scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODI

Shodmonova Karomat Abdunazar qizi

Full text

476 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODI Shodmonova Karomat Abdunazar qizi Hamidova Charos Baxtiyor qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17780821 Annotatsiya: Ushbu maqola Temuriylar davrining yirik mutafakkiri, buyuk shoir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441– 1501) hayoti va ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan. Unda Navoiyning oʻzbek tilining davlat tili va adabiy til sifatida shakllanishidagi beqiyos oʻrni tahlil qilinadi. Xususan, shoirning "Xamsa" (besh doston), "Lison ut-tayr" (Qushlar tili), "Majolis unnafois" (Nafis majlislar) kabi asarlari, shuningdek, "Muhokamat ul-lugʻatayn" (Ikki til muhokamasi) asarining turkiy til qudratini isbotlashdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, maqolada Navoiyning Husayn Boyqaro saroyida vazir sifatidagi davlatparvarlik faoliyati, ilm-fan, madaniyat va sanʼatga homiyligi, jumladan, Hirotni madaniyat markaziga aylantirishdagi xizmatlari atroflicha koʻrib chiqiladi. Maqola Alisher Navoiyning faqat shoirlik dahosi emas, balki milliy oʻzlikni anglash va maʼrifatparvarlik timsoli sifatidagi tarixiy merosini koʻrsatib beradi. Kalit soʻzlar: Alisher Navoiy, Turkiy til, Xamsa, Muhokamat ul-lugʻatayn, Temuriylar, Husayn Boyqaro. Kirish Alisher Navoiy (chigʻatoycha: ﯽﯾاﻮﻧ ﺮﯿﺸﯿﻠﻋ ; forscha: ﯽﯾاﻮﻧ ﺮﯿﺷﯽﻠﻋ ﻦﯾﺪﻟﺎمﺎﻈﻧ ; 1441-yil 9fevral — 1501-yil 3-yanvar) — Temuriylar davridagi turkiy xalqlarning shoiri[3], mutafakkir va davlat arbobi. Gʻarbda Chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi. Tarixchi Ali Yazdiy nazariga tushgan, shoir Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469-yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdanyiroqroqda yashagan.Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469-yilda) mansabiga, vazirlik (1472-yilda) va Astrobod hokimligi (1487-yilda) lavozimiga tayinlanadi. 1480– 1500-yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan.Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning oʻgli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tugʻildi. Zamondoshlari uning haqida koʻpincha „Nizomiddin Mir Alisher“ deb yozadilar. Nizomiddin — din-diyonat nizomi degani boʻlib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, „mir“ amir demakdir. Uning otasi Gʻiyosiddin Muhammad(uni Gʻiyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayh Abusaid Changning qizi boʻlgan, ismi maʼlum emas. Alisherning bobosi Temurning oʻgʻli Umarshayx bilan emikdosh (koʻkaldosh) boʻlgan. Buyuk shoir oʻz asarlarida bu qutlugʻ dargohga yaqinligidan iftixor etishini bayon qiladi. Shuningdek, uning tarjimai holiga oid ayrim lavhalar asarlarida uchraydi. Bu shaxs toʻgʻrisidagi baʼzi maʼlumotlarni esa uning zamondoshlari oʻz kitoblarida tilga oladilar.Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda oʻsgan. Kichiklik chogʻidan sheʼr va musiqaga ishqi tushgan. Olim-u fozillar davrasida boʻlgan. Uch-toʻrt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning bir sheʼrini yod aytib, mehmonlarni hayratga soladi. Bir yildan soʻng uni maktabga 477 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc beradilar. U boʻlajak sulton Husayn Bayqaro bilan birga oʻqiydi. Uning zehni va iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida tarqaladi.Alisher xonadoni 1451-yilda Hirotga qaytadi. Tarixchi Xondamir bu bilan bogʻliq shunday bir hikoyani keltiradi: Karvon Yazd choʻli bilan Hirotga borarkan, tungi yurishlardan birida ot-ulov ustida hammani uyqu bosadi. Alisher mingan ot, ittifoqo, yoʻldan chiqib, boʻlajak shoir egardan tushib qoladi, uyqu zoʻrlik qilib, uygʻonmaydi. Horigan ot ham egasi yonidan ketmay, toʻxtab qoladi. Alisher tong otib, quyosh qiziganda uygʻonadi. Qarasa, poyonsiz sahro, atrofida hech kim yoʻq. Yolgʻiz otigina yovshan ildizlarini chimtib turibdi. Oʻn yoshli bola oʻzini qoʻlga oladi. Otini minib, zehn bilan yoʻlni topib ilgari yuradi. Kun qizib, chanqoqlik boshlanadi. Shu payt uzoqdan bir narsa qorayib koʻrinadi. U suv toʻla mesh ekan, Allohga shukronalar aytib, Alisher yoʻlini davom ettiradi. Uning ota-onasi manzilga yetgach, oʻgʻillarining yoʻqligini biladilar va mulozimni shoshilinch orqaga qaytaradilar. Mulozim koʻp yurmay, Alisherga duch keladi. Alisherni, goʻyo u qayta tugʻilganday, quvonch bilan kutib oladilar.Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi „Xamsa“ asari (1483–1485)dir, shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq „Xamsa“yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. Ushbu toʻplamni Nizomiy Ganjaviyning „Panj Ganj“ („Besh xazina“) asariga havas sifatida yozilganligini oʻquvchilarga anglatmoq maqsadida „Xamsa“ning kirish qismida: „Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasigʻa panja urmoq.“ deya taʼkid etadi. „Xamsa“ tarkibiga „Hayrat ul-abror“, „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Sabʼai sayyor“, „Saddi Iskandariy“ kabi dostonlar kiradi. "Hayratul-abror"da hamd, munojot, naʼt, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga boʻlgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, maʼrifiy, axloqiy va estetik munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtai nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yoʻlida ulusdan oʻta olmaganini anglatish bilan oʻzining adolatli shoh haqidagi qarashlarini anglatadi. „Farhod va Shirin“da qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki oʻsha sharafli nomning himoyasi orqali ekanini uqdiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali oʻzining komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy dostoni orqali Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy anʼanalari yangilangan boʻlsa, undan keyin bu syujet turk mumtoz adabiyotining oʻzak muammolarini hal etishda asosiy oʻrin tutdi va bu yoʻnalishda Ahmad rizvon, Jaliliy, Harimiy, Bafqiy, Urfi Sheroziy, Lamiiy, Nizoriy va boshqa dostonlari yaratildi. „Tarixi muluki Ajam“ („Ajam shohlari tarixi“,1488) qisqa tarix boʻlib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan „Tarixi Tabariy“, „Shohnoma“ asarlarini mantiqan toʻldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning soʻnggi vakili Yazdi Shahriyorgacha boʻlgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi. „Tarixi anbiyo va hukamo“ („Paygʻambarlar va hakimlar tarixi“, 1485–1498) asarining birinchi boʻlimida „Qissasul-anbiyo“laranʼanalarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan Nuh, Iso, Muso, Yaʼqub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi paygʻambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning „Hukamo zikrida“ deb nomlangan ikkinchi boʻlimida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishogʻurs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlarining siri qisqa satrlarda talqin qilinadi. „Vaqfiya“ (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablagʻi evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yoʻnalishda madrasa va xonaqohlarda oʻrnatilgan 478 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy oʻz ixtiyoridagi mablagʻlar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bogʻlarni sanab oʻtdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini oʻrganish uchun ham muhim hujjatli manbadir. Xulosa Ushbu keng qamrovli tahlil turkiy xalqlarning buyuk shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441–1501) siymosini yorqin aks ettiradi. Navoiy shaxsi Temuriylar hukmronligi davrida (Shohruh Mirzo va Husayn Boyqaro saltanatida) shakllanib, uning faoliyati butun Markaziy Osiyo madaniy-siyosiy hayotiga o‘chmas iz qoldirgan. Asosiy xulosalar va uning merosi quyidagilardan iborat: Turkiy Tilning Qudratini Isbotlash Navoiyning eng fundamental xizmati turkiy (o‘zbek) tilini fors tili bilan teng darajaga ko‘tarib, uni oliy adabiy til darajasida mustahkamlaganida namoyon bo‘ladi. − "Xamsa"ni turkiy tilda yaratishi bilan u Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy an'analariga munosib javob berib, turkiy tilda shunday ko‘lamdor epik asar yozish mumkinligini isbotladi. − "Muhokamat ul-lugʻatayn" asari orqali esa turkiy tilning fonetik, leksik va grammatik boyligini − ilmiy asoslab berdi, bu esa milliy tilning rivoji va istiqloli uchun kurashga chorlov bo‘ldi. − "Mezon ul-avzon" bilan turkiy aruz nazariyasini tizimlashtirdi, tilshunoslikka katta hissa qo‘shdi. Davlat Arbobi va Bunyodkorlik − Navoiy Husayn Boyqaroning eng yaqin kishisi ("muqarrabi hazrati sultoniy") va vaziri sifatida faqatgina ijod bilan emas, balki faol davlatparvarlik bilan shug‘ullangan. − U o‘z mablag‘lari hisobidan madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, rabotlar, hammomlar va ko‘priklar kabi 90 dan ortiq inshoot qurdirib, Hirotni ma'naviyat markaziga aylantirdi, bu uning ulkan bunyodkorligini ko'rsatadi. − Uning vazirlik faoliyati davlatda tinchlik, adolat va obodonlikning qaror topishida, harbiy mojarolarni oldini olishda (masalan, Yodgor Mirzo qo'zg'olonida) katta rol o‘ynagan. − Maʼrifatparvarlik va Tasavvuf − Navoiy ijodiy merosining ma'naviy poydevorini tasavvufly qarashlar tashkil etadi. − "Lison ut-tayr" dostoni orqali u borliq, inson va ilohiyot haqidagi falsafiy fikrlarini qushlar timsolida bayon etib, zohidlik va ma'rifiy yuksalish g‘oyalarini ilgari surdi. − "Nasoyim ul-muhabbat" kabi asarlari bilan esa islomiy-so‘fiy merosni boyitdi. − "Majolis un-nafois" tazkirasi Navoiyning o‘z zamondosh shoirlariga homiylik qilganini va adabiyot tarixidagi ilk o‘zbekcha tazkira yaratganini tasdiqlaydi. Alisher Navoiy shaxsi va ijodi o‘zbek xalqi uchun milliy o‘zlik, g‘urur va intellektual qudrat timsoli bo‘lib xizmat qiladi. Uning boy adabiy, ilmiy va davlatchilik merosi Sharq va G‘arb tadqiqotchilari tomonidan hamon o‘rganilmoqda va insoniyatning ma'naviy xazinasining eng yorqin namunalaridan biri bo'lib qolmoqda. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Navoiy, Alisher. Muhokamat ul-lugʻatayn. 2. Navoiy, Alisher. Lison ut-tayr. 3. Navoiy, Alisher. Majolis un-nafois. 4. Navoiy, Alisher. Munshaot. (88 ta xat toʻplami.) 5. Navoiy, Alisher. Mahbub ul-qulub. 6. Navoiy, Alisher. Xamsat ul-mutahayyirin. 479 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 7. Navoiy, Alisher. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. 8. Navoiy, Alisher. Holoti Pahlavon Muhammad. 9. Navoiy, Alisher. Tarixi mulki Ajam.