OLIY HARBIY TA'LIM MUASSASALARIDA ELEKTROTEXNIKA VA ELEKTRONIKA ASOSLARINI O'QITISHNING DIDAKTIK TAMOYILLARI VA ULARNING O'ZIGA XOS JIHATLARI
Abstract
Ushbu maqolada oliy ta’lim didaktika qonunlarining asosiy tamoyillari bayon etilgan. Shuningdek, Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy o‘zining “Buyuk didaktika” asarida ta’lim berishning usul, shakl va tamoyillarini ishlab chiqqanligi haqida to‘xtalib o‘tilgan. Didaktikaning asosiy muammolari: o‘quv jarayonlarining qonuniyatlarini ochish, ta’lim mazmunini aniqlash, o‘qitishning eng samarali usul yo‘llarini ishlab chiqish ekanligi ilmiy asoslangan.
Full text
Vol.2 №11 (2025). November “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 78 OLIY HARBIY TA’LIM MUASSASALARIDA ELEKTROTEXNIKA VA ELEKTRONIKA ASOSLARINI O‘QITISHNING DIDAKTIK TAMOYILLARI VA ULARNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI Pazilova Shoxida Abdulbasitovna O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Annotatsiya Ushbu maqolada oliy ta’lim didaktika qonunlarining asosiy tamoyillari bayon etilgan. Shuningdek, Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy o‘zining “Buyuk didaktika” asarida ta’lim berishning usul, shakl va tamoyillarini ishlab chiqqanligi haqida to‘xtalib o‘tilgan. Didaktikaning asosiy muammolari: o‘quv jarayonlarining qonuniyatlarini ochish, ta’lim mazmunini aniqlash, o‘qitishning eng samarali usul yo‘llarini ishlab chiqish ekanligi ilmiy asoslangan. Kalit so‘zlar: didaktika, intelektual, qobiliyat, ta’lim, muammo, yechim, dastur, mutaxassis. Jamiyatning barqaror rivojlanishi va istiqboli ta’lim tizimining ijodiy taraqqiyoti va zamonaviy talablarga moslashish darajasi bilan bevosita bog‘liq. Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, uni yangi sifat bosqichiga olib chiqish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda axborot-kommunikatsiya vositalarini ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Ushbu yo‘nalishlar qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda rivojlanish dasturlarida o‘z aksini topgan. Ofitser kadrlariga qo‘yiladigan talablar oshib bormoqda. Chunki hozirgi ofitser faqat ma’lum bir sohada chegaralangan bilimlar egasi bo‘lgan tor ixtisosli mutaxassis emas, balki chuqur intelektual qobiliyatga ega bo‘lgan, keng dunyoqarashli, yuksak madaniyatli va ma’naviyatli inson bo‘lishi kerak. Buning uchun armiya safidagi harbiy xizmatchilar o‘z sohasining ustasi, harbiy texnikalarni puxta egallagan, yuksak aql-zakovatli mutaxassislardan bo‘lishi talab qilinadi. Oliy harbiy ta’limning xususiyati shundaki, u kursantlarni harbiy mutaxassislik bo‘yicha tayyorlaydi. Yosh mutaxassis oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘qishni tugatgandan so‘ng, tez orada o‘z mutaxassisligi bo‘yicha amaliy ishni boshlashi uchun shu vaziyatdagi texnologik holatdan va ish o‘rniga ega bo‘lish imkoniyatidan xabardor bo‘lishi kerak. Bu juda murakkab vazifa. Demak, kursantlarni shunday o‘qitish kerakki, bitiruvchi mustaqil ravishda tez orada kelajakdagi kasbiy faoliyatiga moslasha olsin. Mana shularni e’tiborga olsak, O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘qitiladigan elektrotexnika va elektronika asoslri fani mazmunini va o‘qitish metodikasini zamonaviy talablardan kelib chiqib tahlil qilib chiqish va takomillashtirish zarurligi dolzarb masala ekanligi yaqqol
Vol.2 №11 (2025). November “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 79 namoyon bo‘ladi. Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilgan ilk kundan harbiy kadrlarni tayyorlash, oliy harbiy bilim yurtlarining o‘quv-moddiy bazasi va ta’minotini yaxshilash, zamon talablariga javob beradigan shart-sharoitlarni yaratish masalasi dolzarblik kasb etdi. Hozirda tez sura’tlar bilan rivojlanib borayotgan fan-texnika shu bilan birga, tabiiy-ilmiy fanlarni mukammal egallash dolzarb bo‘lib qolmoqda. Xususan, harbiy texnikani boshqarish kabi harbiy sohaning muhim yo‘nalishlarini egallash uchun ofitserlarning tabiiy-ilmiy fanlar bo‘yicha bilimlarini kengaytirish va bu bilan ularning mazkur fanlar bo‘yicha mushohadalari, ilmiy-ijodiy fikrlashlari, muhandislik qobiliyatlari, muhim harbiy qarorlarni qabul qilishda eng optimal variantlarni tanlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi muhimdir. Jahonda “Oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish”, ta'lim-tarbiya jarayonlarini zamonaviy: texnologik, tizimli, faoliyatli, kompetentsiyaviy, innovasion yondashuvlar asosida tashkil etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish vazifalarini belgilab berdi. Bugungi kunda ta’limda innovatsion va axborot texnologiyalarning qo‘llanilishi natijasida o‘qitishning samarali usullari ko‘plab qo‘llanilmoqda. O‘qitiladigan fanlarning mazmuni har doim sifat jihatdan yaxshilanib borgan. Respublikamiz va hamdo‘stlik mamlakatlarida ta’lim tizimini takomillashtirish maqsadida qator izlanishlar olib borilmoqda. Ta’limga zamonaviy fan yutuqlarini integratsiyalab o‘qitish masalalari yanada dolzarblikni kasb etmoqda. Tabiiy-ilmiy bilimlar faqatgina tabiat hodisalarining sabablarini va ular orasidagi bog‘lanishni ochib beribgina emas, balki boshqa tabiiy va kasbiy fanlar orasidagi bog‘lanishni ham yaqqol namoyon qilishda asosiy rolni o‘ynashi lozim. O‘z yo‘lida to‘g‘ri o‘rnatilgan bog‘lanish bir fanni ikkinchisi bilan to‘ldirib boradi va ularning bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lishini ta’minlaydi. Agarda fanlararo bog‘lanish o‘zaro to‘liq bo‘lmasa, xususan, bo‘lajak ofitserning egallagan bilimlari amaliyotda, ya’ni mummoli vaziyat bilan to‘qnash kelganda u ojiz bo‘lib qoladi, agarda bog‘lanish yetarli darajada bo‘lsa, olamning moddiyligi, hodisalarning birligi, ularning bir-biridan ajralmasligi bilim oluvchi ongida faol shakllangan bo‘ladi. Oliy harbiy ta’limda olib borilayotgan islohotlar zamirida zamonaviy talablarga mos yetuk, vatanparvar, bilimli hamda yuqori malakali ofitserlarni tayyorlash maqsad qilib qo‘yilgan.
Vol.2 №11 (2025). November “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 80 Oliy harbiy ta’limda zarur innovatsion islohotlar amalga oshirilishi, o‘qitish jarayonini takomillashtirish yo‘lidagi izlanishlar elektrotexnika va elektronika asoslari fanini o‘qitishni yuqori darajaga olib chiqishi va jahon standartlariga mos keladigan harbiy mutaxassis kadrlarni tayyorlash davr talabi ekani ilmiy izlanishlarning mohiyatida aks etishi lozim. O‘qitish jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni kiritish, kursantlarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotga uzviy bog‘lash va yetuk harbiy mutaxassislarni tayyorlash oliy harbiy ta’lim muassasalarining asosiy maqsadi va vazifalari hisoblanadi. Yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilari tomonidan bir qancha ilmiytadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Shu sababli bu sohada yaratilgan adabiyotlar va olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini qisqacha tahlil qilib o‘tamiz. Oliy ta’lim didaktika qonunlarining asosiy tamoyillariga asoslanadi. Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy o‘zining “Buyuk didaktika” asarida ta’lim berishning usul, shakl va tamoyillarini ishlab chiqdi. Didaktikaning asosiy muammolari: o‘quv jarayonlarining qonuniyatlarini ochish, ta’lim mazmunini aniqlash, o‘qitishning eng samarali usul yo‘llarini ishlab chiqishdir. Har qanday fan kabi elektrotexnika va elektronika asoslari o‘zining xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘qitish metodikasi va tashkiliy shakllariga ega. Ushbu masalalar xususiy didaktikalar yoki alohida fanlarni o‘qitish usullari bilan ko‘rib chiqiladi. Bilish aniq hodisa va jarayonlarni idrok etishdan boshlanadi. Materialni hissiy idrok etish qanchalik turlicha bo‘lsa, o‘zlashtirish shunchalik mustahkam bo‘ladi. Bu qonuniyat didaktikaning ko‘rgazmalilik tamoyilida o‘z aksini topdi. Elektrotexnika va elektronika asoslarida ko‘rgazmalilik tamoyili tajriba va namoyishlarda ifodalanadi. Fanni o‘qitishda tajriba metodi keng qo‘llaniladi. Ma’ruza mashg‘ulotlarida tajriba namoyishi ma’ruza sifatini oshiruvchi omil sifatida muhim o‘ringa ega. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonida ilmiylik tamoyili muhim ahamiyatga ega. Ilmiylik darajasi - fanning rivojlanishi va ta’lim darajasiga bog‘liq bo‘lib, hozirgi zamon fanida uzil-kesil aniqlangan qoidalarni o‘zlashtirish, faqat ayni fan-texnikada qabul qilingan atamalardan foydalanish, fan-texnikaning turli sohalarida erishilgan eng yangi yutuqlarni o‘rganish kabilarnio‘z ichiga oladi. Ilmiylik darajasi asosan, o‘quv dasturlari va o‘quv qo‘llanmalari ishlanayotganda qo‘llaniladi. Tayyorlanayotgan mutaxassislar olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishlari bugungi kunda yetarli bo‘lmay qoldi. Hozir oliy harbiy ta’limda o‘quv jarayoni faqat ilmiy bilimlarni berib qolish uchungina xizmat qilmay, balki, kursantlarni ilmiy ishga va ijodiy mehnatga tayyorlashi kerak. Afsuski, elektrotexnikaga oid darslik va o‘quv qo‘llanmalarning aksariyat qismi ilmiy qarashlarni shakllantirish talabiga javob bermaydi. Faollik tamoyiliga asoslanib, o‘quv materialining ilmiy va nazariy murakkabligi aniqlanadi. Ta’lim o‘quvchilarning tashabbuskorligi va mustaqilligi tarbiyalaydigan tarzda olib borilishi kerak. Bu sifatlar mashg‘ulotlardan ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni to‘g‘ri ifodalab
Vol.2 №11 (2025). November “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 81 olinishi, o‘quv materialining ongli o‘zlashtirilishi, nazariy va ishlab chiqarish ta’limning uzviy bog‘liqlikda borishi, o‘qitishda samarali usullardan foydalanish natijasida vujudga keladi. Ta’limda didaktikaning ilmiylik tamoyili tizimlilik tamoyili bilan o‘zaro aloqador. Tizimlilik tamoyilini ta’minlashda o‘qituvchi tomonidan tuzilgan dastur katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu dastur mavzularni o‘rganish ketma-ketligi, mavzularga ajratilgan soatlar hajmidan tashqari, fanlararo aloqa bilan ma’ruza, laboratoriya, amaliy mashg‘ulotlar orasidagi aloqani hisobga oladi. Nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqlik tamoyili asosiy tamoyil bo‘lish bilan birga, ta’limning asosiy qonuni deb ham hisoblanadi. U oliy ta’limda tizimlilik, maqsadga yo‘naltirilganlik xususiyatlariga ega bo‘lib, ta’lim kursining barcha mavzu va boblarida o‘z aksini topadi. Elektrotexnika va elektronika amaliy fan sifatida o‘zining maqsadi va mazmuniga ko‘ra amaliy yo‘nalishiga ega. O‘quv jarayoni har doim ham nazariyani amaliyot bilan bog‘liqlik tamoyiliga rioya qila olmaydi. Shu kamchilikni yengib o‘tishda muammoli ta’lim samarali vosita hisoblanib, u bilim oluvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi va ijodiy fikrlashini rivojlantiradi. Bu tamoyil o‘quvchilarning o‘quv materiali puxta o‘zlashtirishini, shuningdek, ular dunѐqarashning shakllanishiga xizmat qiladi. Ta’lim va tarbiya birligi tamoyili unumli mehnat, ya’ni ijtimoiy foydali buyumlar yaratish asosida ishlab chiqarish ta’limi berishni ko‘zda tutadi. Bunday mehnat va texnologik jihatdan yaxshi ta’minlanganligi, chuqurroq bilim talab etishi, o‘quvchilarning moddiy manfaatdor bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Elektrotexnika va elektronika asoslari fanini o‘qitishda o‘qituvchi doimo pedagogik mahoratni oshirib, uni san’at darajasiga yetkazib borish kerak. O‘z fikrini tushunarli, ko‘rgazmali ifodalashi, fan yangiliklarini hayotiy voqealarga bog‘lanishini va munosabatini bilishi, ta’lim berishga ijodiy yondashuvni rivojlantirib borishi kerak. Adabiyotlar 1. В.Н., Филимонова О.В. Методика преподования электротехнических дисциплин. Учебное пособие. – Самара: СМГТУ, 2009.- 140 с.[стр.19] 2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2021-yil 4-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublakasi Mudofaa vazirligida harbiy ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” tog‘risidagi 333-sonli buyrug‘i. 4. Пазилова Ш.А. Электротехника ва электроника асосларидан машғулотларни ташкил этишнинг бугунги ҳолати // Педагогика ва психологияда инновациялар. – Тошкент, 2019. № 9 - Б. 22-25. 3. Курбонов М. Узлуксиз таълимда физик экспериментларнинг дидактик функциялари самарадорлигини ошириш (Олий таълим мисолида). Пед.фан.док.дисс. – Т.: 2012, -255 б.