scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QASHQADARYO VILOYATINING EKOLOGIK TURIZM MASKANLARI

Mamanov, Jaloliddin G'anisher o'g'li

Abstract

Maqolada Qashqadaryo viloyati haqida qisqacha ma`lumotlar keltirilib, geografik mintaqalari yoritilgan. So‘ngra hududda mavjud memoriy va tarixiy o`byektlar haqida ham adabiyotlardan olingan manbalarga asoslanib so‘z yuritiladi. Shu ma`lumotlarga asoslangan holda viloyatni ekoturistik salohiyati yetarli darajaga chiqarishga.

Full text

Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 117 DOI: https://10.5281/zenodo.17781345 QASHQADARYO VILOYATINING EKOLOGIK TURIZM MASKANLARI Mamanov Jaloliddin G‘anisher o‘g‘li Qarshi davlat texnika universiteti E-mail: [email protected] ANNATATSIYA Maqolada Qashqadaryo viloyati haqida qisqacha ma`lumotlar keltirilib, geografik mintaqalari yoritilgan. So‘ngra hududda mavjud memoriy va tarixiy o`bektlar haqida ham adabiyotlardan olingan manbalarga asoslanib so‘z yuritiladi. Shu ma`lumotlarga asoslangan holda viloyatni ekoturistik salohiyati yetarli darajaga chiqarishga. Kalit so‘zlar: Ekoturizm, tog‘, adir, maydon, mehmonxona, tuman, ob’ekt, xizmat, mehmon uylari, strategik, viloyat, ma’muriy, ichki turizm. АННОТАЦИЯ В статье дана краткая информация о Кашкадарьинской области и рассмотрены её географические регионы. Затем, на основе литературных источников, рассматриваются существующие мемориальные и исторические объекты региона. На основе этой информации можно эффективно развивать экотуристический потенциал региона. Ключевые слова: экотуризм, горы, холм, местность, гостиница, район, объект, услуга, гостевые дома, стратегический, региональный, административный, внутренний туризм. KIRISH Qashqadaryo viloyati 1943yilda tashkil topgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birligi hisoblanadi. Viloyat O‘zbekiston Respublikasining janubiy qismida joylashgan bo‘lib, maydoni 28 567 kv.km ni tashkil qiladi. Tog‘mintaqasi Zarafshon, Qashqadaryo va Surxon – Sherobod vodiylari oralig‘ida joylashgan Zarafshon va Hisor tizmalariga mansub bo‘lgan o‘rtacha baland va baland tog‘larni o‘z ichiga oladi. Bu tizmalar geologik tuzilishining xususiyatlari va Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 118 eng yangi (neo)tektonik harakatlarning tabaqalashuvi ularning relyefining xilmaxilligiga sabab bo‘lgan. Geologik jihatdan bu mintaqa mezozoy va paleogen cho‘kindi yotqiziqlari tarqalgan hududdir. Ayrim joylarda allyuvial – prolyuvial yotqiziqlar ham tarqalgan. Tekislikmintaqasi Qashqadaryo havzasining katta g‘arbiy qismini o‘z ichiga oladi. Mintaqaning asosiy qismi Qarshi cho‘lining qiya tekisligi bilan band. Qarshi qiya tekisligi Qizilqum cho‘lining janubi – sharqiy chekkasi hisoblanadi (Mamatov, 1994). MUHOKAMA VA NATIJALAR Bugungi kunda viloyatda 48 ta mehmonxona, 194 ta mehmon uylari, 16 ta hostellar turistik qatlam uchun xizmat ko‘rsatmoqda. Hududda 17 ta yirik turistik ob’ektlar mavjud bo‘lib, yil davomida 700 mingdan ortiq turistlarni o‘zida qabul qiladi. Shahrisabz -Kitob-Chiroqchi tumanlari marshrutidagi turistik obyektlar: Shahrisabzning tarixiy markazida qadimgi shaharga tegishli turli xil me’morchilik yodgorliklari shahar tarixining dalili sifatida saqlanib qolgan. Ular orasida Oqsaroy va Ko‘k Gumbaz masjidini ajratib ko‘rsatish mumkin. Xo‘ja Ilm Kon xonaqosi 1345-yilda bunyod etilgan bo‘lib, Kitob tumanida joylashgan. Bu qadamjoga Islom so‘fiylik tariqati a’zosi Xo‘ja Abduboqi — keyinchalik Xo‘ja Ilm Kon nomi bilan mashhur bo‘lgan ulamo dafn etilgan. Ushbu hududda joylashgan Hazrat Sulton cho‘qqisining balandligi, dengiz sathidan hisoblaganda 4 688 metrni tashkil etadi. Ushbu cho‘qqi Hisor tog‘ tizmasidagi suvayirg‘ichning janubiy qismida, Kishtut daryosining boshlanish qismida joylashgan. Cho‘qqi atrofdagi hududlardan tik qurumli qoyalar hosil qilib ko‘tarilgan. Cho‘qqining yonidan oqib o‘tuvchi va shu hududdan boshlanuvchi daryolar havzasida abadiy qor va muzliklar yastanib yotibdi. Suvtushar sharsharasi viloyatning janubida joylashgan bo‘lib, balandligi 84 metrni tashkil etadi. Qattiq sovuq tufayli sharshara muzga aylanadi. Qo‘riqxona ilmiy xodimining ma’lum qilishicha, sharsharaning muzlashi har yil yanvar oyida kuzatiladi. Havo harorati 18-20 darajaga sovishi natijasida bunday hodisa sodir bo‘ladi. Shuningdek. go‘zal tabiati bilan mashhur — dengiz sathidan 2250 metr balandlikda, purviqor tog‘lar bag‘rida joylashgan G‘ilonga tashrif buyurgan har qanday sayyoh olam-olam taassurotlar og‘ushida qoladi. Qishloq ahli asosan bog‘dorchilik, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, Qarshi-Koson-Kasbi marshrutida Abul Mu’iyn An-Nasafiy, Sulton Mir Haydar, Qusam shayx ota, Shayx Shibli, Yer qo‘rg‘on arxialogik majmuasi kabi turistik obyektlar mavjud bo‘lsa, Qarshi-Yakkabog‘ marshrutida “Abu Ubayda al Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 119 Jarroh”, “Tutak ota”, “Odina masdjid” ziyoratgohlari, Oq kamar sharsharasi hamda “Qoplon dara” ekoturistik ob’ektlari aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. XULOSA Eng quvonarlisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyatining togʻli-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat koʻrsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 28.11.2023 yildagi PQ-376-son qarorining ijrosi tanimlanib foydalanishga topshirilganligi bo‘ldi. Ekotuzmni Respublika hamda viloyat miqyosida jadal rivojlanishi nafaqat tabiatni asrashga bo‘lgan dunyo qarash balki tub ma`noda bioxilma-xillikni saqlash va barqaror rivojlanishga ham o‘z ta`sirini ko‘rsatadi. Aholining estetik zavq olishidan tashqari ekologik madaniyatni ham oshirishga o‘z xissasini qo‘shadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Sh.M. Mirziyoyev. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, PQ-376-son qarori, 28.11.2023. 2. Qashqadaryo viloyatining statistik axborotnomasi. 2024. 3. Ismoilov H.F., Qashqadaryo viloyati geografik tasnifi va bioxilma-xillik darajasiga inson omili ta’siri, international scientific and practical conference “Innovative management in the education system: international and national concepts”, 16-may, 2024. 4. Шестой Национальный Доклад. Республики Узбекистан о сохранении биологического разнообразия / под общей редакцией Б.Т. Кучкарова / Ташкент, 2018. 230-240c. 5. I.Toshmatova, Qashqadaryoda 17 ta yirik turistik obyekt sayyohlarni qabul qilmoqda, 29 Noy 2025, https://yuz.uz/