BOLALAR NUTQINING BILLINGUAL XUSUSIYATLARI (INGLIZ VA O'ZBEK BOLALAR NUTQI MISOLIDA)
Abstract
Ushbu maqolada bolalar nutqining bilingval shakllanish jarayoni, ikki tillilikning kognitiv, lingvistik va lingvokulturologik, ijtimoiy ta’siri, ma’lumot almashish mexanizmlari hamda bilingval bolalarda uchraydigan nutqiy xususiyatlar yoritiladi. Maqolada bolalar nutqining tabiiy rivoji va jamiyatning ko‘p tilli
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 72 BOLALAR NUTQINING BILLINGUAL XUSUSIYATLARI (INGLIZ VA O‘ZBEK BOLALAR NUTQI MISOLIDA) Davlatova Aziza Akmalovna Navoiy davlat universiteti 2-bosqich doktoranti Navoiy innovatsiyalar universiteti, Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/ 10.5281/zenodo.17789409 Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalar nutqining bilingval shakllanish jarayoni, ikki tillilikning kognitiv, lingvistik va lingvokulturologik, ijtimoiy ta’siri, ma’lumot almashish mexanizmlari hamda bilingval bolalarda uchraydigan nutqiy xususiyatlar yoritiladi. Maqolada bolalar nutqining tabiiy rivoji va jamiyatning ko‘p tilli muhitidagi nutqiy kompetensiyani shakllantirishga qaratilgan ilmiy qarashlarni birlashtiradi. Kalit so‘zlar: bilingvalizm, ikki tillilik, bolalar nutqi, interferensiya, kognitiv rivojlanish, metalingvistik ong, lingvokulturologiya, sotsiolingvistika, fonetik interferensiya, leksik aralashuv, bilingval ta’lim, bilingual bolalar. XXI asrda keng tarqalgan global migratsiya, ko‘p millatli oilalar sonining oshishi, xalqaro ta’limning rivojlanishi va media muhiti tufayli bolalar orasida bilingvalizm keng tarqalgan. Bilingual bola — ikki tilda muloqot qila oladigan, har ikkala tilda faol nutqiy kompetensiyaga ega individdir. Bunday bolalarda til o‘zlashtirish jarayoni monolingval bolalarnikidan farq qiladi va ko‘p qatlamli lingvokognitiv jarayonlarga asoslanadi. Ikki tillilik keng tarqalgan va dunyoning ko‘plab hududlarida o‘sib borayotgani, ehtimollik jihatdan har uch kishidan biri ikki yoki ko‘p tilli 1 insonlar hisoblanadi. AQShda so‘nggi to‘rt o‘n yillikda yuzlab immersiya dasturlari ispan, fransuz, koreys, kanton, yapon, mandarin, navajo va ivrit tillarida tashkil etilgan. Hozirda AQShning 31 shtatida 434 yoki undan ortiq immersiya dasturlari mavjud 2 . Bu amerika ilmiy tadqiqot institutlarida bolalar nutqini bilingual sathda o‘rganish maydonini yaratadi. Byers-Heinlein, Burns, Werker, Mehlerlar tomonidan olib borilgan tadqiqotda aniqlanishicha: ikki tilli chaqaloqlar o‘z ikki tilini osonlik bilan ajrata olishadi va chalkashlik belgilarini ko‘rsatmaydilar. Tillar ko‘plab jihatlardan farq qiladi — hatto rus yoki mandarin tillarini bilmasak ham, birini boshqasidan ajrata olamiz. Chaqaloqlar ham lisoniy muhitni idrok etishda farqlarni aniqlashda sezgir bo‘lib, til ritmini ayniqsa yaxshi farqlaydilar. Go‘daklar tug‘ilganda ritmik jihatdan farq qiluvchi ingliz va fransuz kabi tillarini ajrata oladi va 4 oylikka yetganda ular hatto fransuz va ispan tillari kabi ritmik jihatdan o‘xshash tillarni ham ajrata olishini Bosch, Sebastian Galless, Nazzi o‘zlanishlarida aniqlagan. Ikki tilli chaqaloqlar taqlid qiluvchi tillarga nisbatan monolingvlistlardan ham sezgirroq bo‘lishi mumkin. Kluger “The Power of the Bilingual Brain” nomli kitobida erta ikki tillilikning potentsial foydalarini ta’kidlagan bo‘lib, erta ikki tillilikning eng muhim afzalliklaridan biri ko‘pincha oddiy qabul qilinadi: ikki tilli bolalar bir nechta tillarni biladi, bu esa sayohat, ish, keng oila a'zolari bilan 1 Wei L. Dimensions of bilingualism. In: Wei L, editor. The bilingualism reader. New York: Routledge; 2000. pp. 3–25. 2 Byers-Heinlein K, Lew-Williams C. Bilingualism in the Early Years: What the Science Says. Learn Landsc. 2013 Fall;7(1). Pp.95-112.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 73 gaplashish, oilaviy madaniyat va tarix bilan bog‘lanish, turli kelib chiqishdan do‘st orttirish uchun muhimdir – deb takidlagan 3 . Bolalar nutqida kuzatiladigan billingualizm hodisasining 2 turi mavjud. Tabiiy bilingvalizm — bola ikkinchi tilni kundalik muloqotda tabiiy ravishda o‘zlashtiradi (masalan, ota-ona ikki xil tilda gapiradi). Sun’iy (pedagogik) bilingvalizm — bola ikkinchi tilni ta’lim orqali, ijtimoiy muhitdan tashqari o‘rganadi (masalan, yangi hududga ko‘chib borish natijasida yangi muloqot tilida gapirish majburiyati, yoki maktabdagi chet tili darslari). Tabiiy bilingval bolalarda fonologik tizim tezroq shakllanadi, intonatsiya tabiiy bo‘ladi, sun’iy bilingvallarda esa fonetik interferensiya ko‘proq uchraydi. Bilingval bolalar nutqida eng ko‘p uchraydigan holat — dastlab bolalarning tillarni aralashtirib qo‘llashdir. Tadqiqotchilar bilingvalizmning yoshga bog‘liq ikki turini farqlashadi: Erta bilingvalizm — 0–6 yosh oralig‘ida ikki tilni birga egallash. Bu jarayonda bola fonologik tizimni tabiiy ravishda shakllantiradi 4 . Kech bilingvalizm — 6 yoshdan keyin ikkinchi tilni o‘rganish. Kech bilingvallarda fonetik interferensiya ko‘p uchraydi 5 . Billingualizm bolalarga xorijiy tilni tez o‘zlashtirish, o‘qish bilan bog‘liq mantiqiy fikrlashning rivojlanishi, ijodiy tafakkur kengligi kabi afzalliklarni yaratadi 6 . Ikki tilli muhitda o‘sgan bolalar odatda ikki madaniyatga mansub bo‘ladi. Bu ularning kommunikativ kompetensiyasi, madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalari, nutq etiketi, ijtimoiy moslashuvchanligida o‘z aksini topadi. Romaine fikricha, bilingvalizm shaxsning identitetiga ham ta’sir ko‘rsatib, madaniy o‘zlikning kengayishiga sabab bo‘ladi 7 . Madaniy konseptlarning ikki tizimda shakllanishi bolalar billingualizmining ajralmas qismi hisoblanadi. Bola ikkinchi tilni egallar ekan, ikki xil madaniy konseptlar tizimini qabul qiladi va idrok etadi. Masalan: “Navro‘z”, “sumalak” kabi o‘zbek madaniy konseptlari. Ingliz madaniy tizimda “Christmas”, “turkey”. Bola ushbu konseptlarni tabiiy muloqot jarayonida til orqali o‘zlashtiradi, bu esa bilingvalizmning lingvokulturologik mohiyatini ko‘rsatadi. Xulosa qilib aytganda, bolalar nutqining bilingval xususiyatlari lingvistik, psixologik va madaniy omillar bilan chambarchas bog‘liq. Bilingvalizm nafaqat ikki tilni o‘zlashtirish jarayoni, balki konseptual fikrlashning kengayishi, metalingvistik ongning o‘sishi va madaniyatlararo kommunikatsiyaning mustahkamlanishidir. Bolalar nutqining bilingval, lingvistik va lingvokulturologik xususiyatlari murakkab, ko‘p qatlamli jarayondir. Bilingvalizm bolani semantik, grammatik va fonetik jihatdan boyitadi, uning kognitiv rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda ikki madaniyatni ongli ravishda qabul qilish imkonini beradi. Interferensiya va kod-almashish kabi hodisalar bu jarayonning tabiiy bosqichlari hisoblanadi. Shu bois bilingval bolalarning nutq rivojini o‘rganish lingvistika, psixolingvistika va lingvokulturologiya sohalarining kesishgan nuqtasida muhim ilmiy ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar 3 Kluger J. TIME Magazine. 2013. Jul, The power of the bilingual brain. 4 Genesee F., Early Bilingual Development. Cambridge Univ. Press, 2014. 5 Baker C., Foundations of Bilingual Education. Multilingual Matters, 2001. 6 Grosjean F., Studying Bilinguals. Oxford University Press, 2008. 7 Romaine S., Bilingualism. Blackwell, 1995.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 74 1. Wei L. Dimensions of bilingualism. In: Wei L, editor. The bilingualism reader. New York: Routledge; 2000. pp. 3–25. 2. Byers-Heinlein K, Lew-Williams C. Bilingualism in the Early Years: What the Science Says. Learn Landsc. 2013 Fall;7(1). Pp.95-112. 3. Kluger J. TIME Magazine. 2013. Jul, The power of the bilingual brain. 4. Genesee F., Early Bilingual Development. Cambridge Univ. Press, 2014. 5. Baker C., Foundations of Bilingual Education. Multilingual Matters, 2001. 6. Grosjean F., Studying Bilinguals. Oxford University Press, 2008. 7. Romaine S., Bilingualism. Blackwell, 1995.