scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA "VAFO" KONSEPTINI PAREMIOLOGIK BIRLIKLARDA IFODALANISHI

Abdullayeva Gulbahor Nuriddinovna

Abstract

Maqollar xalqning milliyligi, urf-odatlarini, asriy tajribalar natijasida chiqargan xulosalarini o‘zida aks ettiruvchi xalq og‘zaki ijodi namunasi sanaladi. Maqollarda ma’lum ma’noda millatning madaniyati aks etadi. Ingliz va o‘zbek madaniyatida vafo konsepti insoniy fazilatlar, do‘stlik, muhabbat va sadoqat bilan chambarchas bog‘liq. Maqolada vafoga doir maqollar to‘planib, ularning ma’no qatlamlari, obrazlar tizimi hamda o‘xshash va farqli jihatlari ko‘rib chiqiladi. Ingliz tilida “vafo” konsepti bilan bog‘liq hayotiy tajriba va amaliy qadriyatlar asosida ifodalangan maqollar ko‘p uchraydi. O‘zbek tili esa bu konsept ko‘proq she’riy, obrazli va his-tuyg‘uga boy uslubda ifodalanadi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 6 INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA “VAFO” KONSEPTINI PAREMIOLOGIK BIRLIKLARDA IFODALANISHI Abdullayeva Gulbahor Nuriddinovna Navoiy davlat universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17785653 Annotatsiya. Maqollar xalqning milliyligi, urf-odatlarini, asriy tajribalar natijasida chiqargan xulosalarini o‘zida aks ettiruvchi xalq og‘zaki ijodi namunasi sanaladi. Maqollarda ma’lum ma’noda millatning madaniyati aks etadi. Ingliz va o‘zbek madaniyatida vafo konsepti insoniy fazilatlar, do‘stlik, muhabbat va sadoqat bilan chambarchas bog‘liq. Maqolada vafoga doir maqollar to‘planib, ularning ma’no qatlamlari, obrazlar tizimi hamda o‘xshash va farqli jihatlari ko‘rib chiqiladi. Ingliz tilida “vafo” konsepti bilan bog‘liq hayotiy tajriba va amaliy qadriyatlar asosida ifodalangan maqollar ko‘p uchraydi. O‘zbek tili esa bu konsept ko‘proq she’riy, obrazli va his-tuyg‘uga boy uslubda ifodalanadi. Kalit so‘zlar: maqol va matallar, paremiologik fond, folklorshunoslik, realiya, majoziy ma’no, pragmatika, lisoniy birliklar, shakliy barqarorlik. Abstract. proverbs are examples of oral folklore that reflect a nation’s identity, traditions, and conclusions drawn from centuries of experience. To some extent, the culture of a people is mirrored in their proverbs. In both English and Uzbek cultures, the concept of loyalty is closely associated with human virtues such as friendship, love, and devotion. The article collects proverbs related to loyalty and analyzes their semantic layers, system of imagery, as well as their similarities and differences. In English, proverbs associated with the concept of loyalty often reflect practical values and real-life experience. In Uzbek, however, this concept is expressed in a more poetic, figurative, and emotionally rich style. Keywords: proverbs and sayings, paremiological fund, folklore studies, realia, figurative meaning, pragmatics, linguistic units, structural stability. Tilning paremiologik fondini xalq durdonalaridan tuzilgan va uning madaniyatidan mustahkam o‘rin olgan javohir sandig‘i deyish mumkin. Ma’lumki, maqol va matallar folklorshunoslikda janr matnlari sifatida keng o‘rganilgan. Pragmatik nuqtayi nazardan maqollar turli maqsadlarda, jumladan, ayni maqol kesatish, yupatish, o‘git berish, maslahat berish, saboq berish, ogohlantirish, tahdid qilish va boshqalar qo‘llanishi mumkin. Biroq har qanday maqol va matal ham lingvomadaniy tadqiqotlarning predmeti bo‘lavermaydi. Bu o‘rinda faqat muayyan xalq yoki etnosning tarixi, madaniyati, turmushi, ma’naviyati va shu kabilar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan maqol va matallar o‘rganilishi lozim bo‘ladi. Masalan, Andijonda mehmon kelgan xonadonga hurmat yuzasidan qo‘shnilar dasturxon chiqazishadi. Shuningdek, o‘zbek xonadonlarida qo‘shnilar o‘rtadagi devorning biror yeridan teshik ochib qo‘yishadi. Bu teshik orqali bir-birlaridan hol-ahvol so‘rashadi, tansiq ovqat qilganlarida biron idishda shu ovqatdan uzatishadi. Mehmon kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan maqoli ana shu odatning ta’siri tufayli yuzaga kelgan. Ba’zan muayyan bir tilning realiyalari ana shu tilning maqollarida ham o‘z aksini topib majoziy ma’no kasb etadi. Masalan, Bosh omon bo‘lsa, do‘ppi topilar maqolida o‘zbek milliy kiyimkechaklarining atributi bo‘lgan do‘ppi realiyasi ishtirok etgan. Mazkur maqol: “Kishi uchun eng zarur narsa, eng katta boylik – tanisog‘lik. Sog‘lik bo‘lsa, boshqa hamma INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 7 narsani topish mumkin, ammo hech bir narsa bilan sog‘likni topib bo‘lmaydi” degan ma’noni ifodalash uchun qo‘llaniladi. Inglizlarda ham millatning madaniyatini, urf-odatini ifodalaydigan maqollar talaygina. “Time is money” ( Vaqtbu pul ) maqoli Benjamin Franklin tomonidan 1748yilda yozilgan “Advice to a Young Tradesman” asarida paydo bo‘lgan bo‘lib, u zamonaviy iqtisodiyotni aks ettiruvchi g‘oya sifatida namoyon bo‘lgan. Franklin bu fikrni “pul topish”ga da’vat sifatida emas, balki vaqtni qadrlash – hayotdagi eng muhim boylik degan tushincha sifatida ilgari surgan. Shu sababli “Time is money” inglizlarning madaniy tafakkurida mehnatsevarlik, tartib, va mas’uliyat timsoli sifatida mustahkam o‘rin olgan.[3] Yoki, “An apple a day keeps the doctor away” [1, p. 9] maqolida sog‘likinson hayotining eng katta boyligi degan g‘oya ilgari suriladi. Ingliz mentalitetida sog’lik faqat tabiiy holat emas balki insonning o’z mas’uliyati sifatida qaraladi: ya’ni, odam sog‘lom bo‘lishi uchun harakat qilishi, o‘z ta’nasiga e’tibor berishi kerak. Lingvokulturologik nuqtai nazardan, maqoldagi “apple” so‘zi ingliz xalqining qadimdan sog‘lomlik bilan bog‘liq an’anasini bildiradi. Chunki Yevropa madaniyatida meva, ayniqsa olma, hayot, yangilanish va tozalik ramzi hisoblanadi. Shu bois bu maqol ingliz xalqining amaliy tafakkuri, sog‘lomlikka ongli yondashuvini ifodalaydi. “Vafo” konseptıng inglız va o‘zbek tıllarıning paremiologik jamg‘armasida qiyosiy o‘rganish to‘laligicha o‘zini oqlaydi. O‘zbek tilshunosligida xalq maqollarini o‘rganishning hozirgi ahvoli respublikamiz olimlarining bu sohada sezilarli yutuqlarni qo‘lga kiritganligidan dalolat beradi. Lekin tilshunoslarimiz oldida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hali talaygina. Maqollar leksikasi hamda semantikasi, uslubiyati bo‘yicha fundamental tadqiqotlar yaratish, o‘zbek xalq maqollarining to‘laqonli ko‘p jildli izohli lug‘atini tuzish shular jumlasidandir. Hozirgi bosqichda tillarning maqollar majmuasini ilmiy o‘rganishga katta ahamiyat berilmoqda. Maqollar faqat til materiallaridangina yaratilgan emas, balki tilning beqiyos qudrati tufayli vujudga kelgandir. Bu holat nutqda keng qo‘llanib kelinayotgan maqollarni yanada chuqurroq ilmiy tadqiq etishni talab etadi. Har qanday ilmiy tadqiqot inson bilimlari silsilasidagi bir bo‘g‘in, alohida halqa bo‘lganligi sababli, tadqiq manbayining o‘rganilish tarixini bilmasdan, olimlarimiz bu sohaga qo‘shgan yutuqlari bilan tanishmasdan turib, izlanishga kirishish mumkin emas. Dunyoning eng buyuk maqolshunos olimi, zamonaviy paremiologiya asoschilaridan biri Volfgang Mider (2004) o’z tadqiqotida maqollar tipologik jihatdan tasniflab, ularning ijtimoiy va madaniy ahamiyati keng tahlil qilgan. Maqollarga asosan siyosiy jihatdan yondoshgan. Uning fikricha “Proverbs are concise statements that express traditional wisdom and shared human experience.” (Mieder, 2004, p. 12) ( “Maqollar xalq tafakkurining qisqa ammo chuqur shakli bo‘lib, ular orqali madaniyat va tarixning izlari aks etadi.”)[1, p.12] Shuningdek Amerikalik semiotik olim va faylusuf Ch.Morris “Foundations of the Theory of Signs” asarida til tizimini uch o‘lchamda tahlil qilish g‘oyasini olg‘a surib, sintaktikabelgilar o‘rtasidagi munosabatlarni, semantika-belgilar va ular ifodalovchi obyektlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni va pragmatika-– belgilar va ularni ishlatuvchi shaxslar o‘rtasidagi aloqani o‘rganadigan sohalarga ajratgan edi.[2] Mana shu sohaning o‘q ildizi bo‘lgan bobomiz Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asariga borib taqaladigan o‘zbek xalqining folklor merosi g‘oyatda boy va xilmaxildir. Bu merosning salmoqli qismini maqollar tashkil etadi. Maqollar o‘zining mavzu jihatdan rang-barangligi, ularda ifodalangan fikrning qisqa, tushunarli va ixcham shaklga ega ekanligi va INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 8 shu vaqtdagi maqollarning hozirgi variantlari ham mavjudligi bilan ajralib turadi. Maqol bu shunchaki oddiygina hikmat emas, u xalqning dunyoqarashini ifodalaydi. Har qanday hikmatli so‘z maqol bo‘la olmaydi, albatta. Xalq tafakkuridan o‘tgan va hayot haqiqatiga mos keluvchi, asrlar osha yashab kelib, xalq ongining sinteziga, qaymog‘iga aylangan ibratli fikrgina maqol bo‘la oladi. Har bir maqolda uni yaratuvchi avlodning turmushi, urf-odati, axloq-odobi, madaniyati kabi xususiyatlar aks etgan bo‘ladi. Zero ulug‘ rus yozuvchisi L.N.Tolstoy “Har bir maqolda shu maqolni yaratgan xalqning siymosi ko‘rinadi” deganida mana shu jihatlarni e’tiborga olgan bo‘lsa ajab emas. So‘nggi 30-40 yil ichida bu soha bilan tilshunoslik ham shug‘ullana boshladi. Taniqli olimlarimiz Sh.Rahmatullayev, Y.Pinxasov, G‘.Salimov, Q.Samadov, Sh.Shoahmedov, X.Abdurahmonov, M.Sadriddinova kabilarning ishlari bu haqda yorqin guvohlik bera oladi. Bizga ma’lumki, professor Sh.Rahmatullayevning o‘zbek frazeologiyasi bo‘yicha amalga oshirgan ishlari, tilshunoslikning bu sohaga qo‘shgan hissasi ulkan va beqiyosdir. Garchi olim maqollar bo‘yicha maxsus ishlar yaratmagan bo‘lsalar ham, ilmiy faoliyatining dastlabki davrlaridanoq frazeologiya predmetini tor doirada qo‘llaganliklari, maqol va ibora o‘rtasidagi farqlarni imkon darajasida ajratganligi katta e’tirofga loyiqdir. O‘zbek tilshunosligida maqollarning sintaktik xususiyatlari taniqli tilshunos Xoliq Abdurahmonovning nomzodlik ishida o‘rganilgach, olim izlanishlarni davom ettirib, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi asarlari tilining sintaktik xususiyatlarini atroflicha tadqiq etdi. Keyingi ishda o‘zbek tilida maqol va matallarning sintaktik qurilishi, maqollardagi gaplar va so‘z birikmalarining asosiy ko‘rinishlari, ularning morfologik, sintaktik, ba’zi ma’noviy-uslubiy xususiyatlari keng yoritilgan. Muyassar Sadriddinovaning ishida o‘zbek maqol va matallarining lug‘aviy xususiyatlari tadqiq etilib, maqol va matallar leksikasi, bir tomondan, o‘zbek adabiy tili leksikasi bilan, ikkinchi tomondan esa lahja va shevalar leksikasi bilan qiyosiy o‘rganildi hamda umumiste’mol leksikasi, dialektal leksikasi, so‘zlashuv nutqi unsurlarining maqol va matallar tilida anglangan ma’nolari ochib berilgan. Maqol va matallarning lisoniy xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha qozoq, turkman tilshunosligida ham ma’lum ishlar qilingan. Biz bu o‘rinda A.Annaurovning turkman maqol va matallarining sintaksisiga oid, R.Sarsenboyevning qozoq maqol va matallari tiliga bag‘ishlangan ishlari tahsinga sazovor. 60-80-yillarda tilshunoslikda o‘zbek xalq maqollarini yana bir boshqa yo‘nalishda o‘rganish bo‘yicha ancha natijalarga erishildi: o‘zbek yozuvchilari, shoirlari asarlarining tili va uslubiga oid ko‘pgina ishlarda, nomzodlik dissertatsiyalarida xalq maqollarining ma’noviy, uslubiy xususiyatlarini o‘rganishga ham alohida e’tibor berildi. Bu jihatdan V.Abdullayev, X.Doniyorov, M.To‘ychiyev, M.Hakimov, M.Husayinov, B.Jo‘rayevalarning ishlari e’tiborga molikdir. Maqollar ma’noviy xususiyatlari bilan lisoniy birliklarga yaqinlashar ekan, ularning bu munosabatlari ham boshqa lisoniy birliklar (jumladan, leksemalar) singari barqaror hamda tavsif va tasniflanuvchandir. Demak, maqollar ham xuddi so‘z va iboralar singari ko‘p ma’nolilik, ma’nodoshlik, variantlilik xususiyatiga egadir. Maqollardagi polisemiya hodisasi o‘zbek tili bo‘yicha mutlaqo o‘rganilmagan. Shuningdek, turkologiyada ham bunday ishning mavjudligi haqida hech qanaqa ma’lumot yo‘q. Darsliklarda esa maqollarning ushbu xususiyati haqida umuman yetarlicha ma’lumot yo‘q. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 9 Monosemiya va polisemiya birinchi galda so‘zlarga xos xususiyat sanaladi. Shu sababli juda keng o‘rganilgan hodisa ham leksik polisemiyadir. Tadqiqotchilarning kuzatishlarini tahlil qilib, shunday xulosaga kelingan, o‘zbek tilidagi so‘zlarining 20 foizi, iboralarning esa 10-15 foizi ko‘p ma’nolidir. Demak, frazeologik polisemiyaning miqyosi leksik polisemiya darajasida emas. Shuningdek, maqollardagi ko‘p ma’nolilik hodisasi ham iboralardagi singari behad ko‘p emas. Misollardan ko‘rinadik, maqollarning ko‘pchiligi monosemantikdir. Polisemantiklik, asosan, o‘zbek tilida juda qadimdan va eng ko‘p ishlatiladigan maqollarga xos. Chunki maqollarni ishlatish imkoniyatining kengayishi ularning uzoq yillar iste’molda bo‘lishi va qo‘llanish darajasi bilan bevosita bog‘liqdir. Shundan bo‘lsa kerak, olima N.A.Kirsanova iboralardagi ko‘p ma’nolilikni birinchi navbatda frazeologik chatishmaga xos xususiyat deb ko‘rsatib o‘tadi. Maqollar uzoq vaqt davomida shakllangan konseptning “muzlatilgan tushunchalari”ni aks ettiradi [4, б.99]. Maqollar “talqinning kuchli manbayi” bo‘lib, ular etnosning hayot falsafasiga munosabatni o‘z ichiga oladi [5, б.99] Ingliz tilshunosligida Richard P. Honek maqollarni inson tafakkurining qisqa, obrazli va kognitiv jarayonlarga asoslangan mahsuli sifatida talqin qiladi va quyidagicha ta’rif beradi: “The proverb is a complex, intriguing, and important verbal entity. As a result, it has been the subject of a vast number of opinions, studies, and analyses.” (Maqol murakkab, qiziqarli va muhim so‘z shaklidagi birlikdir. Shu sababli u ko‘plab fikrlar, tadqiqotlar va tahlillarning mavzusi bo‘lib kelgan.) Maqollar ingliz tilshunosligi olamida juda keng doirada o‘rganilganiga tadqiqotimiz davomida amin bo‘ldik. Ingliz va o‘zbek tillarida “vafo” konseptining paremiologik ko‘rinishlarini o‘rganish materiallari sifatida “Proverbs, Maqollar, пословицы” [6], “The Oxford Dictionary of Proverbs” [7] va “O‘zbek xalq maqolları” [8], ifodalovchi maqollarni quyidagi semantik guruhlarga ajratdik: Do‘stlik va vafodorlik А friend in need is a friend indeed. Jonga kuygan jondan do‘st, Jonga kuymas qanday do‘st. The COMPANY makes the feast. Bazmni taom emas, davra bezaydi. The ENEMY of my enemy is my friend. Dushmanimning dushmani — do‘stimdir. Vatanga, uyga va oilaga sadoqat East or west home is best. O‘z uyimning hushligi — Oyoq-qo‘limning bo‘shligi. There’s no PLACE like home. O‘z uying — o‘lan to‘shaging. CHARITY begins at home. Har kim o‘z uyiga qarab tortar. An ENGLISHMAN’s house is his castle. O‘zga yurtda shoh bo’lguncha, o‘z uyingda gado bo‘l. HOME is home though it’s never so homely. O‘z uying — o‘lan to‘shaging. Muhabbatga sadoqat Absence makes the heart grow fonder. Yolg'izlikda yor yaxshi. Faithfulness is the test of love. Sadoqat – muhabbatning sinovi. Love is adorned with loyalty. Muhabbatni sadoqat bezaydi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 10 Love is known through trials. Sevgi sinovda bilinadi. Ishonch va halollik Truth heals all wounds. Rost gap – dardni ham tuzatadi. Honesty is the best policy. Halollik – eng katta boylik. Vafosizlik va xiyonat The BEST of friends must part Har uchrashuvning oxiri ayriliq. Better an open enemy than a false friend. Soxta do‘stdan oshkora dushman afzal. Tildagi ma’lum bir mazmuniy munosabat nutqda bir nechta maqollar yordamida reallashadi. Turli maqollar vositasida bir xil mazmuniy munosabatning ifoda etilishi esa sinonim maqollar guruhini yuzaga keltiradi. Maqollarning sinonimik qatorini kuzatish, o‘z navbatida, har bir maqolning mazmunini aniq belgilashda muhim ahamiyatga egadir. Tilshunos olima B.Jo‘rayeva tomonidan maqollar shakllanishining ekstralingvistik asoslari tadqiq qilinganda, o‘simlik asosida shakllangan maqollarga to‘xtalib, mevasiz daraxt nomlari: terak, tol, qayin, saksovul bilan bog‘liq maqollar misollar orqali isbotlab berilgan [9]. Tilni yaxshi bilish, uning boy imkoniyatlaridan to‘la foydalanish uchun, ayniqsa, sinonimik qatorga ega bo‘lgan maqollarni bilish nihoyatda zarur. O‘zbek xalqi purma’no so‘zga, o‘git-u naqllarga boy xalq sanaladi. Ajdodlarimiz azaldan o‘zining hayotiy muammolarini – mehnat mashaqqati, g‘amanduhi, rohat-farog‘ati, muvaffaqiyat va mag‘lubiyati, rasm-rusumlari – hammahammasini maqol va matallarda, naql va barqaror iboralarda ko‘zgudagidek aks ettirib keladi. Xalqning til boyligi – uning bo‘yoqdor, serjilo leksikasining, frazeologiya qatlamining boyligi bilan ham o‘lchanadi. O‘zbek tili – ona tilimizning juda boy, ma’nodor, jozibali va rang-barangligi Navoiy zamonidayoq isbotlangan. Maqollar xalqning ko‘p asrlik hayotiy tajribalari, doimiy kundalik kuzatishlar xulosasini tugal fikr tarzida qat’iy qutbiylikda ifodalar ekan, ularda har bir so‘zning ma’no xilma-xilligi, iboralarning turg‘unligi, shakliy barqarorlik ustunlik qiladi1. Maqollar ham xalqning milliyligi, urf-odatlarini, asriy tajribalar natijasida chiqargan xulosalarini o‘zida aks ettiruvchi xalq og‘zaki ijodi namunasi sanaladi. Maqollarda ma’lum ma’noda millatning madaniyati aks etadi. Shu sababli o‘zbek xalq maqollari ham lingvokulturologiyaning obyekti bo‘la oladi. Xullas, “Vafo” konsepti ingliz va o‘zbek tillarida paremiologik birliklar orqali keng va chuqur ifodalangan. Har ikki til madaniyatida bu konsept insoniy fazilatlar, do‘stlik, muhabbat va sadoqat bilan chambarchas bog‘liq. Ingliz tilida “vafo” konsepti bilan bog‘liq hayotiy tajriba va amaliy qadriyatlar asosida ifodalangan iboralar va maqollar ko‘p uchraydi. O‘zbek tili esa bu konsept ko‘proq she’riy, obrazli va his-tuyg‘uga boy uslubda ifodalanadi. 1. Mieder, W. Proverbs: A Handbook. – Westport, Connecticut: Greenwood Press, 2004.–304 p. – (International Folkloristics). ISBN 0-313-32005-X 2. Morris Ch. Foundations of the Theory of Signs. International Encyclopedia of Unified Science, Vol. 1, No. 2. The University of Chicago Press, Chicago, 1938. 59 p.( Aftareferatdan olganman) 3. “Time is money”, Wikipedia: The Free Encyclopedia. https://en.wikipedia.org/wiki/Time_is_money (murojaat sanasi: 07.10.2025). 4. Попова, 3. Д. Очерки по когнитивной лингвистике [Текст] / 3. Д. Попова, И. А. Стернин. – Воронеж: Издательство «Истоки», 2001. – C. 99. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 11 5. Телия, В. Н. Русская фразеология. Семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты [Текст] / В. Н. Телия. – М: Школа «Языки русской культуры», 1996. – C. 241. 6. Karamatova K., Karamatov H. Proverbs, Maqollar, пословицы. – Toshkent: Mehnat, 2000. – b.402 7. Spears, R., Knowles, E. The Oxford Dictionary of Proverbs. — Oxford: Oxford University Press, 2008. — 376 p. 8. O‘zbek xalq maqollari. — Tuzuvchi: T. Mirzaev. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2005. — 512 b. 9. Joʻrayeva B. O‘zbek xalq maqollari shakllanishining lingvistik asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2019. – B. 122.