scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PAHLAVON MAHMUDNING JAVONMARDLIK TARIQATIDA TUTGAN O'RNI

Ro'zmetova, Sharqiya Ozadovna

Abstract

Ushbu maqolada Pahlavon Mahmudning tasavvuf ilmida yani Javonmardlik tariqatida turgan o‘rni va bu tariqatning mazmun moxiyati haqida qisqacha ma’lumot berilgan.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 68 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17785159 PAHLAVON MAHMUDNING JAVONMARDLIK TARIQATIDA TUTGAN O‘RNI Ro‘zmetova Sharqiya Ozadovna «Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi bo‘lim mudiri ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Pahlavon Mahmudning tasavvuf ilmida yani Javonmardlik tariqatida turgan o‘rni va bu tariqatning mazmun moxiyati haqida qisqacha ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: Pahlavon Mahmud, Puryoyvaliy, Najmiddin Kubro, Javonmardlik, fatiylar, axiylar, ayyorlar. PAHLAVON MAHMUD’S ROLE IN THE TRADITION OF JAVONMARDLIK. ABSTRACT This article provides a brief overview of the place of Pahlavon Mahmud in the mystical science of Javonmardlik and the essence of this sect. Keywords: Pahlavon Mahmud, Puryoyvaliy, Najmiddin Kubro, Javonmardlik, fatiylar, axiylar, ayyorlar. Pahlavon Mahmud 1247-1326-yillarda yashab ijod etgan mumtoz adabiyotimizning mashhur shoirlaridan biri hisoblanadi. Xiva yaqinida po‘stindo‘z oilasida tug‘ilib, tarbiya topadi. Ko‘hna Urganch va Xiva madrasalarida ta’lim oladi, tutrli bilimlarni egallash bilan birga jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullandi. Milliy kurash qoidalarini o‘rgandi. Turli mamlakatlarda bo‘ldi, ijod qildi va 1326yilda ona shahrida vafot etdi. Hamshaharlari uning qabri ustiga muhtasham maqbara tikladilar. Hozir bu maqbara davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Bir qancha taxalluslar bilan birga “Xorazm Hayyomi” nisbasiga ega bo‘lgan Pahlavon Mahmudning ijodiyoti nafaqat o‘z davri ixlosmandlari uchun, balki bugungi kun o‘quvchilariga ham manzur bo‘ladigan badiiy-ilohiy xususiyatlarni o‘zida namoyon etadi. XIII-XIV asr adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlaridan inson va ruh, din va e’tiqod, majoziy muhabbat va o‘zlik kabi tushunchalarga yo‘g‘rilgan adabiy-badiiy INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 69 g‘oyalarni o‘z ichiga oladi. Bu davrning o‘ziga xosligi va yangi qirralarini ochib bergan shoirlardan biri ham ijodkor, ham pahlavon bahodir va chin insoniy xislatlari bilan adabiy siymo yaratib berolgan Pahlavon Mahmud hisoblanadi. Janr jihatidan masnaviy va ruboiy janrida ijod qilgan shoirning ijodi e’tibor va e’tirofga sazovardir. Chunki Pahlavon Mahmud ijodining mag‘zi, mazmun-mohiyati bugungi avlod o‘quvchisini ma’naviy barkamollikka yetaklovchi dasturulamal bo‘la oladi. Xorazm vohasida yashab ijod etgan Pahlavon Mahmudning ijodi nafaqat o‘zbek adabiyotining, balki fors-tojik va boshqa adabiyotlarning negizida shakllangan hamda tasavvuf tariqatiga asoslangan. Asosan, Najmiddan Kubroning tariqat qoidalariga ko‘ra barcha insoniy fazilatlarni tarannum etuvchi va boshqalarni ham ezgulik yo‘liga chorlovchi ijod namunalarini yaratdi. Kibrni o‘ldirish, dunyoni unutish, o‘zlikni topish va anglash kabi jihatlar yetakchiligida insonlarni, o‘zligini va odamiylikni sevish Pahlavon Mahmudning eng asosiy g‘oyalaridan edi. Qadimgi faylasuflar, G‘arb va Sharq allomalarining asarlarida va didaktik turdagi adabiyotlar hamda badiiy asarlar mohiyatida ham Pahlavon Mahmud ijodiga xos bo‘lgan qarashlar haqida qimmatli fikrlar talaygina. Shoirning ijodiyoti nafaqat o‘z davrida, balki XX asrda hamda bugungi kunda ham qiziqish bilan o‘rganilib kelinmoqda. Jamiyatda qaysi soha bo‘lmasin, undagi tadqiqotlar, izlanishlar va ilmiy tajribalar har doim insoniyat foydasi uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, bizning yurtimizdagidek shart-sharoitlar va imkoniyatlar eshigi keng ochilgan bu davrda qunt bilan bilim olish va tarixiy siymolarimiz hamda ularning ishlarini o‘rganish, xalqqa tanishtirish asosiy maqsadlarimizdan bo‘lmog‘i kerak. Xorazmda Najmiddin Kubrodan boshlangan javonmardlik tariqatining davomchisi, Sharqda nomi chiqqan pahlavon va hamma pahlavonlarga ustozlik qilib, “Puryoyvaliy” taxallusini olgan insondir. Pahlavon Mahmud hayotda mardlik va jasurlikni, muhtojlarga beminnat saxovat ko‘rsatish, o‘zi uchun esa hech narsa ta’ma qilmaslikni targ‘ib etgan va botinda ilohiy ma’rifatni kashg etish, riyozat bilan irfoniy kamolot sari borishni hidoyat qiladi. Pahlavon Mahmud XIII - XIV asrlarga xos bo‘lgan tasavvufiy, didaktik mumtoz adabiyotning yangi qirralarini ochib bergan, hayotda ham o‘z g‘oyalari va qarashlariga tayangan insondir. Shoir ruboiylarining mavzu ko‘lami ham ayanan shu g‘oyalardan ozuqa olgan. Ijodkorning hayoti va ijodini o‘rgangan olimlar hamda adabiyotshunoslar Pahlavon Mahmud yashagan davr va adabiy muhit bilan birga tasavvuf ilmidan ham xabardor bo‘lishlariga to‘g‘ri keladi. Zero, ruboiy qa’riga yashiringan sirlar tasavvuf aqidalarining mohiyati bilan go‘zaldir, shakl va mazmunning nomutanosibligi esa tadqiqotchidan ham obyektiv, ham subyektiv fikrlarga, ilmiy qarashlarga asoslangandagina haqiqatdir. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 70 Javonmardlik (forscha javonmard – mard yigit) – X–XIII asrlarda Xuroson va Movarounnahrda keng tarqalgan ijtimoiy harakat. Javonmardlik borini yo‘qlar bilan baham ko‘rish, yo‘g‘iga shukur qilib, faqat o‘z hunari evaziga kun ko‘rish, o‘zini do‘stlar xizmatiga bag‘ishlash, boshqalarga beminnat yordam ko‘rsatish, hojatbarorlikni hayotning mazmuni deb bilish, do‘st-birodarlar nomusi, sharafini himoya qilish, zohiran va botinan pok yurib, pok yashashni aglatadigan tushuncha. Uning uch nishonasi bor: vafoda xilof qilmaslik, manfaat talab qilmaslik, birov so‘rashidan oldin hozir qilish. Bunday odamlar tarixda bizning xalqimiz orasida ko‘p bo‘lgan. Ularni "fatiylar", "axiylar", "ayyorlar" deb ham nomlaganlar. Javonmardlar bir-birlari bilan aloqa bog‘lab, birgalikda muayyan ezgu maqsadlarni amalga oshirganlar. Ularning o‘z ustozlari va nizomlari bo‘lgan. Ular haqida maxsus kitoblar yozilib, pokiza xulqlari namuna qilib ko‘rsatilgan. Javonmardlar tasavvufni o‘zlari uchun axloq kodeksi sifatida qabul qilganlar va ko‘plari tariqat peshvolariga aylanganlar. Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud, Bahovuddin Naqshband javonmardlik udumlarini davom ettirgan zotlardir. Xalqimizga xos bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, saxovatpeshalik, himmatlilik javonmardlik an’analarida o‘z ifodasini topgan. Pahlavon Mahmudning ijodi bugungi kungacha yosh tadqiqotchilar uchun izlanish mavzusi bo‘lib kelgan. Adabiyotshunoslar yaqinda «Ruboiyoti hazrati Pahlavon» nomi bilan yuritilgan besh qoʻlyozma nusxani koʻzdan kechirib, shulardan ellik yetti ruboiyni tanlab, tarjima qilishgan. Ayrim nusxalarda uch yuzdan ortiq ruboiylar bor-ku, nega biz koʻproq olmadik? Degan savol tug‘ilgan. Buning sababi shuki, hamma nusxalarga boshqa shoirlarning ruboiylari kirib qolgan. Qandaydir mas’uliyatsiz kotib soʻrab-surishtirmay, qoʻlga tushgan yoki eshitgan har bir ruboiyni Pahlavon Mahmudga nisbat berib koʻchira bergan. Natijada, «Hazrati Pahlavon ruboiylari» nomli qoʻlyozmalar turli maslak va har xil saviyadagi shoirlarning mushtarak ruboiy toʻplami boʻlib qolgan. Xorazmliklar asrlar davomida Pahlavon Mahmudni avliyo deb yurganlari uchun kotiblar ham soʻfiyona ruboiylarni unga nisbat berib toʻplamga kirita berganlar. Buning ustiga biz koʻrib chiqqan qoʻlyozmalar hammasi ham XIX—XX asrda koʻchirilgan. Agar bular orasida birorta eski-mo‘tabar nusxa boʻlganda, Pahlavon Mahmud ruboiylarini ajratish yengilroq boʻlardi. Afsuski, hozircha eski nusxalar topilgani yoʻq. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. –Toshkent, “Sharq”, 1999. 2. Komilov N. Tafakkur karvonlari. –Toshkent, “Ma’naviyat”, 1999. 3. Hamidjon Homidiy. Ko‘hna sharq darg‘alari. –Toshkent, “Sharq”, 1999. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 71 4. To‘xliyev B., Abdurahmonova B. Adabiyot. I kitob. Cho‘lpon nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi. –Toshkent, 2012. 5. Jo‘rayev Z. G‘oyiblar xaylidan yongan chiroqlar. –Toshkent. “O‘zbekiston”, 1994. 6. Xayrullayev M. Ma’naviyat yulduzlari. – Toshkent. A. Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 2001.