scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XOTIN-QIZLARNING HUQUQ VA QONUNIY MANFAATLARINI HIMOYA QILISH

Abdushukurova Nozimabonu Abdullo qizi, Xalilov Alisher Dilxayot o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yangi tahririda xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan yaniliklar va bundan tashqari qabul qilingan yangi strategiyalari to’g’risida atroflicha yoritilgan.

Full text

INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 4 XOTIN-QIZLARNING HUQUQ VA QONUNIY MANFAATLARINI HIMOYA QILISH 1Abdushukurova Nozimabonu Abdullo qizi, 2Xalilov Alisher Dilxayot o’g’li 1Andijon qishloq xo’jaligi va arotexnologiyalar instututi o’qtuvchisi 2Yurisprudensiya ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17778523 Annotatsiya. Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yangi tahririda xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan yaniliklar va bundan tashqari qabul qilingan yangi strategiyalari to’g’risida atroflicha yoritilgan. Kalit so’zlar: Konstitutsiya, xotin-qizlarning huquqlari , jamiyat farovonligi, xotinqizlarning erkinliklari va manfaatlarini Abstract. This article provides a detailed description of the provisions of the new edition of the Constitution of the Republic of Uzbekistan aimed at protecting the rights, freedoms and interests of women, as well as the new strategies adopted in addition. Keywords: Constitution, women's rights, social welfare, women's freedoms and interests. Bugungi kunda inson qadr-qimmati, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash g‘oyasi Yangi O‘zbekistondagi demokratik islohotlarning eng muhim harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, Asosiy Qonunimiz xalqimiz uzoq yillar orzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlanish yo‘limiz, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini belgilab berdi. Mamlakatimizda jamiyat va davlat hayotida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratilishiga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiyhuquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Binobarin, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 58moddasida “Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlaydi” 1 , deb belgilangan.Yurtimizda xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan izchil qonunchilik va boshqa chora-tadbirlar tufayli ular oʼz huquq va erkinliklarini, tadbirkorlik, taʼlim, sogʼliqni saqlash, fan va ijtimoiy-siyosiy sohalardagi bilim va koʼnikmalarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi ayollar huquqlarini har doim taʼminlashga alohida eʼtibor beradi. Oʼzbekiston Markaziy Osiyoda birinchilardan boʼlib, 1995-yil 6-mayda BMTning Xotinqizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish toʼgʼrisidagi konventsiyasiga qoʼshildi. Shuningdek, Onalikni himoya qilish toʼgʼrisida, Mehnat va kasb sohasidagi kamsitish toʼgʼrisidagi konventsiyalari va boshqa xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan. Taʼkidlaganimizdek , yurtimizda ayollarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan izchil qonunchilik va boshqa chora-tadbirlar tufayli ular oʼz huquq va erkinliklarini, tadbirkorlik, taʼlim, sogʼliqni saqlash, fan va ijtimoiy-siyosiy sohalardagi bilim va koʼnikmalarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. 1 https://lex.uz/docs/-6445145 INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 5 Ushbu konstitutsiyaviy norma, O‘zbekiston Prezidenti ta’biri bilan aytganda, har bir ayolni oddiy kuzatuvchi emas, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi sifatida ko‘rishimizga imkoniyat beradi. Ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda gender tenglik masalasi barcha davlatlarda muhim masalalardan biri bo‘lib kelgan. Xotin-qizlarning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi faol ishtiroki mamlakat barqarorligi va farovonligining kafolati hisoblanadi. So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda ham xotinqizlarning huquq va manfaatlarini, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning erkaklar bilan teng ishtirok etishini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llabquvvatlash borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu masala davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro hujjatlarda belgilangan inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro standartlar, xususan, gender tenglik qoidalari aks etgan. Jumladan, Bosh qomusimizda O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega ekanligi, xotinqizlar va erkaklar teng huquqliligi, nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanishi haqidagi normalar belgilanishi gender tenglikning konstitutsiyaviy huquqiy asosi kafolatlanganidan dalolat beradi. E’tiborlisi, xotin-qizlarning gender kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston Respublikasida Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, shuningdek, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Jahon iqtisodiy forumi (The Global Gender Gap) o‘tkazgan tadqiqot natijalariga qaraganda, xotin-qizlar erkaklarga nisbatan bir yilda qariyb 35 kundan ko‘proq ishlar ekan. BMT Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) tadqiqotlariga ko‘ra esa, qizlar o‘g‘il bolalarga nisbatan biror ishni bajarishda 35-36 foiz ko‘p vaqt sarflar ekan. Bu xulosalar hali ham dunyoda gender tenglikka erishilmayotganligini ko‘rsatadi. Mamlakatimizda xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ularni har taraflama qo‘llab-quvvatlash hamda intellektual va ijodiy salohiyatini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlarga qarmasdan, homilador va 3 yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarning mehnat huquqlari buzilishi va ular o‘zlariga berilgan imtiyozlardan to‘liq foydalana olmayotganligi holatlari hali ham uchrab turibdi. Shunday holatlarni bartaraf etish maqsadida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 42moddasida: “Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi”, deb belgilandi. Ushbu masalaga davlatimiz rahbari e’tibor qaratar ekan, yangi avlodni dunyoga keltirayotgan, farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan ayollarga azal-azaldan xalqimiz alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelganini ta’kidlagani bejiz emas. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining 85-maqsadi doirasida ham ayollar orasidagi ishsizlik darajasini 2 baravar kamaytirish, ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish va o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlari belgilangan. Taraqqiyot strategiyasining 69-maqsadi doirasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, turmush va INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 6 mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni belgilash masalasi qo‘yilgan. 2 Lekin, shunga qaramay, jamiyatimiz hayotining u yoki bu sohasida ayollar huquqlari yashirin tarzda bo‘lsa ham cheklanayotgan holatlar ba’zan ko‘zga tashlanib qolmoqda. Ayniqsa, homilador va yosh bolasi bor ayollarning mehnat huquqlarini amalga oshirishda to‘sqinliq qilish va ayrim hollarda qo‘pol ravishda buzilishi amaliyotda ko‘p uchraydi. Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 28-maydagi SQ-297-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining 2024-yilda ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashga, xotin-qizlarning iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan 14 ta normativhuquqiy hujjat (2 ta qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1 ta Farmoni va 2 ta qarori hamda hukumatning 9 ta qarori) qabul qilindi. Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilarining bilim va kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish qaratilgan oʻquv dasturlari doirasida 827 nafar xotin-qiz oʻqitildi. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalar kvotasi doirasida bakalavriat va magistratura taʼlim yoʻnalishiga xotin-qizlar uchun 30 tadan qoʻshimcha oʻrin ajratildi. Shuning hisobidan 148 nafar xotin-qiz xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish uchun jamgʻarma stipendiyasini qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, xotin-qizlarning 68 ta startap loyihasi uchun Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan 25,5 mlrd soʻm ajratilib, 348 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan oʻtkazilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi va granti tanlovlarida xotin-qizlar bandligini taʼminlash, erta nikoh va ajrimlarni kamaytirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ularga huquqiy, psixologik koʻmak koʻrsatish sohalari boʻyicha 12 ta loyiha uchun 1,9 mlrd soʻm ajratildi. Natijada 900 ga yaqin xotin-qizlar kasbhunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitildi. Jahon banki indeksida Oʻzbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida qayd etildi. Gender tenglik va boshqaruv indeksida (GEGI) Oʻzbekiston 51 ta pogʻonaga koʻtarilib, 52-oʻrinni egalladi. 3 Asosiy qonunimiz Konstitutsiyadan tashqari “2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2025-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ga ko’ra : ish joylarida xotin-qizlarning xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida Mehnat xavfsizligi va mehnat gigiyenasi tartiblarini takomillashtirish choralarini koʻrish. Vazirlik, idora, tashkilot va taʼlim muassasalaridagi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha Maslahat kengashlari faoliyatini rivojlantirishning huquqiy mexanizmini yaratish. Xotin-qizlarning iqtisodiy huquqlarini taʼminlash xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va maqbul jihatlarini amaliyotga joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Uch yoshgacha farzandi boʻlgan talaba qizlarga masofaviy oʻqish imkoniyatini joriy etish. Iqtidorli qizlarning salohiyatini rivojlantirishga koʻmaklashish. Bundan tashqari aynan 2 https://president.uz/oz/pages/view/strategy?menu_id=144 3 https://www.lex.uz/docs/-7482932 INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 7 shu qonunchilikka ko’ra “Saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarini taʼminlash” masalalari ko’rsatib o’tilgan : Xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirishda siyosiy partiyalarning “Ayollar qanoti” hamda “Deputat ayollar klubi” rolini kuchaytirish. Gender tenglikni taʼminlash maqsadida saylovlarda xotin-qizlarning roli va ishtirokini oshirishga qaratilgan kampaniyalar tashkil etish boʻyicha xorij tajribasini oʻrganish Ayollar va erkaklar oʻrtasida saylov huquqlarini tushuntirishga qaratilgan oʻquv seminarlari va treninglar tashkil etish. Vazirlik, idora, tashkilot va taʼlim muassasalaridagi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha Maslahat kengashlari faoliyatini rivojlantirishning huquqiy mexanizmini yaratish. Vazirlik, idora, tashkilot va taʼlim muassasalaridagi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha Maslahat kengashlari faoliyatini rivojlantirishning huquqiy mexanizmini yaratish. Xulosa qilib aytganda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ayollar huquq va erkinliklari , ularning manfaatlari qonuniy ravishda keng ko’rsatib o’tildi, bundan tashqari qoshimcha yuqorida keltirilang hujjatlar bilan yoritildi . Konstitutsiyada homiladorligi yoki yosh bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishini belgilangani, shubhasiz, ayollarning mehnat sohasidagi huquqlari kamsitilishini bartaraf etish, bu borada ham gender tenglikka erishishga qaratilgandir. Asosiy Qonunimiz normalari xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish, ularning norasmiy mehnat munosabatlarini qonuniylashtirish jarayonlariga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YATI 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2. https://www.lex.uz/docs/-7482932 3. https://president.uz/oz/pages/view/strategy?menu_id=144 4. https://lex.uz/docs/-6445145 5. “2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2025-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”.