scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SHEROBOD UYEZD(RAYON)IDA AHOLINING HUDUDIY JOYLASHUVI VA ETNIK TARKIBI

Qarshiyev Islom Maxmarahim o'g'li

Full text

472 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc SHEROBOD UYEZD(RAYON)IDA AHOLINING HUDUDIY JOYLASHUVI VA ETNIK TARKIBI Qarshiyev Islom Maxmarahim o‘g‘li Termiz davlat universiteti doktoranti (DSc) https://orcid.org/0009-0004-0796-1493 e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17780766 Annotatsiya: Ushbu maqolada XX asrning 20-yillarida Sherobod uyezdining ma’muriyhududiy tuzilishi, aholi punktlarining hududiy joylashuvi va etnik tarkibi tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan. Uyezd tarkibidagi volostlar, kentlar va qishloqlarning xo‘jaliklar soni, aholisi hamda etnik guruhlarning joylashuv geografiyasi batafsil yoritiladi. Xususan, Sheroboddaryo havzasidagi o‘zbek chig‘atoylari, tog‘chi-qatag‘onlar, qo‘ng‘irotlarning vaqtamg‘ali tarmoqlari, qo‘shtamg‘alilar, qonjiqolilar, oyinnilar, juzlar, do‘rmonlar, o‘zbek-xitoylar, tojik-chig‘atoylar va arab aholisi etnik va hududiy tuzilmasi tadqiq etilgan. Maqolada etnik guruhlarning tarixiy shakllanishi, aholi zichligi, mahalliy guruhlarning turar joy an’analari hamda Sherobod vohasining ijtimoiy-etnik rivojlanishidagi o‘rni ilmiy asoslangan holda ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: Sherobod uyezdi, ma’muriy bo‘linish, volost, kent, etnik tarkib, chig‘atoylar, tog‘chi-qatag‘onlar, qo‘ng‘irotlar, Sheroboddaryo havzasi, arablar, tojik-chig‘atoylar. Аннотация: В данной статье на основе исторических источников проанализированы административно-территориальная структура Шерабадского уезда 1920-х годов, территориальное расположение населённых пунктов и их этнический состав. Подробно рассматриваются волости, кенты и кишлаки уезда, количество хозяйств, население и география расселения этнических групп. В частности, исследованы этническая и территориальная структура узбекских чагатаев Шерабаддарьинского бассейна, тогчикатаганов, отдельных ветвей кунгратов, куштамгалиев, конжикалиев, айнинов, джузов, дурманов, узбеко-китайцев, таджик-чагатаев и арабского населения. В статье научно обоснованно показано историческое формирование этнических групп, плотность населения, жилищно-поселенные традиции местных групп, а также роль Шерабадского оазиса в социально-этническом развитии региона. Ключевые слова: Шерабадский уезд, административное деление, волость, кент, этнический состав, чагатаи, тогчи-катаганы, кунграты, бассейн Шерабаддарьи, арабы, таджикчагатаи. Kirish XX asr boshlarida O‘rta Osiyoda yuz bergan siyosiy, ijtimoiy va ma’muriy o‘zgarishlar mintaqaning tarixiy geografiyasida muhim burilishlarni yuzaga keltirdi. 1925-yilda O‘zbekiston SSRning tashkil topishi va uning ma’muriy-hududiy bo‘linish tizimining qayta ko‘rib chiqilishi natijasida Surxondaryo oblasti tarkibida Sherobod uyezdi shakllantirilishi ushbu hududning etnik, demografik va hududiy tuzilishini o‘rganishda alohida ilmiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur davrda uyezd, volost va kent kabi ma’muriy birliklarning joriy qilinishi, aholi punktlarining qayta tasniflanishi hamda aholining tarkibi bo‘yicha hisob-kitoblar hududning etnografik manzarasini aniqroq tiklash imkonini beradi. Sherobod vohasi qadimdan ko‘p qatlamli etnik tarkibi, turli urug‘ va elatlarning tarixiy yashash hududlari, daryo havzalari bo‘yicha joylashuv xususiyatlari bilan ajralib turgan. Xususan, o‘zbek chig‘atoylari, tog‘chi-qatag‘onlar, qo‘ng‘irotlarning vaqtamg‘ali tarmoqlari, qo‘shtamg‘alilar, oyinnilar, qonjiqolilar, do‘rmonlar, juzlar, o‘zbek-xitoylar, tojik-chig‘atoylar va arablarning turar 473 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc joylari, ular yashab kelgan qishloqlar hamda ular o‘rtasidagi hududiy munosabatlar Sherobod vohasining ijtimoiy-etnik strukturasini shakllantirgan. Muhokama. Oʻzbekiston SSR Markaziy Revkomi 1925-yil 13-yanvarda boʻlgan majlisida Oʻzbekistonni ma’muriy jihatdan ajratish masalasini koʻrib chiqdi va unga muvofiq Turkiston ASSR oblastlar, uyezdlar, volostlar va qishloq sovetlariga (selsovetlarga); Buxoro Respublikasi viloyatlar (keyinchalik okruglar), tumanlar, kentlar, aminliklar va qishloq oqsoqolliklariga; Xorazm Respublikasi oblastlar, tumanlar, shoʻrolar va oqsoqolliklariga boʻlingan edi. Uyezd (ruscha: уезд) – bu asosan Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqining dastlabki davrlarida qoʻllanilgan katta maʼmuriy-hududiy birlikning nomi. Uyezd tarixan oʻrta asrlardagi Rus davlatidan boshlab qoʻllanilgan maʼmuriy tuman boʻlib, hozirgi kunda taxminan okrug yoki katta tuman tushunchasiga toʻgʻri keladi. Volost (rus.) – Rossiyada uyezd tarkibiga kirgan quyi maʼmuriy-hududiy boʻlinma. Turkistonda boʻlis, voʻlis deb yuritilgan. Volost 1861-yilgacha Rossiya hududida davlatga va monastirlarga tegishli qishloq joylarida maʼmuriy-hududiy rayon sifatida tashkil qilingan. 1861-yilgi islohotdan soʻng, Rossiyaning hamma qishloq joylarida volost quyi maʼmuriy-hududiy birlik boʻlib qolgan. Rossiya Turkistonni bosib olgandan soʻng, Turkistonning butun hududi (Buxoro amirligi va Xiva xonligidan tashqari) oblast, uyezd, volostlarga boʻlingan. Kent (sugʻdcha — uy, xonadon) – avvaliga bir yoki bir nechta oilaning yashashi uchun moʻljallangan, devor bilan oʻralgan uy-joyni anglatgan, keyinchalik esa joy nomlarining tarkibiy qismiga (qishloq, shahar) aylangan. Oʻzbekiston SSR Markaziy Revkomi Prezidiumi 1925-yil 29-yanvarda butun Oʻzbekiston boʻyicha ma’muriy boʻlinishning bir xil tizimini joriy qilinishiga asos solgan dastlabki qarorni qabul qildi. Ushbu qarorga koʻra, Surxondaryo oblasti tashkil etilgan va u uchta asosiy uyezddan iborat boʻlgan: Boysun uyezdi, Sherobod uyezdi va Yurchi uyezdi. Oblast jami 10 ta volostni birlashtirgan. Oblastda jami 24,518 ta xoʻjalik va 127,743 nafar aholi qayd etilgan. Sherobod uyezdi 4 ta volost (Poshxurd, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Sherobod) va 114 ta aholi punktiga ega boʻlgan. Bu uyezdda har bir volostga oʻrtacha 28,5 tadan aholi punkti toʻgʻri kelgan. Sherobod uezdi 9,806 ta xo'jalik va 51,230 nafar aholiga ega bo'lgan[1]. 1. Poshxurd volosti 2 ta kent (Poshxurd va Xatak) va 7 ta oqsoqollik (G’urjak, Egarchi, Laylagon, Panjob, Uzumquduq, Xatak, Xo’jaulkan) laridan iborat bo’lgan va jami 3631 ta xo’jalik istiqomat qilgan. 2. Jarqo’rg’on volosti 2 ta kent (Jarqo’rg’on va Tallimaron) laridan iborat bo’lgan va jami 2145 ta xo’jalik istiqomat qilgan. 3. Termiz volosti 2 ta kent (Pattakesar va Xoshman) laridan iborat bo’lgan va jami 1539 ta xo’jalik istiqomat qilgan. 4. Sherobod volosti 3 ta kent (Oqqo’rg’on, Gilambob, Maydaariq) laridan iborat bo’lgan va jami 2491 ta xo’jalik istiqomat qilgan[1]. Sheroboddaryo havzasida o‘zbek chig‘atoylarining tarqalishi an’anaviy ravishda uch asosiy geodemografik hudud bilan izohlanadi: daryoning boshlanish qismi (yuqori oqim), o‘rta oqim zonasi va Sherobod vohasi — hozirgi Sherobod shahri atrofidagi qishloqlar majmuasi. Arxiv va etnografik manbalardan ma’lumki, chig‘atoylar Sherobod daryosining yuqori qismida joylashgan Yuqori Machay qishlog‘ida ham istiqomat qilgan bo‘lib, mazkur hududda chig‘atoylar bilan bir qatorda turklar va hardurilar ham yashagan. 474 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Daryo havzasining o‘rta oqimida joylashgan Yuqori Laylagon (Xatak yaqinida) hamda Pastki Laylagon (Kallamazor qishlog‘i yaqinida, Sheroboddaryo bo‘yida) qishloqlarida ham chig‘atoylar zich yashagan. Pastki Laylagonning G‘uzor–Sherobod karvon yo‘li bo‘yida joylashgani hamda karvonsaroy mavjudligi sababli bu maskan tarixiy manbalarda “Saroy” nomi bilan ham tilga olinadi. Qorabog‘ va Poshxo‘rd qishloqlarida chig‘atoylar qisman tojik-chig‘atoy guruhlari bilan aralash holda yashaganligi qayd etiladi [2:69]. Sheroboddaryoning quyi oqimida, ya’ni Sherobod shahri atrofidagi qishloqlarda chig‘atoylarning bir qancha yirik aholi punktlari shakllangan. Masalan, Qishloqbozor qishlog‘ida ikki mahalla mavjud bo‘lib, jami 200 dan ortiq xo‘jalik yashagan. Arslonboy mahallasida chig‘atoylar, Xo‘ja mahallasida esa o‘zbek-xo‘jalar istiqomat qilgan. Shuningdek, Seplon (aholisining bir qismi afg‘onlardan iborat), Navbog‘ (o‘zbek chig‘atoylari, afg‘onistonliklar va o‘zbek turklar bilan aralash), Gegirdak (bir qismi turklardan iborat), Cho‘yanchi (chig‘atoylar bilan birga arablar yashagan) kabi qishloqlar ham chig‘atoylarning etnik hududiy majmualaridan hisoblangan [2:69]. Poshxo‘rd vodiysi aholisining etnik tarkibida o‘zbek xo‘jalari yetakchi bo‘lib, Zarabog‘, Qorabog‘ va Poshxo‘rd qishloqlarida ularning asosiy yadro guruhi shakllangan. Sherobod hududida asl turklar ikki manzilgohda — Gegirdak va Navbog‘ qishloqlarida chig‘atoylar hamda afg‘on jamoalari bilan birgalikda yashagan. Qadimgi turkiy urug‘lardan biri bo‘lgan kaltatoylar Sherobod bekligining Oqqo‘rg‘on qishlog‘ida qo‘ng‘irot urug‘i bilan birga istiqomat qilgan. Tog‘chi-qatag‘onlar esa etnografik manbalarga ko‘ra uch asosiy hududda tarqalgan: Ko‘hitang tizmasining sharqiy qismida — 1190 kishi, Sheroboddaryoning o‘rta oqimida — 2695 kishi va yuqori oqimida — 665 kishi yashagan [3:120–130]. Ular Sherjon qishlog‘ida tojik-chig‘atoylar, Zarabog‘da esa tojik-chig‘atoylar va o‘zbek-xo‘jalar bilan birga istiqomat qilgan. Xo‘janqo, Bedak, Sherqishloq (Zarautsoy nomi bilan ham ma’lum), Tangiduval va Xatak qishloqlaridagi aholi umumiy etnonim bilan “xataki” sifatida yuritilgan. Sherjon qishlog‘ida istiqomat qiluvchi tog‘chi-qatag‘onlar saribosh-qatag‘onlar avlodiga mansub bo‘lib, “sherdiki”, “baymoqdiki”, “xidirdiki”, “ko‘chakdiki” kabi qarindoshlik guruhlariga bo‘linadi. Machaydaryoning yuqori oqimida — Qizilnovur, Ko‘mirchi, Ko‘ksoy, Kentala (Keng dala) qishloqlarida ham ushbu urug‘ vakillari yashagan. Qo‘ng‘irotlarning vaxtamg‘ali tarmog‘i Sherobod vohasi, Surxondaryoning quyi oqimi, Amudaryo bo‘yi, Termiz atrofi, Qoratog‘daryo havzasi, Sheroboddaryoning o‘rta oqimi hamda Ko‘hitang tizmasining sharqiy yonbag‘ridagi bir qator qishloqlarda keng tarqalgan. B.X. Karmisheva ma’lumotlariga ko‘ra, ular Ko‘hitangdaryo hududida ham istiqomat qilgan [4:94]. Sherobod tumanidagi Kampirtepa, Oqqo‘rg‘on, Xo‘jaqiya va Yangier qishloqlarida vaqtamg‘alining “oyuvli” urug‘i yashaydi. Shuningdek, Boyavlod, Orqasido‘ng, Oqto‘nni, To‘manoqto‘nni, O‘tap, Tuvma, Avlachagir, Kanichi kabi dahalar ham ushbu tarmoq tarkibiga kiradi. Qo‘shtamg‘alilar G‘uzor hududidan tortib Sheroboddaryoning o‘rta oqimigacha (Kallamozor), Kirshak daryosi havzasi, Xomkon, Kichik va Katta O‘radaryo havzalari, Sherobod vohasi hamda Ko‘hitangning shimoliy qismidagi Sho‘rob va Chakchak dovoni yaqinidagi Mavlish hududlarida o‘rnashgan. Qonjig‘ali urug‘i Sherobod vohasidan Jarqo‘rg‘ongacha, Surxondaryodan Bobotog‘ tizmasigacha, Termiz atrofi hamda Dehqonobodgacha bo‘lgan hudud bo‘ylab tarqalgan. Oyinnilar esa Sherobod vohasida, Ko‘hitangdaryo havzasining g‘arbiy qismida va Ko‘hitang tizmasining sharqiy yonbag‘irlarida yashagan. 475 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Juz urug‘ining “turkman-juz” guruhi Sherobod bekligining Oqtosh qishlog‘i aholisining asosiy qismini tashkil etgan bo‘lsa, do‘rmonlar Xo‘jaqiyo qishlog‘ining ko‘pchilik qismida istiqomat qilgan. O‘zbek-xitoylar Sherobod bekligining Xitoy qishlog‘i hamda Boysun bekligining Poshxo‘rd qishlog‘ida yashagan. Ko‘hitang tog‘ining sharqiy yonbag‘irlarida joylashgan Sherjon, Vandob, Zarabog‘, Poshxo‘rd, Chakop kabi qishloqlarning asosiy etnik qatlamini tojik-chig‘atoylar tashkil etgan. Sherobod bekligining Rabatak qishlog‘ida esa arablar yashagan bo‘lib, qishloq Shamol, Boy va Sari kabi uch bo‘lakka bo‘lingan. 1926 yilgi manbalarga ko‘ra, Sari mavzesida 228 xo‘jalik bo‘lgan. Rabatak haqida “uch yuz uyli arab” iborasining qo‘llanishi shu yerda arablarning ko‘pligini anglatadi. O‘zbek tilida so‘zlashuvchi arablar Sherobod shahrining Taroxli va Balxi guzarlarida, tojik tilli arablar esa Novshahar va Arabxona qishloqlarida istiqomat qilgan. Shamol mahallasida beshkal, qorasoni, zambirto‘da, shamshilla kabi urug‘lar yashagan bo‘lsa, Boy va Sari mavzelarida galabotir va galatentak (galadevona) guruhlari istiqomat qilgan. Хulosa O‘rganilgan ma’lumotlar Sherobod vohasi nafaqat tabiiy-geografik jihatdan, balki etnik, ijtimoiy va madaniy jihatdan ham serqirra hudud bo‘lganini tasdiqlaydi. Maqolada keltirilgan tarixiy demografik ko‘rsatkichlar va etnik guruhlarning joylashuv jarayonlari bugungi Sherobod tumanining etnik shakllanishi, mahalliy guruhlarning hududiy taqsimoti va madaniy rivojlanishini tushunishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Список населенных мест Узбекской ССР и Таджикской АССР. Выпуск VII: Сурхандарьинская область. Издание Ц. С. У. Уз. ССР. Самарканд, 1925. 2. Кармышева Б.Х. Очерки этнической истории южных районов Таджикистана и Узбекистана. - С. 69. 3. Материалы по районированию Средней Азии. Кн.1. Территория и населения Бухары и Хорезма. Ч.1. Буха ра. - Ташкени, 1926. - С. 120-130. 4. Кармышева. Б.Х. Очерки этнической истории южных районов Таджикистана и Узбекистана. - С. 94. 5. Tursunov N.N. Janubiy Surxon vohasi aholisining etnik xususiyatlari (XIX asr oxiri – XX asr boshlari).: Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. – T., 2007. 224-bet. 6. Каюмов А. Этническая ситуация на территории Южного Узбекистана в XIX–XX вв. (по материалам Сурхан-Шерабадской долины). Автореферат диссертации на соискание степени кандидата исторических наук. – Ташкент, 2011. – 30 с.