scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PAXTAOBOD TUMANINING AREAL MANZARASI

Erkinova Xusnidaxon Azimjon qizi, Abdulhay Sobirov Shukurovich

Full text

PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) PAXTAOBOD TUMANINING AREAL MANZARASI (Omina Tojiboyevaning “Yog‘izbog‘ning o‘tkan kunlari” romani misolida) Erkinova Xusnidaxon Azimjon qizi Andijon davlat universiteti Folklorshunoslik va dialektalogiya yo‘nalishi I kurs magistranti Ilmiy rahbar: Abdulhay Sobirov Shukurovich professor Annotatsiya. Ushbu maqolada andijonlik yozuvchi Omina Tojiboevaning “Yolg‘izbog‘ning o‘tkan kunlari” romanidagi shevaga oid so‘zlarning areal tahlili berildi. Paxtaobod tumanining areal manzarasi badiiy asar misolida tahlil qilindi. Kalit so‘zlar: assimilyatsiya, tovush tushishi, Paxtaobod, fonetik hodisalar, morfemik hodisalar. Аннотация. В данной статье рассматриваются ареальные особенности Пахтаободского диалекта на примере романа Омины Тожибоевой «Ёлғизбоғнинг ўткан кунлари». Исследование освещает фонетические, морфологические и лексические характеристики диалекта, проявляющиеся в художественном тексте и речи персонажей. Ключевые слова: ассимиляция, , выпадение звуков, Пахтаобод, фонетические явления, морфемические явления Annotatsiya. This article analyzes the areal features of the Paxtaobod dialect based on Omina Tojiboeva’s novel “Yolg‘izbog‘ning o‘tkan kunlari.” The study highlights phonetic, morphological, and lexical characteristics of the dialect. PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) Keywords: assimilation, sound reduction, Paxtaobod, phonetic phenomena, morphemic phenomena Andijon dialekti hozirgi o‘zbek adabiy tiliga tayanch shevalardan biri sanaladi. Uning fonetik, morfologik, leksik xususiyatlari S.Ibrohimov, A.Jo‘raboyev, A.Mamatov, A.Turg‘unov, A.Ergashev kabi tadqiqotchilarning ishlarida atroflicha yoritilgan 1 . Mazkur ishlarning aksariyatida Andijon dialektiga an’anaviy aspektda yondashilgan bo‘lib, uni tashkil qiluvchi ichki shevalarning rangin manzarasi hali tugal ochib berilmagan. Ma’lumki, Andijon dialekti areal nuqtai nazardan janubi-sharqiy Farg‘ona dialetal zonasini tashkil etadi. Zonada o‘zbek-qirg‘iz, o‘zbek-uyg‘ur, o‘zbek-tojik, o‘zbek-qipchoq, o‘zbek-mo‘g‘ul, o‘zbek-qoraqalpoq, o‘zbek-mahalliy lo‘li til aloqalari mavjud. Ayniqsa, hududning shimoli-janub tomoniga, ya’ni Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududga joylashgan Paxtaobod tumanida til manzarasi yanada o‘zgacha. Bu hududa o‘zbek-uyg‘ur va o‘zbek-qirg‘iz, qisman o‘zbek-tojik til aloqalari kuzatiladi. Buni maqolada shu hudud vkkili sanalgan iqtidorli yozuvchi Omina Tojiboevaning asarlari orqali yoritib berishga harakat qildik. Paxtaobod tumani Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, aholisi asosan, o‘zbeklar hamda sheva jihatidan qarluq (qarluq-chigiluyg‘ur) lahjasiga mansub. Paxtaobod shevasi o‘zbek shevalarining kichik bir bo‘lagi sifatida umumturkiy va umumo‘zbek shevalarining leksik strukturasidagi mavjud unsurlarning o‘xshashligi kuzatiladi, biroq ayrim 1 Иброҳимов С. Ўзбек тилининг Андижон шеваси. – Тошкент: Фан, 1967. – 258 б; Иброҳимов С. “Der ozbekische dialekt von Andidschan” ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1961. – № 1. – Б. 67-71; Жўрабоев А. Ўзбек тилида тўй маросими номлари. Андижон группа шевалари материаллари асосида: Филол. фан. номз. ... дисс. – Тошкент, 1971. – 230 б; Маматов А. Ўзбек тилининг Андижон шаҳар шеваси. Шеванинг фонетик ва морфологик хусусиятлари: Филол. фан. номз... дисс. – Тошкент, 1966. – 281 б; Турғунов А. Ўзбек тили Балиқчи группа шеваларининг фонетик структураси: Филол. фан. номз. ... дисс. – Тошкент, 1969. – 276 б; Эргашев А. Андижон вилояти этнотопонимларининг ареал-ономастик тадқиқи. – Андижон: Ҳаёт, 2024. – 170 б; PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) leksik-semantik xususiyatlari jihatidan farq qiladi. Paxtaobod tumani shevasi Andijon viloyati areal tizimida o‘z o‘rniga ega. Tovush va so‘z tizimi adabiy tildan farq qiladi, ammo areal jihatdan Farg‘ona vodiysi shevasi bilan chambarchas bog‘liq hisoblanadi. Romanda uchrovchi sheva xususiyatlarini quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Fonetik xususiyatlar. 2. Leksik xususiyatlar. 3. Grammatik xususiyatlar. 4. Stilistik xususiyatlar. Birinchi guruhiga shati (shoti), kasa (kosa) kabi so‘zlardagi “o” tovushining “a” tarzida qo‘llanishi kiradi. Ikkinchi guruhiga misol sifatida - “Ja-a, bu shahardi odamlari zakunchi bo'lishadi-da [ʤaː, bu ʃahardi odamlari zakunʧi boːliʃadi-da]... 2 Mazkur gapdagi “ʤaː” so‘zining lug‘aviy ma’nosi “juda”ni anglatadi. Bu gapdagi “ʃahardi” so‘zidagi -ning kelishigi o‘rniga zamon shakli -di qo‘shimchasining qo‘llanishi ayni hudud manzarasini namoyon etgan. Bu Paxtaobod shevasining fonetik-morfologik xususiyati, ya’ni assimilyatsiya va morfemalar almashinuvi hodisasini ko‘rsatadi. – Anjōn bozoriɣa shunï ūchūn boruvdim-da. [14] misolida “Anjōn” – Andijon so‘zida -di bo‘g‘inining tushib qolishi (tovush tushishi hodisasi). Bu Farg‘ona vodiysi shevalariga xos. – Ismiyzi Foziljōn dediza.? [15] Bu adabiy tildagi “ismingizni” so‘zining shevadagi qisqargan shaklidir. O‘zgarishlar: • mi~mi saqlangan. • mizni ~yzi (tovush tushishi +assimilyatsiya) 2 Тожибоева О. Ёлғизбоғнинг ўтган кунлари. Сайланма. 4-жилд. – Наманган: “Истеъдод зиё пресс” нашр-ти, 2021. – 9-б. (Кейинги ўринларда шу асарнинг саҳифа рақамлари кўрсатилади.) PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) • oraliq -m - tushib qolgan. • zni ~ yzi: bu Farg‘ona shevalarida keng tarqalgan z~y almashinuvi. Fonetik hodisalari: tovush tushishi -mizni ~mi...ni~mizi~yzi Assimilatsiya: z~y Morfemik xususiyatlari egalik qo‘shimchasi -ingiz~iy ko‘rinishida qisqaradi, tushim kelishigi -ni qo‘shimchasi -zi shaklida ishlatiladi. “Dediyza” shakli adabiy tildagi dedingiz-a birikmasining shevada qo‘llanilgan shakli. O‘zgarishlar: dingiz-a ~diyza; -ingiz qo‘shimchasi shevada qisqarib -iyz ko‘rinishini olgan; oxiridagi -a qo‘shimchasi esa gapga urg‘u, tasdiq ma’nosini beradi. Morfologik o‘zgarishlar: dedingiz ~ dediyz ; a (=tasdiqlovchi yuklama). Yuqoridagi gapdagi fonetik (tovush tushishi, assimilyatsiya), morfologik (qisqarish, egalik qo‘shimchalarining variantlari) va sintaktik xususiyatlari Paxtaobod tumani shevasining areal manzarasini yaqqol ifodalaydi. -Hm-m, bilasɪzmi, o‘rtoq, Hosilov ʤuda-yla ishbilarmon chiqib qoldi.[10] “ʤuda-yla” shakli adabiy tildagi “juda ham” / “juda” birikmasining shevaga xos varianti. Fonetik o‘zgarishlar: assimilyatsiya - ham / -yam -la; qisqarish ikki so‘zning birikib ketishi (juda +la). “ʤuda-yla” so‘zi Andijon, Marhamat, Paxtaobod hududlarida ma’noni kuchaytirish vazifasini bajaradi. Saldan keyin yelkasida sochiq bilan chilopchin ko‘tarib keldi. Bu yerda “chilopchin” so‘zi Paxtaobod - Farg‘ona shevalariga xos mahalliy leksik birlik hisoblanadi. Chilopchin -areal leksik birlik. Bu so‘z adabiy tilda ishlatilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi, Andijon viloyati, xususan, Paxtaobod, Izboskan, Baliqchi tumanlari shevalarida uchraydi. Etnografik so‘z sifatida mahalliy madaniyatni aks ettiradi. Leksik xususiyat: etno-leksika (maishiy predmet nomi). PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) Yaqinda manovi, - ko‘rsatkɪʧ barmog‘i bilan o‘ŋ tomonni ko‘rsatdi, - Xayrabodni kesib o‘tgan sayxonlɪk atrofiga o‘rdakʧɪlɪk bazasi tashkil etdi.[11]. Gap tarkibida Farg‘ona vodiysi, ayniqsa Paxtaobod shevasiga xos ko‘rsatish olmoshining “manovi” shakli, fonetik qisqarishlar, real geografik nomlarning qo‘llanishi va jonli og‘zaki nutqqa xos o‘rtali kesilma mavjud. Bularning barchasi badiiy matnda Paxtaobodning areal manzarasini, mahalliy nutq xususiyatlarini va personajlarning tabiiy til muhitini aniq ko‘rsatib beradi. Omina Tojiboyevaning “Yolgizbog‘ning o‘tgan kunlari” romanidagi personajlar nutqi Paxtaobod tumani shevasining fonetik, morfologik va leksik xususiyatlarini o‘zida aniq aks ettiradi. Bu esa Paxtaobod shevasining Andijon viloyati hamda Farg‘ona vodiysi areal tizimida alohida o‘ringa ega ekanini ko‘rsatadi. Adabiyotlar ro'yxati 1.Ashirboev S. "O‘zbek dialektologiyasi". Nizomiy nomidagi TDPU, 2011. 2. Tojiboeva O. "Ёlg‘izbog‘ning o‘tgan kunlari" Saylanma. 4-jild. – Namangan: “Iste’dod ziё press” nashr-ti, 2021. 3. Ashurboyev S. "Areal lingvistika" Bookmany print " T. 2023 4. Reshetov V., Shoabdurahmonov Sh. "O‘zbek dialektologiyasi" (Fonetika, morfologiya, leksika). Toshkent: O‘rta va oliy maktab, 1962. 5. Ibrohimov S. "O‘zbek tilining Andijon shevasi" Toshkent: Fan, 1967. PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E)