Dizartriya va uning shakllari.
Full text
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) Dizartriya va uning shakllari. Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti Maxsus pedagogika:logopediya yo’nalishi 301-guruh talabasi Iminjonova Moxichexra Alimardon qizi [email protected] Annotatsiya; Hozirgi kunda eng dolzarb nutq kamchiliklari sirasiga kiruvchi dizartiriya nutq kamchiligi va uning shaklari hamda ushbu nutq kamchiligi borasida olimlarning fikrlari keltirib o’tilgan. dizartiriyaning umumiy tavsifi, uning sabablari va neyrologik asoslari ko'rib chiqiladi. Dizartiriya — bu nutqning motor funktsiyalarining buzilishi bo'lib, insonning so'zlash qobiliyatiga ta'sir qiladi va ko'pincha miya, nerv tizimi yoki mushaklar tizimidagi shikastlanishlar natijasida yuzaga keladi. Maqolada dizartiriyaning asosiy shakllarini batafsil tahlil qiladi, jumladan bulbar, psevdabulbar,miyachali, qobiqli va qobiq osti dizartiriyalarni. Har bir shaklning klinik xususiyatlari, sabablarini aniqlash va tashxislash usullari o’rganilgan. Tayanch so’zlar; Dizartriya, nutq, nutq kamchiligi, bulbar dizartriya, qobiq osti dizartriya, miyachali dizartriya, qobiqli dizartriya, psevdobulbar dizartriya. Dizartriya — og’ir nutq kamchiliklari sarasiga kirib, bosh miyaning turli qismlarida jarohatlanishlar natijasida dizartriyaning turli shakllari yuzaga keladi. Dizartriyani tasniflashda mutaxassislar turli xil yondashadilar: jarohatlanish o‘chog‘iga qarab, nevrologik simptomning ustunligi yoki neyrolingvistik qarashlar bo‘yicha Ye. N. Vinarskaya K.N. Vittorf , K. Vovatr , L.A. Danilova M. Zeeman M. V. Ippolitova , S.S. Lyapidevskiy Ye.M. Mastyukova Panchenko K..A. Semyonova, M.B. Eydinova o’z fikrlarini bildirgan.
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) Dizartriyaning bu turlarida tovush talaffuzida,ovoz, artikulyatsion motorikadagi kamchiliklar o‘ziga xosdir, ularni tuzatishda ham logopedik ta`sir etishning xilma hil usullaridan foydalanish zarur. Dizartriyaning shakllari: - bulbar dizartriya; - qobiq osti dizartriyasi; - miyachali dizartriya; - qobiqli dizartriya; - psevdobulbar dizartriya. Bulbar dizartriya. Miyaning bulbar qismiga tegishli IX, X va XI, XII bosh miya nervlarining periferik o‘qlari, po‘stloq yoki yadroning shikastlanishi oqibatida yuzaga keluvchi simptokompleksning harakat buzilishlari bulbar falaj deb ataladi. Bulbar dizartriya bilan kasallangan bemorlarni kompleks , nevrologik,fonetik tekshirish va ularning klinik namoyon bo‘lish patogenezi yaxshiroq tushunishga imkon beradi. Bunday tekshirish miya qismlarining ayrim shikastlanishlarida bemorning nutq apparati faoliyatida ro‘y beruvchi eng qiyin funksional samoregulyator /o‘z-o‘zini boshqarish qayta qurilishlarini tushunishga yordam beradi. Kasalliklarning neyrofonetik tekshirish ishlari shuni ko‘rsatadiki, alohida guruh muskullarining bo‘shashgan falaji tovushlarni talaffuz qilishdagi ayrim buzilishlarda namoyon bo‘ladi. SHuning uchun bemor nutqidagi tovushlar boyligi va xilma-xilligini yo`qotadi. Atrofdagilar esa bemor talaffuz qilayotgan so‘zlarning ma`nosini tushunmay qoladi. SHunday qilib ovoz boylamlari muskullarining parezi shu narsaga olib keladiki, ovoz boylamlari to‘liq va bir xilda harakatlanmaydi, ularning tebranishi esa kam, aritmitik va etarli amplitudaga ega bo‘lmay qoladi.
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) SHuning uchun ovoz ohongdorligi etarsiz, kuchsiz bo‘lib qoladi. Jarangli undoshlarni talaffuz qilish paytida ovoz boylamlarining etarli harakatlanmasligida hiqildoq agrodinamik sharoitlarga yaqinlashadi, bunda jarangsiz undoshlarni talaffuz qilishda jarangli undoshlar ham jarangsizlashib ketadi. Qobiq osti dizartriyada tovushlar talaffuzida kamchiliklar aniqlanadi: -nutqiy mushaklarda mushak tonusi o‘zgarish; -zo‘riqish harakatlari mavjudligi (giperkinezlar); -nutqiy mushaklardan propritseptiv afferentatsiya kamchiliklari; -emotsional harakat innervatsiya kamchiliklari; Miyachali dizartriya. Dizartriyaning bu shaklida miyacha va uning markaziy asab tizimining turli bo‘limlari bilan aloqalari jarohatlanadi. Miyachali dizartriyada nutq sekinlashgan, jumla oxiriga kelib ovozning “o‘chib qolishi” bilan tavsiflanadi. Til va lab mushaklari tonusinig pasayishi ular uchun xos bo‘lib, til ingichka holda og‘iz bo‘shlig‘ida beharakat yotadi, harakatlar tempi sekinlashgan, artikulatsiya holatlari his etish va amalga oshirishda qiyinchiliklar, yumshoq tanglay osilib turishi, chaynash harakatlarining sustligi, mimikaning cheklanganligi kuzatiladi. Til harakatlari noaniq bo‘lib, unda giper yoki gipometriyalar (harakatlar hajmining ortishi va kamayishi) kuzatiladi. Nozik maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarni bajarishda tilni bilinarbilinmas titrashi, tovushlarni burunli talaffuz etish kuzatiladi. Qobiqli dizartriya bosh miya qobig‘ini o‘choqli jarohatlanishi bilan bog‘liq patogenezga ega nutqning motor kamchiliklar guruhi namoyon bo‘ladi. Qobiqli dizartriyaning birinchi shakli bosh miyaning oldingi markaziy egatchasining pastki bo‘limining bir tomonlama yoki ko‘p hollarda ikki tomonlama jarohatlanish bilan bog‘liq. Qobiqli dizartriyaning birinchi shaklida
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) til oldi tovushlaridan birinchi kakuminal undoshlar, yani til uchini yuqori tishlar tomon ko‘tarib va biroz egilgan holda talaffuz qilinadigan undoshlar (sh,j,r) talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Dizartriyaning og‘ir ko‘rinshlarida bu tovushlar mutlaqo yo‘q bo‘lsa, engil ko‘rinishida talaffuz jarayonida tilni orqa qismi yumshoq tanglay tomon ko‘tariladigan tovushlar(s,z,t,d,n)bilan almashtiriladi.Qobiqli dizartriyada mushak tonusining ortishi xarakterli ayniqsa, til uchi mushaklari tonusining ortishi kuzatiladi. Psevdobulbar dizartriya. Psevdobulbar paralichning klinik ko‘rinishining muskullar tonusi va tilning faol harakatini tekshirib boorish misolida kuzatishimiz mumkin. Agar bemorning og‘zi ochib ko‘rilganda til muskullar atrofiyasi yo`qligini ko‘rish mumkin. Til odatda orqaga tortilgan, o‘rta qismi ko‘tarilgan va yutqinga kirish yo`lini berkitib turgan bo‘ladi. Odatda bemorlar tilini og‘iz bo‘shlig‘idan chiqara olmaydilar.Kasallar ovozi kuchsiz, eshitilmas bo‘ladi va so‘nib boradi. Bunda har doim birinchi bo‘lib, nozik va murakkab artukulatsion tovushlar zarar ko‘radi. Logopedik amaliyotda engil darajadagi dizartriya ko‘p uchraydi. Bunda asosan shikoyatlar: tushunarsiz noaniq nutq, noto‘g‘ri diksiya, noto‘g‘ri tovush talaffuzi,bo‘g‘in strukturasiga ko‘ra murakkab so‘zlarda tovush va bo‘g‘inlar o‘rnini almashtirish kabilardir. “Dizartriya” tashxisi nevrologlar tomonidan qo‘yiladi. Dizartriyaning bartaraf etilishida sistemali ravishda dori-darmonlar terapiyasi va reabilitasiya (sigmentar-reflektor va nuqtali massajlar, akupressuralar, LFK, shifobahsh vannalar, fizioterapiya, mexanoterapiya, girudoterapiyalar) nevrologlar ko‘rsatmasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Davolashning noa’naviy shakllari, yani delfinoterapiya, sensor terapiya, Izoterapiya, qum terapiyasi ham korreksion mashg‘ulotlar uchun yaxshi zamin
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) yaratadi. Dizartriyani korreksiyalashda logopedik mashg‘ulotlarda mayda qo‘l motorikasi (barmoqlar gimnastikasi), nutq apparati motorikasi (logopedik massaj, artikulyatsion mashqlar), fiziologik va nutqiy nafas (nafas ashqlari), ovozni sozlovchi (ortofonik mashqlar), noto‘g‘ri talaffuz qilingan tovush korreksiyasi va to‘g‘ri tovush talaffuzini mustahkamlash, ifodali nutq va nutqiy muloqotni rivojlantirish ishlari amalga oshiriladi. Logopedik ish ijobiy natijalar berishi uchun quyidagi prinsiplarga amal qilish kerak: - nutqning barcha komponentlarini bir-biriga bog‘lagan holda bosqichma bosqich shakllantirish. - nutq kamchiligi taxliliga sistemali yondoshish. - nutqning kommunikativ va umumlashtiruvchi jarayonlarini rivojlantirish orqali bolaning ruxiy faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirish. Dizartrik bola nutq rivojlanishi shuni ko‘rsatadiki, bu bolalar sistemali maxsus ta’limga muxtojdirlar. Bunda nutqning tovush tomondan buzilishi, lug‘at boyligi, grammatik tuzilishi , o‘qish va yozuvning buzilishini baravariga tuzatib borish kerak bo‘ladi. Dizartrik bolalar bilan logopedik ish dizartriyaning turli nutq darajalarida nutq defektining strukturasi, umumiy va nutq motorikasi buzilishi mexanizmlari, bolaning shaxs xususiyatlarini mufassal o‘rganish natijasida amalga oshiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati. 1.M.Y.Ayupova. “Logopediya”.Toshkent. 2019-yil. 2.L.R.Mo’minova, M.Y.Ayupova.“Bolalarda dizartiriya nutq kamchiligini bartaraf etish texnologiyasi”.Toshkent. 2017-yil.
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) 3. Karantayev, V. P. (2005). Neyrologiya va disartriya. - T.: Ma'naviyat. 4.Galiyev, F. T., & Karimov, T. T. (2010). Logopediya: kasalliklar va davolash metodlari. - T.: Fan va texnologiya. 5. Luria, A. R. (1973). Neyropatologiya va nutq: Nashriyot: M.: Akademiya. 6. Walshe, M., & Miller, N. (2011). Speech and Language Therapy in Neurorehabilitation. 7. Duffy, J. R. (2013). Motor Speech Disorders: Substrates, Differential Diagnosis, and Management. 8. Darley, F. L., Aronson, A. E., & Brown, J. R. (1969). Differential Diagnosis of Dysarthria: A Clinical Approach. 9. Yorkston, K. M., & Beukelman, D. R. (1981). Management of Speech and Swallowing Disorders in Degenerative Diseases. 10. Borden, G. J., & Harris, K. S. (1992). Speech Science: An Integrated Approach to Theory and Clinical Practice. 11. Жўрахўжаев, М. Х. (2022). ИМКОНИЯТИ ЧЕКЛАНГАН БОЛАЛАР УЙДА ЯККА ТАРТИБДАГИ ТАЪЛИМДА ЎҚУВ ЖАРАЁНИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 295-298. 12.Khalilkhoja, D. M. (2022, March). PROBLEMS AND SOLUTIONS OF HOME INDIVIDUAL EDUCATORS. In Conference Zone (pp. 315-318). 13.Jurahojaev, M. K. O. (2022). MECHANISMS TO INCREASE THE EFFICIENCY OF INDIVIDUAL HOME EDUCATION FOR THE DISABLED CHILDREN. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 2022(3), 171-180. 14.Jo‘raxo‘jayev, M. X. Imkoniyati cheklangan bolalarning uyda yakka tartibdagi talimi samaradorligini oshirish mexanizmlari: Pedagogika fanlari boyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. Jizzax–2023.–36-bet. 15.Jo‘raxo‘jayev, M. X. (2022). Uyda yakka tartibdagi ta’lim o ‘qituvchisining portreti/“Tilni o ‘qitish va o ‘rganishda XXI asr ko ‘nikmalariˮ III xalqaro anjuman materiallari. 16.Jo‘raxo‘Jayev, M. X. (2024). BOLA SHAXSI SHAKLLANISHI VA PSIXIK RIVOJLANISHINI BELGILOVCHI OMILLARNI O ‘RGANUVCHI TURLI NAZARIY YONDASHUVLAR TAHLILI. Inter education & global
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) study, (4 (2)), 412-422.