scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FALSAFA TARIXIDA INTUITSIYAGA MUNOSABATNING TARIXIY–NAZARIY TAHLILI

Xolova Umida Umedovna; Istatpulatova Aziza Shuxrat qizi,

Abstract

Ushbu maqolada falsafa tarixida intuitsiya tushunchasining mazmuni, shakllanishi, intuitsiyaning namoyon bo`lishida tushlarning o`rni, uning falsafiy bilishdagi ahamiyati va turli davr mutafakkirlari tomonidanberilgan fikr-mulohazalar bayon etiladi.

Full text

Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 386 FALSAFA TARIXIDA INTUITSIYAGA MUNOSABATNING TARIXIY– NAZARIY TAHLILI Islom tarixi va manbashunosligi, falsafa kafedrasi o’qituvchisi Xolova Umida Umedovna Buxoro Davlat Universiteti Tarix va Yuridik fakulteti, falsafa yo’nalishi 3-bosqich talabasi Istatpulatova Aziza Shuxrat qizi, Annotatsiya: Ushbu maqolada falsafa tarixida intuitsiya tushunchasining mazmuni, shakllanishi, intuitsiyaning namoyon bo`lishida tushlarning o`rni, uning falsafiy bilishdagi ahamiyati va turli davr mutafakkirlari tomonidanberilgan fikrmulohazalar bayon etiladi. Kalit so`zlar: Intuitsiya,qalb va aql,tasavvur,tafakkur,sezgi,ichki idrok, g`oya, Tasavvuf, J. Adamar, Lеybnitѕ, B.Rassel, Spinoza, Imom G`azzoliy, Jaloliddin Rumiy, Rene Dekart, Geraklit, Platon, F.Akvinskiy. Kirish. Yangi bilimni egallashda mantiqiy tafakkur, uning qonunlari, tushunchalarning shakllanish usullari va yo`llari katta ahamiyatga ega.Lekin bilish faoli-yati tajribasi shundan dalolat beradiki, ko`p hollarda ilmiy muammolarni hal qi-lishda oddiy mantiqning imkoniyatlari kamlik qiladi.Yangi axborotning hosil bo`-lish jarayonini tafakkurni induktiv va deduktiv tushunishga tenglashtirib bo`lmay-di. Bu jarayonda bilishga yangi kuch, imkon va harakat yo`nalishini beruvchi intu-itsiya muhim o`rin egallaydi.“Intuitsiya nima?”degan savolga javob sifatida shuni aytish joizki, intuitsiya buko`zlarsiz ko`rish, fikrlarsiz bilishdir.U ko`pincha tahlil qilinmagan, ammo ishonchli bo`lgan tuyg`u sifatida namoyon bo`ladi. Inson-ning bunday qobiliyati borligini ko`plab olimlar e’tirof etishadi va shu bilan birga, falsafa tarixida intuitsiya va aql o`rtasidagi munosabat ham doimiy ravishda muhokama markazida bo`lgan. Tadqiqot metodologiyasi. Mavzuga oid tarixiy manbalar ustida ishlash, mantiqiylik , analiz va sintez, qiyosiy tahlil, xorijiy tildagi adabiyotlarni tarjima qilish uslublaridan foydalanildi. Talqin va natijalar. Intuitsiya (lot. Intuitiosinchiklab qarayman)- bu dalillarni tekshirmasdan, bevosita fahm-farosat orqali biror narsani tushunish yoki anglash qobiliyatidir. Bu “ichki kompas” bo`lib, insonni qanday harakat qilishi, qayerga borishi yoki qanday qaror qabul qilish to`g`risida shubhasiz his qilishga yordam beradi . Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 387 Qadimgi falsafiy qarashlarda intuitsiya bilishning alohida shakli deb hisoblangan.Masalan: Aristotelning sillogizmlar g`oyasi, R.Dekartning falsafa va matematikani birlashtirish g`oyasi, I.Kantning antinomiyalar g`oyasi va ko`plab boshqa g`oyalarni, odatda, intuitsiya bilan bog`lashadi. B.Rassel ba’zan o`zini ijodiy ishga zo`rma-zo`raki majburlashlar hechqanday natija bermagani va o`zida g`oyalarning yetilishinichidam bilan kutish zarurligini anglab yetganligini ta’kidlagan edi. 1 U shunday deb yozgan edi: -“ Men kitob ustida ishlayotganimda, uni deyarli har kuni ko`raman. Yangi g`oyalar paydo bo`ladimi yoki eskilari jonlanadimi, buni bilmadimu, ko`p hollarda men butun boshli sahifalarni ko`raman va uyquda ularni o`qishim ham mumkin 2 . Bunda Rassel shuni aytmoqchiki, ijodiy va fikriy jarayonlar faqat uyg`oq vaqt bilan cheklanmaydi, balki, ularni ongning turli holatlarida ham sezish va boshdan o`tkazish mumkin, ya’ni bu holat inson aqli va intuitsiyasi o`rtasidagi murakkab bog`liqlikni anglatadi. Intuitsiya tushunchasining mazmuni juda keng, hamma vaqt ham odamlar “intuitsiya” deb ataydigan hodisalar intuitsiya bo`lavermaydi.Chunki bizning tafakkurimizda ko`plab xulosalar borki, ularga asos bo`ladigan hukm aniq holda ifodalanmaydi,bunday xulosalarning natijasi kutilmagan bo`ladi, ba’zilar o`ylaganidek intuitiv bo`lavermaydi. Tafakkur-bu insonning narsalar muhim xossalari va munosabatlarini izchil,bilvosita va umumiy aks ettirishidir. 3 Tafakkurning intuitiv ishlashi ongosti sohasida sodir bo‘lgani uchun, hatto, subyektning muammodan «qutulgan» holida ham davom etadi, shuning uchun vaqtinchalik qutulish ham foydali bo‘lishi mumkin. J. Adamar, masalan, birorbir jiddiy muammo ustidagi ish nihoyasidan so‘ng, boshqasi ustida bosh qotirishga shoshilmaslik, biroz vaqt o‘tishini maslahat bergan. «Olim, — degan edi u, — bir vaqtning o‘zida parallel ravishda, vaqti-vaqti bilan biridan ikkinchisiga o‘tgan holda, tafakkurning ongosti mexanizmlarini faollashtirish uchun bir necha muammo ustida ishlashi mumkin». Bu maslahatga D. Poya qo‘shimcha qilgan: «Yaxshisi hal etilmagan muammoni, ozgina bo‘lsa-da, muvaffaqiyatni sezmasdan orqaga surmaslik kerak, kichkina bo‘lsa ham, uning biron joyi hal qilinganini ma’qul. Masalani hal etishni tugatmasdan oldin, uning biron-bir xususiy tomoni yechimini o‘zimizga aniqlab olishimiz zarur».Falѕafani fan ѕifatida ѕhakllantirgan antik davr оlimlari intuitѕiya muammоѕi borasida bahѕ-munоzaralar оlib bоriѕhgan. Masalan: “Gеraklit “ qaraѕhlarida intuitѕiya matеriyaning abadiy о`zgariѕhi 1 Qiyom Nazarov. “ Bilish falsafasi” (gnoseologiya)-Toshkent universitet. 2005 2 Б. Рассел. "Интуиция и научное творчество" - М. 1999.С.17 3 Shermuhammedova N.A. Gnoseologiya-bilish nazariyasi.-Toshkent: Noshir,2009 Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 388 јarayоniga bоg`liqligi tuѕhuntirilgan. 4 “Рlatоn”ning fikriсha, ―bоrliqning yaхlit, butun manzaraѕi ѕinkrеtik kuzatiѕh yоki intuitiv biliѕh vоѕitaѕida namоyоn bо`ladi. 5 “Ariѕtоtеl” intеllеktual intuitsiya konsepsiyasini yaratdi. 6 “A.Avguѕtin” va “F.Akvinѕkiy” aѕarlarida intuitѕiya ilоhiy xusuѕiyatga еga bо`lgan hamda ruhning о`zini осhib bеriѕh qоbiliyati ѕifatida talqin еtilgan. 7 Qadimgi Sharq falsafasida intuitsiya payg‘ambarlarga, avliyo zotlarga xos bo‘lgan maxsus bilish usuli sifatida talqin etilgan.” Dekart “ta’limotida bilishning birdan-bir to‘g‘ri yo‘li ratsionalizmga asoslangan deduktiv usuldir. U din va sxolastik falsafa o‘rniga kishi aqlini, ilmiy bilimni yuqori qo‘yadi. Dekartning fikricha, isbotning deduktiv shakli aksiomalarga asoslanadi, aksiomalar esa, hech qanday isbotsiz sof intuitiv tarzda anglanadi.”Spinoza” intuitsiyani bilishning "uchinchi xili",narsalarning mohiyatini qamrab oluvchi eng ishonchli bilish deb hisoblagan. XX asr falsafasining ayrim vakillari (Bergson, Freyd) intuitsiyani butun ijodiy faoliyatni belgilovchi yashirin, qorong‘u, ongsiz, boshlang‘ich ijod, deb qaraydi. Bu bilan ular intuitsiyani intellektga qarama-qarshi qo‘yib, narsalar mohiyatiga kirib borish aslo mumkin emas, degan g‘oyani ilgari suradi. 8 Masalan: O`rta Osiyolik muta-fakkir ―”Abu Ali Ibn Sino” о`z mulohazalarida intuitѕiya belgilarini hamma insonlardan topish mumkinligini, biroq uning darajasi hammada har xil bо`lishini ta‘kidlagan. 9 Sharqning yana bir buyuk allomasi Imom G`azzoliy intuitѕiyani sir, ya‘ni yashirin hodisa deb biladi va sirga qo`shilish baxtiga faqat tanlanganlar mu-yassar bo`lishini yozib qoldirgan. 10 So`fiylik ta‘limotiga ko`ra, intuitѕiyaga yaqinlashish uchun ma’-naviy yuksalish, dunyoning ilohiy ijod sifatidagi buyukligini bilish,o`z ruhiyatining tubiga kirib borish va haqiqiy e‘tiqodga ega bo`lish bo`yicha ulkan ishlarni amalga oshirish kerak. “A.Erkayev” ―Tasavvufda intuitѕiya haqiqatni, voqelikning yashirin jihatlarini, sirli aloqalarini qalb ko`zi bilan ko`-rish deb atasa, intuitiv favqulodda qaror qabil qilish va unga asoslangan faoliyat esa ―Allohga tavakkal qilish deb talqin etadi. 11 “Jaloliddin Rumiy” intuitsiyani, avvalo, insonni ko`zini ochishga va ochilgan ko`zlar bilan o`z mohiyatiga teran nazar tashlamoqdir, deydi. 12 Yangi davr faylaѕufi ― “R. Dеkart” intuitѕiyaning biliѕhdagi muhim rоlini bilim 4 Гераклит Эфесский. – М.: Ад Маргинем Пресс, 2012. – С. 89 5 Платон. Собрание сочинений в 4 т. – М.: Мысль, 1990. Т. 1. – 862 6 Аристотель. Соч. В 4 -х т. – М.: Мысль, 1983. Т. 4. – 830 с 7 Foma Akvinskiy “Ilohiyot summasi”. Kiyev. 2007. 835-bet 8 Oyina.uz sayti. 9 Ibn Sino.Tanlangan falsafiy asarlar. Moskva 1980. 10 Imom G`azzoliy. Iymon ilmlarining tiriltirilishi.-Moskva.1980. 79-bet 11 Abdurahim Erkayev. “Ilohiy tuyg`ular tutashuvi”//” Tafakkur “ jurnali..-Tosh.2019. 3-son 12 Jaloliddin Rumiy.”Ichingdagi ichingdadur”T. ;Yangi asr avlodi,2019, B-9 Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 389 оliѕhning оqilоna va irratѕiоnal uѕullari niѕbatida aniqladi. “Ѕрinоza” va “Lоkk” qaraѕhlariga kо`ra bilimlarning iѕhоnсhliѕi bu intuitѕiyadir hamda intuitiv bilimlar еng kо`р tan оliniѕhi kеrak. 13 “Lеybnitѕ”ning ta‘kidlaѕhiсha, birlamсhi ratѕiоnal haqiqatlar intuitivdir. 14 “Intuitsiyaga Islom nuqtayi nazaridan yondashadigan bo`lsak, islom olamining bu-yuk mutafakkirlaridan “Imom G`azzoliy”- “ Mukoshafat-ul-qulub” asarida shunday deydi: 15 “ Allohdan qo`rqqan odam qalbida musulmon qardoshlariga dushman-lik his qilmaydi: yolg`on, bo`hton va hasad qilish kabi g`ayriinsoniy tuyg`ularni qalbidan yo`q qiladi.Chunki hasad kishining go`zal amallarini mahv etadi. Ey o`quvchi, bilki, hasad qalblarga joylashgan va jamiyat hayotida katta zararlarga yo`l ochuvchi yomon bir kasallikdir. Qalbdagi xastaliklar, ya’ni yomon tuyg`ular, yomon fe’llar faqat ilm va amal bilan davolanishi mumkin. Albatta qalb o‘zining tabiiyligi (ya’ni, fitriy holati) bilan ma’lumotlarning haqiqa-tini qabul qilish uchun tayyor holatda bo‘ladi. Lekin qalbga tushadigan ilmlar ham aqliy va shar’iyga bo‘linadi. Buning aqliysi zaruriy va kasb qilib olinadigan narsa-lardan iborat. Kasb qilib olinadigani ham dunyoviy va uxroviyga bo‘linadi. Ammo aqliysi, deganda aqlning tabiiyligi taqozo qiladigan, taqlid va eshitish bilan topilmaydigan narsani e’tiborga olamiz. Zaruriyga bo‘linadigani esa paydo bo‘lgan zaruriy ilmning qaerdan va qanday hosil bo‘lganini bilolmaydi. Bu ilm insonning bir shaxs bir vaqtning o‘zida ikki joyda bo‘lmasligini yoki yana bir narsa bir payt-da ham yangi, ham eski yoki bir holatning o‘zida ham bor, ham yo‘q bo‘lmasligini bilishiga o‘xshaydi. Chunki bu shunday ilmki, inson yoshligidan o‘zini mana shu ilmlarni biladigan qilib yaratilgan holda topadi. Bu ilm qachon va qaerdan hosil bo‘lganini bilmaydi. Ya’ni, buni bilishiga yaqin biror sababni bilmaydi. Lekin uni yaratgan va unga yo‘l ko‘rsatgan, hatto kasb qilib qo‘lga kiritiladigan ilmlarga yo‘l ko‘rsatgan albatta Alloh ekanligi hargiz unga maxfiy bo‘lmaydi. Xulosa qilish mumkinki, Intuitsiyaqalban yoki ong osti orqali, dalilsiz va tez sezib bilishdir. Gohida biror muammo ustida rosa bosh qotirasiz-u, lekin hal qilish yoʻlini topa olmaysiz. Oʻylab-oʻylab oxiri zerikasiz. Umuman bu muammo haqida oʻylamagan paytingiz yechimi oʻz-oʻzidan miyangizga yarq etib kelib qoladi. Bu holat fanda “intuitsiya” deb yuritiladi. Falsafa, sanʼat, ilm yoki boshqa istalgan sohadagi kashfiyot intuitsiya boshqichidan oʻtadi. Shoir yoki yozuvchiga ilhom kelishi ham aynan intuitsiya bilan bogʻliq. Ijodkor ongida anchadan buyon toʻplanib turgan fikr 13 Jahon falsafasi tarixidan lavhalar. 1-kitob.Toshkent.2004 14 Лейбниц Г.В. Монадология. Соч. В 4 т. Т. 1. – М., 1982. – 418 с 15 Imom G`azzoliy “ Mukoshafat ul-qulub” asari Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 390 “etiladi” va qalbga taʼsir qilib tuygʻu uygʻotadi. Xuddi shu jarayon ijodda ilhom deyiladi. Intuitsiya — bizning ruhiyatimiz va qalbimizni idrokimiz bilan bogʻlovchi vosita. U tafakkur va mantiq doirasidan ancha olislab ketadi. Intuitsiya jarayonida nafaqat tasavvur, balki timsol, majoziy belgilar hamda insoniyat taraqqiyoti davomida shakllangan barcha gʻayrioddiy imkoniyatlar ishtirok etadi. Shu bois intuitsiya imkoniyat borasida bizga ancha tanish va tushunarli boʻlgan boshqa idrok vositalaridan ancha ustun turadi. Shu o`rinda shuni ham aytish joizki, albatta ilmning o‘rni qalb, ya’ni hamma a’zolarning tadbirini qilib turuvchi ilohiy ne’matdir. Butun a’zolar qalbga itoatda bo‘lib, uning xizmatini qiladilar. Qalb ma’lumotlarga bog‘liqlikda turli-tuman narsalarning suratlariga bog‘liq oyna-ga o‘xshaydi. Albatta turli-tuman narsalar bir suratdir va o‘sha suratning misli oy-naga muhrlanib, unda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, har bir narsaning haqiqati mavjud bo‘lib, o‘sha haqiqatning ham surati bor. Bu surat qalb oynasida aks etib, unda ravshanlashadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 1.Qiyom Nazarov. “Bilish falsafasi” kitob. Tosh.2005 2. Erniyozov O`rozboy “ Ontologiya, gnoseologiya,mantiq”. Toshkent. 2024 3.Imom G`azzoliy “Mukoshafat-ul-qulub” Toshkent.2002. 4.“Falsafa va tasavvuf” BuxDU. 2008 5.Jahon falsafasi tarixidan lavhalar. 1-kitob.Toshkent.2004 6. Jaloliddin Rumiy.”Ichingdagi ichingdadur”T. ;Yangi asr avlodi,2019, B-9 7.Abdurahim Erkayev. “Ilohiy tuyg`ular tutashuvi”//” Tafakkur jurnali..Tosh.2019. 3son 8.Shermuhammedova N.A. Gnoseologiya-bilish nazariyasi.-Toshkent: Noshir,2009 9. Ibn Sino.Tanlangan falsafiy asarlar. Moskva 1980. 10. Imom G`azzoliy. Iymon ilmlarining tiriltirilishi.-Moskva.1980. 79-bet