JAMIYAT BARQARORLIGINI TA'MINLASHDA XOTIN-QIZLARNING OʻRNI VA ROLI
Abstract
Ushbu maqolada xotin-qizlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Unda ayollarning tarixiy va zamonaviy davrdagi ijtimoiy faoliyati, ijtimoiy yordam turlari, davlat va nodavlat sektorining roli hamda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Maqolada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning nafaqat insonparvarlik jihatlari, balki jamiyatning iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga qo‘shadigan strategik hissasi ham asoslab berilgan.
Full text
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 90 JAMIYAT BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA XOTINQIZLARNING OʻRNI VA ROLI 1Ismailova Zuxra Karabaevna, 2Mamajonova Nozima, 3Fozilova Fotima 1professor, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Xotin qizlar kengashi raisi, 2,3“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti YeTEK fakulteti 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17785352 Annotatsiya. Ushbu maqolada xotin-qizlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Unda ayollarning tarixiy va zamonaviy davrdagi ijtimoiy faoliyati, ijtimoiy yordam turlari, davlat va nodavlat sektorining roli hamda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Maqolada xotin-qizlarni qo‘llabquvvatlashning nafaqat insonparvarlik jihatlari, balki jamiyatning iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga qo‘shadigan strategik hissasi ham asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: xotin-qizlar, ijtimoiy yordam, jamiyat taraqqiyoti, teng huquqlar, davlat siyosati, nodavlat tashkilotlar, gender tenglik, ijtimoiy barqarorlik, huquqiy himoya, iqtisodiy rivojlanish. Annotation: this article covers the role and importance of providing social assistance to women in the development of society. It analyzes the social activities of women in the historical and modern times, the types of social assistance, the role of the public and non-governmental sector and the existing problems and ways to eliminate them. The article substantiates not only the humanitarian aspect of women's support, but also the strategic contribution to the economic and cultural development of society. Keywords: women, social assistance, community development, equal rights, public policy, non-governmental organizations, gender equality, social stability, legal protection, economic development. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi munosabati bilan ijtimoiy hayotning barcha sohalarida demokratlashtirish jarayonida tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bu o‘zgarishlarning markazida inson turibdi, uning huquqlari va erkinliklari muhofazasiga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa, ayollarning huquqlarini himoya qilish muammosiga davlat alohida e’tibor bilan qaramoqda. Ayollar huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy, sosial-iqtisodiy va madaniy hayotida to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlash, xotin-qizlar hamda yoshlarning ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish borasida talaygina ishlar olib borilmokda. Xotin-qizlarning mehnat va turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, oilani mustahkamlash, yosh avlodni ijtimoiy muammolariga e’tiborni yanada kuchaytirish, ayollarning ijtimoiy hayotda faol qatnashishilari uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi vazifalarni og‘ishmay amalga oshirish endilikda har qachongidan ham muhim va dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qoldi. Davlatimiz rahbarining har bir nutqlarida qo‘yilgan umumdavlat, umumxalq ahamiyatga molik muammolar va vazifalar ichida eng asosiy mavzu bu ayollarning oilada, davlat va jamiyat qurilishida huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgandir. Xotin-qizlar Konstitutsiya bilan berilgan huquqdan foydalanib,
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 91 O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyatni boshqarishda ishtirok etishda salmoqli o‘rinni egallab kelyapti. Bugungi kunda ayollar tashkilot, korxona va muassasalarning turli yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni nafaqat oila va mahalla doirasida, balki butun ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida beqiyos ahamiyatga ega. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, ayollar avlod tarbiyasi, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, tinchlik va totuvlikni mustahkamlashda yetakchi kuch bo‘lib kelgan. Ularning mehribonligi, fidoyiligi va mas’uliyatliligi tufayli ko‘plab jamiyatlar barqaror rivojlanishga erishgan. Bugungi kunda esa xotin-qizlarning faoliyati ancha kengayib, siyosat, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan-texnika, sport, madaniyat va biznes kabi sohalarda ham ularning hissasi tobora ortib bormoqda. Davlat boshqaruvi tizimida yuqori lavozimlarni egallayotgan ayollar sonining ortishi, ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimalar, o‘z biznesini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygan tadbirkor ayollar jamiyatning har tomonlama taraqqiy etishiga katta hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, xotin-qizlarning zamonaviy bilim va malakalarni egallashi, innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirishi ularni global raqobatbardoshlikka olib chiqadi. Buning uchun ularni sifatli ta’lim bilan ta’minlash, malaka oshirish kurslari, grant va stipendiyalar, xalqaro tajriba almashinuvi kabi imkoniyatlar kengaytirilishi zarur. Ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotga faol jalb etilishi nafaqat ularning shaxsiy rivojlanishini, balki butun jamiyatning barqarorligi va farovonligini ta’minlaydi. Xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamning turlari juda keng bo‘lib, ular ayollarning hayot sifatini yaxshilash, huquqlarini himoya qilish va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Eng avvalo, huquqiy himoya choralarini aytib o‘tish zarur. Bu yo‘nalishda ayollarning mehnat huquqlarini ta’minlash, oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qilish, teng ish uchun teng haq to‘lanishini kafolatlash kabi mexanizmlar muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat sharoitlarini yaxshilash ham ijtimoiy yordamning asosiy yo‘nalishlaridan bo‘lib, bunda ish joylarida xavfsiz va sog‘lom mehnat muhitini yaratish, onalik ta’tili, qisqartirilgan ish vaqti kabi imtiyozlar berish ko‘zda tutiladi. Ona va bola salomatligini qo‘llab-quvvatlash doirasida esa bepul tibbiy ko‘riklar, homiladorlik davrida va tug‘ruqdan keyingi davrda zarur tibbiy yordam, bolalar uchun sifatli sog‘lomlashtirish xizmatlari taqdim etiladi. Ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish esa ayollarning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Bunga bepul yoki imtiyozli o‘qish, kasb-hunar o‘rganish kurslari, stipendiyalar, xorijiy ta’lim grantlari kiradi. Moliyaviy yordam dasturlari va kredit imtiyozlari xotin-qizlarning o‘z biznesini boshlashi yoki mavjud faoliyatini rivojlantirishiga imkon yaratadi. Bundan tashqari, ish joyida teng imkoniyatlar yaratish, ayollarni rahbarlik lavozimlariga tayinlash, tadbirkorlik faoliyatiga kirishish uchun grant va subsidiyalar ajratish ham samarali yordam turlaridan sanaladi. Shu kabi chora-tadbirlar xotin-qizlarning faolligini oshirib, ularni jamiyat taraqqiyotida yanada muhim o‘rin egallashiga xizmat qiladi. Ushbu vazifalarni bajarishda davlat va nodavlat sektorining roli quyidagilardan iborat: - xotin-qizlarga yordam ko‘rsatishda davlat va nodavlat sektorlarining roli juda muhim va ko‘p qirralidir. -davlat siyosati ayollarning huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish borasida asosiy ustuvor vazifalarni belgilaydi. Bu maqsadda davlat tomonidan maxsus qonunlar qabul qilinadi, milliy dasturlar ishlab chiqiladi va ularning samarali amalga oshirilishini ta’minlash uchun maxsus fondlar tashkil etiladi. Masalan, gender tengligini ta’minlashga qaratilgan qonunlar, ayollarning mehnat huquqlarini kafolatlovchi qoidalar, oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha chora-
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 92 tadbirlar davlat siyosatining markazida turadi. Shuningdek, davlat sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy himoya sohalarida ayollar uchun imtiyozli dasturlarni yo‘lga qo‘yib, ularning hayot sifatini yaxshilashga harakat qiladi. Garchi so‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini yaxshilash bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, ayrim hududlarda va jamiyat qatlamlarida hali ham muammolar mavjudligicha qolmoqda. Eng asosiy muammolardan biri — ayollarning ish bilan ta’minlanishidagi cheklovlar va qiyinchiliklardir. Ko‘plab xotin-qizlar malakasi va istagiga qaramay, ish joylarida teng imkoniyatlarga ega emas, ayrim sohalarda genderga asoslangan cheklovlar saqlanib qolmoqda. Bundan tashqari, jamiyatda qadimdan ildiz otgan gender stereotiplari ayollarning o‘zini namoyon etishi va erkin faoliyat yuritishini cheklaydi, ular ko‘pincha faqat an’anaviy rolga – uy bekasi yoki ona sifatida qaraladi. Oiladagi zo‘ravonlik ham xotin-qizlarning eng jiddiy muammolaridan biri hisoblanadi, bu nafaqat ularning jismoniy, balki ruhiy salomatligiga ham zarar yetkazadi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun keng qamrovli huquqiy islohotlarni amalga oshirish, ya’ni ayollar huquqlarini himoya qiluvchi qonunlarni yanada kuchaytirish va amalda to‘liq ijro etilishini ta’minlash zarur. Shu bilan birga, aholining huquqiy savodxonligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi — odamlar o‘z huquqlari va majburiyatlarini yaxshi bilishi lozim. Psixologik va ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish, ayollarga maxsus maslahat, qo‘llabquvvatlash markazlarini yaratish ham muammolarni yumshatishda yordam beradi. Ta’lim va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish orqali jamiyatda gender tenglikni targ‘ib qilish, oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashish ham muhim yo‘nalishlardan biridir. Shu tarzda, kompleks yondashuv orqali xotin-qizlarning muammolari bosqichma-bosqich kamaytirilishi va ularning jamiyatdagi o‘rni yanada mustahkamlanishi mumkin. Xotin-qizlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish – bu nafaqat insonparvarlik masalasi, balki jamiyat taraqqiyotining strategik yo‘nalishidir. Ayollarning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish orqali iqtisodiy o‘sish, madaniy yuksalish va ijtimoiy barqarorlikka erishish mumkin. Shunday ekan, har bir jamiyat xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash va ularni har tomonlama qo‘llabquvvatlashni o‘z taraqqiyot dasturining ustuvor vazifasi sifatida belgilashi zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Xalqaro Mehnat Tashkiloti (ILO). “Ayollar mehnat bozoridagi o‘rni va teng imkoniyatlar” bo‘yicha hisobot, 2022 yil. 2. BMT Ayollar. Gender tengligi va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish: Global hisobot. - Nyu-York: BMT, 2020. 3. Alimova, D.A. O‘zbekiston iqtisodiyotida ayollar: an’anadan innovatsiyaga. — Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nashriyoti, 2020 yil. 4. Kendjaboeva, L.M. O‘zbekiston siyosati va jamiyat hayotida ayollarning o‘rni: hozirgi bosqich. — Toshkent: “Ma’rifat” nashriyoti, 2022 y. 5. 2022 yil 1 martdagi “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-146-sonli qarori. 6. 2021 yil1 5 martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi” PQ-5020sonli qarorlari