scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BXR NING JANYBIY – SHARQIY QISMIDAGI TUZ – ANGIDRIT FORMATSIYASI VA UNING NEFT HAMDA GAZ KONLARIDA SHAKLLANISHIDAGI AHAMIYATI

Ismoiljonov, J.; Muradov, I

Abstract

Mazkur maqolada Buxoro–Xiva geologik mintaqasining janubi-sharqiy hududida rivojlangan solyano-angidrit (evaporit) formatsiyasining geologik tuzilishi, litologik xususiyatlari hamda neft va gaz konlarining shakllanishidagi o‘rni batafsil yoritiladi. Evaporit jinslarining qoplovchi qatlam sifatidagi ahamiyati, tuz diapirlarining shakllanish jarayonlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan struktur tuzoqlarning uglevodorodlar to‘planishiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy asosda tahlil qilinadi.

Full text

RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 10 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 40 DOI: https://10.5281/zenodo.17787212 BXR NING JANYBIY – SHARQIY QISMIDAGI TUZ – ANGIDRIT FORMATSIYASI VA UNING NEFT HAMDA GAZ KONLARIDA SHAKLLANISHIDAGI AHAMIYATI J. Ismoiljonov I Muradov ANNOTATSIYA Mazkur maqolada Buxoro–Xiva geologik mintaqasining janubi-sharqiy hududida rivojlangan solyano-angidrit (evaporit) formatsiyasining geologik tuzilishi, litologik xususiyatlari hamda neft va gaz konlarining shakllanishidagi o‘rni batafsil yoritiladi. Evaporit jinslarining qoplovchi qatlam sifatidagi ahamiyati, tuz diapirlarining shakllanish jarayonlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan struktur tuzoqlarning uglevodorodlar to‘planishiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy asosda tahlil qilinadi. АННОТАЦИЯ В статье подробно рассматриваются геологическое строение, литологическая характеристика и роль соляно-ангидритовой (эвапоритовой) формации, развитой в юго-восточной части Бухаро-Хивинского геологического региона Узбекистана. На научной основе анализируется значение эвапоритовых пород как покрышки, процессы формирования соляных диапиров и влияние связанных с ними структурных ловушек на накопление углеводородов. Buxoro–Xiva neft-gaz mintaqasi Markaziy Osiyodagi eng yirik uglevodorod havzalaridan biri sifatida geologlarning e’tiborini doimo tortib keladi. Hududning geologik tuzilishi g‘oyat murakkab bo‘lib, unda cho‘kindi jinslarning keng tarqalgan qalin qatlami, struktur ko‘tarilmalar, tektonik dislokatsiyalar hamda evaporit komplekslari muhim rol o‘ynaydi. Aynan evaporitlar — galyutit, angidrit, gips kabi tuz jinslari — mintaqaning neft-gaz geologiyasida asosiy qoplovchi qatlam vazifasini bajaradi. Evaporit formatsiyalarining yuqori zichligi va g‘ovaklikning deyarli yo‘qligi neft va gazning yuqoriga ko‘tarilib chiqishini to‘xtatadi. Shu bois hududdagi yirik konlarning aksariyati aynan evaporit massivlari bilan chegaralangan struktur tuzoqlarda rivojlangan.[1,3] RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 10 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 41 Evaporit formatsiyasining geologik xususiyatlari va Tarqalishi va stratigrafik mavqei Janubi-sharqiy Buxoro–Xiva hududida evaporit qatlamlari asosan yuqori perm davriga mansub bo‘lib, ular qalinligi 300 metrdan 1500 metrgacha yetadigan yirik tuz massivlarini tashkil etadi. Sho‘r suvlarning uzoq vaqt davomida bug‘lanishi natijasida to‘planib borilgan kimyoviy cho‘kindi jinslar hududning stratigrafik kesimida alohida kompleks sifatida ajralib turadi. Litologik tarkib Evaporit formatsiyasi quyidagi jinslardan iborat: galyutit (tosh tuz) — qatlamning asosiy massasi, angidrit — yuqori zichlikka ega, suv o‘tkazmaydigan qatlam,gips,dolomit va ohaktoshlarning nozik ara qo‘shilmalari.Bu jinslarning fizik-mexanik xususiyatlari evaporitlarni mintaqaning eng kuchli geologik muhrlovchi qatlamiga aylantiradi. Tuz diapirlarining shakllanishi va struktur tuzilmalar Evaporit jinslar o‘zining plastikligi sababli geologik bosim ta’sirida vertikal yo‘nalishda ko‘tarilib, tuz diapirlarini shakllantiradi. Tuz diapiri atrofida kuchli deformatsiyalangan antiklinal strukturalar hosil bo‘ladi. Ular o‘z navbatida uglevodorodlarning to‘planishi uchun tabiiy tuzoq vazifasini bajaradi.[2,4] Tuzlarning yuqoriga siljishi: qatlamlararo yoriqlarni kuchaytiradi, rezervuar jinslarda ikkilamchi g‘ovaklikni hosil qiladi, migratsiya yo‘llarini o‘zgartiradi.Mintaqaning umumiy struktur tuzilishida evaporit diapirlari hal qiluvchi tektonik omil sanaladi. Evaporit qatlamlarning neft-gaz to‘planishidagi ahamiyati hamda qoplovchi qatlam sifatidagi roli Evaporit jinslar suv va gazni deyarli o‘tkazmaydi. Shu bois ular neft va gazning yuqoriga ko‘tarilib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi va rezervuarlarda to‘planib qolishiga yordam beradi. Bu jarayon geologik nuqtai nazardan mukammal muhrlanish (резервуарное перекрытие) deb ataladi. Migratsiya va to‘planish jarayonlariga ta’siri Uglevodorodlarning lateral migratsiyasi evaporit massivlari ostidagi permeabil jinslar bo‘ylab sodir bo‘ladi. Tuz diapirlari atrofidagi antiklinal ko‘tarilmalar migratsiya jarayonining asosiy “yakuniy nuqtasi”ga aylanadi. Natijada neft va gaz aynan shu joylarda katta hajmda yig‘iladi.[5] Mintaqadagi Qandim, Sho‘rtan, Gazli kabi yirik konlarning shakllanishi evaporit strukturalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Evaporit formatsiyasining xususiyatlarini chuqur o‘rganish:yangi konlarni aniqlashda,geologik modellashtirish, rezervuarlarning fazoviy tuzilishini aniqlash,burg‘ilash ishlarining strategiyasini to‘g‘ri belgilashdamuhim amaliy RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 10 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 42 ahamiyatga ega.Aynan evaporitlarning mavjudligi hududning neft-gaz potentsialini belgilab beruvchi asosiy omillardan biridir. XULOSA Buxoro–Xiva hududidagi solyano-angidrit formatsiyasi mintaqaning neft-gaz geologik tuzilishida markaziy o‘rin egallaydi. Evaporitlarning past o‘tkazuvchanlik xususiyati, ularning plastikligi va tuz diapirlarining shakllanishi hududda yirik neft-gaz to‘planmalarining yuzaga kelishini ta’minlagan. Mintaqada yangi konlarni izlash maqsadida evaporit qatlamlarining litologik va struktur xususiyatlarini chuqur o‘rganish kelgusida ham dolzarb ilmiy-amaliy masalalardan biri bo‘lib qoladi.[6] FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Миллер Р. Г. Геология соляных куполов. — М.: Недра, 1982. — 256 с 2. Юмашев П. Ф. Геология месторождений нефти и газа. — М.: Недра, 1998. — 543 с. 3. Петров Е. И., Юдин В. В. Эвапориты и их роль в формировании структурных ловушек. — М.: Геоинформцентр, 2005. — 312 с. 4. Кузнецов В. Г. Тектоника соляных диапиров и их связь с нефтегазоносностью. — СПб.: Наука, 2010. — 418 с. 5. Атаджанов А. А. Нефтегазоносные формации Узбекистана. — Ташкент: Университет, 2008. — 275 с. 6. Boggs S. Jr. Principles of Sedimentology and Stratigraphy. — Pearson, 2014. — 585 p.