scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KORRUPSIYANI ILDIZIDAN YOʻQOTISH: PORA BERISH AMALIYOTIGA QARSHI KURASH

Xoshimjonova Gulruxoy Nosirjon qizi

Abstract

Hozirgi kun global muammolaridan biri boʻlgan korrupsya-jamiyat va millatning rivojlanishiga jiddiy toʻsqinlik qiluvchi illatdir. Korrupsiyaga qarshi koʻplab davlatlar samarali kurash olib bormoqda. Ushbu maqolada ham aynan Korrupsiyaga oid muammolar va ularga ta'sirchan yechimlar eng muhimi esa korrupsiyada pora berishning ijtimoiy xavfliligi, korrupsiyaning boshlanishi sabablari yoritiladi. Bundan tashqari mazkur maqolada xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurash tajribasi, pora beruvchining korrupsiyaviy jinoyatdagi roli va mas’uliyati bayon etiladi. Maqolada shuningdek, hozirgi kunda yurtimizda korrupsiyaga qarshi olib eborilayotgan va amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy tajribalarni qoʻllash amaliyoti tahlil qilinadi.

Full text

1065 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 KORRUPSIYANI ILDIZIDAN YOʻQOTISH: PORA BERISH AMALIYOTIGA QARSHI KURASH Xoshimjonova Gulruxoy Nosirjon qizi Namangan davlat universiteti “Yuridik” fakulteti 1kurs talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17774972 Annotatsiya. Hozirgi kun global muammolaridan biri boʻlgan korrupsya-jamiyat va millatning rivojlanishiga jiddiy toʻsqinlik qiluvchi illatdir. Korrupsiyaga qarshi koʻplab davlatlar samarali kurash olib bormoqda. Ushbu maqolada ham aynan Korrupsiyaga oid muammolar va ularga ta'sirchan yechimlar eng muhimi esa korrupsiyada pora berishning ijtimoiy xavfliligi, korrupsiyaning boshlanishi sabablari yoritiladi. Bundan tashqari mazkur maqolada xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurash tajribasi, pora beruvchining korrupsiyaviy jinoyatdagi roli va mas’uliyati bayon etiladi. Maqolada shuningdek, hozirgi kunda yurtimizda korrupsiyaga qarshi olib eborilayotgan va amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy tajribalarni qoʻllash amaliyoti tahlil qilinadi. Kalit soʻzlar: korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurash, pora, pora beruvchi, xorijiy tajriba, javobgarlik, qonunlar. Аннотация. Одной из актуальных любальных проблем современности является коррупция-явление, которое серьёзно препятствует развитию общества и нации многие государства ведут эффективную борьбу с коррупцией. В данной статье рассматриваются коррупционные проблемы и эффективные решения, уделяя особое внимание общественной опасности взяточничества, причинам возникновения коррупции. Кроме того, в статье анализируется опыт иностранных государств в борьбе с коррупцией, роль и ответственность дающего взятку в коррупциионном преступлении. Также рассматриваются осуществляемые в нашей стране меры и реформы по противодействию коррупции а также практика применения зарубежного опыта. Ключевые слова: коррупция, борьба с коррупцией взятка, взяткодатель, зарубежный опыт, ответственность, законы. Annotation. One of the major global issues today is corruption , which seriously hinders the development of society and the nation. Many countries are actively implementing effective measures to combat corruption. This article examines corruption related problems and practical solutions, with particular focus on the social danger of bribery and the causes of corruption. In addition, the article analyzes the anticorruption experience of foreign countries, the role and responsibility of the bribe - giver in corruption - related crimes. The paper also discusses current reforms and measures being implemented in our country to combat corruption, as well as the application of international best practices. Keywords: corruption, anticorruption, bribery, bribegiver, foreign experience liability, legislation. Jamiyatga va insonlar hayotiga ijtimoiy xavf tugʻdiruvchi, hozirgi kunda keng tarqalgan jinoyat bu korrupsiya. Korrupsiyaga qarshi butun dunyo mamlakatlari kurash olib bormoqda. Korrupsiya ayniqsa hozirgi davrda yoshlarga va kelajakka tahdid soluvchi eng katta xavf tugʻdiruvchi jinoyat ekani hech kimga sir emas. Shuningdek koʻp davlatlarning birlashtirib turuvchi tashkilotlar ham ushbu jinoyatga qarshi samarali va ta’sirchan kurash olib borish gʻoyalarini ishlab chiqishmoqda. 1066 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Shu jumladan yurtimizda ham mazkur jinoyatga qarshi qator islohotlar olib borilmoqda. Prezidentimizning joriy yilning 19sentabrida qabul qilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolik institutlarining ishtirokini yanada kuchaytirish va ilmiy tadqiqotlarni qollab quvvatlash chora tadbirlari toʻgʻrisidagi” PQ-288sonli qarorida ham oʻz aksini topgan [1]. Soʻngi yillarda korrupsiyaviy jinoyatlarni tartibga solishda “pora olish” koʻrinishiga e'tibor berish bilan birgalikda “pora taklif qilish va berish” holatlari ham davlat tomonidan nazoratga olingan. Jumladan Prezidentning 2025yil 5mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining yigʻilishida ishtirok etib, yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratish boʻyicha qilingan ishlagan baho berib keyingi vazifalarni belgilab berdi. Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarda korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik bugungi kunda juda ham muhimi. Korrupsiya -davlat organi mansabdor shaxslarining oʻz mansab mavqeidan foydalanib pora taklif etganlar shaxsning foydasiga biror harakatni sodir etish yoki sodir etmaslik hisoblanadi. Bu holat esa jinoyat huquqi bilan tartibga solinadi . Jinoyat kodeksining 210-211moddalari pora olish va berish koʻrinishidagi jinoyat uchun sanksiya belgilab qoʻyilgan, ushbu moddalarning jazo qismi bir xil ya’ni pora berish ham pora olish jinoyati kabi bir xil darajaga ega [2]. Ammo, ular oʻrtasida farq bor. Agar pora bergan shaxs oʻz ixtiyoriga koʻra 30 kun ichida ushbu voqea haqida tegishli organlarga xabardor bersangiz va chin yildan pushaymon boʻlsa u javobgarlikdan ozod etiladi [3]. Aynan ushbu norma orqali pora beruvchi jinoyatini anglashi va uning ijtimoiy xavfli ekanligini agar, ushbu jinoyatning oldi olinsa javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligini bilgan holda xarakatlanishiga sabab boʻladi. Bu orqali pora berish jinoyati ma'lum darajada kamayadi, chunki normaning bu qismiga amal qilishni shaxs oʻz 1. Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining PQ-288 sonli qarori 2. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 210-211moddalari 3. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 211-212moddalari ixtiyoriga koʻra amalga oshiradi. Bundan tashqari jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni oshirish ham korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatlarni shakllantiradi[4]. Pora berish harakati korrupsiyaviy jinoyat zanjirining boshlanishi desa ham boʻladi. Aynan pora berishni taklif etish orqali jinoyatga yoʻl ochiladi . Shu sababi ham fuqarolarning huquqiy ongini oshirish mamlakatimizni rivojlantirish yoʻlidagi asosiy vazifa hisoblanadi . Bu esa “ Korrupsiyaga qarshi kursh toʻgʻrisidagi “ qonunda ham belgilangan. Hozirgi kunda transmilliy muammoga aylangan korrupsiyaga qarshi xorijiy davlatlarda ham samarali chora tadbirlari olib borilmoqda. Xususan, Singapur, Finlandiya, Daniya va Norvegiya kabi davlatlarda korrupsiyaviy jinoyat sezilarli darajada kamaygan. Bunga sabab davlat organlarini shaffof faoliyatda ish yuritishi , davlat tomonidan nazoratga olinishi va ta'sirchan boʻlgan normalarning joriy qilinishi va mavjudlarini takomillashtirish orqali erishilgan. Aynan manashu tajribalar asosida mamlakatimizda ham ” Korrupsiyadan holi hudud” yaratish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi faoliyat yuritmoqda [5]. Xulosa qilib aytganda korrupsiyaga qarshi kurashdagi asosiy muammolaridan biri boʻlgan huquqiy ong va madaniyatni pastligi ham jamiyatda bunday jinoyatlarni avj oldirishga sabab boʻlmoqda. Bu muammolarga qarshi kurashish maqsadida “Jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish toʻgʻrisida “ gi qonunda belgilab qoʻyilgan dasturlar bundan tashqari “Oʻzbekiston -2030" strategiyasida oʻz tasdigʻini topgan asosiy ustuvor yoʻnalishga muvofiq davlat siyosatini olib borish, eng muqobil boʻlgan usullardan foydalanish mamlakatlari bunday jinoyatlarni kamaytirishda samarali boʻlishi mumkin. Boisi 1067 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 4. S.S Niyozova “Korrupsiyaga kurashda komplayens nazorat tizimi 5. Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashdagi nutqi huquqiy ongi mustahkam boʻlgan shaxs oʻz manfaatini uchun qonunlarga qarshi chiqmaydi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Oʻzbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida “gi qonuni 2. “Jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish toʻgʻrisida” gi qonun 3. S.S.Niyozova “Korrupsiyaga qarshi kurashishda komplayens nazorat tizimi” 4. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 5. http://Anticorruption.uz 6. https://lex.uz 7. https://www.norma.uz