scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KOSTYUM DIZAYNIDA SUN'IY INTELEKTNING O'RNI VA IMKONIYATLARI

Valiyev, Gulam; Tolibjonov, Abbosjon

Abstract

Ushbu maqolada kostyum dizayni sohasida sun’iy intellektning tutgan o‘rni va imkoniyatlari, texnologiyalarning bu jarayonga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani hamda zamonaviy texnologiyalarning kreativ jarayonlarga qo‘shgan hissasi haqida fikr yuritiladi. Sun’iy intellekt orqali avtomatlashtirilgan dizayn jarayonlari, mijoz talablarini tahlil qilish, yangi materiallar tanlash va shaxsiylashtirish imkoniyatlari batafsil yoritiladi.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 950 KOSTYUM DIZAYNIDA SUN’IY INTELEKTNING O‘RNI VA IMKONIYATLARI Farg‘ona davlat texnologiya universiteti Yengil sanoat muhandisligi kafedrasi t.f.d. professori Valiyev Gulam Nabidjanovich Tolibjonov Abbosjon Azizjoon o‘g‘li M43-25 TBTKI guruh talabasi Annotatsiya:Ushbu maqolada kostyum dizayni sohasida sun’iy intellektning tutgan o‘rni va imkoniyatlari, texnologiyalarning bu jarayonga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani hamda zamonaviy texnologiyalarning kreativ jarayonlarga qo‘shgan hissasi haqida fikr yuritiladi. Sun’iy intellekt orqali avtomatlashtirilgan dizayn jarayonlari, mijoz talablarini tahlil qilish, yangi materiallar tanlash va shaxsiylashtirish imkoniyatlari batafsil yoritiladi. Аннотация:В статье рассматривается роль и возможности искусственного интеллекта в области дизайна костюмов, его влияние на этот процесс и вклад современных технологий в креативные процессы. Особое внимание уделено автоматизированным процессам проектирования, анализу запросов клиентов, выбору новых материалов и персонализации с использованием ИИ. Annotation:This article explores the role and possibilities of artificial intelligence in costume design, its impact on the process, and the contribution of modern technologies to creative workflows. It highlights AI-driven automated design processes, customer demand analysis, material selection, and personalization. Kalit so‘zlar: Kostyum dizayni, sun’iy intellekt, avtomatlashtirish, kreativ texnologiyalar, shaxsiylashtirish. Ключевые слова:Дизайн костюмов, искусственный интеллект, автоматизация, креативные технологии, персонализация. Keywords:Costume design, artificial intelligence, automation, creative technologies, personalization. So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar hayotimizning deyarli barcha jabhalariga kirib kelib, an’anaviy sohalarni tubdan o‘zgartirib yubordi. Dizayn, moda va to‘qimachilik sanoati ham bundan mustasno emas. Avval qo‘l mehnati, ijodiy tasavvur va ko‘p yillik tajribaga tayanib shakllangan kostyum dizayni bugungi kunda sun’iy intellekt (SI) bilan yangi mazmun kasb etmoqda. AI nafaqat jarayonlarni tezlashtirmoqda, balki inson tasavvuri yetmaydigan yechimlarni taklif eta oladigan darajaga yetdi. Shu bois, zamonaviy moda sanoatida SI nafaqat yordamchi vosita, balki strategik innovatsiya manbai sifatida qaralmoqda[1]. Sun’iy intellekt (SI) so‘nggi o‘n yillikda butun dunyo bo‘ylab sanoatning turli tarmoqlariga chuqur kirib bordi. Dastlab ishlab chiqarish, avtomatlashtirish va logistika kabi yo‘nalishlarda qo‘llangan sun’iy intellekt bugungi kunda moda sanoati, kiyim dizayni va mato yaratish jarayonlarida ham strategik ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy kostyum dizayni endilikda an’anaviy qo‘l mehnati va badiiy qarashlar bilan cheklanib qolmay, balki algoritmlar, neyron tarmoqlar, generativ modellar va kompyuter grafikasi yordamida yangi bosqichga ko‘tarilmoqda[2,3]. AI texnologiyalari dizaynerlarga avval tasavvur qilib bo‘lmaydigan imkoniyatlarni beradi: murakkab naqshlarni bir necha soniyada yaratish, mijoz tanasi o‘lchamiga mos 3D modellar ishlab ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 951 chiqish, rang uyg‘unligini matematik tarzda baholash, moda tendensiyalarini oldindan tahlil qilish, shuningdek, iste’molchilar xohishiga mos individual kiyim yaratish jarayonini avtomatlashtirish[4]. AI integratsiya qilingan 3D vizualizatsiya tizimlari hozirda prototip yaratish jarayonida inqilob yasamoqda. Maxsus dasturlar yordamida matoning harakatlanishi, burmalanishi, yorug‘likda aks etishi kabi jarayonlar real fizik xususiyatlar asosida simulyatsiya qilinadi. Bu dizaynerga matoni qo‘lga olib ko‘rmasdan turib ham tayyor mahsulot qanday ko‘rinishini baholash imkonini beradi. Bundan tashqari, brendlar AI asosidagi virtual podiumlardan foydalanib, o‘z kolleksiyalarini jismoniy modellar yoki sahna xarajatlarisiz namoyish qilishlari mumkin. Bu ekologik va iqtisodiy jihatdan juda samarali yechimdir[5]. SI asosida kostyum dizaynini avtomatlashtirish: Hozirgi zamon algoritmlari, xususan, Generativ Adversarial Networks (GAN), Diffusion Models va Variational Autoencoders (VAE) kostyum dizayniga yangi imkoniyatlar ochdi. Ushbu modellar yordamida: yangi kolleksiyalar uchun g‘oyalar avtomatik generatsiya qilinadi; mato teksturalari, naqshlar va rang kombinatsiyalari taklif qilinadi; vintage va zamonaviy uslubni sintez qiluvchi dizaynlar yaratish mumkin bo‘ladi; brend identitetiga mos dizayn variantlari tezda shakllantiriladi[6]. Generativ modellar yordamida nafaqat tayyor kiyim dizaynlarini yaratish, balki butun boshli kolleksiyalarning konseptual asosini ishlab chiqish ham mumkin bo‘lib qoldi. Masalan, Diffusion modeli asosida ishlovchi tizimlar “mavsumiy kayfiyat”, “etnik uslub”, “minimalizm”, “futurizm” kabi mavzular bo‘yicha kompozitsion eskizlarni mustaqil ravishda yaratadi. Bu esa dizaynerga ilhom olish, yangi g‘oyalarni shakllantirish va original konsepsiyalarni tez topishga yordam beradi. Ushbu jarayon ijodiy eksploratsiyani ancha tezlashtiradi. Masalan, GAN modellarida dizayner 50–100 ta namunaviy kiyim rasmni yuklashi bilan, algoritm shu uslubga mos yangi dizaynlarni yaratib beradi. Bu jarayon qo‘lda bajarilganda haftalar talab qilsa, AI yordamida bir necha daqiqa ichida amalga oshiriladi[7]. Avtomatlashtirilgan jarayonlar. Sun’iy intellekt yordamida dizayn jarayonlari avtomatlashtirilib, vaqt va resurslar tejashga erishilmoqda. Masalan, generativ dizayn algoritmlari yordamida bir nechta variantlar yaratilib, eng yaxshi natija tanlanadi. Bu usul dizaynerlarning vaqtini tejab, ularning kreativ jarayonlarga ko‘proq e’tibor qaratishiga imkon beradi. Mijoz talablarini tahlil qilish. SI asosida ishlovchi tizimlar mijozlarning didi, tanlovlari va talablarini o‘rganib, ularga mos dizaynlarni taklif qilish imkoniyatini beradi. Bu nafaqat individual yondashuvni kuchaytiradi, balki xaridorlarning qoniqishini ham oshiradi. Materiallar tanlash va innovatsiyalar. Texnologiyalar orqali yangi, ekologik toza yoki funksional materiallarni aniqlash va ulardan foydalanish imkoniyati mavjud. Misol uchun, sun’iy intellekt yordamida to‘qimachilik materiallarining chidamliligi, elastikligi va boshqa xususiyatlari tezkor baholanadi[8]. Shaxsiylashtirish imkoniyatlari. SI yordamida mijozlar o‘zlarining o‘lchamlari va didiga mos kostyumlarni onlayn tarzda loyihalashlari mumkin. Virtual o‘lchov tizimlari orqali mos o‘lchamlar aniqlanadi, AR (kengaytirilgan haqiqat) texnologiyalari orqali esa tayyor mahsulotning ko‘rinishi baholanadi. Moda doim o‘zgaruvchan bo‘lgani sababli trendlarni oldindan aniqlash eng murakkab jarayonlardan biridir. SI esa katta hajmdagi ma’lumotlarni – ijtimoiy tarmoqlar, xarid tendensiyalari, sifatli matnlar, global moda haftaliklaridagi kontent – tahlil qilib, kelgusi mavsumlarda mashhur bo‘lishi mumkin bo‘lgan uslublarni bashoratlaydi. Bu brendlar uchun raqobat ustunligini sezilarli darajada oshiradi. Misol uchun, algoritmlar o‘tgan yillardagi naqshlarning siklik qaytishini aniqlab, ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 952 retro uslubning qaytishi yoki minimalizmning pasayishi kabi jarayonlarni oldindan ko‘rsatib bera oladi[9]. Texnologiyalarning rivojlanishi bilan birga muammolar ham yuzaga keladi. Sun’iy intellektdan foydalangan holda yaratilgan dizaynlar avtorlik huquqi masalalarini kun tartibiga olib chiqmoqda. Bundan tashqari, texnologiyaga qaramlik ijodiy jarayonlarga zarar yetkazishi mumkin. Ushbu muammolarni hal qilish uchun SI va inson ijodi o‘rtasidagi balansni ta’minlash muhimdir. Kostyum dizaynida sun’iy intellektning qo‘llanilishi tobora kengayib borayotgani sohaning yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan dalolat beradi. SI texnologiyalari ijodkorlikni cheklamaydi, aksincha, dizaynerning imkoniyatlarini kengaytirib, yangi g‘oyalar yaratish jarayonini tezlashtiradi. Dizayner va texnologlarning hamkorlikda ishlashi kreativ jarayonlarni yanada samarali qiladi, mijozlar ehtiyojiga mos mahsulot yaratish imkonini oshiradi. Sun’iy intellektning to‘g‘ri yo‘naltirilishi esa kostyum dizaynining kelajakda raqamli, qulay va innovatsion yo‘nalishda rivojlanishiga xizmat qiladi. Kostyum dizyni faqat estetika emas, balki texnologik ishlab chiqarish jarayonlarida ham AI yuksak samaradorlikni ta’minlaydi. AI yordamida mato kesish optimallashtiriladi, chiqindilar kamaytiriladi, tikuv jarayonlari avtomatlashtiriladi. Robotlashtirilgan tikuv mashinalari AI bilan birga ishlaganda mahsulot sifatida bir xil standartni ta’minlaydi va inson xatosi darajasi sezilarli kamayadi. Foydalanilgan adabiyotlar [1]. Tursumatova Shaxlo Samiyevna, & Mamatqulova Saida Raxmatovna. (2022). The importance of creating embroidery patterns from the methods of artistic decoration in the light industry. Innovative Technologica: Methodical Research Journal,3(05),1–10. [2].Raxmatovna.M.S.(2022). Analysis of women’s clothes sewing-a study to develop a norm of time spent on the technological process of knitting production. International Journal of Advance Scientific Research.2(03).16-21. [3].Raxmatovna.M.S.(2022).Research on the development of norms of time spend on the technological process of sewing and knitting production; basic raw materials, their composition and properties.Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 3(03), 28-32. ISSN:2776-0987, Volume3, Issue5,May,2022.7 [4]. Raxmatovna.M.S.(2021). The description of perspective fashion trends in men’s clothing. Innovative Technological:Methodical Research Journal,2(10),15-20. [5].Nizamova, B. B., & Mamatqulova, S. R. (2021). Analysis of the Range Of Modern Women's Coats. The American Journal of Engineering and Technology, 3(9), 18-23. [6]. Tursunova, X.Sh., Mamatqulova Saida Rahmatovna. (2020). Ayollar paltosi uchun gazlamalar taxlili. 3 rd international congress of the human and social science researches (itobiad). [7]. Валиев Г. Н. К вопросу параметров намотки мотальной паковки и теоретических зависимостей их определения // Современные технологии и оборудование текстильной промышленности (Текстиль-2012): тезисы докладов Международной научно-технической конференции (Москва, 13-14 ноября 2012 г.). Часть 1. – М.: ФГБОУ ВПО «МГТУ им. Косыгина», 2012. – 140 с., с. 53-54. [8]. Валиев Г. Н., Хомидов В. О., Турдиев М. Способ определения технологичности нитенатяжных приборов текстильных машин // Физика волокнистых материалов: структура, свойства, наукоёмкие технологии и материалы (SMARTEX – 2018): сборник материалов XXI ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 953 международного научно-практического форума (Иваново, 26-28 сентября 2018 г.). – Иваново: ИВГПУ, 2018. – Часть 1, 303 с., с. 185-188. [9]. Валиев Г. Н., Хомидов В. О., Турдиев М. Исследование влияния скорости снования на форму баллона нити натурального шёлка // Международная научная конференция посвященная 110-летию со дня рождения профессора А.Г.Севостьянова: сборник научных трудов международной научной конференции посвященной 110-летию со дня рождения профессора А.Г.Севостьянова (Москва, 10 марта 2020 г.). Часть 2. – М.: РГУ им. Косыгина, 2020. – 302 с., с. 195-199. [10]. Mirboboeva G., Isroilova N., Rakhmonova M. A COMPARATIVE ANALYSIS OF FLAX FIBRE FOR INDUSTRIAL APPLICATIONS //Western European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods. – 2024. – Т. 2. – №. 10. – С. 11-16. [11]. Tursumatova S., Tursunov D., Isroilova N. Research on the Production of Special Clothing for Car Repair Workers, Taking into Account Human Ergonomic Characteristics //Eurasian Research Bulletin. – 2023. – Т. 17. – С. 204-209. [12]. Isroilova N. RESEARCH ON THE PRODUCTION OF MEDICAL SUITS BASED ON FLAX FIBER FABRICS //Journal of science-innovative research in Uzbekistan. – 2025. – Т. 3. – №. 6. – С. 405-409. [13]. Isroilova N. ANALYTICAL STUDY AND FORMATION OF THE ASSORTMENT OF WOMEN'S LIGHTWEIGHT CLOTHING //Journal of science-innovative research in Uzbekistan. – 2025. – Т. 3. – №. 6. – С. 445-451. [14]. Nozimjonovna, O. I. (2022). CONSTRUCTIVE ANALYSIS OF MODERN CIRCULAR NEEDLE KNITTING MACHINES. American Journal Of Applied Science And Technology, 2(06), 75-79.