AYOLLARGA NISBATAN TAZYIQ VA ZOʻRAVONLIKNI OLDINI OLISH
Abstract
Ushbu maqolada tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayollarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy reablitatsiyani amalga oshirish oʻrganilgan. Maqolada BMTning ayollar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi, shuningdek, amaliyotdagi o'zgarishlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ayollar huquqlarini himoya qilishda jamiyat va davlat tashkilotlarning roli muhokama qilinadi.
Full text
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 12 AYOLLARGA NISBATAN TAZYIQ VA ZOʻRAVONLIKNI OLDINI OLISH Avazova Gulzoda Usmanovna Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17778586 Annotasiya. Ushbu maqolada tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayollarni qoʻllabquvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy reablitatsiyani amalga oshirish oʻrganilgan. Maqolada BMTning ayollar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi, shuningdek, amaliyotdagi o'zgarishlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ayollar huquqlarini himoya qilishda jamiyat va davlat tashkilotlarning roli muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: ayollar huquqi, gender tenglik, tazyiq, zoʻravonlik, oilaviy zoʻravonlik, zoʻravonlik turlari, qonunchilik, himoya orderi, Islom, psixologik yordam, reabilitatsiya qilish. Abstract. This article examines the support of women who have suffered oppression and violence, the protection of their rights and interests, and the implementation of social rehabilitation. The article analyzes the UN declaration on the protection of women's rights, as well as changes in practice. Also, the role of society and state organizations in protecting women's rights is discussed. Key words: women's rights, gender equality, oppression, violence, family violence, types of violence, legislation, protection order, Islam, psychological support, rehabilitation. Jamiyatning madaniy darajasi uning ayollarga bo‘lgan munosabati bilan belgilanadi”. Shavkat Mirziyoyev. Kirish. “Birlashgan Millatlar Tashkiloti xotin-qizlarga jismoniy, jinsiy yoki ruhiy zarar yoki azob-uqubatlarga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan, ushbu jinsga nisbatan har qanday zo‘ravonlik harakatini, jumladan, bunday xatti-harakatlar bilan tahdid qilish, majburlash yoki o‘z boshimchalik bilan ozodlikdan mahrum qilish holatlari jamoat yoki shaxsiy hayotda bo‘lishida qat’iy nazar, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik deb ta’riflaydi”. Ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik masalasi nafaqat insonlarning, balki butun jamiyatning rivojlanishiga jiddiy toʻsqinlik qiladigan globalmuammolardan biridir. Tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish esa inson huquqlari, gender tenglik va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti hisoblanadi. Ammo bugungi kunda ayrim kimsalar ayollarga o‘z zo‘ravonligini ko‘rsatishga urinishmoqda. Bu kabi holatlar nafaqat xotin-qizlar ruhiyati, balki tazyiq va zo‘ravonlik holatlari mavjud bo‘lgan oilada ulg‘ayayotgan farzandlar ruhiyatiga ham, tarbiyasiga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishi, shubhasiz. Bunday oilada o‘sibulg‘ayayotgan bolalar o‘ziga ishonchsiz, qat’iyatsiz bo‘lib qolishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Mazkur mavzu jabrlangan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda uning profilaktikasini amalga oshirishning nazariy va amaliy jihatlarini hal etishga qaratilgan. Material va metodlar
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 13 Ushbu maqola ayollarga nisbatan ishlatiladigan zo‘ravonlik va tazyiqning oldini olishga doir masalalarni tahlil etishda ilmiy bilishning tarixiy, huquqiy, statistik, huquqni qo‘llash amaliyoti usullaridan hamda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi, milliy va xalqaro huquqiy hujjatlardan foydalaniladi. “Ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berish toʻgʻrisi” gi deklaratsiya, “ Xotinqizlar huquqlarini kamsitilishining barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida” gi konvensiya va boshqa muhim manbalar tahlil qilindi. Shuningdek, ayollar huquqlarini himoya qilish va ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikni oldini olishdagi mavjud muammolar oʻrganildi. Adabiyotlar tahlili 1948 yil 10 – dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari umujahon deklaratsiyasi” va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida “Millati, dini, irqi, jinsidan qat’iy nazar har bir insonning teng huquqli” ligi ta’kidlab o‘tilgan. 1967 yil 7 noyabrda BMT Bosh Assambleyasining 2263 (XXII) – rezolyusiyasi bilan e’lon qilingan “Ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berish to‘g‘risida”gi deklaratsiya qabul qilindi va ushbu deklaratsiya 11 moddadan iborat. Unda ayollar va erkaklarning jamiyatning barcha sohalarida teng huquqliligi ta’minlash belgilanishi bilan bir qatorda, barcha millat va elat vakillarini gender tenglik prinsipini to‘g‘ri anglab yetishlari lozimligi qayd etilgan. “Ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berish to‘g‘risida”gi deklaratsiyaning 3 –moddasida “Ayollarning to‘laqonli emasligi g‘oyasiga asoslangan tushunchalarga barham berish, odatlar va boshqa amaliyotni tugatishga jamoatchilik fikrini tayyorlash va milliy intilishlarni qaratish maqsadida barcha tegishli choralar ko‘rilishi lozim”, deb belgilangan. Shuningdek, 1980 yil 1 martda imzolangan, 30 moddadan iborat “Xotin – qizlar huquqlarini kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi Konvensiya qabul qilingan. Ushbu konvensiya shiori “... mamlakatning to‘liq rivojlanishi, butun dunyoda farovonlik va tinchlik ishi barcha sohalarda ayollarning erkaklar bilan baravar mumkin qadar ko‘proq ishtirok etishlarini talab qiladi” deb belgilangan. Konvensiyaning 1 –moddasida “Mazkur Konvensiyaning maqsadi o‘laroq “xotin – qizlarning kamsitilishi” tushunchasi, har qanday farq, jinsiy belgilariga ko‘ra istisno qilish, cheklash tan olmaslik, yo‘qqa chiqarish yoki bo‘shashtirishga yo‘naltirilgan, ayollar foydalanayotgan yoki amalga oshirayotgan har qanday siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqaroviy va boshqa sohada oilaviy sharoitidan qat’i nazar erkak va ayollarga tenglik asosida inson huquqlari va asosiy erkinliklar berilishini anglatadi”, deb ayol huquqlari qonuniy jihatdan qayd etilgan. Olamlarning Buyuk tarbiyachisi bo‘lmish Alloh taolo Islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni Karimning Niso surasi 19 – oyati “Ular bilan tinch – totuv yashanglar. Agar ularni yomon ko‘rsangizlar ham (sabr qilib inoq holda yashayveringlar). Zero sizlar yomon ko‘rgan narsada Alloh ko‘p yaxshiliklarni qilib qo‘ygan bo‘lishi mumkin” ni nozil qildi. Jannatning gul-u rayhonlari bo‘lmish farzandlarimizni tarbiyalab, voyaga yetkazuvchi ayollarga nisbatan erlari tomonidan zo‘ravonlik, kuch ishlatish kabi holatlarning ro‘y berayotgani juda ayanchli holat. Teleekranlarda, internet sahifalarda ko‘rishning o‘zida insonda nafrat qo‘zg‘atuvchi, odamlarning ko‘plab e’tirozlariga sabab bo‘layotgan holatlar kun sayin ko‘paymoqda. Sahih hadislarga ko‘ra, Abdulloh ibn Zam’a roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birortangiz o‘z ayolini qulni kaltaklagandek kaltaklamasin» dedilar. Bu bilan Islom dinida ayol kishining qadr –qimmati yuqoriligi yana bir bor ta’kidlangan. Ayollarning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish va mustahkamlash borasida
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 14 bugungi kunda ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevral kuni “Xotin –qizlarni qo‘llab – quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi “Xotinqizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llabquvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4235-son qarori, 2019 yil 2-sentabr kuni “Xotin – qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” O‘RQ-552-sonli Qonuni qabul qilingan. Mamlakatimizda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish maqsadida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun (2020-y.) qabul qilinib, xotinqizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi: birinchidan, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida faoliyat olib boruvchi subyektlarning vazifa va vakolatlarini; ikkinchidan, oila-turmushdagi zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining huquqlarini himoya qilishni, uchinchidan, ushbu sohada faoliyat olib boruvchi subyektlarning vakolatlarini; to‘rtinchidan, himoya orderini berish amaliyotini; beshinchidan, zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus markazlarni yaratishning huquqiy asoslarini belgilab berdi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 42moddasida xomiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan boʻshatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. Ayollar huquqlari kafolatlanganda, ayollar mehnat bozorida faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu esa iqtisodiy o'sishga, oilaviy daromadlarning oshishiga va umumiy farovonlikka olib keladi. Bugungi kunda dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlarida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qonunlar qabul qilingan bo‘lib, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Fransiya, Avstraliya kabi davlatlar o‘zining tajribasi va o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. AQSHda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha quyidagi amaliyot mavjud: a) oiladagi zo‘ravonlik jabrlanuvchilari uchun 1,5 ming ta markazlar, alohida uylar mavjud; b) kecha-yu kunduz faoliyat yurituvchi “ishonch telefon”lari tashkil qilingan; d) oilada zo‘rlik ishlatishning oldini olishga qaratilgan maxsus rejalar ishlab chiqilib samarali profilaktik choralarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi; e) yakka tartibdagi profilaktikasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Kanada davlati oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha quyidagi tajribalar mavjud: 1. Krizis markazlari tashkil etilib, ularning soni ehtiyojdan kelib chiqib ko‘paytirilgan. 2. Sog‘liqni saqlash vazirligida oiladagi zo‘ravonlik holatlarini tahlil qiladigan va umumlashtiradigan markaz ochilgan. 3. Mamlakatda oiladagi zo‘ravonlikning salbiy jihatlarini ko‘rsatuvchi 50dan ortiq filmlar tayyorlangan va 26 namoyish qilingan. 4. “Yuzma-yuz” deb nomlangan oiladagi zo‘ravonlik holatlarini yoritib boruvchi ijtimoiy nashr joriy qilingan. 5. Ijtimoiy himoya xodimlarini tayyorlash programmalari tuzilgan. Shvetsiya davlatida oiladagi zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha quyidagi tajribalar mavjud: a) oiladagi zo‘ravonlik holatlarining oldini olishning eng asosiy usullari sifatida ayollar o‘zlarining huquq va erkinligini to‘liq bilishi hamda undan
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 15 foydalanishi talab etiladi; b) parlament a’zolarining yarmiga yaqini ayollarni tashkil etadi; d) mamlakatda ikkala jins ham qog‘ozda, ham hayotda teng huquqlarga egadir; e) “Erkaklarning ayollarga nisbatan zo‘ravonligining oldini olish va oldini olish bo‘yicha Milliy strategiya” qabul qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan barcha chora-tadbirlar hukumat darajasida belgilab qo‘yilgan. Mustaqil fuqarolik jamiyati vakillarining kamligi xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini ham, hisobdorlikni ham cheklaydi, natijada NNTlarning ayollarni himoya qilish va ularni iqtisodiy jihatdan kuchaytirishdagi roli zaiflashmoqda. So‘nggi yillarda qabul qilingan qonuniy va siyosiy hujjatlar, jumladan, 2021–2030yillarga mo‘ljallangan Gender tengligi bo‘yicha milliy strategiya hamda 2025-yil 15-iyuldagi Vazirlar Mahkamasining 441-son qarori (“Ayollarni ta’qib va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”) ayollar huquqlarini ilgari surish uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi. Biroq amalda Surxondaryoda bu islohotlar hali to‘liq amalga oshirilmagan. 2023-yilgi DP-82-son va 2024-yilgi 175-son Prezident farmonlari asosida joriy etilgan ijtimoiy ishchilar tizimi ko‘plab mahallalarda hali shakllanmagan yoki mavjud ijtimoiy ishchilar ayollar ehtiyojlariga samarali javob berish uchun zarur tayyorgarlik va vositalarga ega emas. Surxondaryoning Afg‘oniston va Tojikiston bilan chegaradosh joylashuvi konservativ ijtimoiy qadriyatlarning saqlanib qolishi, transchegaraviy migratsiya va odam savdosi xavfini kuchaytiradi. Bu omillar patriarxal amaliyotlarni mustahkamlaydi, ayollar huquqlarini himoya qilishni zaiflashtiradi, migratsiya oqimlari esa ayollarning iqtisodiy qaramligi va ijtimoiy izolyatsiyasini yanada chuqurlashtiradi. Davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlik tahlili Surxondaryoda jiddiy institutsional bo‘shliq mavjudligini ko‘rsatadi. Mahalla darajasidagi ayol faollar odatda rasmiy qaror qabul qilish jarayonlarida ishtirok etmaydi, mustaqil NNTlar esa mahalliy hokimliklar huzuridagi jamoatchilik kengashlaridan chetda qolmoqda. Yangi shakllantirilgan ijtimoiy ishchilar korpusi hali mavjud oilaviy zo‘ravonlik holatlariga to‘liq javob bera oladigan darajada salohiyatga ega emas va GVB(jinsga asoslangan zo‘ravonlik)ning oldini olishda samaradorlik past. Buning oqibatlari aniq ko‘rinmoqda: davlat institutlariga ishonch past, xizmatlar ko‘rsatilishi bo‘lingan, ijtimoiy muammolar esa ortib bormoqda. 2024-yilda faqat Denov tumanining o‘zida 159 ta oila ajrim yoqasida bo‘lgan, 127 nafar ayol esa huquqiy himoya orderlariga muhtoj deb qayd etilgan. Shuningdek, GVBbo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovlar ayollar orasida keng tarqalgan huquqiy savodsizlik va iqtisodiy imkoniyatlarning cheklanganligini tasdiqlagan. Agar davlat organlari va fuqarolik jamiyati o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilmasa, hamda ijtimoiy ishchilarning institutsional salohiyati mustahkamlanmasa, Surxondaryo ijtimoiy beqarorlik, migratsiya oqimi va ayollar hamda ularning farzandlariga ta’sir etuvchi zo‘ravonlik va qashshoqlik aylanishi xavfi ostida qoladi.. Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tuzilmasining zaifliklari va ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarning bu kombinatsiyasi ko'plab ayollarni zo'ravonlik va qashshoqlik tsikllariga tushirib, ularni boshpana va iqtisodiy xavfsizlikga, ko'pincha qaram bolalarga majbur qilmoqda. 2024 yilda "Taskin" markazi boshchiligida o'tkazilgan sotsiologik tadqiqot Surxondaryoning to'rtta tumanida zo'ravonlik qurboni bo'lgan 200 ayolni baholadi va aniqlandi: • 32% uy bekalari, iqtisodiy jihatdan bog'liq va zo'ravonlikka qarshi himoyasiz.
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 16 • 57% o'zlarining qonuniy huquqlari to'g'risida xabardorlik yo'q va huquqiy savodxonlik pastligini ta'kidladi. • Jabrlanuvchilar uchun kasbiy ta'lim bo'yicha qo'llab-quvvatlash yo'q, xizmat bo'shliqlarini bildirish. Ijtimoiy ishchining salohiyatini oshirish mavjud ayollar faollari, profilaktika inspektorlari, mintaqaviy "Inson" markazlari, birinchi shoshilinch yordam punktlari, mintaqaviy universitetlar va ijtimoiy reabilitatsiya markazlari bilan maxsus mashg'ulotlar va integratsiyani o'z ichiga oladi. GBV darajasi yuqori bo'lgan tanlangan pilot hududlarda bunday muvofiqlashtirish, jamoatchilikni xabardor qilish kampaniyalari va zamonaviylashtirilgan GBVogohlantirish platformasi bilan birgalikda o'z vaqtida psixologik yordam olishga, huquqiy savodxonlikni oshirishga va ayollar uchun iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga yordam beradi. Keyinchalik pilot tumanlardan olingan saboqlar va yutuqlar Surxondaryoning barcha tumanlarida muvaffaqiyatli miqyosda kengaytirilishi va integratsiyalashishi mumkin, bu esa barqaror va viloyat miqyosida ta'sirni ta'minlaydi. Muhokama va Natijalar Zo‘ravonlik esa qonun bilan ta’qiqlangan ma’naviy, ruhiy va jismoniy zarar yetkazuvchi harakatlarni shaxs xohish irodasiga qarshi ravishda amalga oshirishdir. Zo‘ravonlikning ko‘rinishlari turlicha bo‘lib, 2019 yil 2 sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida“ Qonunida zo‘ravonlikning to‘rt asosiy turi belgilangan. Bular: 1. Jismoniy zo‘ravonlik; 2. Ruhiy zo‘ravonlik; 3. Jinsiy zo‘ravonlik; 4. Iqtisodiy zo‘ravonlik Jismoniy zo‘ravonlik - Og‘irligi turli darajada bo‘lgan tan jarohatlari yetkazish, xavf ostida qoldirish, hayoti xavf ostida qolgan shaxsga yordam ko‘rsatmaslik, zo‘ravonlik xususiyatiga ega boshqa huquqbuzarliklar sodir etish, jismoniy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazishning o‘zga choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish. Jismoniy zo‘ravonlikka shapaloq tortish, tepish, turtkilash, musht bilan urish; zarb bilan itarib yuborish; turli o‘tkir buyum va narsalarni otish; qurol bilan xavf solish yoki yaralash; uydan chiqishga jismonan yo‘l qo‘ymaslik; kechasi uxlashga qo‘ymaslik kabilarni misol keltirishimiz mumkin. Ruhiy zo‘ravonlik deganda, xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning sha’nini, qadr-qimmatini kamsitish, reproduktiv sohada nazorat qilish, o‘z xavfsizligi uchun xavotir uyg‘otgan, o‘zini himoya qila olmaslikka olib kelgan yoki ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazgan harakat (harakatsizlik) tushuniladi. Jinsiy zo‘ravonlikka - xotin-qizlarning roziligisiz shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish, shuningdek zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan tahdid Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xabariga ko‘ra, 7 oy ichida 3592 nafar xotin – qizlarga himoya orderi berilgan. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, himoya orderlari berilgan hududlar Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Buxoro viloyatlari soni boshqalarga nisbatan ko‘p. Joriy yil 20 aprel holatiga ko‘ra, oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 14 nafar ayol farzandlari bilan Andijon, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo viloyatlaridagi Reabilitatsiya va moslashtirish markazlariga joylashtirildi. Ularga kerakli huquqiy, psixologik, tibbiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Bu statistik ma’lumotlar inson o‘z ustida ishlab, g‘azabini jilovlashni o‘rganmagunigacha shayton vasvasasidan holi bo‘la olmaydi. O‘zini, atrofidagilarini, jamiyatini uyatli holatga solib qo‘yaverishini ko‘rsatmoqda. Zero, baxtli bo‘lish, farovon hayot kechirish har birimizning o‘z qo‘limizda. “O‘zbekistonda 2030-yilga qadar gender tenglikka
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 17 erishish strategiyasi” qarorlar qabul qilish va ijro etishning barcha sohalarida hamda darajalarida xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida tenglik tamoyilini tatbiq etishga keng qamrovli yondashuvni nazarda tutadi. Shuningdek, Strategiya erkaklar va ayollarning teng huquqlari va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratish hamda insonning fundamental huquqlariga rioya qilish maqsadida iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotda gender tenglik targ‘ib qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi. Strategiyada barcha uchun teng huquqli va sifatli ta’limni ta’minlash, qishloq joylarida qizlarning oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, xotin-qizlar gender tengligiga erishish, zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik, odam savdosining oldini olish kabi masalalar qamrab olingan. Xulosa Ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikni oldini olish – inson huquqlarini himoya qilish, jamiyat barqarorligini taʼminlash va adolatli muhit yaratish yoʻlidagi muhim qadamdir. Ushbu muammoni hal qilish uchun davlat organlari, fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari va har bir shaxsning birgalikdagi saʼy harakatlari talab etiladi. Qonunchilikni kuchaytirish, taʼlim orqali xabardorlikni oshirish va gender tenglikni targʻib qilish orqali biz zoʻravonlikning ildiziga qarshi samarali kurashaqilish yoxud ayol jinsidagi voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan axloqsiz harakatlar sodir etish orqali uchinchi shaxs bilan jinsiy aloqa qilishga majburlash kabilar misol bo‘ladi. Iqtisodiy zo‘ravonlik deganda esa, xotin-qizlarning normal yashash va kamol topish uchun oziq-ovqat, uy-joy hamda boshqa zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlanishga bo‘lgan huquqini, mulk huquqini, ta’lim olish hamda mehnatga oid huquqini amalga oshirishni cheklashga olib keladigan harakat (harakatsizlik) tushuniladi. Ushbu zo‘ravonliklarning barcha turi afsuski ayrim oilalardan uchrab turibdi. Hozirgi kunda dunyo miqyosida har uch ayoldan biri jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lmoqda. Odam savdosi qurbonlarining 71 foizi – ayollar. Reproduktiv yoshdagi ayollar orasida o‘lim holati va nogironlikni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablardan biri – ularga nisbatan zo‘ravonlikning qo‘llanilishi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyodagi har uchinchi ayolga hayoti davomida oʻz umr yoʻldoshi tomonidan jismoniy tazyiq oʻtkaziladi. Turmush qurgan ayollarning 30 foizi hamrohi tomonidan zoʻravonlik holatlariga duch kelganlari haqida maʼlum qiladi. Ayollar oʻlimining 38 foizi ularning turmush oʻrtogʻi tomonidan amalga oshiriladi va zoʻravonlikka duch kelgan ayollarning 42 foizigina muammo haqida ochiq soʻzlaydi. Aksariyat holatlarda zoʻravonlik qurboni sharmandalik va turli gap soʻzlardan qoʻrqib jim yurishga majbur boʻladi. Bunday vaziyatda qolgan ayollarning indamasligiga bir necha sabab boʻladi, kimlardir moliyaviy yordamsiz qolishdan qoʻrqsa, boshqalari farzandlari va oʻz hayoti uchun xavfsiraydi. olamiz. Ayollarga hurmat va teng imkoniyatlar taʼminlangan jamiyat esa iqtisodiy va madaniy rivojlanish uchun mustahkam poydevor yaratadi. Shunday ekan, barchamiz bu masʼuliyatni his qilib, harakat qilishimiz zarur, chunki xavfsiz va adolatli jamiyatni qurish har birimizning qoʻlimizda“.Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo‘lishlari kerak” deb taʼkidlanadi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida. ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023yil. 2. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. 3. “Ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berish to‘g‘risida”gi deklaratsiyasi.
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 18 4. “Xotin – qizlar huquqlarini kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi Konvensiyasi. 5. O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida“ Qonuni. 6. “2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi”. Senat yalpi majlisi. Gazeta.uz. 7. Mirziyoyev. Sh.M. Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot Strategiyasi. Toshkent.: Oʻzbekiston. 2023. 8. Qur’oni Karim. Tarjima va izohlar muallifi Shayx Alouddin Mansur. “Cho‘lpon” nashriyoti, Toshkent - 1992-yil. 1. 9.“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam». Tarjimon: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “HILOL-NASHR” nashriyoti. Toshkent - 2018-yil. 9. Mamasoliyeva Gulnoza Abdurahmon qizi. (2024, November 3). YANGI OʻZBEKISTONDA AYOLLAR HUQUQLARI KAFOLATLANISHINING HUQUQIY ASOSLARI VA IJTIMOIY AHAMIYATI. 347-351.