scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ADVOKATLIK FAOLIYATINING RIVOJLANISH TARIXI VA BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Baxtiyorova Anaxon Anvarbek qizi; Qodiraliyeva Ijobat

Abstract

Maqolada Advokatlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Advokatlik faoliyatining tarixiy shakllanishi va o’zgarishlari, O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin amalga oshirilgan islohotlar, uning mustahkamlanishi va jamiyatdagi roli yoritiladi. Ushbu maqolada advokatlik faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari, talablari, majburiyatlari, uni tartibga soluvchi qonunlar va normativ hujjatlar va ularning huquqiy pozitsiyalarini amalga oshirilgan yuridik islohotlar ahamiyati ko’rsatilgan. Advokatlik faoliyatining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillar haqida batafsil fikrlar keltirilgan. Maqola O’zbekiston huquq tizimining yangilanishi va rivojlanishining muhim aspektlarini yoritib, kelajakda advokatlik faoliyatining yanada samarali yuritilishi uchun zarur bo’lgan takliflarni ishlab chiqadi

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1000 ADVOKATLIK FAOLIYATINING RIVOJLANISH TARIXI VA BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI Baxtiyorova Anaxon Anvarbek qizi Namangan davlat universiteti “Yurisprudensiya” yo’nalishi 1-kurs talabasi. Qodiraliyeva Ijobat Ilmiy rahbar. E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17775821 Annotatsiya. Maqolada Advokatlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Advokatlik faoliyatining tarixiy shakllanishi va o’zgarishlari, O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin amalga oshirilgan islohotlar, uning mustahkamlanishi va jamiyatdagi roli yoritiladi. Ushbu maqolada advokatlik faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari, talablari, majburiyatlari, uni tartibga soluvchi qonunlar va normativ hujjatlar va ularning huquqiy pozitsiyalarini amalga oshirilgan yuridik islohotlar ahamiyati ko’rsatilgan. Advokatlik faoliyatining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillar haqida batafsil fikrlar keltirilgan. Maqola O’zbekiston huquq tizimining yangilanishi va rivojlanishining muhim aspektlarini yoritib, kelajakda advokatlik faoliyatining yanada samarali yuritilishi uchun zarur bo’lgan takliflarni ishlab chiqadi Kalit so’zlar: advokatlik kasbi, advokatlik faoliyati, advokatlik instituti, kasb estikasi, litzensiya, guvohnoma, memorandum. Advokatlik kasbi dunyodagi eng qadimiy kasblardan biridir. Advokatlar ilk bor qadimgi Rimda paydo bo’lgan va «patronlar» deb nomlangan. Ammo bu kasb O’zbekiston hududida XX asrlarda keng tarqala va rivojlana boshladi.Chunki o’sha vaqtlarda o’zbek millatida ilk advokat sifatida e’tirof etilgan shaxs Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayevdir.Keyinchalik davlatimiz mustaqillikka erishgach, advokatlik kasbiyning yanada rivoji uchun 1996-yil ilk bora “Advokatura to’g’risida”gi qonun qabul qilindi va bu qonun bilan advokatura faoliyat ko’rsatish shakli, vazifa va majburiyatlari tartibga solingan, yana boshqa yangi islohotlardan biri buO’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida 2023-yil 30-aprelda advokatura uchun alohida bob ajratilganini aytib o’tishim mumkin.XXIV bob advokaturaga bag’ishlangan bo’lib,unda advokaturaning mohiyati va vazifalari mohiyati ochib berilgan.Shuningdek,advokat so’zining ta’rifi va advokatlik faoliyati bilan bog’liq asosiy normalar 2017-yil 3-mayda qabul qilingan “Advokatlik va advokatlik faoliyati to’g’risida”gi qonunida yoritilgan. “Advokat - oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida advokat bo‘lishi mumkin. Advokatlik — bu qonuniy vakolatga ega bo‘lgan, shaxslarning, yuridik shaxslarning, davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy manfaatlarini himoya qilish, sud va boshqa organlardagi vakillik faoliyatini amalga oshirish, shuningdek, qonunlar bilan belgilangan boshqa huquqiy xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatdir”- bu jumlalar ushbu qonunning 1-moddasida shunday deyilgan. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1001 Kimlar advokat bo’la oladi? Advokat bo’lish uchun talablar:O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lishi,oliy yuridik ma’lumotga ega bo’lishi;yuridik mutaxassislik bo’yicha kamida 3 yillik ish stajiga ega bo’lishi,advokatlik huquqini beruvchi litzensiyani olishi uchun malaka imtihonini topshirishi,malaka amaliyotini o’tagan bo’lishi lozim va sudlangan bo’lmasligi,ayrim hollarda afv etilgan bo’lsa ham to’siq bo’lishi mumkin,eng asosiy jihati shundaki,talabgor tibbiy va ruhiy jihatdan advokatlikka yaroqli deya topilishi shart.Faoliyat boshlanishi uchun zaruriy bosqich bu qasamyod qabul qilinishidir. Adabiyotlar tahlili va metodlari “Advokatura to’g’risida”gi qonunning 3-moddasi advokatning faoliyat turlari va cheklovlar haqida ma’lumot beradi. Advokat quyidagilardan tashqari haq to’lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug’ullanishi mumkin emas: • Ilmiy va pedagogik faoliyat • O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidagi va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyati • Patent vakili va mediator sifatida faoliyat yuritishi mumkin. • Shartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlari va boshqa tashkilotlarda yuridik xizmat xodimi sifatida ishlashi mumkin. • Hakamlik sudlarida va xalqaro tijorat arbitrajlarida sudya sifatida faoliyat • Sud boshqaruvchisi sifatidagi faoliyat Senatning qirq uchinchi yalpi majlisida «Advokatura to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida»gi Qonun ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga advokaturaga ishga qabul qilish tartib-taomilini yanada soddalashtirish, shuningdek, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga doir litsenziyani olish tartibini soddalashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.Senatorlarning fikricha, ushbu Qonunning qabul qilinishi advokatura sohasining jozibadorligini oshirishga hamda mazkur sohaga yosh kadrlarni va yuridik mutaxassislik bo‘yicha ikki yillik ish stajiga ega bo‘lmagan kadrlarni jalb etishning samarali tizimini yaratishga xizmat qiladi.Hozirda litzensiya Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan tegishli malaka komissiyalarining qarorlari asosida beriladi.Undan tashqari yana bir yangilanish bu¬-O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019-yil 10-sentabrda imzolagan “Ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonun bilan bir qator qonunlarga o'zgartirishlar joriy etildi.Yangi Qonunning 5-moddasiga muvofiq, 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan «Advokatura to'g'risida»gi qonunning 31 va 17-moddalariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi.Xususan, «Advokat maqomiga ega bo'lish» nomli 31-modda quyidagi mazmundagi o'ninchi qism bilan to'ldirildi: «Advokatlik guvohnomasining shakli va uni berish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi».Shuningdek, 17-modda birinchi qismining O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o'z vakolatlari doirasidan oltinchi xatboshisi chiqarib tashlandi ya’ni advokatlik guvohnomasining shaklini va uni berish tartibi. Ushbu moddaning yettinchi xatboshisi ya’ni order shaklini tasdiqlashi oltinchi xatboshi deb hisoblandi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1002 Belgilangan tartibda litzensiya olgan talabgor 3 oy ichida advokat qasamyodini qabul qilgan holda o’z faoliyatini boshlashi mumkin va faoliyatini boshlagan tuzilmadan uni tasdiqlovchi hujjat adliya organi tomonidan ro’yhatga olinadi va 2 ish kuni ichida talabgorga advokatlik guvohnomasi beriladi va shunday keyin Advokatlik palatasining rasman a’zosi hisoblanadi. Bundan tashqari, 1994 yil 22 sentyabrda tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi 283-moddasi yangi, beshinchi qism bilan to'ldirilgani munosabati bilan amaldagi beshinchi qism oltinchi qism deb hisoblanadigan bo'ldi. Bu qismning matni quyidagicha: «Ushbu Kodeksning 197-1-moddasida nazarda tutilgan advokatning professional faoliyatiga to'sqinlik qilingan taqdirda, advokat ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzmasdan o'z arizasida huquqbuzarning shaxsi to'g'risidagi ma'lumotlarni, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, vaqtni va bu huquqbuzarlikning mohiyatini, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo'lgan boshqa ma'lumotlarni ko'rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega».Albatta,advokatning shaxsiy daxlsizligi ham kasbiy faoliyati ham davlat himoyasidadir.Shu bilan birga davlat advokatlar oldiga bir necha majburiyatlarni ham qo’ygan.Bular-yuridik yordam so‘rab murojaat qilgan yuridik va jismoniy shaxslarga ularning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida maslahat berishi; yuridik yordam so‘rab murojaat qilgan shaxsning ishiga uning holatini og‘irlashtiradigan kasbiy nuqtai nazar bilan yondashmasligi ishonch bildiruvchi shaxsning ya’ni o‘z himoyasi ostidagi shaxsning nuqtai nazariga ko‘ra noqonuniy qaror chiqarilgan taqdirda, bu qaror ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilishi shart qolaversa,advokatlar qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.Ushbu majburiyatlarni advokatlar to’la-to’kis amalga oshirishi uchun unga yordam bo’la oladigan huquqlari ham mavjud. Quyidagilar:  qonunda belgilangan tartibda ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni ko‘chirib olish;  o‘z himoyasidagi shaxs bilan u ushlangan paytdan boshlab qonunchilikda belgilangan tartibda miqdori va muddati cheklanmagan xoli uchrashuvlar o‘tkazish;  iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida yoki sud muhokamasi jarayonida davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sudekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan ekspertiza o‘tkazilishini so‘rash;  ekspertiza xulosasi ish materiallariga qo‘shib qo‘yilishini va sud tomonidan ushbu xulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilish;  ish materiallari bilan tanishish hamda ishni sudda va boshqa organlarda ko‘rish chog‘ida ovoz yozish qurilmalari hamda boshqa texnika vositalaridan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish;  agar jinoyat ishini yuritishda, shuningdek fuqarolik ishini, iqtisodiy ishni yoki ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish va hal etishda himoyani yoki vakillikni amalga oshirish zaruriyati taqozo etsa, davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sir hisoblangan ma’lumot bilan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tanishish. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1003 Advokat qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega. Advokatlik kasbi bu-butun dunyoda, shu jumlada bizning mamlakatimizda ham ommaviy kasb hisoblanadi. Adliya vazirligining ochiq va rasmiy saytida 2025-yilda O’zbekistonda 6175 nafar advokat faoliyat yuritmoqda. Shu sababli O’zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining II konferensiyasining 2013-yil 27-sentabrdagi qarorining 8-ilovasi Advokatlik kasbining etikasi haqida ma’lumotlar keltirilgan va bu qaror asosida ushbu qonun “Advokatning kasb etikasi qoidalari”-deya nomlanib,o’z ichiga 7 bo’lim 63 normani jamlagan. Advokatura to'g'risidagi qonunchilikka kiritilgan advokatlik tuzilmasi bo'lgan advokatlik byurosi bilan bog'liq muhim o'zgarishni alohida ta'kidlash lozim. 2018 yil 11 oktyabrda qabul qilingan qonunga muvofiq advokatlik byurolarini ta'sis etgan advokatlar o'z faoliyatini mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda o'ziga tegishli bo'lgan turar joylarda amalga oshirishi mumkin, bunda advokatga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan turar joylarni advokatlik byurosi faoliyatida foydalanish uchun noturar joy toifasiga o'tkazish talab etilmaydi. Bu esa advokatura institutiga kirayotgan yangi advokatlar uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Shu sababli, bugungi kunda advokatlik byurosi eng ko'p tashkil etiladigan advokatlik tuzilmalari orasida yetakchi o'rinni egallaydi.Advokatura faoliyatidagi ortiqcha sansalorlik, byurokratiya va qog'ozbozlikni bartaraf etish, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjat almashinuvini yo'lga qo'yish maqsadida 2022 yil 30 mayda O'zbekiston Prezidentining c qabul qilindi.Shu bilan birga,O’zbekiston Respublikasi bunday malakali va bilimli kadrlarning kuchidan har bir fuqaro foydalana olishi uchun 2023 yil 16 iyunda O'zbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish to'g'risida”gi qonuni O'ZQ-848 qabul qilindi. Ushbu qonunga ko'ra, Adliya vazirligi davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi sifatida belgilandi. Shuningdek, qonunda davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatishning asosiy tamoyillari, bunday yordam ko'rsatuvchi shaxslar, davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatiladigan ishlar toifalari, davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatishni rad etish va to'xtatish asoslari, hamda davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatishni moliyalashtirish asoslari va manbalari belgilab berildi. Muhokama va natijalar. Advokatura rivojlanishi uchun hozirgi kunda ko’plab konferensiyalar ham o’tkazilmoqda. Bunga misol qilib aytishim mumkin,2022-yilning 4-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasining konferens-zalida bo’lib o’tgan “Advokaturaning rivojlanish istiqbollari: O’zbekiston va xorijiy davlar tajribasi” mavzusida Xalqaro II konferensiya bo’lib o’tdi. Ushbu Konferensiyani o‘tkazishdan asosiy maqsad, advokatura institutini mustahkamlash, uni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish, xorijiy mamlakatlar advokatlik hamjamiyati vakillari bilan tajriba almashish, raqamlashtirish davrida advokatlik faoliyatining istiqbollari to‘g‘risida xorijiy va milliy ekspert guruhlarini fikrlarini tahlil qilish, bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarga yechim izlash, advokatlarning malakasini oshirish va tadbirkorlik sub'ektlariga hamda investisiya faoliyatida malakali huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini tahlil qilish hamda amaliyotning dolzarb masalalari yuzasidan fikr va xalqaro tajriba almashishdan iborat bo‘ldi. Undan tashqari 2019-yilning 26aprelida Toshkentda I Xalqaro yuridik forum” Tashkent Law Spring” ya’ni “Toshkent huquq ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1004 bahori” o’tkazilgan edi, ushbu forumda advokatlarning sessiyasida,O’zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan bir qator xorijiy davlatlarning advokatlar hamjamiyalari o’rtasida hamkorlik bo’yicha anglashuv memorandum imzolangan edi.Xuddi shuning davomid sifatida,bugungi Xalqaro anjumanda Qozog’iston,Qirg’iziston,Hindiston,Gruziya va Armaniston bilan hamkorlik memorandum imzolandi. Xulosa va takliflar. • Sun’iy intellekt va huquqiy tahlil – Sud hujjatlarini avtomatlashtirish va tezkor tahlil qilish rivojlanadi. • Masofaviy maslahatlar – Advokatlar onlayn konsultatsiyalar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. • Xalqaro yuristlar – Advokatlar xalqaro qonunchilik bo‘yicha ishlashga moslashishi kerak bo‘ladi. Shu sababli, advokatlar doimiy ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtirib, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashni o‘rganishlari kerak. • Protsessual kafolatlarni kuchaytirish aybsizlik prezumpsiyasiga qa’tiyan rioya qilish; • Advokatlik institutini kuchaytirish orqali surishtiruv va dastlabki tergov davomiyligida, shaxslarning protsessual tartibda o’tkaziladigan tergov harakatlari jarayonida, maksimal himoyasini ta’minlashga erishish; • Sudga qadar ish yuritishda advokatning faolligini oshirish orqali, tergovning shaffof, ochiq, belgilangan tartibda, xolisona o’tkazilishini ta’minlash; Advokatlarning malakasini oshirish advokatura organlari xodimlarini inson huquqlari bo’yicha xalqaro standartlarga mos ravishda doimiy o’qitish va malaka oshirish tizimini yanada takomillashtirish choralarini amalga oshirish zarur. Xorij tajribasidan misol keltirishimiz mumkin, Rossiya va Germaniya davlatlarida advokatlarni muntazam ravishda o’qitish uchun maxsus o’quv kurslarini olib boradi. Masalan, Rossiya har yili majburiy ravishda malaka oshirish kurslariga jalb qilishi va bu boshqaruvni Advokatlar palatasi olib borishi haqida ta’kidlashim mumkin va bunday kurslar 40 soat atrofida olib boriladi. Germaniyada esa bu turdagi o’quv kurslari “Fortbildungspflicht” -deb ataladi. Kurs davomiyligi 15 akademik soat bo’ladi.Malaka oshirmagan advokatlar ustidan intizomiy choralar qo’llanadi. Birinchi navbatda, advokatlar o‘z kasbiy faoliyatida qonun ustuvorligi va adolat tamoyillarini qat’iy ta’minlashi, mijozining daxlsizligi, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi, himoya huquqlarini cheklashda qonuniy me’yorlardan chetga chiqmasligi lozim. Advokatlar inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda nafaqat mijoz manfaatlarini ta’minlaydi, balki jamiyatda adolat qaror topishi va fuqarolarning huquqni muhofaza qiluvchi organlarga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.Shuningdek, advokatlar faoliyati ochiq va shaffof bo‘lishi, himoya jarayonida zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanishi muhim ahamiyatga ega. Masalan, elektron hujjat aylanish tizimlari, raqamli platformalar orqali huquqiy hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish advokat ishini yengillashtiradi. Xorijiy davlatlar tajribasida, xususan advokatlar ham sud-tergov hujjatlariga raqamli platformalar orqali tezkor kirish imkoniga ega bo‘lib, bu jarayon shaffoflikni oshiradi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1005 Kelajakda advokatlik faoliyatiga sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni keng tatbiq etish orqali ish samaradorligini oshirish, huquqiy tahlillarni avtomatlashtirish, dalillarni tezkor qayta ishlash imkoniyatlari yuzaga keladi. Bu esa inson omilidan kelib chiqadigan xatoliklarni kamaytiradi va fuqarolarning huquqiy himoyasini yanada ishonchli qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar va axborot resurslari: 1. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 2. Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati ma’lumotlari 3. “Advokatura to’g’risida”gi qonun 4. “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatliklarning ijtimoiy himoyasi to’g’risida”gi qonun 5. “Ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonun 6. “Advokatning kasb etikasi qoidalari” 7. Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish to'g'risida”gi qonuni 8. O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi