scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NUTQIY NUQSONLARNING OLDINI OLISHDA ERTA PEDAGOGIC TASHXISNING AHAMIYATI. 3-6 YOSHDAGI BOLALARNI KUZATISH VA PEDAGOGIK ARALASHUV

Sanoyeva, Mohigul Odilovna

Abstract

Maqolada 3–6 yoshli bolalarda nutqiy nuqsonlarni erta aniqlash va pedagogik aralashuv orqali ularning oldini olish masalasi ko‘rib chiqiladi. Erta tashxis vositalari va logopedik yondashuvlar asosida nutqiy rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatilishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 81 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17785250 NUTQIY NUQSONLARNING OLDINI OLISHDA ERTA PEDAGOGIC TASHXISNING AHAMIYATI. 3-6 YOSHDAGI BOLALARNI KUZATISH VA PEDAGOGIK ARALASHUV Sanoyeva Mohigul Odilovna ANNOTATSIYA Maqolada 3–6 yoshli bolalarda nutqiy nuqsonlarni erta aniqlash va pedagogik aralashuv orqali ularning oldini olish masalasi ko‘rib chiqiladi. Erta tashxis vositalari va logopedik yondashuvlar asosida nutqiy rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatilishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: nutqiy nuqsonlar, erta tashxis, pedagogik aralashuv, logopedik yordam, maktabgacha yosh. АННОТАЦИЯ В статье рассматривается профилактика речевых нарушений у детей 3–6 лет с помощью ранней педагогической диагностики и логопедического вмешательства. Обоснована эффективность раннего выявления и коррекции речевых отклонений. Ключевые слова: речевые нарушения, ранняя диагностика, педагогическое вмешательство, логопедическая помощь, дошкольный возраст. ABSTRACT The article explores the prevention of speech disorders in children aged 3–6 through early pedagogical diagnosis and speech therapy. It highlights the effectiveness of timely identification and intervention in supporting speech development. Keywords: speech disorders, early diagnosis, pedagogical intervention, speech therapy, preschool age. Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida nutqiy rivojlanishning kechikishi, buzilishi yoki noto‘g‘ri shakllanishi bilan bog‘liq muammolar ko‘plab bolalarda kuzatilmoqda. Erta bolalik davri — bu nutqiy tizimning shakllanishida eng intensiv va sezgir bosqich bo‘lib, aynan shu davrda yuzaga keladigan har qanday og‘ishlar kelajakda bola shaxsining ijtimoiylashuvi, ta’limiy muvaffaqiyati va INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 82 psixologik holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, dislaliya, alaliya, rinolaliya, dizartriya va logonevroz kabi logopedik buzilishlarning oldini olishda erta tashxislash va pedagogik aralashuv muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy logopedik amaliyot shuni ko‘rsatadiki, 3–6 yoshli bolalarda nutqiy faoliyatning baholanishi va kuzatuv asosida tahlil qilinishi orqali nutqiy rivojlanishdagi muammolarni erta aniqlash va to‘g‘ri yo‘naltirish mumkin. Bu esa bolani maxsus logopedik dasturlar, artikulyatsion gimnastika, fonematik eshitish mashqlari, leksikgrammatik ishlanmalar bilan to‘g‘ri va samarali rivojlantirish imkonini beradi. Agar bu muammolar erta aniqlanmasa, ular bola maktabga borgach, o‘qish, yozish, fikrlash, ifodali muloqot qilish kabi ko‘nikmalarga salbiy ta’sir etadi. Respublikamizda inklyuziv ta’lim tizimining bosqichma-bosqich joriy etilishi, psixologik-pedagogik xizmatlarning kuchaytirilishi bilan bir qatorda logopedik yordamga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Nutqiy nuqsonli bolalarni erta aniqlash va ularning rivojlanishini ta’minlash orqali ijtimoiy moslashuvchanlik, kommunikativ faoliyat va shaxsiy salohiyatni kengaytirish mumkin. Shuning uchun ham, bu mavzu nafaqat amaliy, balki ilmiy-nazariy jihatdan ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan, balki zamonaviy ta’limda ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rilmoqda. Mavzu yuzasidan bir qator olimlar ish olib borganlar rus olimlaridan G.V. Chirkina, N.N. Zavadenko, V.I. Seliverstova, ingliz olimlaridan Leonard L.B,ContiRamsden G. & Durkin K, Beitchman J.H. & Johnson C.J, hamda o‘zbek olimlaridan Z. Rasulova va N. Kambarova,Zulfiya Esnazarova, Mukarram Ayupova va boshqalar o‘z izlanishlarini olib borganlar Chirkina nutqiy rivojlanishdagi buzilishlarni erta aniqlashning muhimligini alohida ta’kidlab o‘tadi. Unga ko‘ra, maktabgacha yoshdagi bolalarda fonematik eshitishning shakllanishi, artikulyatsion harakatlarning mosligi, leksik-grammatik tizimning yetilishi kabi omillar bolaning umumiy nutqiy rivojlanish darajasini belgilaydi. Chirkina erta tashxis orqali ONR (obshchee nedorazvitie rechi) ya’ni umumiy nutqiy rivojlanishning buzilishi kabi muammolarni aniqlash, ularni to‘g‘ri baholash va logopedik yordamni tizimli yo‘lga qo‘yish mumkinligini isbotlagan. U pedagogik tashxisni faqat baholash emas, balki bola nutqining dinamikasini tahlil qilish vositasi sifatida ko‘radi. Nevrolog-psixolog Zavadenko o‘z tadqiqotlarida bola rivojlanishida erta tashxis va psixologik-pedagogik yondashuvlar orqali ko‘plab neyropsixologik buzilishlarning, jumladan, nutqiy kechikishlarning oldini olish mumkinligini ko‘rsatgan. U bolalardagi nevrologik muammolar bilan bog‘liq nutqiy buzilishlar (disfaziyalar, dizartriya) holatlarini tadqiq etgan holda, logopedlar, psixonevrologlar va defektologlarning hamkorligini zarur deb hisoblaydi. Zavadenkoga ko‘ra, ayniqsa 3–4 yosh oralig‘ida INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 83 olib boriladigan logopedik kuzatuvlar keyingi rivojlanish uchun hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Seliverstova artikulyatsion apparatning yetuklashuvi va fonematik eshitish qobiliyatining o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, erta tashxislashda fonematik farqlash testlarining muhimligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, maktabgacha yoshdagi bolalarda logopedik tashxisning asosiy vositasi sifatida kuzatish, muloqotda tahliliy suhbatlar, rasm asosida nutqiy hikoya tuzdirish samarali natijalar beradi. U logopedik pedagogikaning asosiy vazifasi sifatida erta yondashuv, yengil og‘ishlarni ham sezish va ularni bartaraf etish deb biladi. Leonard o‘zining mashhur “Children with Specific Language Impairment” nomli monografiyasida bolalardagi nutqiy rivojlanishdagi cheklovlar (SLI – Specific Language Impairment) haqida batafsil to‘xtalib o‘tgan. U erta tashxislash orqali fonologik, semantik va sintaktik rivojlanishdagi nomutanosibliklarni aniqlash mumkinligini isbotlagan. Leonard, ayniqsa, nutqiy rivojlanishdagi kechikishlar ijtimoiy aloqalarga va o‘qish-yozuv faoliyatiga ta’sir qilishi mumkinligini chuqur tadqiq qilgan. U bolalarda lingvistik rivojlanishni 3 yoshgacha baholashni lozim, deb biladi. Ushbu olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, erta yoshda nutqiy muammolarga duch kelgan bolalar o‘z tengdoshlariga nisbatan akademik faoliyatda va ijtimoiy sohada orqada qolishadi. Ular nutqiy buzilishlarni erta aniqlash va unga doir logopedik aralashuvlarning bola shaxsining barkamolligiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’sirini isbotlab bergan. Conti-Ramsden ayniqsa o‘yin faoliyati orqali nutqni baholashni samarali deb biladi. Kanadalik olimlar Beitchman va Johnson 20 yil davomida olib borgan longitudinal tadqiqotlar orqali shuni aniqlashgan: bolalikda e’tibordan chetda qolgan nutqiy buzilishlar katta yoshda ijtimoiy chekinish, psixologik muammolar va o‘zo‘zini baholashda muammolarga sabab bo‘ladi. Ular nutqiy kechikishlar nafaqat lingvistik, balki psixososial muammo sifatida qaralishi kerak, deb hisoblashadi. Ushbu olimalar maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy rivojlanishini tizimli ravishda o‘rganib, fonematik eshitish, so‘z boyligi, grammatik strukturani shakllantirishda logopedik yondashuvlar samaradorligini ko‘rsatgan. Ular "nutqiy rivojlanish testi" asosida erta tashxislash vositalarini ishlab chiqqan va ularni amaliyotga tadbiq etgan. Rasulova bolalarning nutqiy salohiyatini baholashda o‘yin texnologiyalaridan foydalanishni taklif qilgan. Z.Esnazarova o‘zining tadqiqotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy rivojlanishidagi farqlarni aniqlashda metodik yondashuvlar, diagnostik karta va muqobil testlardan foydalanishni asoslagan. U erta tashxis orqali ONR, dislaliya, dizartriya va logonevroz holatlarini aniqlash mumkinligini ta’kidlaydi. Shuningdek, u INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 84 ota-onalar bilan hamkorlikda olib boriladigan diagnostika natijalarining yuqori samaradorligini alohida belgilaydi.\ Ayupova bolalardagi nutqiy muammolarni aniqlashda logopedik aralashuv bilan psixologik diagnostikani uyg‘unlashtirish g‘oyasini ilgari surgan. Uning fikricha, bola bilan olib boriladigan har bir mashg‘ulot oldindan tashxisga asoslanishi, yakunida esa rivojlanish monitoringi o‘tkazilishi kerak. U, shuningdek, individual logopedik dasturlar tuzish zarurligini ta’kidlagan. Mavzuni chuqur tahlil qilish davomida olib borilgan ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, bolalardagi nutqiy nuqsonlar nafaqat lingvistik sohadagi buzilish, balki shaxsiy, ijtimoiy va intellektual rivojlanishga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omildir. Shunga ko‘ra, nutqiy muammolarni erta aniqlash va pedagogik yordam ko‘rsatish zamonaviy logopediya va defektologiyaning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Rus olimlarining tadqiqotlari (xususan, G.V. Chirkina, N.N. Zavadenko va V.I. Seliverstova) shuni ko‘rsatadiki, bolaning 3 yoshgacha bo‘lgan rivojlanishida yuzaga kelgan fonematik, artikulyatsion va semantik buzilishlar, agar o‘z vaqtida aniqlanmasa, keyingi bosqichlarda murakkab psixologik va ijtimoiy oqibatlarga olib keladi. Menimcha, bu fikrlar hozirgi kunda O‘zbekistonda logopedik yordam tizimini takomillashtirishda juda muhim asos bo‘la oladi. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning nutqiy diagnostika ko‘nikmalarini rivojlantirish — amaliy ehtiyojdir. Ingliz olimlarining yondashuvi (Leonard, Conti-Ramsden, Beitchman) esa, nutqiy rivojlanishdagi muammolarni keng kontekstda — bola shaxsining o‘sishi, ijtimoiy integratsiyasi, ta’limiy muvaffaqiyati nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi. Tadqiqotchi sifatida bu yondashuvni to‘la qo‘llab-quvvatlayman. Zero, biz nutqiy buzilishni nafaqat fonetik-morfologik muammo sifatida, balki bolaning jamiyat bilan o‘zaro muloqoti va moslashuviga to‘sqinlik qiluvchi omil sifatida baholashimiz zarur. O‘zbek olimlarining ishlari, xususan, Z. Rasulova, N. Kambarova, M. Ayupova va Z. Esnazarova tomonidan olib borilgan tadqiqotlar mahalliy sharoitda erta tashxislash vositalari, logopedik yondashuvlar va oilaviy pedagogikaning ahamiyatini ochib beradi. Ushbu tadqiqotlardan kelib chiqib, shunday xulosaga kelaman: erta pedagogik tashxis – bu faqat muammoni aniqlash vositasi emas, balki bolaning rivojlanish trayektoriyasini shakllantiruvchi strategik vositadir. Tadqiqotchi sifatida quyidagicha nazariy fikrni ilgari surmoqchiman:Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy rivojlanishni erta baholash, logopedik tashxislash va individual pedagogik yo‘nalish belgilash – bolaning kelgusidagi intellektual, psixologik va sotsial muvaffaqiyatini ta’minlovchi zaruriy omildir. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 85 Bundan tashqari, erta tashxisda nafaqat logopedlar, balki psixolog, defektolog, ota-ona va pedagoglarning hamkorligi muhim deb hisoblayman. O‘z vaqtida, tizimli va multidisiplinar yondashuvga asoslangan diagnostika 3–6 yoshdagi bolalarda nutqiy muammolarni murakkablashib ketishidan saqlaydi va ularning ijtimoiylashuvini samarali qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, milliy logopedik metodikalar asosida ishlab chiqilgan erta tashxis modellarining mavjud xalqaro tajribalar bilan uyg‘unlashtirilishi dolzarb masaladir. Bu esa, mahalliy pedagogik amaliyotni boyitish, o‘zbek tilining fonetik va morfologik xususiyatlariga mos logopedik testlar ishlab chiqish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari va ilmiy yangilik Mazkur ilmiy ish natijasida nutqiy nuqsonlarning oldini olishda erta pedagogik tashxisning o‘rni va ahamiyati maktabgacha yoshdagi bolalar (3–6 yosh) misolida tizimli ravishda tahlil qilindi hamda ularning nutqiy rivojlanishida kuzatiladigan buzilishlar (dislaliya, fonematik eshitish buzilishi, ZRR, ONR va boshqalar) diagnostikasi, profilaktikasi va korrektsiyasi uchun logopedik yondashuvlarning samarali modellarini belgilashga harakat qilindi. Ushbu tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagi jihatlarda namoyon bo‘ladi: ⚫ Erta pedagogik tashxisning maktabgacha ta’lim kontekstida qo‘llanilishi logopedik nazariya asosida tahlil qilinib, uning ijtimoiy-kommunikativ rivojlanishdagi kompensator funksiyasi birinchi marotaba batafsil yoritildi. ⚫ Nutqiy rivojlanish jarayonida kuzatiladigan buzilishlar differensial tahliliga asoslangan holda, ularning etiologiyasi, klinik-funksional holatlari va psixologik-muloqot muhitiga ta’siri tizimlashtirilgan holda yondashildi. ⚫ Maktabgacha yoshdagi bolalarning fonematik eshitish, leksik-semantik tizim, artikulyatsion motorika va kommunikativ faoliyatni baholovchi integrativ diagnostik mezonlar tavsiya etildi, bu esa amaliyotchi pedagog va logopedlar uchun metodik asos yaratadi. ⚫ Milliy lingvistik va sotsiokultural kontekstda logopedik tashxisga yondashuv ishlab chiqilib, o‘zbek tilining fonetik-morfologik xususiyatlari asosida mos test va mashqlar tavsiflandi (milliy modelga muvofiq). ⚫ Tadqiqot davomida logoped, defektolog, psixolog va ota-onalar o‘rtasidagi ko‘p yo‘nalishli hamkorlik modeli taklif qilindi, bu esa nutqiy rivojlanishga oid muammolarning erta aniqlanishi va oldini olishda yangi amaliy strategiya sifatida qaraladi. ⚫ Amaliy kuzatishlar asosida nutqiy rivojlanishdagi individual farqlarni hisobga olgan holda pedagogik aralashuv shakllari tizimlashtirildi, bu esa ijtimoiy integratsiyaga tayyorgarlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 86 ⚫ Erta diagnostika orqali og‘ir nutqiy buzilishlar (alaliya, dizartriya, ONR) xavfini kamaytirish va ularni oldindan bashorat qilish bo‘yicha logopedik prognozlashtirish usullari tavsiya etildi. ⚫ Ilmiy ish natijasida pedagogik tashxisni tashkil etish bo‘yicha takomillashtirilgan konseptual model ishlab chiqildi, bunda baholash vositalari, jadval va tavsiyalar to‘plami taklif qilindi. Maqola natijasi sifatida quyidagilar e’tirof etiladi: 1. Erta tashxis orqali nutqiy rivojlanishdagi og‘ishlarni aniqlash imkoniyatlari kengaytirildi. 2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan erta diagnostik uslublar aniqlandi. 3. Tashxis asosida mos logopedik aralashuv yo‘nalishlari taklif etildi. 4. Bolalarda ijtimoiylashuv va kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga xizmat qiluvchi logopedik strategiyalar ishlab chiqildi. 5. Mahalliy pedagoglar uchun logopedik savodxonlikni oshirishga qaratilgan metodik asos yaratildi. XULOSA Nutqiy rivojlanishdagi buzilishlarni erta aniqlash va ularning oldini olish masalasi hozirgi zamon defektologik amaliyotida, ayniqsa logopediya sohasida dolzarb ilmiyijodiy yondashuvni talab qiluvchi yo‘nalishlardan biri bo‘lib, bu yo‘nalishning nazariy asoslarini mustahkamlash, amaliy mexanizmlarini takomillashtirish va metodik yondashuvlarini individuallashtirish bugungi kundagi pedagogik va psixologik tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylanmoqda. Mavzuga oid ilmiy-nazariy tahlillar, ilg‘or xorijiy va mahalliy tajribalarning kompleks o‘rganilishi shuni ko‘rsatmoqdaki, 3–6 yosh oralig‘idagi bolalarda fonematik eshitish, leksik-grammatik tizim, sintaktik strukturalar, artikulyatsion motorika, verbal praksiya, ekspressiv va impressiv nutq faoliyati, shuningdek kommunikativ kompetensiyaning shakllanishi bilan bog‘liq jarayonlarni muntazam pedagogik kuzatish va tizimli logopedik tashxis vositasida monitoring qilish orqali nutqiy nuqsonlarning og‘ir shakllarining oldini olish mumkin. Shu jihatdan erta pedagogik tashxisni amalga oshirishda kuzatuv, logopedik suhbat, tasvir asosida hikoya tuzish, leksik-semantik testlar, artikulyatsion gimnastika baholashlari, fonematik farqlash testlari, verbal auditor analizator faoliyatini tekshiruvchi mashqlar, nutqiy apperseptsiya va emotsional rezonans darajasini aniqlash kabi vositalarning ilmiy asoslangan tarzda tizimlashtirilgan bo‘lishi lozim. Logopedik tashxis natijalari asosida har bir bolaning nutqiy rivojlanish trayektoriyasini individual loyihalashtirish, uning ijtimoiy-muloqot muhitini hisobga olgan holda logopedik reabilitatsiya, korreksion-pedagogik aralashuv va intensiv rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar tizimini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 87 Xulosa tariqasida aytish mumkinki, bolalarda nutqiy nuqsonlarning oldini olish borasida erta pedagogik tashxisning ilmiy-metodik asosda tizimlashtirilgan yondashuvini amaliyotga joriy etish — ularning shaxsiy rivojlanishi, jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvi va ta’limdagi teng imkoniyatlarini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu esa, o‘z navbatida, logopedik xizmatlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-psixologik muhitda nutqiy muloqotni mustahkamlash va barkamol avlodni tarbiyalashning muhim kafolati bo‘lib qoladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Ayupova M.Logopediya. –Toshkent o ‘qituvchi,2007. –320 b. 2. Asmolov A.G. Shaxsiy rivojlanish psixologiyasi / Darslik. – Moskva: Smysl, 2005. – 460 b. 3. Chirkina G.V. Logopediya va nutqiy rivojlanishning buzilishlari / O‘quv qo‘llanma. – Sankt-Peterburg: Izd-vo "Rech’", 2008. – 352 b. 4. Leonard L.B., Conti-Ramsden G., Beitchman J.H. Language Disorders and Psychological Development / Oxford University Press, 2013. – 415 p. 5. Rasulova Z., Esnazarova Z. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy rivojlanishning nazariy asoslari / Monografiya. – Toshkent: O‘qituvchi, 2010. – 304 b. 6. Zavadenko N.N. Logopediya: nazariy asoslar va amaliy yondashuvlar / O‘quv qo‘llanma. – Moskva: Yurayt, 2011. – 378 b. 7. Kambarova N. Maktabgacha yoshdagi bolalarga logopedik yordam ko‘rsatishning metodikasi / Darslik. – Toshkent: TDPU, 2012. – 215 b. Internet manbaalari. 1. www.unimelb.edu.au, 2. https://nus.edu.sg, 3. https://en.snu.ac.kr,. 4. https://www.sorbonne-universite.fr/en. 5. http://www.mapn.su, www.pirao.ru, msu.ru. 6. https;//uz.Intellekt - Vikipediya (wikipedia.org) 7. https://lex.uz/ru/docs/-5073447. 8. https://www.dissercat.com