scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SURXONDARYO VILOYATIDA COVID-19 PANDEMIYASIGA QARSHI KURASH VA AHOLI SOG'LIG'INI SAQLASH MASALALARI

Tursunov Oʻktam Saypullayevich

Full text

469 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc SURXONDARYO VILOYATIDA COVID-19 PANDEMIYASIGA QARSHI KURASH VA AHOLI SOG‘LIG‘INI SAQLASH MASALALARI Tursunov Oʻktam Saypullayevich Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘qituvchisi e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17780729 Annotatsiya: Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatida COVID-19 pandemiyasi davrida sogʻliqni saqlash tizimi faoliyati, epidemiologik tadbirlar, karantin va izolyatsiya choralari hamda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik tayyorgarligi tahlil qilinadi. Maqolada viloyatdagi karantin obyektlari, kasallik aniqlangan bemorlar statistikasi, pandemiyaga qarshi kurashga ajratilgan byudjet mablagʻlari va tibbiyot xodimlarining faoliyati haqida maʼlumotlar keltirilgan. Shuningdek, aholining sanitariya-epidemiologik xotirjamligini taʼminlash, pandemiya oqibatlarini yumshatish va COVID19 kasalligi bilan kurashdagi viloyat tajribasi oʻrganilgan. Kalit soʻzlar: COVID-19, koronavirus infeksiyasi, pandemiya, karantin, epidemiologik tadbirlar, sogʻliqni saqlash tizimi, tibbiyot muassasalari, Surxondaryo viloyati, sanitariyaepidemiologik xavfsizlik. Аннотация: В статье анализируется деятельность системы здравоохранения Сурхандарьинской области в период пандемии COVID-19, включая эпидемиологические меры, карантин и изоляцию, а также материально-техническую готовность медицинских учреждений. Приводятся сведения о карантинных объектах области, статистика заболевших, бюджетные средства, выделенные на борьбу с пандемией, и деятельность медицинских работников. Также рассматривается обеспечение санитарно-эпидемиологической безопасности населения, смягчение последствий пандемии и опыт региона в противодействии COVID-19. Ключевые слова: COVID-19, коронавирусная инфекция, пандемия, карантин, эпидемиологические меры, система здравоохранения, медицинские учреждения, Сурхандарьинская область, санитарно-эпидемиологическая безопасность. Kirish Sogʻliqni saqlash tizimi aholining hayotiy faoliyati va farovonligini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. Aholining salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni davolash va profilaktika qilish, shuningdek tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va tibbiyot xodimlarini moddiy hamda maʼnaviy ragʻbatlantirish sohadagi islohotlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bugungi kunda aholi orasida sanitariya-epidemiologik xavfsizlikni taʼminlash, karantin choralari, yuqori xavfli va boshqa yuqumli kasalliklarning chetdan kirib kelishi hamda ularning tarqalishining oldini olish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa COVID-19 pandemiyasi davrida bu muammo global miqyosda aholi salomatligiga tahdid solgan. Shu sababli viloyat va respublika darajasida epidemiologik nazorat, kasallik aniqlangan fuqarolarni izolyatsiya qilish, tibbiyot muassasalarini zarur jihozlar bilan taʼminlash kabi choralar amalga oshirilgan. Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatida COVID-19 pandemiyasi davrida sogʻliqni saqlash tizimining faoliyati, epidemiologik tadbirlar, karantin va izolyatsiya choralari, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik tayyorgarligi hamda aholining sanitariya-epidemiologik xotirjamligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinadi. Muhokama Oʻzbekiston Respublikasiga COVID-19 koronavirus infeksiyasi kirib kelishi natijasida viloyatda karantin eʼlon qilindi. Aholini himoya qilish, kasallanganlarni davolash va alohida 470 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc izolyatsiya qilish maqsadida viloyatda 37 ta gospital, provizor, observatsiya va izolyator obyektlari tashkil etildi, jami 3 124 oʻrin tayyorlandi[1:150]. 2020-yil 10-aprel holatiga koʻra, viloyatga chetdan kelgan va muloqatda boʻlgan jami 34 407 nafar fuqaro kuzatuvga olingan. Shulardan 24 042 nafari, jumladan 20 835 nafari uy karantiniga, 3 207 nafari esa stasionar sharoitida kuzatuvga olingan va 14 kunlik kuzatuvdan soʻng hisobdan chiqarilgan[1:155]. 2020-yil iyun oyida esa 10 365 nafar fuqaro kuzatuvda boʻlib, shulardan 1 806 nafari stasionar sharoitda, 8 559 nafari uy karantinida boʻlgan[2:91]. Ushbu davrda viloyatda 74 nafar kasallik aniqlangan, jumladan charter reys orqali kelganlar 28 nafar, boshqa viloyatlardan kelganlar 2 nafar, mahalliy fuqarolar 14 nafar (shu jumladan 4 IIB xodimi, 6 tibbiyot xodimi, 1 oshxona ishchisi, 3 tranzit yuk tashuvchi)[3:56]. Infeksiyaning tarqalishining oldini olish uchun barcha epidemiologik tadbirlar amalga oshirildi va aholi orasida keng sanitariya targʻiboti olib borildi. Karantin ostidagi fuqarolarni joylashtirish uchun Termiz tumanidagi “Surxon” va “Xursandoy” sanatoriyalari, Denov tumanidagi “Denov kardio shifo” klinikalari hamda “Sharq”, “Ulugʻbek”, “Fidan” mehmonxonalari birinchi boʻlib foydalanishga ajratildi. Davlat rahbari tomonidan sogʻliqni saqlash tizimi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va aholining salomatligini himoya qilishga alohida eʼtibor qaratildi. 2020-yil 28 aprel holatiga viloyatda 170 nafar aholi COVID-19 infeksiyasiga chalingan boʻlib, ulardan 70 nafari (41,1%) davolangan va uylariga qaytarilgan[4:32-35]. Kasallikning viloyatdagi manbalari quyidagicha aniqlangan: charter reys bilan kelganlar 44 nafar, mahalliy aholidan 126 nafar. Kasallik manbai sifatida Surxondaryo mintaqaviy yoʻllarida ishlovchi DUK xodimi va Toshkentda qurilishda ishlagan fuqarolar aniqlangan[4:68-69]. Shu bilan birga, 90 dan ortiq holatlar Afgʻoniston hududida xizmat qilgan shaxslar bilan bogʻliq edi[5:125]. 2020-yil sentyabr holatiga viloyatda 6 751 nafar fuqaro karantinga olingan. Shulardan 703 nafari tibbiyot muassasalarida, 445 nafari sihatgoh va maxsus binolarda, 5 603 nafari esa uy karantinida kuzatuvda boʻlgan[5:125]. Viloyat byudjeti va qoʻshimcha mablagʻlar hisobidan 2020-yil 9 oy davomida jami 20 118,5 mln. soʻm ajratildi. Mablagʻlarning asosiy qismi kislorod taʼminoti, PCR apparatlari, pandemiyaga qarshi kurashish uchun tibbiy jihozlar va davolash muassasalarini taʼmirlashga yoʻnaltirildi[6:57-62]. Viloyat sogʻliqni saqlash tizimida davolash-profilaktika muassasalarida 3 990 nafar vrach faoliyat koʻrsatgan, ammo oliy maʼlumotli tibbiyot xodimlariga boʻlgan ehtiyoj 3 612 nafarni tashkil etgan[7:50-54]. Shu bilan birga, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar orqali nogironlar va nafaqa yoshidagi fuqarolar zarur jihozlar bilan taʼminlandi[5:125]. 2020-yil noyabr holatiga koʻra koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan muassasalarda 633 nafar bemor davolangan, ulardan 454 nafari (71%) pnevmaniya bilan kasallangan edi[7:44]. COVID19 bemorlarini reabilitatsiya qilish uchun 330 ta oʻrin, mobil guruhlar soni 147 ta, tez tibbiy yordam mashinalari 221 ta tashkil etildi[5:125]. Xulosa Koronavirus pandemiyasi davrida viloyat sogʻliqni saqlash tizimi xodimlari aholining salomatligini saqlash yoʻlida fidoyilarcha faoliyat koʻrsatdi, hatto hayot xavfi ostida jasorat va insonparvarlik namunasini koʻrsatdi. Shu davrda 48 nafar tibbiyot xodimi COVID-19 tufayli vafot etdi. Davlat rahbarining oqilona siyosati va hukumatning epidemiyaga qarshi kurash choralarini samarali tashkil etishi pandemiyaning oqibatlarini sezilarli darajada yumshatdi. Oʻzbekistonning COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashdagi tajribasi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va boshqa yetakchi davlatlar tomonidan yuqori baholandi. 471 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Surxondaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi joriy arxivi. 112-yigʻma jild. 150-155 varaqlar. 2. Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 77-fond, 5-roʻyxat, 112-ish, 91-varaq 3. Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 77-fond, 5-roʻyxat, 122-ish, 56-varaq 4. Surxondaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi joriy arxivi. 115-yigʻma jild. 32-69 varaqlar. 5. Surxondaryo viloyat Hokimligi Iqtisodiyot va statistika boshqarmasi. 2020 y. 10.01. 125-bеt 6. Surxondaryo viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi joriy arxivi. 2020 y. 119-yigʻma jild. 57-62 varaqlar. 7. Surxondaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi joriy arxivi. 2020 y. 115-yigʻma jild. 44-54 varaqlar.