scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTONNING AMALDAGI KONSTITUTSIYAVIY NORMALARI ASOSIDA ZAMONAVIY SIFATLI TA'LIM TIZIMINI YARATISH, TA'LIM OLISH HUQUQI VA TA'LIM SOHASIDAGI YANGILIKLAR.

Sohobova, Oyshaxon

Abstract

В данной статье рассматриваются право на образование, права и обязанности обучающихся, современные методы и технологии обучения, основные функции Конституции, политическая функция, правовая функция, воспитательно-идеологическая функция, конституционные реформы, правовые гарантии в сфере образования, а также дальнейшее укрепление статуса нашего государства как «демократического государства» в данной Конституции.

Full text

PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 220 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us O’ZBEKISTONNING AMALDAGI KONSTITUTSIYAVIY NORMALARI ASOSIDA ZAMONAVIY SIFATLI TA’LIM TIZIMINI YARATISH, TA’LIM OLISH HUQUQI VA TA’LIM SOHASIDAGI YANGILIKLAR. ADPI “Maktabgacha ta’lim” Sirtqi ta’lim 305-guruh talabasi Sohobova Oyshaxon ANNOTATSIYA Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining bosh Qomusi bo’lmish Konstitutsiyada yozilgan ta’lim olish huquqlari, ta’lim oluvchilarning huquq va burchlari, zamonaviy ta’lim olish usullari va metodlari, konstitutsiy aning asosiy funksiyalari, siyosiy funksiya, yuridik funksiya, tarbiyaviymafkuraviy funksiyasi, Kostitutsiyaviy islohotlar, ta’lim sohasidagi huquqiy kafolatlar ushbu konstitutsiyada ham Davlatimizning “demokratik davlat”sifatidagi maqomi yanada mustahkamlanganligi haqida so’z boradi. KALIT SO’ZLAR Konstitutsiya, ta’lim oluvchilarning huquq va burchlari, “ta’lim to’g’risida”gi qonun, yuridik funksiya, tarbiyaviymafkuraviy funksiya, insonparvarlik, uzluksiz ta’lim shakllari, milliy umuminsoniy qadriyatlar va davlat suvereniteti. АННОТАЦИЯ В данной статье рассматриваются право на образование, права и обязанности обучающихся, современные методы и технологии обучения, основные функции Конституции, политическая функция, правовая функция, воспитательноидеологическая функция, конституционные реформы, правовые гарантии в сфере образования, а также дальнейшее укрепление статуса нашего государства как «демократического государства» в данной Конституции. КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА Конституция, права и обязанности обучающихся, Закон «Об образовании», правовая функция, воспитательно-идеологическая функция, гуманизм, форма непрерывного образования, национальные общечеловеческие ценности и государственный суверенитет. ANNOTATION This article discusses the rights to education, the rights and duties of students, modern methods and techniques of education, the main functions of the constitution, the PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 221 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us political function, the legal function, the educational-ideological function, the constitutional reforms, the legal guarantees in the field of education, and the further strengthening of the status of our state as a "democratic state" in this constitution. KEYWORDS Constitution, rights and duties of students, the law "On Education", legal function, educational-ideological function, humanity, continuous education form, national universal values and state sovereignty. KIRISH: Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida barcha qatlam manfaatlari inobatga olinib, uni ishlab chiqishda aholi faol ishtirok etdi hamda ushbu muhim hujjat referendum orqali qabul qilinganligi ushbu hujjatning chinakam xalq Konstitutsiyasi bo’lganidan dalolat beradi. Konstitutsiyamiz loyihasini muhokama qilishdan boshlab to uni qabul qilguncha bo’lgan davrda o’tkazilgan umumxalq muhokamalarida millionlab yurtdoshlarimiz faol ishtirok etdilar, shu nuqtai nazardan qaraganda yangilangan Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz bo’ldi, deb baralla ayta olamiz. Eng muhimi, endi islohotlarimiz yo’lidan hech qachon ortga qaytmaymiz, “insonjamiyat – davlat” degan yangi tizim asosida faqat va faqat oldinga qarab boramiz deydi – Yurtboshimiz SHAVKAT MIRZIYOYEV. O’zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasida ta’lim masalasi jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida e’tirof etilgan. Shu boisdan zamonaviy, sifatli ta’lim tizimini yaratish va fuqarolarning ta’lim olish huquqini ta’minlash konstitutsiyaviy jihatdan kafolatlangan. Yangilangan Konstitutsiyada O’zbekiston “ ijtimoiy davlat” degan tamoyil muhrlanib, davlatning bu sohadagi majburiyatlari bilan bog’liq normalar uch baravarga oshdi. Konstitutsiyada O’zbekiston “huquqiy davlat” degan tamoyil ham qat’iy qilib belgilanib , inson huquq va erkinliklari borasidagi normalar uch baravarga ko’paytirildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya O’zbekistonning “demokratik davlat” sifatidagi maqomini ham yanada mustahkamladi. Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50moddasida “Har kim ta’lim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 222 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart – sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o’rta ta’lim va boshlang’ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o’rta ta’lim majburiydir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o’rta ta’lim davlat nazoratidadir. Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo’lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi “ _ deyilgan. Ushbu modda ham asosan ta’lim olishga qaratilgan. Insonning umr bo’yi ilm olishga va izlanishga ya’ni uzluksiz ta’limni ta’minlashga undaydi. “ Beshikdan to qabrgacha ilm izla “ _ degan iboraga amal qilishligimiz uzluksiz ta’limni ta’minlashning yorqin misolidir. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’grisida” gi qonunning 7-moddasida uzluksiz ta’lim turlari yozib qo’yilgan. “Maktabgacha ta’lim va tarbiya”; Umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim; Professional ta’lim; Oliy ta’lim; Oliy ta’limdan keyingi ta’lim; Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; Uzluksiz ta’lim_ bu insonning butun hayoti davomida bilim va ko’nikmalarini muntazam ravishda boyitib borishini ta’minlaydigan ta’lim tizimidir. Zamonaviy sifatli ta’lim tizimini yaratishning konstitusiyaviy asoslari : Konstitutsiyada belgilangan tamoyillar quyidagi yo’nalishlarda namoyon bo’ladi: Ta’limning uzluksizligi _maktabgacha, umumiy o’ rta, o’rta maxsus, oliy va qayta tayyorlash bosqichlarini yagona tizim sifatida shakllantirish. Ta’limning sifat va mazmun jihatdan yangilanishi _ ilg’or pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim va xalqaro standartlarga mos dasturlarni joriy etish, Bepul umumiy ta’lim _ har bir bola uchun majburiy va bepul umumiy o’rta ta’limni ta’minlash davlat majburiyatidir. Teng imkoniyatlar_ jins, millat, ijtimoiy kelib chiqish, tildan qat’iy nazar har bir fuqaro uchun ta’lim olish huquqining tengligi. Davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamkorligi_ raqobat va innovatsiyalarni rag’batlantirish orqali sifatni oshirish. Konstitutsiyamizning 33moddasida OAV tarmog’idan foydalanish haqida yozil qo’yilgan. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 223 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us “Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega . Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega. Davlat internet jahon axborot tarmog’idan foydalanishni ta’minlash uchun shartsharoitlar yaratadi. Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo’lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholini sog’ligini ,ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash , shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sir oshkor etishining oldini olish maqsadida zarur bo’lgan doirada yo’l qo’yiladi.” Hozirgi zamon talabi bo’lmish internet tarmog’idan ham to’g’ri foydalanish yo’l yo’riqlari qomusimizda ham yozilganligi katta e’tibordan darak. Chunki bu tarmoqdan salbiy tomonlama foydalanib kelayotgan yoshlar ham afsuski oramizda uchrab turadi. Ta’limga bo’lgan e’tibor kun sayin ortib borayotganini qabul qilinayotgan qaror va qonunlarda ham ko’rsak bo’ladi. O’zbekistonda 2024/2025o’quv yili boshiga kelib faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlari soni 222 taga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo’mitasi ma’lum qilgan. Unga ko’ra mazkur ko’rsatkich 2015/2016o’quv yiliga nisbatan 153taga ko’paygan bo’lib, so’ngi o’n yilda oliy ta’lim muassasalari soni qariyb 3,2 barobarga oshgan. 2015-yilda 69 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud bo’lgan bo’lsa, keyingi yillarda bu raqam izchil ortib bordi. Xususan, 2018yilda ularning soni 98taga, 2022yilda esa 191 taga yetdi. 2024-yilda esa bu ko’rsatkich 222 tani tashkil etdi. Ta’lim sohasidagi poydevori maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir. Har yili bu sohaga bo’lgan e’tibor sezilarli darajada oshib bormoqda. Quyida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari statistikasiga nazar tashlaymiz. Davlat statistikasi qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, respublikamizda 2021-yil boshida jami 7753 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilgan. MTV axborot xizmati ma’lumotiga tayanib Xalq so’zi nashrining xabar berishicha, bugungi kunda Respublikada 18254 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda. Jumladan Davlat MTT6 197 ta; Oilaviy shakldagi MTT10 244 ta; PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 224 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Davlat – xususiy sherikchiligi asosidagi MTT788 ta; Xususiy shakldagi MTT1 025 ta; Ma’lumot o’rnida shuni aytish joizki, bugungi kunda Respublika miqyosida 18 254 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami 1 699566 nafar yoki 60,9 % maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar tarbiyalanmoqda. Yana Konstitutsiymizga qaytsak quyida konstitutsiyaning asosiy funksiyalari ko’rsatilgan: Siyosiy funksiyasi ; konstitutsiya: jamiyat siyosiy tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlaydi; siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalarining davlat hokimiyati bilan munosabatlarini muvofiqlashtiradi; saylovlar va referendum kebi bevosita demokratiya institutlarini mustahkamlash orqali jamiyatda siyosiy barqarorlikni ; fuqarolar aro totuvlik, hamjihatlik va tinchlikni ta’minlaydi; davlat yuritadigan ichki va tashqi siyosatning asoslari va barcha muhim yo’nalishlarini aks ettiradi. Yuridik funksiyasi; konstitutsiya yuridik mazmun va mohiyatga ega bo’lgan huquqiy hujjat bo’lib davlatning asosiy qonuni sifatida butun huquqiy va qonunchilik tizimlarining o’zagini tashkil etadi. Tarbiyaviymafkuraviy funksiyasi ; konstitutsiya xalqning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va maaniyatini aks ettiradi. Unda jamiyat taraqqiyotiga turtki beruvchi muhim ma’naviy omil bo’lib xizmat qiluvchi g’oyalar o’z ifodasini topadi. Konstitusiyaviy islohotlar mazmuni. Konstitusiyaviy islohotlar—bu davlatning asosiy qonuni bo’lgan konstitusiyani zamon talablariga moslashtirish, inson huquqlarini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi, sudhuquq tizimi, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarda islohotlarni huquqiy mustahkamlash jarayonidir. O’zbekistonda 2022-2023yillardagi konstitutsiyaviy islohotlar quyidagi yo’nalishlarni qamrab oldi: - Inson qadri va huquqlariga ustuvorlik berish; - Ijtimoiy davlat tamoyilini mustahkamlash; - Ta’lim va tibbiyotga oid ijtimoiy kafolatlarni kuchaytirish; - Oila, yoshlar, nogironligi bo’lgan shaxslar huquqlarini kengaytirish; - Ta’lim va ilm fan rivojiga alohida e’tibor berish. XULOSA: Konstitutsiyaviy islohotlar ta’lim sohasida tub o’zgarishlar uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 225 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Yangilangan konstitutsiyada inson qadri, ijtimoiy adolat va ta’limning uzluksizligi ustuvor tamoyil sifatida belgilandi. Umuman olganda, konstitutsiyaviy islohotlar ta’lim sohasini rivojlantirish, inson kapitalini kuchaytirish va davlatning ijtimoiy yo’nalganligini ta’minlashda asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.o’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi ( 2023-yilgi) so’ngi tahriri 2. O’zbekiston respublikasi “ta’lim to’g’risida”gi qonun -2020-yil 23-sentabr 3. O’zbekiston respublikasi prezidentining ta’lim sohasiga oid farmon va qarorlar 4. O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi rasmiy sayti ( lex.uz) 5.i.a.karimov “ yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch” asari. 6. “konstitutsiyaviy huquq” o.t. Husanov