАФИЧЕСКИХ ПРОИЗВЕДЕНИЯХ (на примере произведений Абдуллы Кадыри) Аннотация. В данной статье анализируются графические интерпретации творчества Абдуллы Кадыри, композиционные решения, характерные для его художественного мира, а также влияние символизма, национальных традиций и современных графических направлений. Раскрывается, что система образов и социальнофилософское содержание произведений Кадыри служат эффективным источником для развития графического искусства. Кроме того, изучаются книжные оформления, иллюстрации и концептуальные графические интерпретации, созданные художниками периода независимости. Ключевые слова: символизм, национальные традиции, современные графические направления, социально-философское содержание, иллюстрации. REPRESENTATION OF TRADITION, SYMBOLISM, AND CONTEMPORARY TRENDS IN NATIONAL GRAPHIC ART (based on the works of Abdulla Qodiriy) Abstract. This article analyzes graphic interpretations of Abdulla Qodiriy’s literary works, focusing on the compositional solutions characteristic of his artistic world, as well as the influence of symbolism, national traditions, and contemporary graphic trends. The study demonstrates that Qodiriy’s system of imagery and socio-philosophical content provides a rich and effective source for graphic art. In addition, book design, illustrations, and conceptual graphic interpretations created by artists during the independence period are examined. Keywords: symbolism, national traditions, contemporary graphic trends, sociophilosophical content, illustrations. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 967 XXI asr o‘zbek tasviriy san’ati, xususan grafika yo‘nalishi, milliylik va zamonaviylikning uyg‘unlashuvi asosida shakllanayotgan yangi badiiy tafakkur bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu jarayonning ildizlari o‘zbek xalqining ko‘p asrlik san’at an’analariga miniatyura maktabi, xalq bezak san’ati, naqqoshlik madaniyati, chiziq ritmining o‘ziga xos poetikasiga borib taqaladi. Mustaqillik davrida estetik qarashlarning yangilanishi, ijodiy erkinlikning kengayishi, yangi texnologiyalarning san’at jarayoniga kirib kelishi milliy grafika san’atining izlanish maydonini sezilarli darajada kengaytirdi. Milliy grafik asarlar bugungi kunda ikki asosiy tamoyilni mujassamlashtiradi: birinchisi an’anaviy tasviriy tafakkurga tayangan milliy ruh, ikkinchisi global badiiy makonga xos zamonaviy ifoda vositalari. Ana shu ikki qirrani uyg‘un holda olib borish grafika san’atining nafaqat texnik, balki konseptual jihatdan ham boyib borishiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, ramziylik milliy grafikaning mazmuniy yadrosi sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlab, san’atkorning individual g‘oya va dunyoqarashini ifodalashda muhim estetik vositaga aylandi. Milliy ramzlar, tarixiy obrazlar, madaniy kodlar zamonaviy grafik tafakkur bilan qayta talqin qilinib, o‘zbek grafikasi uchun butunlay yangi ma’nodagi qatlam yaratmoqda. Hozirgi davr san’atida grafikaning texnik ko‘lamining kengayishi ofort, linogravyura, litografiya, akvatinta kabi klassik texnikalarning raqamli grafika, kollaj, mixed-media va kontseptual yondashuvlar bilan qo‘shilishi milliy tasviriy an’analarni zamonaviy badiiy jarayon bilan bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajarmoqda. Bu esa rassomlarga yangi mazmuniy yechimlar yaratish, milliy identitetni yangicha ko‘rinishda ifodalash imkonini bermoqda. Milliy grafika san’ati O‘zbekiston badiiy madaniyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u o‘zida qadimiy meros, xalq amaliy san’ati, Sharq miniatyura maktabi, epigrafika va milliy naqqoshlik elementlarini jamlaydi. Mustaqillik yillaridan boshlab grafik san’at izlanishlarida yangi bosqich boshlandi. Mavzu erkinligi, badiiy tajriba imkoniyatlarining kengayishi, global san’at maydoni bilan faol integratsiya jarayonlari milliy grafikaning yangi estetikasini yaratdi. Bugungi kunda grafik san’at faqat ofort, litografiya, ksilografiya kabi klassik texnikalargina emas, balki raqamli grafika, konseptual tasvir, plakat san’ati, kalligrafiya, fotokollaj va mixed-media texnologiyalar bilan boyimoqda. O‘zbek milliy ornamentlari islimiy, girih, qozoqcha naqshlar grafik san’atda chiziq plastikasining asosiy manbalaridan biridir. Ular kompozitsion markazni shakllantirishda, obrazlar xarakterini berishda faol qo‘llanadi. O‘zbekiston milliy grafik san’atida an’ana va ramziylikning zamonaviy yo‘nalishlar bilan uyg‘unlashuvi, obrazlar tizimi va badiiy tafakkur evolyusiyasini Abdulla Qodiriyning satirik hikoyalari asosida tahlil qilamiz. Uning ijodining grafik talqinlarda qayta yaratilish jarayonini, badiiy olamidagi timsollar, tarixiy-madaniy qatlamlar va milliy mentalitetni grafik san’at vositalarida ifodalash jarayonini ko‘rib chiqiladi. Qodiriy asarlarining zamonaviy grafik san’atdagi aks sadosi nafaqat adabiyot va tasviriy san’at oralig‘idagi kompleks o‘zaro ta’sirni, balki milliy an’ana, ramziylik va XX–XXI asr zamonaviy vizual tafakkuri o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni namoyon qiladi. Abdulla Qodiriy o‘zbek adabiyoti modernlashuvining asoschilaridan biri bo‘lib, uning satirik hikoyalarida jamiyatdagi illatlar, ijtimoiy-axloqiy ziddiyatlar yorqin obrazlar orqali ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 968 tanqidiy ruhda aks ettiriladi. Ushbu hikoyalarni grafik san’at vositasida talqin qilish imkoniyati nihoyatda keng: chiziqning kinoyaviy xarakteri, hajviy detallar, psixologik bo‘rtishlar, ramziy belgilar grafik rassom uchun boy ilhom manbaiga aylanadi. Milliy grafik san’atning bugungi rivojida an’ana va zamonaviylikni uyg‘unlashtirish tendensiyasi kuchaymoqda. Qodiriy hikoyalariga murojaat bu jarayonda satira, metafora, grotesk, ramziy obrazlar orqali grafik asarlarning badiiy tilini boyitadi. Abdulla Qodiriy o‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos badiiy maktab yaratgan ulkan yozuvchilardan biridir. Uning “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Obid ketmon” kabi asarlari o‘zbek jamiyatining murakkab tarixiy, ijtimoiy va ruhiy jarayonlarini chuqur badiiy ifodalashi bilan ajralib turadi. Qodiriy badiiy olami nozik psixologizm, tarixiy faktlar bilan badiiy umumlashtirish sintezi, ramziy obrazlar, ijtimoiy va axloqiy muammolarning ko‘p qatlamli talqini bilan grafika san’ati uchun juda boy manba hisoblanadi. Shuning uchun uning asarlari kitob grafikasida, avtor grafikasi, plakat, ekslibris, zamonaviy raqamli grafika va konseptual tasvirlarda keng aks topgan. Qodiriy matni tasviriy san’atga oson ko‘chadigan obrazlar, kuchli vizual detal va psixologik kontrastlarga ega. Bu esa grafik rassomlar uchun keng ijodiy maydon ochadi. Qodiriy asarlari grafik talqinlarida timsollar semantikasi o‘ziga xos tarzda talqin qilinadi. Bu ramzlar grafik san’atda ofort, akvatinta, linogravyura, mixed-media, digital illustration kabi texnikalarda turlicha poetik talqinlarga ega bo‘ladi. Abdulla Qodiriyning “Uloqda”, “Kalvak Mahzumning xotiralari”, “Toshpo‘lat tajang nima deydi?”, “Jinoyatmi?” kabi hikoyalarida kulgi orqali ochiladigan ijtimoiy illatlar, tipik xarakterlarning bo‘rttirilgan portreti, maishiy detallar orqali beriladigan tanqid, ramziy vaziyatlar masalan, manqurtlashuv, nodonlik, riyokorlik grafik san’atning: karikatura, satirik grafik turkumlar, liner chizgi dramatizmi, grotesk shakllar asosida talqin qilinishiga imkon beradi. Qodiriyning satirik obrazlari chiziqning o‘zi bilan kulgi uyg‘otadigan darajada xarakterli: haddan tashqari uzun bo‘y, cho‘zinchoq yuzlar, kichik ko‘zlar, qorin yoki orqa shaklining bo‘rttirilishi bular grafik tilning asosiy vositalaridan. Qodiriy hikoyalarining grafik talqinida o‘zbek an’anaviy tasviriy merosining bir qator belgilaridan foydalanish samarali. Ramziylik milliy grafikaning eng asosiy badiiy vositalaridan biri bo‘lib, timsol orqali rassom bevosita aytilmaydigan ma’nolarni, ijtimoiy-falsafiy g‘oyalarni yetkazadi. Ko‘pgina zamonaviy grafik rassomlar grafikani faqat tasvir emas, balki fikr vositasiga aylantirdi. Shuning uchun ramziylik ko‘p qatlamliligi, semantik ochiqligi bilan ajralib turadi. Abdulla Qodiriy satirik hikoyalarining milliy grafik san’atda talqin qilinishi an’ana, ramziy qatlam va zamonaviy badiiy yo‘nalishlarning ko‘p pog‘onali sintezidir. Qodiriyning keskin tanqidiy ruhi, ijtimoiy metaforalari, tipik hajviy obrazlari grafik san’atda yangi vizual ma’nolar bilan boyiydi. An’anaviy miniatyura estetikasidan tortib raqamli konsept-artgacha bo‘lgan yo‘nalishlar Qodiriy satirasining universalligini, uning bugungi jamiyat uchun ham dolzarbligini yana bir bor ochib beradi. Milliy grafik san’ati bugungi kunda o‘zining yangi rivoj bosqichiga ko‘tarildi. An’anaviy badiiy meros, Sharq kompozitsion madaniyati va ramziy obrazlar zamonaviy grafik izlanishlar bilan uyg‘unlashib, milliy grafik san’atning o‘ziga xos uslubini shakllantirmoqda. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 969 Grafika san’ati bugungi madaniy makonda nafaqat tasviriy san’at turi, balki vizual kommunikatsiyaning eng samarali vositalaridan biri sifatida o‘z ahamiyatini mustahkamlab bormoqda. Abdulla Qodiriy badiiy olamining grafik talqini O‘zbekiston zamonaviy grafik san’atini boyitgan muhim estetik jarayondir. An’anaviy miniatyura estetikasidan tortib, konseptual grafika va raqamli texnologiyalargacha bo‘lgan yo‘l Qodiriy asarlarining ko‘p qatlamli mazmuni bilan o‘zaro uyg‘unlashib keladi. Rassomlar uning asarlaridan ramziylik, psixologizm, tarixiylik, milliy o‘zlik, badiiy dramatizm kabi unsurlarni olib, ularni yangi estetik shakllarda talqin qilmoqdalar. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, Abdulla Qodiriyning har bir asarida teran va katta bir mazmun bor, yozuvchining har bir asarini qayta-qayta o‘qisak, o‘zimizga olamolam mazmun va tushunchalar olamiz. Uning satirik va yumoristik mazmundagi maqolalar va asarlarida jamiyatning, xalqning turmushini yaxshilash kabi go‘zal va mushtarak go‘ya mujassamdir. 1 Qodiriy asarlarining grafik san’atdagi talqini nafaqat adabiy manba, balki milliy vizual tafakkurning o‘sishiga xizmat qiluvchi badiiy maktab sifatida ahamiyatga ega. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Mirzaaxmedov H. Milliy tasviriy san’atda ramziylik. — Toshkent, 2017. 2. Abdug‘aniyeva M. Zamonaviy o‘zbek grafikasida an’ana va innovatsiya. — T., 2021. 3. Karimov A. O‘zbek satirik grafikasining taraqqiyoti. — Toshkent, 2016. 4. Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393. 5. Zarifova, D. O. qizi.(2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING O‘RGANILISHI. Innovative Development in Educational Activities, 2 (9), 57–62. 6. Zarifova, D. O. qizi.(2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING O‘RGANILISHI. Innovative Development in Educational Activities, 2(9), 57-62. 7. Rayhonova, G. (2022). ABDULLA QODIRIYNING SATIRIK VA YUMORISTIK RUHDAGI KICHIK ASARLARI TAHLILI. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 2(2), 7–11. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/391 1 Rayhonova , G. (2022). ABDULLA QODIRIYNING SATIRIK VA YUMORISTIK RUHDAGI KICHIK ASARLARI TAHLILI. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 2(2), 7–11. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/ejsspc/article/view/391