scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GENDER TENGLIK VA ADOLAT – JAMIYAT BARQARORLIGINING ZARUR SHARTIDIR

Yuldasheva To'tixon Yakubovna

Abstract

Ushbu maqolada xotin qizlarni jamiyat ravnaqidagi o‘rni va yosh avlod tarbiyasidagi hissasi haqida fikr yuritiladi. Jamiyatda mavjud salbiy voqealardan kelib chiqib xotin-qizlarni huquqlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashishda davlatimiz tomonidan olib borilayotga siyosat yoritilgan.

Full text

INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 37 GENDER TENGLIK VA ADOLAT – JAMIYAT BARQARORLIGINING ZARUR SHARTIDIR Yuldasheva To‘tixon Yakubovna Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti katta o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17785178 Anotasiya. Ushbu maqolada xotin qizlarni jamiyat ravnaqidagi o‘rni va yosh avlod tarbiyasidagi hissasi haqida fikr yuritiladi. Jamiyatda mavjud salbiy voqealardan kelib chiqib xotin-qizlarni huquqlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashishda davlatimiz tomonidan olib borilayotga siyosat yoritilgan. Kalit so‘zlar: xotin qizlar, jamiyat, yosh avlod, himoya, tazyiq, zo‘ravonlik, kurash, davlat siyosati. Аннотация. В данной статье рассматривается роль женщин в развитии общества, их вклад в воспитание подрастающего поколения. На основе негативных событий в обществе освещается политика, проводимая нашим государством по защите прав женщин, борьбе с притеснениями и насилием. Ключевые слова: женщины, общество, молодое поколение, защита, притеснения, насилие, борьба, государственная политика. Abstract. This article discusses the role of women in the development of society and their contribution to the upbringing of the younger generation. Based on the negative events in society, the policy pursued by our state to protect women's rights, combat oppression and violence is highlighted. Keywords: women, society, young generation, protection, oppression, violence, struggle, state policy. Dunyo olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, adabiyotlar tahlillari jamiyat taraqqiyoti va barqarorligini ta’minlashda aholining “go‘zal qismi” bo‘lgan ayol zotining jamiyat taraqqiyotida o‘rni tobora ortib borayotganligini ko‘rsatmoqda. Xalqaro hamjamiyat tomonidan inson huquqlari, gender tengligi, ijtimoiy adolat masalalari har qanday demokratik jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishi sifatida etirof etilgan. Bugungi dunyoda sodir bo‘layotgan xavotirga loyiq jarayonlar, davlarlararo ziddiyatlar, irqiy, diniy, milliy adovatlar natijasida eng avvalo, o‘ta oq‘ir aziyat chekayotgan qatlam sifatida ayollar, bolalar va qariyalar keltirish mumkin. Dunyo davlatlarining bu kabi salbiy jarayonlarni birgalikda diplomatik tadbirlar asosida hal etishga urinishiga qaramay, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik nafaqat urish girdobiga tortilgan davlatlar va ularning siyosiy fitnalar qurboniga aylanan aholisi orasida, balki tinch hayot kechirayotgan davlatlarda ham ortib bormoqda. O‘zbekiston demokratik davlat sifatida jamiyatda mavjud bu kabi salbiy holatlarga qarshi kurashish va xotin-qizlarga nisbatan tazyiq, zo‘ravonlik holatlariga murosasiz muhit yaratishni davlat va jamiyat oldida turgan dolzarb vazifa deb bilmoqda. Chunki jamiyatda ayollarning huquq va manfaatlari to‘liq ta’minlanmas ekan, barqaror taraqqiyot haqida gapirish mushkul bo‘ladi [1]. INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 38 O‘rta Osiyo mamlakatlarida ayol zoti oilaviy muhit, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotda tarixan muhim o‘rin egallab kelgan. Bugungi kunda ham oilada farzand tarbiyasi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va kelgusi avlod ongini shakllantirishda xotin-qizlarning roli beqiyosdir. Demokratik davlatlarda ayollarning ijtimoiy faolligi, mehnat bozoridagi ishtiroki, siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonidagi vakilligi jamiyat barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotganligini halqaro hamjamiyat etirof etib kelmoqda. BMTning taqdim etgam ma’lumotlariga ko‘ra, “jamiyat ijtimoiy hayotida ayollarning ishtiroki, gender tengligi korsatqichi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari ham yuqori bo‘ladi“[2]. Jamiyatda mavjud shaxsga nisbatan zo‘ravonlik – bu jismoniy, ruhiy, iqtisodiy yoki jinsiy shakldagi tazyiqdan iborat bo‘lib, uning qurbonlari birdek ikki jins vakillari, yoshuqariyalar, ayniqsa voyaga etmaganlar ekanligi jahonda sodir bo‘layotgan voqea hodisalarni kuzatib borayotgan har bir shaxsga ayon. Ayollar bunday zo‘ravonliklarning mutassil ravishda qurboni bo‘layotganligini Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO)ning, “dunyo bo‘yicha har uchinchi ayol umrida kamida bir marta zo‘ravonlik qurboni bo‘ladi” [3], deb e’lon qilgan ma’lumotlari ham ko‘rsatib turibdi. Afsuski, bu holat bizni jamiyatimizga ham notanish emas. Ijtimoiy tarmoqlarda ayollar va bolalarga nisbatan sodir etilayotgan iqtisodiy, ruhiy, jismoniy va jinsiy zo‘ravonliklar haqida ma’lumotlar tez-tez e’lon qilinadi. Jamiyat xayotida bu kabi salbiy holatlarni oldini olish, ayollar va bolalarni qonun himoyasiga olish maqsadida mamlakatimizda bir-qator amaliy tadbirlar olib borilayotganiga qaramay vaziyat jiddiyligicha qolmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yildi: 2019-yilda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib,[4]. “Ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish markazlari” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash, ularning erkin hayot kechirishlari, taʼlim olishlari, oʻzlari xohlagan mehnat faoliyati turi bilan shugʻullanishlari uchun teng huquq va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Olib borilayotgan keng ko‘lamli islohatlarga qaramay, zo‘ravonlik holatlari hali hamon jamiyatda dolzarb masala ekanligini statistik ma’lumotlar ham ko‘rsatmoqda. Xotin-qizlarni turli shakldagi tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimi yoʻlga qoʻyish, aybdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini oshirish boʻyicha qonunchilik hujjatlari takomillashtirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 10-maydagi PQ-175-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-avgust, 529-son “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga ko‘ra, tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga himoya orderini berish elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi. Qaror bilan tazyiq va zoʻravonlik yoki uning xavfi aniqlangan paytdan eʼtiboran 24 soat ichida profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi toʻlovlarsiz rasmiylashtirilishi belgilandi. [5] O‘zbekistonning xotin qizlar huquqlarini himoya qilish va imkoniyatlarini kengaytirish, gender tengligi va ayollarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatida xalqaro huquqiy hujjatlar tayanadi, jumladan: INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 39 o CEDAW – BMTning 1979-yilda qabul qilingan “Ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risida”gi Konvensiyasi [6]; o Istanbul Konvensiyasi – Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha Yevropa Kengashining hujjati [7]; o BMT 2030 barqaror rivojlanish kun tartibi – 5-maqsad: “Gender tengligini ta’minlash va barcha ayollar hamda qizlarning huquqlarini kengaytirish” [8]. O‘zbekiston ushbu xalqaro huquqiy hujjatlar asosida o‘z milliy qonunchilikni takomillashtirib bormoqda. Davlat jamiyat oldiga qo‘ygan eng dolzarb masalalardan buri - xotinqizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka murosasiz muhitni yaratishda quyidai mexanizmlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi: o Ta’lim tizimi va ayniqsa oliy ta’lim jarayonida – jamiyatda gender madaniyatini shakllantirish va barqarorlashtirish orqali jamiyat rivojiga to‘siq bo‘layotgan stereotiplarga qarshi targ‘ibot olib borish. o OAV va ijtimoiy tarmoqlarda – ayollarning ijobiy obrazini mustahkamlash, ayollarni jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy jarayonlarning teng nuquqli ishtirokchisi pozisiyasini egallashi uchun sart-sharoitlar yaratish, oilaviy zo‘ravonlikka qarshi murosasiz pozitsiyani targ‘ib qilish. o Huquqni muhofaza qiluvchi organlar – ayollarni himoya qilish orderlari va maxsus markazlarning faoliyatini kuchaytirish, zo‘ravonlik sodir qilayotgan shahslar bilan profilaktik, nazorat va tarbiyaviy faoliyatni kuchaytirish orqali aholining bunday holatlarga murosasizlik pozitsiyani barqarorlashtirish. o NNT va mahallalar – xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi, iqtisodiy va huquqiy bilimlarini oshirish. OSCE hisobotlarida ta’kidlashicha, “barcha davlatlarda kuchlilarni kuchsislarga, yosh bolalar va ayollarga nisbatan har qanday shakldagi tazyiq va zoʻravonligiga jamiyat azolarining murosasiz muhitni yaratishda fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtiroki juda muhim” [9]. Gender tenglik va adolat - bu nafaqat inson huquqlari masalasi, balki barqaror rivojlanishning muhim omilidir. Ayollar o‘z salohiyatlarini namoyon qilishga barcha shartsharoitlar yaratilan mamlakatlarda: o iqtisodiy o‘sish yuqori bo‘ladi; o ijtimoiy tenglik mustahkamlanadi; o korrupsiya darajasi past bo‘ladi; o ta’lim va sog‘liqni saqlash sifati oshadi [10]. Davlatning iqtisodiy rivoji va jamiyat barqarorligini ta’minlashda ayollarning o‘rni beqiyos. Davlat boshqaruvida demokratik tamoillar asoslangan mamlakatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi murosasiz muhit yaratish nafaqat inson huquqlarini, balki milliy taraqqiyot strategiyasining kafolati hamdir [13,14,15]. Yuqoridailardan kelib chiqib, shuni aytishimiz mumkinki, jamiyatda gender teglik va adolatini ta’minlash barqaror jamiyat, rivojlangan davlat qurishning zarur shartidir [12]. Davlat, jamiyat va fuqarolik institutlari hamkorlikda jamiyatda gender tenglik va adolat tamoillarini barqarorlashtirish maqsadida uzluksiz chora-tadbirlarni amalga oshirishi zarur. Bu jarayonda jamiyatning ikkinchi yarmi bolgan erkaklarning xolis va adolatli qarashlari, faol harakatlari ham zarur. [16,17,18] Zero, gender tenglik va adolat, bu jinslararo tenglik va adolat demakdir. Bu har bir shaxsning jinsidan qat’iy nazar intilishi, halol mehnati, bilim va INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 40 salohiyatiga ko‘ra jamiyatda muayyan mavq’ega ega bo‘lish, ijtimoiy hayotda ishtirok etish, yurt ravnaqiga hissa qo‘shish imkoniyatlarining tengligi demakdir. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023. 2. United Nations. Gender Equality and Sustainable Development. – New York, 2020. 3. WHO. Violence against women: prevalence estimates, 2018. – Geneva, 2019. 4. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”, 2019-yil 2-sentabr. 5. United Nations. Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women (CEDAW). – 1979. 6. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-avgust, 529-son “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qarori 7. United Nations. Transforming our world: the 2030 Agenda for Sustainable Development. – 2015. 8. OSCE. Gender Equality in Central Asia. – Vienna, 2021. 9. World Bank. Gender Equality and Development. – Washington, 2021. 10. Юлдашева, Т. Я., & Исомиддинов, С. (2024). Ўзбекистон Республикаси конституцияда ёшлар хуқуқ ва эркинликлари кафолати. Science and innovation, 3(Special Issue 20), 311-313. 11. Юлдашева Т. Я., Современный подход к вопросам гендерного равенства //Экономика и социум. – 2024. – №. 10-2 (125). – С. 1050-1055. 12. Юлдашева Т.Я., Тургунова Г.Б., Coтрудничество – путь к будущему // Universum: психология и образование : электрон. научн. журн. 2025. 5(131). URL: https://7universum.com/ru/psy/archive/item/19811 (дата обращения: 26.06.2025). 13. Юлдашева Тутихон Якубовна, Тургунова Гулхумор Бахтиёр кызы (2025). Гедерные стериотипы в образование как препятствие развития общества., Polsha, Vol. 60 (2025): Miasto Przyszłości, 293–295 c. https://miastoprzyszlosci.com.pl/ index.php/mp/article/view/6439, 14. Yuldasheva, T. 2025. Gender education as an important factor in the development of society, Academic research in modern science International scientific-online conference 4, 45 (июл. 2025), 65–69. http://www.bjisrd.com/index.php/bjisrd/article/view/3492/3558 15. Yakubovna, Y. T. . (2025). A Gender Approach to the Professional Training of Higher Education Students. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 4(7), 164–169. Retrieved from https://www.bjisrd.com/index.php/bjisrd/article/view/3492/3558 16. Yuldasheva To‘tixon Yakubovna, Turgunova Gulxumor Baxtiyor qizi, Gender tengligi - zamonning yakunlanmagan vazifasi, Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 2025-yil 8-son, 629-636 b. 17. Yuldasheva To‘tixon Yakubovna, Turgunova Gulxumor Baxtiyor qizi, Gender stereotiplarini bartaraf etish, Namangan Davlat Universiteti ilmiy axborotnomasi, 2025-yil 4-son, 629-636 b. 18. Yuldasheva To‘tixon Yakubovna, A gender approach to the professional training of higher education students, Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 2025-yil 8-son, 593-599 b.