scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ERKIN VOHIDOV "SO'Z LATOFATI" ASARIDA SO'Z VA MA'NO TALQINLARI

Hamzayeva, Ruhsora Asilbek qizi; Tulishova, Gulzina Ravshanovna

Abstract

Ushbu maqolada Erkin Vohidovning “So‘z latofati” kitobi badiiy-estetik qarashlar, so‘zning ma’naviy kuchi va ijodkor mas’uliyati nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Asarda shoir o‘zbek tilining betakror jozibasi, so‘zning inson qalbiga ta’sir etuvchi qudrati, adabiyotning ma’naviy tarbiya jarayonidagi o‘rni haqida chuqur fikr yuritadi. Maqolada Vohidovning tilshunoslikka oid qarashlari, so‘zning pokligi va tiniqligini saqlash borasidagi o‘gitlari hamda kitobning bugungi adabiy jarayondagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, “So‘z latofati”ning o‘zbek tili va adabiy merosini qadrlashga qo‘shgan hissasi tahliliy yondashuvda ko‘rsatib beriladi.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 10 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17784861 ERKIN VOHIDOV “SO‘Z LATOFATI” ASARIDA SO‘Z VA MA’NO TALQINLARI Hamzayeva Ruhsora Asilbek qizi JDPU Filologiya fakulteti talabasi Ilmiy rahbar: Tulishova Gulzina Ravshanovna JDPU Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Email: [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Erkin Vohidovning “So‘z latofati” kitobi badiiy-estetik qarashlar, so‘zning ma’naviy kuchi va ijodkor mas’uliyati nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Asarda shoir o‘zbek tilining betakror jozibasi, so‘zning inson qalbiga ta’sir etuvchi qudrati, adabiyotning ma’naviy tarbiya jarayonidagi o‘rni haqida chuqur fikr yuritadi. Maqolada Vohidovning tilshunoslikka oid qarashlari, so‘zning pokligi va tiniqligini saqlash borasidagi o‘gitlari hamda kitobning bugungi adabiy jarayondagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, “So‘z latofati”ning o‘zbek tili va adabiy merosini qadrlashga qo‘shgan hissasi tahliliy yondashuvda ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: Erkin Vohidov, “So‘z latofati”, o‘zbek tili, badiiy tafakkur, so‘z qudrati, ma’naviy meros, ijodkor mas’uliyati, adabiy-estetik qarashlar, so‘z pokligi, til jozibasi. ABSTRACT This article analyzes Erkin Vohidov’s book “The Elegance of Words” from the perspective of artistic-aesthetic views, the spiritual power of words, and the responsibility of the writer. In the work, the poet reflects deeply on the unique charm of the Uzbek language, the emotional impact of words on the human heart, and the role of literature in moral upbringing. The article highlights Vohidov’s linguistic views, his advice on preserving the purity and clarity of language, and the significance of the book in today’s literary process. Additionally, the contribution of “The Elegance of Words” to appreciating the Uzbek language and literary heritage is presented through an analytical approach. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 11 Keywords: Erkin Vohidov, The Elegance of Words, Uzbek language, artistic thinking, power of words, spiritual heritage, writer’s responsibility, artistic-aesthetic views, purity of language, linguistic charm. KIRISH Erkin Vohidov – o‘zbek adabiyoti va ma’naviy tafakkurining ulug‘ siymolaridan biridir. Uning “So‘z latofati” kitobi o‘zbek tili, til falsafasi, so‘zning mohiyati, milliy o‘zlik va ma’naviy meros haqidagi eng go‘zal, eng chuqur asarlardan biridir. Bu kitob nafaqat til haqida, balki inson, tarix, tafakkur, iymon, dunyoqarash haqida hamdir. Asarda muallif so‘zga xos ulug‘vorlikni, uning ilohiy manbadan kelib chiqishini, insoniyat taqdiridagi beqiyos o‘rnini badiiy-falsafiy mushohada orqali ochib beradi. So‘zning ilohiy manbai va mohiyati: Erkin Vohidov kitobni «Dunyoning eng ajib, eng sirli va sehrli sayohatlaridan biri – so‘z olamiga sayohatdir» deya boshlaydi. Unga ko‘ra, so‘z – inson yaratilishidan oldin mavjud bo‘lgan ilohiy haqiqatdir. Qur’oni karimda aytilganidek, Olam Allohning “Kun! – bo‘l!” degan buyruğidan yaraldi. Demak, borliqning ibtidosi ham so‘zdir. MUHOKAMA VA NATIJALAR Hazrat Navoiy misolida muallif so‘zning beqiyos qadri, falsafiy tub mohiyati borligini ko‘rsatadi: “So‘z kelib avvalu jahon so‘ngra…” [1-5]Ya’ni so‘z mohiyat, jahon esa uning zohiridir. Bu fikr butun kitobning asosiy falsafiy g‘oyasini tashkil qiladi: so‘z – borliqning ildizi, insoniyat madaniyatining tayanchi, ma’naviy olamning ustunidir.Tilda yashirin sirlar va izlanish ruhiyati: Muallif har bir so‘zning tubida asrlar, tarix, milliy xotira yashiringanini ta’kidlaydi. “Ko‘z”, “tosh”, “kura”, “ichak”, “tubak”, “uzum” [2-6] kabi oddiy so‘zlar ildizidagi ma’no qatlamlari haqida o‘ylash, ulardagi sirlarni anglash – insonni tafakkurga undaydi. Erkin Vohidovga ko‘ra: So‘z – ma’naviy xazina; Har bir so‘z – tarixiy iz; Tilning har bir unsuri – xalqning ruhiyati. Yozuvchi fikricha, tilda yashirin ma’nolarni ochish – Mahmud Qoshg‘ariylar, Beruniylar, Alisher Navoiylar yo‘lidan borish demakdir. Ona tili – umumxalq mulki va ma’naviy mas’uliyat: Asarda milliy tilga mehr, unga mas’uliyat bilan munosabat bildirish bir necha bor ta’kidlanadi. Erkin Vohidov xalq og‘zidagi iboralar, unutilgan so‘zlar, milliy atamalarni qayta tiklashga chaqiradi. U sovet davrida kirib kelgan begona atamalar o‘rniga milliy, zamonga mos so‘zlardan foydalanishni taklif etadi. Ona tili – vatan, millat va ma’naviyatning tirgagi. Muallif: “Men o‘zbekman degan har bir inson o‘zbek tili uchun qayg‘ursin”, – deya chaqiradi. O‘zbek tilining boyligi – uch daryo manbai Erkin Vohidov o‘zbek tilining boyligini “uch daryodan suv ichgan til” iborasi bilan izohlaydi: 1. Turkiy qatlam – harakat nomlari, buyruq fe’llari, kundalik so‘zlar. 2. Arabiy qatlam – diniy, ilmiy, falsafiy atamalar. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 12 3. Forsiy qatlam – adabiy, hunarmandchilik va nafis madaniyatga oid so‘zlar. Bu uch daryo qo‘shilib, o‘zbek tilining mislsiz boyligini yaratgan. Shuning uchun: Tilda ko‘plab ma’nodoshlar bor “osmon, samo, falak, ko‘k, fazo, gardun, charx… agar bu so‘zlarga arsh, davvor, minu singari kam ishlatiladigan so‘zlar ham sanalsa ro‘yxat yanada uzayadi” [3-10]. Tilda shakldosh so‘z san’ati – tuyuqlar vujudga kelgan. O‘zbek tilida askiya, latifa, suhbat, hozirjavoblik kabi xalq ijodi turlari yuksak rivojlangan. Asarning asosiy g‘oyasi: So‘z – inson ruhining tarbiyachisi “So‘z latofati” – bu oddiy badiiy to‘plam emas, balki so‘zning ruhiy, ma’naviy va estetik qiymati haqidagi falsafiy risoladir. Muallif so‘zni insoniyat qadriyatlarining markaziga qo‘yadi. Uning fikricha: So‘z insonning ma’naviy kamolotini belgilaydi; So‘z millatning ruhi va tarixini o‘zida mujassam etadi; So‘z – aql va qalbni uyg‘otuvchi kuch; So‘zning latofati – uning halolligi, samimiyligi, pokligi va aniqligidadir. Erkin Vohidov nazarida so‘z faqat vosita emas, balki odamning ichki dunyosini ifodalovchi muayyan ma’naviy nurlar majmuasidir. “Hazrat Navoiy to‘pori qora xalq tili hisoblangan turliy o‘zbek tilini she’riyat osmoniga ko‘tarib qo‘ydilar. “Muhakamatul lug‘atayin”ni yozib, ona tilimizning fors tilidan ustun bo‘lsa ustunki, kam emasligini isbot qildilar”[4-11]. Kitobning eng ta’sirli bo‘limlaridan biri – Alisher Navoiyning so‘z san’ati haqida. Muallif Navoiy turkiy tilni she’riyat osmoniga ko‘targanini, uning qobiliyatini, boyligini isbotlab berganini sharaflaydi. She’rga solish mumkin bo‘lmagan darajada oddiy va jo‘n gaplarni ham nozik g‘azalga kirita olganlarki, bundoq sehrdan lol bo‘lmay iloj yo‘q. Sahar hovar shahi charx uzrakim hayli hasham chekdi, Shuoi xat bila ko ‘hsor uza oltun alam chekdi[5-12]. Shunday yuksak uslubda yozilgan g‘azalga “supurgi” degan so‘zni kiritib bo‘ladimi? Mutlaqo mumkin emas deysiz. Endi she’rning davomini o‘qing: Qazo farrosh sundi charxning siymin supurgisin, Muzayyan parlari andokki, tobusi haram chekdi[6-12]. Ajabo, buyuk iste’dod nafasi tegsa o ‘zbekning qora yerda yotgan supirgisi ham osmonga ko ‘tarilib, quyoshning taram – taram shulasiga aylanar ekan. “Yoki “tish qirchillatish” iborasini bugungi shoirlarimiz aruziy bayt u yoqda tursin, hatto xalqona soda barmoq vaznida aytishni o‘zlariga ep ko‘rmaydilar.Navoiyga quloq tuting: Tushda ko‘rdim yorni, shodon raqibim o ‘truda, Rashkdan har lahza tish qirchillaturman uyquda [7-13]. Bunday xalq iboralari, laparlari, maqollarini “Xazoyinul ma’oniy”da ko‘plab uchratamiz va har gal bu xil jo‘n so‘zlar tagida yotgan ma’nolardan, badiiyatdan hayratga tushamiz. Navoiy o‘z asarlarida xalq so‘zini, iboralarini, maqollarini mahorat INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 13 bilan qo‘llagan. Hatto “supurgi”, “tish qirchillatmoq” kabi sodda so‘zlar ham Navoiy qo‘lida she’rning javohiriga aylangan. Bu misollar Erkin Vohidov nazarida so‘zning mo‘jizasini ochib beradi. “O‘z ijоdidа оnа tilimizning butun jоzibаsini, bеqiyos ifоdа imkоniyatini bоr bo‘y-bаsti bilаn ko‘rsаtа оldi”[8-52]. Erkin Vohidovning “So‘z latofati” asari – bu o‘zbek tili madhiyasi, so‘zning ulug‘vorligini tasdiqlovchi falsafiybadiiy manbadir. Asarda til nafaqat aloqa vositasi, balki: millat xotirasi, ruhning nuri, ma’naviyatning ustuni, adabiyotning yuragi, insonga berilgan ilohiy ne’mat sifatida talqin qilinadi. Bu asar o‘zbek tili, uning tarixi va boyligiga befarq bo‘lmagan har bir kitobxon uchun bebaho ma’naviy qo‘llanmadir. Asarda so‘zning musiqa kabi ohangi, go‘zalligi, qalbga yaqinligi haqida badiiy misollar beriladi. Shoir har bir iboraning estetik mas’uliyatini uqtiradi. XULOSA Erkin Vohidovning “So‘z latofati” asari so‘zning, tilning va adabiyotning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rnini yuksak badiiylik bilan ochib beradi. Shoir so‘zning nafosatini, uning inson qalbi va ongiga ko‘rsatadigan ta’sirini teran anglatadi. Asar bugungi kunda ham tilni sevishga, ona so‘zimizni qadrlashga, uni pok va go‘zal saqlashga undaydi. “So‘z latofati” – ma’naviyat manbai, so‘zning qudratini anglashga yo‘l ko‘rsatuvchi ma’rifiy asar sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. “So‘z latofati” asari so‘zning inson hayotidagi o‘rni, uning tarixiy ildizlari, madaniy merosdagi boyligi va ma’naviy qudratini yoritadi. Asar o‘quvchini til va so‘zning go‘zalligi, murakkabligi va ulug‘ligini anglashga chorlaydi. Vohidovning fikricha, til millatning eng asosiy belgisi bo‘lib, uning rivoji va saqlanishi har bir inson zimmasidagi muhim vazifadir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Vohidov E. So‘z latofati. Toshkent: O‘zbekiston. 2014-yil. 5-6-bet. 2. Vohidov E. So‘z latofati. Toshkent: O‘zbekiston. 2014-yil. 10-11-bet. 3. Vohidov E. So‘z latofati. Toshkent: O‘zbekiston. 2014-yil. 12-13-bet. 4. O‘zbekiston adabiyoti tarixi, Toshkent: Fan, 2000. 5. Karimov N. Erkin Vohidov gulshani. To quyosh sochgayki nur. Erkin Vohidov hayoti va ijodi zamondoshlari nigohida. –Toshkent: O‘zbekiston, 2016. 6. Jabborov N. ERKIN VОHIDОV SHE’RIYATIDА MILLIY RUHIYAT TАSVIRI, “ERKIN VOHIDOV IJODINING TURKIY XALQLAR MADANIYATIDA TUTGAN O‘RNI” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA MATERIALLARI TOSHKENT – 2022. 52-bet.