scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IJODKORNING INDIVIDUAL QIRRALARI

RUZIBOYEV BOBIR

Abstract

Hozirgi zamon o‘zbek hikoyachiligida ma’naviy-axloqiy masalalarni ochib berishda ijodkorning individual qirralari muhim ekanligi mazkur maqola orqali bayon etilgan.

Full text

Vol.2 №11 (2025). November “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 75 IJODKORNING INDIVIDUAL QIRRALARI RUZIBOYEV BOBIR JDPU mustaqil tadqiqotchisi (PhD), Bulung‘ur tuman MMTB ga qarashli 69-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi [email protected] Annotatsiya: Hozirgi zamon o‘zbek hikoyachiligida ma’naviy-axloqiy masalalarni ochib berishda ijodkorning individual qirralari muhim ekanligi mazkur maqola orqali bayon etilgan. Kalit so‘zlar: uslub, individuallik, pul, boylik, obraz. Аннотация: В статье показана важность индивидуальных черт творца в раскрытии духовно-нравственных проблем в современном узбекском сказительстве. Ключевые слова: стиль, индивидуальность, деньги, богатство, образ. Abstract: This article demonstrates the importance of the individual aspects of the creator in revealing spiritual and moral issues in contemporary Uzbek storytelling. Keywords: style, individuality, money, wealth, image. Kirish. Hozirgi zamon hikoyalarida qahramonlar xatti-harakati va ular xarakterini ochib berishda yozuvchi predmet yoki psixologik detallardan unumli foydalana olganligi uning o‘ziga xos uslubini ham ko‘rsatgan. “Uslub badiiy asarning umumiy kaloriti, toni, obrazlar sistemasi, san’atkorning obraz yaratish metodi, badiiy tasvir vositalaridagi o‘ziga xos yaxlitlik, san’at asari shaklida namoyon bo‘ladigan badiiy-g‘oyaviy xususiyatlar birligi, ya’ni san’atkorning dunyoqarashi ifodasi, asardagi asosiy fikr, yetakchi g‘oyaga xizmat qiladigan sujet, xarakterlar, tasvir vositalari doirasi, tili va boshqalardagi umumiylik, yaxlitlikdir, ma’no tarzidir”. Ya’ni ijodkorning individual qirralarni asarlari orqali namoyon etishi uning o‘ziga xosligini anglatadi. To‘lqin Hayitga xos xususiyat uning “Boyvachchaning qizi” asarida ham ko‘zga tashlanadi. Ushbu asarda yozuvchi ertaksimon g‘oyani ilgari surgan bo‘lsa-da, bugungi kundagi jamiyatda paydo bo‘layotgan tabaqalashish va uning inson ma’naviyatiga ta’siri masalasi yoritilayotganidan hikoyaning ijtimoiy hayotning dolzarb mavzularidan birida ekanligini anglash mumkin. Hikoyaning bosh qahramoni Oroma ismli qiz bo‘lib, uning yaxshi tarbiya topganligi onasining unga qilgan vasiyatlariga amal qilish uchun farovon turmush tarzidan voz kechishga o‘zida kuch topa bilganligida ko‘rinadi. Hikoyaning syujet unsurlari ketma-ketligi an’anaviy tarzda joylashtirilgan. Xususan, asardagi tugun – Oromaning Azamat degan yigit bilan uchrashuvga chiqqan chog‘ida o‘zining otasi kim ekanligini aytgan chog‘i deyish mumkin. Chunki uning otasi Vol.2 №11 (2025). November “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 76 Azimboyvachcha ismli juda boy odam bo‘lib, faqat ular bilan anchagacha aloqasi bo‘lmaganligidan qiz otasidan hech qanday yordam olmay yashayotgan edilar. Oromaning o‘z kursdoshlari oldida puli yo‘qligidan mulzam bo‘lishi hikoyada quyidagicha tasvirlangan: “Auditoriyaga kirganida, egnida tor va kalta yubka kiygan Parizod uning oddiy, yupungina qirmizi ko‘ylagiga nazar tashlab, labini burdi: - Fu-u, kiyimini?! Nozik, uzun barmoqlaridagi qator tillo uzuklarini ko‘z-ko‘z qilayotgan dugonasi: - Tezroq so‘rasang-chi? Boradimi yo‘qmi? – dedi qonsiz yuzini bujmaytirib. - Parizod unga teskari o‘girildi: - Nima qilamiz uni sudrab?! Baribir bormaydi. Na puli bor, na xohishi. Ana, afti aytib turibdi. Oroma to‘lg‘andi, Oroma yondi. Bu gaplar tig‘ misoli yuragini tirnayotgan bo‘lsa-da, tishinitishiga qo‘yib, ulardan nari ketdi va joyiga borib o‘tirdi”. Ko‘rinadiki, Oroma shunday og‘ir damlarda ham otasi beradigan pullarni olmagan va hayotning og‘ir sinovlariga bardoshi yetgan oqila qiz obrazi sifatida namoyon bo‘lgan. Uning kursdosh qizlarinig boylik orqasidan unga bepisandlarcha munosabatda bo‘lishlari, o‘zlariga teng ko‘rmasliklari bu qizlarning ma’naviyatdan yiroq ekanligini ko‘rsatadi. Oromaning og‘ir ahvolda ham otasidan pul olmasligiga asosiy sabab, onasining otasi topgan pullardan hazar qilishni o‘rgatganligida ko‘rinadi: “Hech narsasini olma, yuqmaydi. O‘zing o‘qib, ishlab topganing yaxshi, qizim!”. Onaning vasiyati qizi tomonidan otasining o‘limidan keyin ham bajarilishda davom ettiriladi. Asarda yozuvchi tomonidan ayrim kachiliklarga ham yo‘l qo‘yilgan. Ya’ni Oromaning otasining kasal holatda o‘z uyining bir hujrasida qarovsiz qoldirilishi, undan sassiq hid kelishi kabi holatlar ifodasidagi sun’iylik shular jumlasidan. Yana bir sun’iylik qizning otasiga u o‘qishdan kelgunicha rasm chizib o‘tirishi uchun qog‘oz va qalam berishida ko‘rinadi.Umuman olganda, hikoyada juda qudratli deb ta’rif berilayotgan yetakchi qahramonlardan birining shunchalik ojiz etib tasvirlanishi asardagi hayotiy haqiqat va badiiy tasvirning nomutanosibligi deya baholanishga asos bo‘ladi. “Boyvachchaning qizi” hikoyasidagi Azimboyvachchaning 7-8 betlik maktubining uzundan-uzoq hajmi ham kitobxonda uning og‘ir betob ekanligiga ishonchini yo‘qotadi. Shuningdek, ushbu maktubdagi ko‘p o‘rinlar yozuvchi tomonidan hikoyada muallif nutqi orqali aks ettirilganligini hisobga olsak, hikoyada qaytariqlar ham mavjudligi kitobxonni bir qadar zerikishiga olib kelishiga xizmat qilishi mumkin. Azimboyning qizini o‘z uyiga olib ketishni xohlaganida unga qo‘l ko‘tarmoqchi bo‘lishi holati ham shunday ishonchsizlik tug‘diradi. Xulosa. Istiqlol yillarida yozilgan hikoyalarning ko‘pchiligi inson botini, ya’ni uning ma’naviy olami tavsifiga alohida urg‘u berib yaratilgan asarlardir. Hikoya janrining xossalari inobatga Vol.2 №11 (2025). November “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 77 olinsa, bu davr hikoyalari orasida inson tiynatini, uning hayot zarbalariga munosabatini aks ettiruvchi hikoyalar anchagina. Shular orasida To‘lqin Hayitning “Boyvachchaning qizi” nomli melodrama tipidagi hikoyalari yaratilganligi fikrimiz dalolatidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Q.Yo‘ldosh. O‘zbek nasri ufqlari. («Yoniq so‘z» kitobi). – T.: Yangi asr avlodi, 2006. – B.35. 2. Mualliflar jamoasi. Adabiyot nazariyasi. 2 tomlik. 1-tom. – Toshkent: Fan, 1978. – B.153. 3. Xudoyberdiev E. Adabiyotshunoslikka kirish – T.: O‘AJBNT. 2008 – B.332. 4. Abbos Said. Qariya. – T.: Sharq, 2006. – B.350. 5. Latif Mahmudov. Sevgi desam. – T.: O‘qituvchi, 2005. – B.17. 6. Abdug‘afur Rasulov. Akslar falsafasi. (so‘ngso‘z)./ Isajon Sulton.Ozod. – T.: Sharq, 2012. – B. 425. 7. Ahmad A’zam. Soyasini yo‘qotgan odam. – T.: Sharq, 2004. – B.76 8. Ziyouz.com